Yoshlar bilan ishlash departamenti
386 subscribers
2.78K photos
387 videos
109 files
629 links
Har bir insonda o‘zi istagan narsani amalga oshirish uchun qo‘llar, oyoqlar, bosh va bir haftada 168 soat vaqt mavjud.

Robert Kiyosaki
Download Telegram
📚 "Zakovat" intellektual bellashuviga taklif etamiz!

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya — baxtimiz poydevori!" mavzusida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkaziladi.

"Zakovat" savollari Bosh qomusimiz, qonunlar va qonunosti hujjatlaridan hamda mantiqiy asosda tuzilgan.

O‘tkazilish vaqti: 7-dekabr, soat 14:00 da, Axborot-kutubxona markazida.

🔥 Tomoshabinlarni o‘yin davomida qiziqarli savollar, eng yaxshi ishtirokchilarni esa sovg‘alar kutmoqda❗️

🙌 Ushbu intellektual bellashuvda har bir yo‘nalish va guruhdan 5 nafar talabadan iborat jamoalar ishtirok etishlari mumkin.

📣 Barcha guruhlar talabalarini ushbu tadbirda ishtirok etishga chorlab qolamiz!

💥 Shoshiling, "Zakovat" o‘yinida qatnashish istagidagilar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin 👇👇

https://forms.gle/ceUfP6WBYya7J1fV9

🕊Telegram|📱Facebook|
📱Instagram|📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ilmiy-innovatsion g‘oyaga ega talabalar saralandi

Qo‘qon universitetining Innovatsion ta'lim va iqtidorli talabalar bilan ishlash markazi tomonidan "Eng yaxshi ilmiy-innovatsion g‘oyalar" tanlovi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tanlovda talabalarning Bosh Qomusimizga oid bilimlari, ilmiy salohiyatlari va ijodkorlik qobiliyatlari sinovdan o‘tkazildi.

Tanlovda o‘n nafardan ziyod iqtidorli talabalar o‘zlarining innovatsion loyihalari, rasmlari, videorolik, maqola va esselari bilan ishtirok etdilar. Hakamlar hay'ati tomonidan ishtirokchilarning taqdimotlari baholab borildi. Yakunda turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar nomi e'lon qilindi va taqdirlandi.

🕊Telegram|📱Facebook|
📱Instagram|📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
⚡️ Bayram fayzli davrada nishonlandi

Qo‘qon universiteti, 4 va 29-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamkorligida Konstitutsiya kuni bayramiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Bayram tadbirida davlatimiz madhiyasi yangradi. Ishtirokchilarga samimiy tabriklar yo‘llandi.

Universitetimiz talabalari tomonidan bog‘cha tarbiyalanuvchilari ongiga ona Vatanimiz, tinch-osuda hayotimizni qadrlash va faxr-iftixor tuyg‘ularini singdirishga qaratilgan dastur namoyish etildi. Bolajonlar ham bayramga tayyorlagan she'rlari, qo‘shiq va raqslari, turli chiqishlari bilan davraga fayz bag‘ishladilar.

🕊Telegram|📱Facebook|
📱Instagram|📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
📢 "Euromed" klinikasi qabulxonasi (reseption)ga 1 nafar talaba-qiz suhbat asosida ishga taklif etiladi.

Talablar:
✔️sirtqi ta'lim shaklida o‘qish ( ish 1 stavka);
✔️ rus tilini bilish.

💸 Oylik maosh - 1.5 mln so‘mdan boshlanadi.

📞 Ishga kirish istagidagilar +998994869543 raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.
👍2
Forwarded from Alisher Sadullaev
Erta tongdan yana hududlar sari yo’l oldik. Ayni damda yangi loyihamiz — bepul tillarni o’rgatuvchi loyihamizni tahlil qilib turibman. Hozircha Ingliz, tez orada O’zbek va Turk tili darslari, keyinchalik Nemis, Xitoy, Yapon hamda Koreys tillarini qo’shish rejamiz ham bor. Bepul tillarni o’rganish mumkinligi haqidagi bu xabarni do’stlaringiz va yaqinlarga yetkazsangiz xursand bo’lamiz, agar dars o’tish uchun ko’ngilli o’qituvchilar bo’lsa ikki karra xursand bo’lamiz ☺️

👉 Marhamat: https://youtube.com/playlist?list=PLkREkayoYCyI9KGsZ2TfeVccRv9zqP0gl

@alisher_sadullaev
🔥2