Yoshlar bilan ishlash departamenti
386 subscribers
2.78K photos
387 videos
109 files
629 links
Har bir insonda o‘zi istagan narsani amalga oshirish uchun qo‘llar, oyoqlar, bosh va bir haftada 168 soat vaqt mavjud.

Robert Kiyosaki
Download Telegram
#KU_grant_sohiblari

🖊 Qo‘qon universiteti ilmli yoshlarga tayanadi va qo‘llab-quvvatlaydi

Bir guruh iqtidorli talaba-yoshlarimiz puxta bilim olish yo‘lidagi sa'y-harakatlari bois universitet grantlari sohibiga aylandilar.

Universitet rahbariyati grant sohiblari bilan suhbatda bo‘ldi. Qo‘qon universiteti ilm-ma'rifatli yoshlarga tayanib yuksalishi, o‘z navbatida bilim olish mashaqqatlarini zimmasiga olgan iqtidorli talabalar har jihatdan rag‘batlantirilishi ma'lum qilindi.

Uchrashuvda yaxshi xulq, yaxshi natijalar namoyish etib, grant sohibi bo‘lgan 22 nafar talaba orqali ularni tarbiyalayotgan ota-onalariga ham minnatdorchilik yo‘llandi. Zero, ota-ona uchun farzandlar ortidan keladigan har bir xursandchilik katta quvonch baxsh etadi.

🕊Telegram| 📱Facebook|📱Instagram| 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#oltin_fond
#KU_grant_sohiblari

Qo‘qon universitetida har bir o‘quv yilida iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Sizlarni universitetimiz grantlari sohibiga aylangan talabalarimiz bilan tanishtirib boramiz!

Boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishi 4-kurs talabalari:
Nilufarxon Husenova;
Sarvinozxon Rahimjonova;
Mushtariyxon Ochildiyeva;
Malikaxon Muxtorova.

Iqtisodiyot yo‘nalishi 2-kurs talabasi:
Islomxon Xoshimov.

Ma'lumot o‘rnida, o‘tgan 2021/2022 o‘quv yilida respublikamizning turli hududlaridan bo‘lgan 79 nafar talabaga universitetimiz grantlari ajratilgan.

🕊Telegram| 📱Facebook|
📱Instagram| 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📢 Barcha qiziquvchi talabalarni EuroPrint korxonasiga "Ochiq eshiklar kuni"ga taklif qilamiz!

Tadbirda:
korxona bo‘ylab sayohat;
ish jarayoni bilan tanishuv;
korxona xodimlari bilan erkin muloqot;
barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Korxona faoliyati bilan tanishish istagidagi talabalardan ertaga, 8-oktyabr kuni soat 10:00 da universitetning Startaplar va innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish departamenti xonasiga kelishlari so‘raladi.

🔥 Tadbir davomida suhbatdan o‘tib, korxonaga ishga joylashish imkoniyati ham mavjud!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
🏃🏃‍♀ Барча талабалар диққатига!

8 октябрь куни Қўқон шаҳрида бўлиб ўтадиган Save Aral – 2022 югуриш марафонига таклиф этамиз!

Марафон Қўқон шаҳрининг Турон ва Моварoуннаҳр кўчаларининг кесишмасида (Мўлжал: 41-мактаб ёки "Мастона" заводи ёнида) соат 9:00 да старт олади.

Мусобақа ғолиб ва совриндорлари ҳамда фаол иштирокчилари алоҳида номинациялар бўйича шаҳар ҳокимлиги ҳамда ҳамкор ташкилотларнинг эсдалик совғалари билан тақдирланадилар.

Маълумот ўрнида, юртимизда 2019 йилдан буён ўтказиб келинаётган мазкур марафонда кўнгилли спортчи ёшлар, профессионал спортчилар, ҳарбийлар ҳамда барча ёшдаги аҳоли қатлами вакиллари иштирок этиб келишади.

@kokanduni
👍2
Parolni_tiklash_instruksiyasi (talaba).pdf
301.9 KB
Hemis tizimida talabaning parolini tiklash tartibi bilan tanishing!

➡️ Parolni tiklash uchun PIN kod orqali talabaning haqiqiyligi tekshiriladi va uning profilidagi elektron pochta manziliga va telefon raqamiga PIN koddan iborat xabar yuboriladi. SMS xabar pullik (40 so‘m), talabaning hisobidan olinadi.

Funksionaldan foydalanish uchun talabaning profiliga elektron pochta manzili yoki telefon raqami kiritilgan bo‘lishi shart.

☝️Yuqoridagi faylda funksiyadan foydalanish yo‘riqnomasi keltirilgan.

🕊Telegram| 📱Facebook|
📱Instagram| 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#oltin_fond
#KU_grant_sohiblari

💥 Qo‘qon universitetining grant sohiblari bilan tanishing!

Mavluda Abdullayeva - Mehmonxona va turizmni boshqarish yo‘nalishi 2-bosqich talabasi.

Bu iqtidorli talabamiz 1-kursni eng yaxshi GPA ko‘rsatkichi bilan tamomladi. U Samarqandda o‘tkazilgan WSS Xalqaro forumida "Eng yaxshi ishtirokchi" nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlangan.

Yoqutxon Murodova - Mehmonxona va turizmni boshqarish yónalishi 2-bosqich talabasi.

Grantga qanday erishdi deysizmi? U 1-kursni yuqori GPA kórsatkichi bilan yakunladi. Bir necha xalqaro konferensiyalarda ishtirok etdi.

Yoqutxon Murodova joriy yilning 16-sentabr kuni Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan "Murabbo va shirinliklar" festivali g‘oyasi muallifidir. Shuningdek, u Orhun almashinuv dasturi ishtirokchisi. O‘qish davomida universitetimizning Xalqaro hamkorlik departamentida amaliy tajriba orttirmoqda.

🕊Telegram| 📱Facebook|
📱Instagram| 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
📢1-bosqich kunduzgi ta'lim shakli talabalari diqqatiga!

Talabalikni tasdiqlovchi ID kartalar tayyor bo‘lganligini ma'lum qilamiz.

➡️ Menejment, Moliya, Kompyuter injiniringi, Psixologiya va Maktabgacha ta'lim yo‘nalishlari talabalari soat 9:00 dan 10:20 gacha;

➡️ Iqtisodiyot, Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili, Turizm va mehmonxonani boshqarish yo‘nalishi talabalari soat 12:00 dan 13:20 gacha;

➡️ Boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishi talabalari 15:30 dan 17:00 gacha A bino 1-qavatida joylashgan Talabalarga xizmat ko‘rsatish departamentidan olish mumkin.

🔗 @ku_ssd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚙 Qo‘qon universiteti talabalari uchun maxsus imkoniyat!

Qo‘qon universiteti va AVTOPRO avtomaktabi hamkorligi asosida "Haydovchilik kursi" tashkil etilmoqda.

✔️AvtoPro avtomaktabida haydoychilikka samarali o‘qitish bo‘yicha tajribali mutaxassislar maxsus jihozlangan o‘quv xonalarda dars berishadi.

✔️ Darslar talabalarga qulay vaqtlarda Qo‘qon universiteti va avtomaktab o‘quv xonalarida o‘tkaziladi.

✔️1-oydan keyin amaliy mashg‘ulotlar asosida haydovchilik ko‘nikmasi oshirib boriladi.


✔️ Kurs to‘lovi talabalar uchun chegirmali tarzda belgilanadi.

Avtomashina boshqarish guvohnomasi olish uchun davlat imtihoniga muvaffaqiyatli tayyorgarlik ko‘rishni xohlovchi talabalarimizni ushbu avtomaktabda o‘qishga taklif etamiz!

📌 Kursga ro‘yxatga yozilish uchun quyidagi so‘rovnomani to‘ldirishingiz mumkin ⬇️

https://forms.gle/bsKw3D5gK9zwb8iZ9

🌐 web-site Telegram|
📱Facebook|📱Instagram|
📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sport_haftaligi

🗣Futbol musobaqasi bugun 14:00 da boshlanadi.

⚽️ Futbol musobaqalarida ishtirok etuvchi talabalar universitetimizning sport majmuasida belgilangan vaqtda jamoaviy holda yig‘ilishlari so‘raladi.

🕊Telegram| 📱Facebook|📱Instagram| 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#book_challenge
#men_sevgan_kitob

📚 Axborot-kutubxona markazi 21-oktabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan barcha talabalarni #men_sevgan_kitob heshtege ostidagi chellenjga chorlaydi!

📹 Aziz talabalar, o‘zingiz sevib mutolaa qilgan kitob haqida videomaterial tayyorlab, quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin 👉 @kulibrary08

🔥Eng sara video namunalari rasmiy sahifalarimizda e'lon qilinadi va g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.

📕 O‘qing, o‘rganing va o‘rgating! O‘z iqtidoringizning yangi qirralarini kashf qilish vaqti keldi!

Axborot-kutubxona markazi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_siyosati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning oltinchi sammitida nutq so‘zladi

Prezidentimiz o‘z nutqida mamlakatlar radikal g‘oyalarning keng xurujiga yanada ko‘proq to‘qnash kelayotganiga e’tibor qaratdi:

"Buzg‘unchi kuchlar targ‘ibot va mafkuraviy ta’sirning yangi uslublaridan foydalangan holda ekstremistik tashkilotlarga yoshlarni faol jalb etmoqda.

Shu munosabat bilan yosh avlodni radikalizmdan asrash, ularning kuch-g‘ayrat va shijoatini bunyodkorlik sari yo‘naltirish uchun tizimli hamkorlikni o‘rnatishimiz kerak.

O‘g‘il-qizlarimiz o‘z kuchiga ishonishi, adolatli kelajakni qaror toptirishda o‘z ishtirokini his etishi, o‘z salohiyat va umidlarini amalda ro‘yobga chiqarish imkoniyatlariga ega bo‘lishi lozim.

Majlisimizning Yoshlar kengashi hamraisi sifatida turli yoshdagi insonlar o‘rtasida bir-birini yaxshiroq tushunishga da’vat etadigan, farzandlarimizning eng dolzarb muammolariga birgalikda yechim izlashga ko‘maklashuvchi yangi formatni – Avlodlar muloqotini yo‘lga qo‘yishni taklif etamiz.

Yosh yetakchilar Forumi doirasida bunday ilk uchrashuvni 2023-yil aprel oyida Samarqandda o‘tkazishga tayyormiz"
.

@kokanduniversity
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#oltin_fond

💰Aziza - "Ziyolilar" O‘zbekiston talabalari almanaxi sahifalarida

"Men uchun eng katta xazina - bilim! Doim o‘z maqsadlarimga erishish uchun imkoniyat qidirib topa olaman. Rejalarim yo‘lida hech qachon ortga chekinmayman".


Universitetimizning Boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishi talabasi Aziza Jo‘rayeva ana shunday ilm va qat'iyat egasi.

U joriy yilda "iBook.uz" va" oliygoh.uz platformasi tomonidan o‘tkazilgan talabalar uchun "iBook.uz stipendiyasi" respublika tanlovida TOP-20 talik orasidan joy egalladi.

Uning she'rlari Turkiya va Ozarbayjon Respublikalarining "Turk Yayinevi" nashriyoti tomonidan tayyorlangan, "Turkchaning dunyodagi o‘zbek ovozi" xalqaro antologiyasida chop etildi. "Ziyolilar" O‘zbekiston talabalari almanaxi sahifalarida ham bu iqtidorli talabamiz haqida yoritildi.

Aziza universitetimizda o‘tkazilgan "Vatan taqdiri - mening taqdirimda" mavzusidagi insholar tanlovlari g‘olibidir. U kelgusida bolalarga sifatli ta'lim berishni maqsad qilib, mutaxassislik fanlari, IT, grafik dizaynerlik va chet tillari bo‘yicha ham bilimini oshirib bormoqda. Zulfiyaxonim qizlaridan biriga aylanishni ham ko‘ngliga tuggan.

Azizaga kelgusida ham muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilaymiz!

🌐 web-site Telegram|
📱Facebook|📱Instagram|
📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM