Yoshlar bilan ishlash departamenti
385 subscribers
2.78K photos
387 videos
109 files
629 links
Har bir insonda o‘zi istagan narsani amalga oshirish uchun qo‘llar, oyoqlar, bosh va bir haftada 168 soat vaqt mavjud.

Robert Kiyosaki
Download Telegram
#amaliy_psixologiya
#noakademik_hayot

Ko‘p sonli talabalarning xohish-istaklariga ko‘ra universitetimizda Amaliy psixologiya to‘garagi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Har bir inson tarbiya mahsuli bo‘lish bilan birga, tabiat tomonidan ato etilgan tug‘ma biologik xususiyatlarga ham ega. Shu bois dastlabki mashg‘ulotlarda tajribali psixolog-konsultant tomonidan talabalarning xarakter tipini aniqlab olishga e'tibor qaratildi.

To‘garak tinglovchilarini oldinda ong osti sirlari va uning imkoniyatlaridan samarali foydalanish, o‘zlikni anglash, stressni bartaraf etish, notiqlik mahoratini oshirish, yashash uchun 1000 sabab kabi qiziqarli mavzulardagi psixologik mashg‘ulotlar kutmoqda.

🔔Ma'lumot o‘rnida, Amaliy psixologiya to‘garagi dushanba, payshanba kunlari 15:30 da (B bino 408-xona) o‘tkaziladi.

🔗 @kokanduniversity
👍4