Yoshlar bilan ishlash departamenti
384 subscribers
2.78K photos
387 videos
109 files
629 links
Har bir insonda o‘zi istagan narsani amalga oshirish uchun qo‘llar, oyoqlar, bosh va bir haftada 168 soat vaqt mavjud.

Robert Kiyosaki
Download Telegram
1-oktyabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni

💐
Qo‘qon universitetida - bayram shukuhi

Bugun Qo‘qon universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlari kunni bayramoni kayfiyatda boshladilar. Talabalar tomonidan 1-oktyabr - "O‘qituvchi va murabbiylar kuni"ga bag‘ishlab tayyorlangan badiiy dastur ustozlar uchun ajoyib sovg‘a bo‘ldi.

Talaba-yoshlar ustozlarga ehtirom ruhida she'rlar o‘qidilar, turli ijrolari orqali samimiy tabriklarini yo‘lladilar.

📱 @kokanduniversity
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🎉1
#rektor_va_yoshlar

"Insonni ilm abadiylashtiradi, ilmgina ulug‘laydi. Ilm ulug‘langan yurt jahonda ulug‘vorlik kasb etib boradi"

🖊 Pedagogik yo‘nalishlar talabalari "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" bilan qutlandi

Qo‘qon universitetining Ta’lim yo‘nalishlari talabalari, ya’ni bo‘lajak ustozlar ilk kasb bayramlari bilan tabriklandi.

Qo‘qon universiteti rektori v.b Gʻafurjon Zaxidov o‘qituvchi va murabbiylik kasbini tanlagan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazib, ulug‘ yo‘lni tanlaganliklari bilan samimiy tabrikladi.

📕 Batafsil o‘qish ➡️ https://bit.ly/3dY1MBR

📱 @kokanduniversity
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Kokand University (rasmiy) (Мухтасар Исақова)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💐 Qo‘qon universiteti talabalarining mehridaryo ustozlarimizga bayram tabrigi!

@kokanduniversity
Forwarded from Kokand University (rasmiy) (Мухтасар Исақова)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💐 Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!

@kokanduniversity
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#teatr_soati

🎭 Barcha professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar diqqatiga❗️

🎭 Ertaga, 4-oktyabr kuni soat 14:00 da Qo‘qon musiqali drama teatrida namoyish etilayotgan "Sirli quticha" nomli komediya janridagi spektakl tomoshasiga taklif etamiz!

⚡️Hurmatli ustozlar va talabalar! Teatrga tashrif buyuring va madaniy hordiq chiqaring!

@kokanduniversity
📢Ishlash istagidagi talabalar diqqatiga!

➡️"Di Largo" restorani talaba-yoshlarni suhbat asosida ishchi-xodimlikka taklif etadi❗️

☝️ O‘qishdan keyingi bo‘sh vaqt davomida soatbay ishlash mumkin. Maosh ishbay asosda to‘lanadi.

Shuningdek, shahrimizdagi korxonalar, xizmat ko‘rsatish va boshqa muassasalarda ishlash istagidagi talabalardan ham
➡️ Startap va innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish departamentiga murojaat qilishlari so‘raladi.

🔗 @kokanduniversity
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#teatr_soati
#besh_tashabbus

🎭 Teatrning sirli olamidan bahra olindi

Universitetimiz o‘qituvchi va talabalari Qo‘qon musiqali drama teatrida navbatdagi spektakl tomoshasida ishtirok etdilar.

Talaba-yoshlarimiz teatr aktyorlari tomonidan sahnalashtirilgan "Sirli quti" spektaklini tomosha qilib, o‘zlari uchun ibrat oldilar va madaniy hordiq chiqardilar.

Qayd etish joizki, "Sirli quti" asari Qo‘qon teatri faxriysi, xalqqa yetuk aktyor, iste’dodli rejissyor, xassos shoir va dramaturg sifatida tanilgan ustoz-ijodkor Azimjon Azizov qalamiga mansubdir. Asarda komediya janri asosida jamiyatimizning ijtimoiy ahamiyatli mavzusi sahnaga olib chiqilgan.

Teatr tomoshasi universitet jamoasi va talabalarga manzur bo‘ldi.

🔗 @kokanduniversity
👍8
#amaliy_psixologiya
#noakademik_hayot

Ko‘p sonli talabalarning xohish-istaklariga ko‘ra universitetimizda Amaliy psixologiya to‘garagi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Har bir inson tarbiya mahsuli bo‘lish bilan birga, tabiat tomonidan ato etilgan tug‘ma biologik xususiyatlarga ham ega. Shu bois dastlabki mashg‘ulotlarda tajribali psixolog-konsultant tomonidan talabalarning xarakter tipini aniqlab olishga e'tibor qaratildi.

To‘garak tinglovchilarini oldinda ong osti sirlari va uning imkoniyatlaridan samarali foydalanish, o‘zlikni anglash, stressni bartaraf etish, notiqlik mahoratini oshirish, yashash uchun 1000 sabab kabi qiziqarli mavzulardagi psixologik mashg‘ulotlar kutmoqda.

🔔Ma'lumot o‘rnida, Amaliy psixologiya to‘garagi dushanba, payshanba kunlari 15:30 da (B bino 408-xona) o‘tkaziladi.

🔗 @kokanduniversity
👍4