Yoshlar bilan ishlash departamenti
386 subscribers
2.78K photos
387 videos
109 files
629 links
Har bir insonda o‘zi istagan narsani amalga oshirish uchun qo‘llar, oyoqlar, bosh va bir haftada 168 soat vaqt mavjud.

Robert Kiyosaki
Download Telegram
🖇 Talabamiz xalqaro diplomga ega bo‘ladi

Qo‘qon Universitetining Turizm va mehmonxonani boshqarish yo‘nalishi talabasi Sanat Ismoilov Solbridge Xalqaro Biznes Maktabi (Janubiy Koreyaning Woosong universiteti)da ta'lim olishga kirishdi.

Bu iqtidorli talabamiz har ikki universitet o‘rtasida tuzilgan talaba almashish dasturi asosida kuzgi semestrda xorijda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

➡️E'tirofli jihati, Koreyaning Daejeon Silikon vodiysi (yuqori texnologiyalar shahri)da joylashgan SolBridge talabalarni tez o‘sib borayotgan Osiyo iqtisodiyoti yetakchisi etib tayyorlaydi. Ushbu maktab biznes maktablari orasida noyobdir. 64 xil mamlakat vakillaridan iborat xalqaro talabalar jamoasiga ta'lim beradi. Immersion dasturlari, maxsus ma’ruzalar, seminarlar va amaliyotlar orqali nazariya va amaliyot o‘rtasidagi muvozanat ta'minlanadi. AACSB akkreditatsiyasini olgan dunyodagi mashur biznes maktablaridan biridir.

🔗 @kokanduniversity
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11
#Orientation_week_2022

🖊 Ta'limning dastlabki haftasi tanishtirish jarayonlari bilan boshlandi

Universitetga 1-kursga qabul qilingan talaba-yoshlar kampusni aylanib, oliy ta'lim olish muhiti bilan yaqindan tanishmoqdalar. Ular uchun yuksak tayyorgarlik bilan tashkil etilgan "Tanishtiruv darslari"ni katta ishtiyoq bilan tinglashyapti.

Talabalarga trenerlarimiz tomonidan universitetda oʻqish tartiblari, ta'lim platformasidan foydalanish qoidalari haqida tushunchalar berilyapti. 1-semestrda o‘qitiladigan fanlarning taqdimotlari amalga oshirilyapti. Shuningdek, talabalarning bilimlari test topshiriqlari asosida sinovdan o‘tkazilib, daraja (level)lari aniqlanmoqda.

📱 @kokanduniversity
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Kokand University (rasmiy) (Мухтасар Исақова)
#Orientation_week_2022

🖊 Tarixiy obidaga sayohat uyushtirildi

"Orientation week" haftaligi doirasida 1-kurs talaba-yoshlari uchun Qo‘qon  shahridagi muhtasham tarixiy obidalardan biri - Xudoyorxon o‘rdasi bilan tanishish imkoniyati yaratildi.

Qo‘qon madaniyati va tarixi davlat muzeyi ilmiy xodimlari talabalarga tashqi qal'a, o‘rta va ichki saroylar hamda bog‘dan iborat bo‘lgan inshootning bunyod etilish tarixi haqida qiziqarli ma'lumotlar berdilar. Qadimiy qo‘lyozmalar, kitoblar va boshqa eksponatlar bilan tanishtirdilar. Talabalarga, ayniqsa mahorat bilan namoyish etilgan tarixiy spektakl manzur bo‘ldi.

Web-site|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
👍5
📢 Barcha professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va talabalarni treningga taklif etamiz!

🖇 Qo‘qon universiteti va Gretsiya Respublikasining International Hellenic Universiteti hamkorligida seminar-trening o‘tkaziladi.

🔖 Mavzu: Turizmda aqlli shaharlar va internet texnologiyalari.

🎙 Spiker:
Soultana Tania Kapiki - International Hellenic University Xalqaro turizm kafedrasi professori, "ALFA", "ERASMUS+", "TEMPUS" kabi qator loyihalar koordinatori, professor.

➡️ Seminar-treningda ishtirok etish istagidagilar hoziroq ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin ➡️ https://forms.gle/Dyxayx71J4iykXCH9

⚡️Treningda ishtirok eting va Marketing, turizm, mehmonxonani boshqarish fanlari nomzodi, xalqaro tajribali professordan mavzu bo‘yicha bilimlar oling. Oldinda sizlarni qiziqarli mavzular doirasida treninglar seriyasi kutmoqda!

Web-site|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#referendum_2022
#deputat_va_yoshlar

🖊 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari - talabalar huzurida

Rivojlanishning bosh omili bo‘lgan Konstitutsiyamizga bugungi islohotlar bilan hamohang bo‘lishi uchun qanday o‘zgartirishlar kiritilmoqda? Xalqimiz tomonidan yoshlarning huquq va manfaatlarini ta'minlash borasida qanday yangi takliflar ilgari surildi? Konstitutsiyaviy islohotlarda yoshlarning ishtiroki qanday bo‘lmoqda?

Qo‘qon universiteti talabalari ishtirokida "Konstitutsiyada yoshlar huquq va erkinliklari" mavzusida o‘tkazilgan tadbirda ushbu masalalar xususida so‘z bordi.

Batafsil ➡️https://bit.ly/3LTIA4x

📱 @kokanduniversity
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM