Yoshlar bilan ishlash departamenti
385 subscribers
2.78K photos
387 videos
109 files
629 links
Har bir insonda o‘zi istagan narsani amalga oshirish uchun qo‘llar, oyoqlar, bosh va bir haftada 168 soat vaqt mavjud.

Robert Kiyosaki
Download Telegram
AXBOROT_XATI_UZ.pdf
707.7 KB
📣📣📣DIQQAT E'LON!!!
🇺🇿 «YOSHLAR ORASIDA QADRIYATLAR VA ME'YORLAR TRANSFORMATSIYASI» mavzusi bo'yicha oktyabr xalqaro ilmiy konferensiyasi

🌍Ilmiy maqolalar OʻZBEK, RUS va INGLIZ tillaridan qabul qilinadi.
🔎Konferensiya yoʻnalishlari:
1.
Zamonaviy yoshlar qadriyatlari va jamiyat boshqaruvi.
2. Oila zamonaviy yoshlar qadriyatlari tizimida.
3. Bolalar va yoshlar oʻrtasida deviant xulq-atvor namoyon boʻlish sabablari va profilaktikasi.
4. Gender tenglik va zamonaviy qadriyatlar.
*Konferentsiya materiallari qat’iy tanlanadi

📆Muddat: 2022-yil 25-avgustdan 5-oktyabr kuniga qadar
📥 octoberyouthconference.uz@gmail.com
📌 https ://http://yomi.uz/
📝 Axborot xati
📝 Ma’ruza bilan ishtirok etish uchun talablar
💰MUTLAQO BEPUL!

FAOL BOʻLING
‼️

Aytgancha: Ingliz tilidagi maqolalar va ma’ruzalarga ustuvorlik beriladi.🤓
📚 Qo‘qon universiteti talaba-yoshlari uchun "Jadidlar" kitobi to‘plami tuhfa qilindi

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qoʻqon shahar Kengashi raisi Husniddin Ismoilov Qo‘qon universiteti rektori v.b G‘afurjon Zahidovni va u orqali universitet jamoasini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 31 yillik bayrami bilan muborakbod etdi. Bayram munosabati bilan "Jadidlar" nomli kitoblar jamlanmasi va bayram tabriknomasini topshirdi.

Yoshlar ittifoqi Qo‘qon shahar Kengashi a'zolari universitetimizda talaba-yoshlarning sifatli ta'lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildilar. Yoshlarning yangi g‘oyalari va ilg‘or tashabbuslarini yanada qo‘llab-quvvatlash borasida o‘zaro fikr-mulohazalar almashildi.
----------------------
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan nashr etilgan ushbu to‘plamda o‘zbek jadidchiligining 8 nafar yirik vakili: G‘ulom Zafariy, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti, asarlari haqida ma’lumotlar jamlangan. Jadidshunoslikning darg‘alari sanalgan Hamidulla Boltaboyev, Bahodir Karimov kabi olimlar muallifligida yozilgan kitoblar „Adib hayoti“, „Faoliyati va ijodi“, „Hikmatli so‘zlari“, „E’tirof“ hamda „Foydalanilgan adabiyotlar“ kabi bo‘limlardan iborat.

Bu to‘plamni aholi, jumladan, yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish orqali ma’rifatparvar jadid bobolarimiz haqida har bir yoshning xabardorligini oshirish asosiy maqsaddir.

🔗 @kokanduniversity
👍4
"Biz uchun birinchi o‘rinda ta'lim, ta'lim va yana ta'lim turadi"
Shavkat Mirziyoyev

Qo‘qon universitetida Buvayda tumani Maktabgacha ta'lim bo‘limining konferensiyasi o‘tkazildi

Qo‘qon universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan hisobot konferensiyasini universitet rektori v.b G‘afurjon Zahidov tabrik so‘zi bilan ochdi. Muhim raqamlarga e'tibor qaratib, oliygohimizda bugungi kunda Buvayda tumanilik 127 nafar talaba-yoshlar ta'lim olayotgani, ularning 105 nafari aynan ta'lim yo‘nalishlarida o‘qishi, kelgusida bu yoshlar zamonaviy bilimlar bilan Maktabgacha ta'lim tizimi ravnaqiga hissa qo‘shishlarini ta'kidladi.

Anjumanda universitetda ta'lim sifatini oshirish, talabalarda zamonaviy kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish borasida viloyat, shahar va tumanlar Maktabgacha ta'lim boshqarma va bo‘limlari rahbariyatlari bilan hamkorlik izchil davom ettirilishi aytib o‘tildi. Universitet tizimni nafaqat malakali mutaxassislar bilan ta'minlash, balki soxa xodimlarining malakasini oshirishga hissa qo‘shishga tayyorligi ma'lum qilindi.

Buvayda tumani hokimligi va Maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan universitet rahbariyatiga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirildi, Tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Anjumanda tuman hokimining o‘rinbosari G‘ayratjon Mamajonov so‘zga chiqib, Qo‘qon universiteti faoliyati xususida iliq fikrlar bildirdi.

Qo‘qon universitetining Maktabgacha ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilari so‘zga chiqib, mehnat faoliyatlari davomidagi ilk xulosalari bilan bo‘lishdilar va tarbiyachilar uchun muhim tavsiyalar berdilar.

Avgust kengashi sho'balar kesimida davom etdi.

🔗 @kokanduniversity
👍2
Forwarded from Alisher Sadullaev
O‘zbekistondagi xususiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalari qaysilar?

Ota-onalar va abituriyentlar tomonidan nodavlat va xususiy oliy ta’lim muassasalari haqida, ularning diplomi O‘zbekistonda o‘tishi yoki o‘tmasligi haqida ko‘plab savollar kelib turadi. Asosiy savol: qaysi oliy ta’lim muassasalarining diplomi O‘zbekistonda o‘tadi?

Ushbu havolada Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan litsenziya berilgan xususiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalarining ro‘yxati bor. Hozirda mazkur ro‘yxatdagi oliy ta‘lim muassasalarining diplomi O‘zbekistonda o‘tadi.

Ota-onalar va abituriyent-yoshlar xususiy yoki nodavlat oliy ta’lim muassasasini tanlamoqchi bo‘lsa yoki biror yangi oliy ta’lim muassasasining e’loniga duch kelsa, avvalo, mana shu sahifaga kirib, ro‘yxatdan tekshirib ko‘rishlarini tavsiya qilamiz.

@alisher_sadullaev
👍3
_Ахборот_хати_2022_конф_08_07_2022_узгартирилган.doc
2.3 MB
📢 Qo‘qon universitetining professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar va talabalarni ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif etamiz!

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan "Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish, ularning xotirasini abadiylashtirish va ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy g‘oyalarining ta’lim va tarbiyadagi ahamiyati yoritilgan elektron platforma va multimediyali kompleksini yaratish” loyihasi doirasida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.

🔖 Mavzu: “O‘zbekiston tarixini o‘rganishda raqamli texnologiyalarning ahamiyati”

O‘tkazilish kuni: 2022-yil 28-sentyabr.

Ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etishni xohlovchilar tezis va maqolalarini 2022-yilning 12-sentyabrigacha Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining tarix fakulteti “O‘zbekiston tarixi” kafedrasiga  yuborishlari so‘raladi.

📌 Batafsil ma'lumot
axborot xatida mavjud.

📧 Elektron pochta manzili: dhistory22@mail.ru
👍2
Инф_письмо_Евразийский_форум_141022.pdf
465.2 KB
📣 XIX XALQARO EVROOSYO ILMIY FORUMIDA ISHTIROK ETING!

Lev Gumilyov ilmiy konsepsiyalarining tarix fanini o‘rganishga qo‘shgan hissasini tahlil qilish maqsadida Yevroosiyo ilmiy forumi o‘tkazilmoqda.

🔖 Mavzu: "Лев Гумилев и великая степь: история и современность".

O‘tkazilish vaqti: 2022-yil 14-oktyabr.

📤 Forumda ishtirok etish va to‘plamga kirish uchun 2022-yil 30-sentyabrgacha tashkiliy qo‘mitaga maqola yuborish mumkin.

📧 Elektron pochta:
forum.22@bk.ru
👍1
Forwarded from Edu.uz
⚡️Ilmiy izlanuvchilar uchun 10 kunlik amaliy kurs

Vazirlik huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markazda Toshkent shahridagi Vebster universiteti bilan hamkorlikda shartnoma asosidagi “Ten days research and Latex practical course” nomli qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etilmoqda.

Mazkur kurs Kipr, Fidji Janubiy Tinch Okeani, Hindiston Sharqshunoslik universitetlari professori Bidjay Kumar Kandel tomonidan 3–14-oktabr kunlari o‘tkaziladi.

Mashg‘ulotlar ingliz tilida olib boriladi va kurs yakunida sertifikat beriladi.

Tinglovchilar kurs davomida ilmiy tadqiqot olib borish metodikasi, dissertatsiyaning asosiy natijalarini xalqaro miqyosdagi yirik nashrlar bazasiga kiruvchi ilmiy jurnallarda e’lon qilish uchun “Latex” dasturidan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar.

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
👍1