Yoshlar bilan ishlash departamenti
389 subscribers
2.78K photos
387 videos
109 files
629 links
Har bir insonda o‘zi istagan narsani amalga oshirish uchun qo‘llar, oyoqlar, bosh va bir haftada 168 soat vaqt mavjud.

Robert Kiyosaki
Download Telegram
#Aroma_live
#Talabalar_hayoti

"Mehrigiyo" plantatsiyasi yurtimizning eng go‘zal va unumdor go‘shalaridan biriga aylanib qolgan. Qo‘qon universitetining Maktabgacha ta'lim (maxsus) sirtqi yo‘nalishi talabalarining darsdan keyingi vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida ushbu shifobaxsh maskanga sayohat uyushtirildi.

Nafaqat Farg‘ona, balki O‘zbekistondagi noyob va yirik farmatsevtika korxonalaridan biri bo‘lgan "Doctor Ali salomatlik bog‘i"ga sayohat, lavandazor bo‘ylab sayr barcha talabalar uchun mazmunli va esda qolarli o‘tdi.

Yoshlar bilan ishlash departamenti
👍2
Talabalarning ta'lim haftalari mazmunli yakunlandi

Maktabgacha ta'lim sirtqi (maxsus) ta'lim shakli talabalari uchun ikki hafta davomida o‘quv-uslubiy va seminar-trening dasturi asosida dars mashg‘ulotlari hamda turli madaniy, sport tadbirlari tashkil etildi.

Ta'lim haftalarida talabalar "Zakovat" intellektual o‘yini va "Sport malikalari" kabi sog‘lomlashtirish tadbirlarida faol ishtirok etdilar. G‘olib talabalarga Diplom va medallar topshirildi.

Shuningdek, seminar-treninglarda kerakli bilim va ko‘nikmalarni egallagan barcha talabalar esa Sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

🔗 @kokanduniversity
#besh_tashabbus

Axborot-kutubxona markazi tashabbusi bilan sirtqi yo‘nalishlar talabalari o‘rtasida kitob mutolaasini keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan madaniy tadbir o‘tkazildi.

Universitetning Gulhayobonu Muhammadqosim, Nurfayz Shamsuddinov, Jahongir Azimov va boshqa iqtidorli talabalari "Izlash", "Bir vijdon uyg‘onur" kabi badiiy kitoblar taqdimotini o‘tkazdilar.

Madaniy tadbir sahna ko‘rinishi va jonli ijrodagi qo‘shiqlar bilan mazmunli o‘tdi.

@kokanduniversity
@LIBRARY_KU

Yoshlar bilan ishlash departamenti
👍4🔥3
Forwarded from Kokand University (rasmiy) (Мухтасар Исақова)
🇺🇿 Abituriyentlar diqqatiga 📣

🏢 Qo‘qon universitetiga 2022/2023 o‘quv yili uchun qabul boshlandi❗️
 

📍Bizda ⬇️

talaba almashish dasturlari orqali Finlyandiya, Turkiya, Germaniya, Vengriya kabi davlatlarda ta'lim olish;
o‘qish bilan birga ishlash;
25% dan 100 % gacha grant yutish;
istiqbolli kadrlar ro‘yxatidan joy olish;
ko‘proq vaqt o‘tkazish uchun betakror kampus, motivatsion muhit;
"Networking" imkoniyatlari taqdim etiladi.

🎞 Universitet haqida videolavha.

🔖 Xorijiy til sertifikati borlar uchun imtiyoz mavjud.

📚Universitetning 9 ta bakalavriat ta'lim yo‘nalishidan o‘zingizga mosini tanlang ↪️ https://bit.ly/3aWhg7D

Ishdan ajralmagan holda sirtqi-masofaviy yo‘nalishlarda o‘qishingiz mumkin ↪️https://bit.ly/3xGEw2d

📮Hujjatlar 2022-yil 20-iyundan 31-iyulga qadar onlayn va offlayn qabul qilinadi.

📌 Kerakli hujjatlar.

🌐 Veb-sayt: kokanduni.uz
📞Call center ⬇️
☎️+998735454444;
☎️+998735455555.

Manzil: Qo‘qon shahri, Turkiston ko‘chasi, 28-a uy.

Batafsil

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
👍6
Forwarded from Xalqaro hamkorlik departamenti (Nazokatkhon نازوكات)
Qozon shahrida 4 kunlik sammit: turar joy, oziq-ovqat va ichki transport xarajatlari qoplanadi!

Kazan Global Youth Summit 2022-yil 27-30-avgust kunlari Qozon shahrida (Rossiya), ingliz tilida boʻliib oʻtadi. Sammitga 18-35 yoshli yetakchi yoshlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Turar joy, oziq-ovqat va ichki transport xarajatlari qoplanadi
– Qozonga borish va qaytish uchun aviachipta xarajati ham soʻrov asosida qoplanishi mumkin

Arizalar 2022-yil 15-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kazan-global-youth-summit/

@ grantlar
👍2
#Ushbu_kitob_siz_uchun
#besh_tashabbus
@Library_KU

📚 "Qaysi kitobni o‘qisam ekan?" deyapsizmi?!

✔️Kuchli lirizm, milliyat, sof muhabbat...
✔️ko‘rinmas va oshkor fojialar...
✔️ tarix, bugun va ertaning bir-biriga kavsharlangan halqasi...


➡️ Bularning barchasi bir kitobda mujassam. Javlon Jovliyevning "Qo‘rqma" asarini shunchaki o‘qiy olmaysiz. O‘qing va chuqur mulohaza yuriting!

📌 Yoshlar bilan ishlash departamenti barchangizni kitob mutolaasiga chorlaydi!

Qo‘qon universitetining iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan videolavha bilan tanishing ⬇️
https://youtu.be/3czar6E7hmo
👍3🔥2
Forwarded from Kokand University (rasmiy) (Мухтасар Исақова)
📣📣📣 Yozgi maktabga marhamat!

🔥Qo‘qon universiteti talabalarini 11-iyuldan 11-avgustga qadar Yozgi maktabda intensiv o‘qishga taklif qilamiz.

⚡️O‘qish kunduzgi ta'lim shakli talabalari uchun an'anaviy (offlayn), sirtqi ta'lim shaklidagilar uchun esa onlayn tarzda o‘tkaziladi.

💥 𝗬𝗼𝘇𝗴𝗶 𝗺𝗮𝗸𝘁𝗮𝗯𝗱𝗮:
👉 dars mashg‘ulotlarini yuqori malakali professor-o‘qituvchilar olib boradilar;
👉 tinglovchi-talabalar uchun darsdan keyin ko‘ngilochar tadbirlar va to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

📌 Yozgi maktab o‘quv yili davomida fanlardan akademik qarzdor bo‘lgan hamda GPA ko‘rsatkichini ko‘tarish niyatidagi talabalar uchun yaxshi imkoniyat!
Unda ishtirok eting va ta'lim yo‘nalishingiz va mutaxassisligingiz doirasida qo‘shimcha bilim, ko‘nikma hamda malakaga ega bo‘ling!


Ro‘yhatdan o‘tish uchun ushbu elektron manzilga 👉@deanoffice👈 ism-sharifingiz, guruhingiz, tahsil olmoqchi bo‘lgan faningiz hamda telefon raqamingizni yozib yuborishingiz so‘raladi.

🔗 @kokanduniversity
👍5
#Iqtidorli_talabalar_faxrimiz

Qo‘qon universitetining Moliya yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Xurshidbek Tolibjonov "Таланты России" 6-Butunrossiya tanlovida ishtirok etdi.

U "Maqolalar va jurnalistika" nominatsiyasida "Bizning sayyoramiz" ijtimoiy va ekologik mavzusidagi ishi uchun 2-darajali Diplom bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Xurshidbek Tolibjonovning ilmiy rahbarlari Nodirjon Rahmonov va Xasanjon Sobirovlar ham tanlov tashkilotchilari tomonidan Sertifikat bilan taqdirlandilar.

🔗 @kokanduniversity
👍8