Yoshlar bilan ishlash departamenti
386 subscribers
2.78K photos
387 videos
109 files
629 links
Har bir insonda o‘zi istagan narsani amalga oshirish uchun qo‘llar, oyoqlar, bosh va bir haftada 168 soat vaqt mavjud.

Robert Kiyosaki
Download Telegram
"Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi

Qo‘qon universitetining Yoshlar bilan ishlash departamenti tomonidan "Zakovat party" tashkil etildi. Qizg‘in kechgan intellektual o‘yinda 8 ta jamoa o‘zaro bellashdilar. Talabalarning tarixiy, adabiy va mantiqiy bilimlari sinovdan o‘tkazildi.

Blits savollar va jamoaviy o‘yinlarda, ayniqsa Maktabgacha ta'lim (maxsus) sirtqi yo‘nalishi talabalari katta ishtiyoq bilan qatnashdilar. Bolalarning obrazlariga kirib, ularning odatlarini namoyish qilib berdilar.

Intellektual tadbir madaniy kechaga ulandi. Pishiriqlar va salqin ichimliklar bilan barchaga xush kayfiyat ulashildi.
👍4
Qo‘qon universitetining sirtqi-masofaviy yo‘nalishlari talabalari diqqatiga❗️

20-iyundan universitetda o‘qish haftasi boshlanishi munosabati bilan uzoq hududdan kelgan talabalar yotoqxonaga joylashishlari mumkin.

👩‍🎓 Talaba xotin-qizlar - Qo‘qon tibbiyot kolleji yotoqxonasiga (mo‘ljal- Xudoyorxon o‘rdasi yonida);

👨‍🎓Talaba yigitlar - Qo‘qon pedagogika kolleji yotoqxonasiga (mo‘ljal - 4-maxsus maktab internat yonida) joylashishlari mumkin.

Yoshlar bilan ishlash departamenti
👍2
🏃‍♀"Sport malikalari" musobaqalari qizg‘in kechdi

Qo‘qon universitetining Maktabgacha ta'lim (maxsus) sirtqi yo‘nalishi talabalari uchun darsdan keyingi bo‘sh vaqtlarida sport-sog‘lomlashtirish tadbiri o‘tkazildi.

Sportning voleybol, badminton turlari bo‘yicha musobaqalar qizg‘in kechdi. Ayniqsa, jamoaviy sport o‘yinlarida barcha faol qatnashib, chaqqonlar va kuchlilar saralandi.

Shunindek, talaba-qizlar tajribali trenerdan fitnes aerobikasi mashqlarining ahamiyati va to‘g‘ri bajarish usullari bo‘yicha saboq oldilar.

@kokanduniversity
👍1
Forwarded from Kokand University (rasmiy) (Мухтасар Исақова)
#Ziyo_istagan_qalblar_uchun

📣 Aziz talabalar!

2022-yil 22-iyun soat 15:30 da Qo‘qon universitetida sirtqi yo‘nalishlar talabalari uchun "Badiiy kitoblar taqdimoti" shiori ostida o‘tkaziladigan madaniy tadbirga taklif etamiz❗️

📚🎼 Mazkur tadbirda universitet talaba-yoshlarining kitoblardan olgan taassurotlari hamda qiziqarli badiiy dasturni tomosha qilishingiz mumkin.

🔥Tadbirda siz, aziz talabalarni kutib qolamiz! Ishtirok eting va badiiy tafakkuringizni boyiting.

📍B bino 103-xona.

@kokanduniversity
@LIBRARY_KU
👍2
📢 Aziz talabalar, FarPIning "Qirguli" jamoasi "Yilning eng faol talabalar teatr studiyasi - 2022" ko‘rik-tanlovida Farg‘ona viloyati sharafini himoya qilib, final bosqichiga ko‘tarildi. Ushbu hal qiluvchi bosqichda FarPI jamoasini qo‘llab-quvvatlab, ovoz beraylik!
#Aroma_live
#Talabalar_hayoti

"Mehrigiyo" plantatsiyasi yurtimizning eng go‘zal va unumdor go‘shalaridan biriga aylanib qolgan. Qo‘qon universitetining Maktabgacha ta'lim (maxsus) sirtqi yo‘nalishi talabalarining darsdan keyingi vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida ushbu shifobaxsh maskanga sayohat uyushtirildi.

Nafaqat Farg‘ona, balki O‘zbekistondagi noyob va yirik farmatsevtika korxonalaridan biri bo‘lgan "Doctor Ali salomatlik bog‘i"ga sayohat, lavandazor bo‘ylab sayr barcha talabalar uchun mazmunli va esda qolarli o‘tdi.

Yoshlar bilan ishlash departamenti
👍2