Yoshlar bilan ishlash departamenti
389 subscribers
2.78K photos
387 videos
109 files
629 links
Har bir insonda o‘zi istagan narsani amalga oshirish uchun qo‘llar, oyoqlar, bosh va bir haftada 168 soat vaqt mavjud.

Robert Kiyosaki
Download Telegram
📖 Toshkentdagi Innotexnoparkda «Mirzo Ulug‘bek vorislari» tanlovining yakuniy bosqichiga start berildi

Respublika tanlovining final bosqichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 280 nafar ishtirokchi qatnashmoqda. Qo‘qon universitetining talabalari Yulduzxon Rahimberdiyeva (Ilmiy rahbari - Jasurbek Turg‘unov) va Botirjon Rajabboyevlar (Ilmiy rahbari - Farhodjon Mulaydinov) final bosqichi ishtirokchilari orasida bellashmoqdalar.

Ishtirokchilar 2 kun mobaynida o‘z loyihalarini namoyish etib, 100 ta eng yaxshi loyiha mualliflari «Ulug‘bek» jamg‘armasi tomonidan tashkil etiladigan maqsadli o‘quv kurslarida bepul o‘qish imkoniyati, shuningdek, BHMning 20 baravari (5 400 000 so‘m) miqdorida pul mukofotiga ega bo‘ladi.

Ushbu hal qiluvchi bosqichda talabalarimizga muvaffaqiyat tilaymiz!

📌Loyiha himoyalarini ushbu havola orqali ko‘rishingiz mumkin⬇️ https://www.youtube.com/watch?v=UMprK-H4WU0
📢 Барча мактабгача таълим ташкилотлари тарбиячиларини Қўқон университетига таклиф этамиз❗️

⚡️"Очиқ эшиклар куни" ўтказилиши муносабати билан барча шаҳар ва туманлар боғчаларида фаолият юритаётган тарбиячилар учун Қўқон университети билан яқиндан танишиш имконияти тақдим этилади❗️

🕰 Ўтказиш вақти: 21-май, соат 11:00, Қўқон университети биноси.

➡️ "Очиқ эшиклар куни"да:

🏛 Университет кампусида яратилган шарт-шароитлар билан яқиндан танишиш;
🎓 Олий таълимда ўқишга киришга тўсқинлик қилаётган стереотипларни бартараф этиш;
✔️ Қўқон университетида талаба бўлиш имконияти билан танишиш.

🔥 Қўқон университетига ташриф буюринг ва ўзингизни қизиқтирган барча саволларга жавоблар олинг!

📌 Қўшимча маълумот олиш учун⬇️
+998735454444;
+998735450122.

📍@kokanduniversity
👍2
Forwarded from Xalqaro hamkorlik departamenti (Nazokatkhon نازوكات)
Hurmatli talabalar!

🎉 2022 yil yozgi ta‘tilni maroqli o‘tqazishlaring uchun Xalqaro hamkorlik departament chet elda yozgi maktablar (summer school) qidirmoqda!

Umumiy ma‘lumot:
- yozgi maktab xorijiy universitet binosida bo‘ladi
- yozgi maktablar pullik bo‘ladi, va narxlar qabul qilib turgan universitet tomonidan belgilanadi. Odatda ular:
- o‘qish va xalqaro sertifikat
- shahar bo‘ylab turlar
- maroqli interaktiv tadbirlar
- oziq ovqat va turar joy to‘lovini o‘z ichiga oladi.

Iltimos, yozgi maktabga qiziqish bildirsangiz, ushbu so‘rovnomadan o‘ting va fikringizni qoldiring:
https://forms.gle/ZRBbRBmzMp9mJGtaA
#IN_SPORT_WEEK_2022

🥏 Qo‘qon universitetida sport va madaniy tadbirlar haftaligi o‘tkaziladi❗️

📢 Qo‘qon universiteti va Yoshlar ishlari agentligi Qo‘qon shahar bo‘limi hamkorligida besh muhim tashabbus doirasida talabalarning bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanish, professor-o‘qituvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini barqarorlashtirish maqsadida "In_sport Week-2022" haftaligi o‘tkaziladi.

🕒 24-31-may kunlari 15:00 dan 21:00 ga qadar.

Haftalikdan o‘rin olgan tadbirlar:

🏀 Minifutbol, voleybol, badminton, stol tennisi, streetball, workout, kibersport musobaqalari;

👉 Zakovat party (o‘zbek va ingliz tillarida) va boshqa qiziqarli intellektual tadbirlar;

🎼 Musiqiy kecha, madaniy ko‘ngilochar tadbirlar, Muzqaymoq party.

🔥Barcha professor-o‘qituvchilar va talabalarni ushbu haftalikda faol ishtirok etishga chorlaymiz❗️

📌 Sport musobaqalarida qatnashish uchun murojaat qiling ➡️ @Sport_KU
➡️ Yoshlar bilan ishlash departamenti
➡️ Talabalarga xizmat ko‘rsatish departamenti
👍3
"Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazilmoqda

Qo‘qon universitetida MTT tarbiyachilari uchun kampus-tur tashkil etildi.

200 nafarga yaqin o‘qishga nomzodlarga Maktabgacha ta'lim (maxsus sirtqi) yo‘nalishiga qabul tartibi haqida ma'lumot berildi. Universitet kampusi bo‘ylab ekskursiya uyushtirilib, zamonaviy jihozlangan o‘quv binolari, ijtimoiy zonalar, Students Hostel va universal sport kompleksida yaratilgan shart-sharoitlar tanishtirildi.

Ularga universitetning tajribali ustozlari tomonidan ta'lim olishning afzalliklari, mavjud yo‘nalishlar, o‘qitish tizimi xususida master-klass o‘tkazildi. Axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishtirildi.

Shuningdek, "Ochiq eshiklar kuni" munosabati bilan bir guruh kollej bitiruvchilari ham Qo‘qon universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

🔔Eslatib o‘tamiz, Maktabgacha ta'lim (maxsus sirtqi) yo‘nalishiga qabul davom etmoqda. O‘qishga nomzodlarga kerakli ma'lumot olishlariga ko‘maklashuvchi call-center (+998735454444) dam olish kunlarisiz faoliyat yuritmoqda.
👍2
Dastur (3)+ ohirgi (3) (1).pptx
3.2 MB
#In_Sport_Week_2022

📢 Qo‘qon universitetida sport va madaniy tadbirlar haftaligi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar dasturi bilan tanishing❗️
❗️ Diqqat!❗️Qozog‘istonning L.N.Gumilyov nomidagi Evrosiyo milliy universitetiga #exchange!

✈️ 2022-yil kuzgi semestrni QS reytingi bo‘yicha dunyoda 328 o‘rinda turgan universitetda o‘qish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

🎓 Yo‘nalishlar:
- Iqtisodiyot;
- Moliya;
- Turizm;
- Xorijiy til va adabiyoti.

🏛 L.N.Gumilyov Eurasian National University - http://www.enu.kz/ru/facultety

➡️ Kerakli hujjatlar:
- Pasport (qizil);
- Transript;
- Universitet rahbariyatidan xat-yo‘llanma;
- Rasm.

✔️Ta'lim tili: 60% rus, 40% ingliz
✔️Kimlar uchun: 1, 2, 3-kursni yakunlayotgan talabalar.

✔️Muddati: 2022-2023 o‘quv yili kuzgi semestri.

DEADLINE: 2022-yil 15-iyungacha.

💸Moliyalashtirish: universitet barcha almashinuv talabalari uchun universitet yotoqxonasida joy ajratadi. Kontrakt to'lov odatdagidey KUga to‘lanadi.

📌 Transport (borib-kelish), ovqatlanish va boshqa shaxsiy xarajatlarini talabaning o‘zi to‘laydi.

📑 Hujjatlarni Xalqaro hamkorlik departamentiga topshiring❗️📚Axborot-kutubxona markazi, 2-qavat
🤩1
#In_Sport_Week_2022

📢 Talabalar diqqatiga❗️

Bugun 25-may soat 15:00 da talaba-qizlar o‘rtasida stritbol, soat 16:00 da badminton, stol tennisi va volebol sport turlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tadi.

⚽️ Shuningdek, 17:00 da futbol bo‘yicha yarim final uchrashuvlari o‘tkaziladi.

📌 Barcha talaba yigit-qizlarni bugungi sport tadbirlarida faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Yoshlar bilan ishlash departamenti
#In_Sport_Week_2022

📢 Barcha professor-o‘qituvchilar va xodimlar diqqatiga!

🏀 Sport va madaniy tadbirlar haftaligi doirasida o‘tkaziladigan musobaqalarga barchangizni taklif etamiz❗️

📢 Talabalar diqqatiga!

🎮 30-may kuni o‘tkaziladigan kibersport bo‘yicha intellektual bellashuvlarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish ⬇️ +998910777771

🔥 Bugun kech soat 19:00 da ko‘ngilochar tadbirni o‘tkazib yubormang!
👍2
#In_Sport_Week_2022

🥏 Sport va madaniy tadbirlar haftaligida musobaqalar qizg‘in kechmoqda

Talabalar o‘rtasida workout sport turi bo‘yicha faxrli🥇-o‘rinni Ulug‘bek Jumaboyev egalladi. 🥈-o‘ringa Dilmurod G‘aniyev va 🥉-o‘ringa Nurjahon Azimov sazovor bo‘ldi.

Stritbol bo‘yicha musobaqalarda 🥇-🥈-🥉-o‘rinlarni Diyorbek Usmonov, Asadbek Turdaliyev va Nurjahon Azimovlar qo‘lga kiritdilar. Talaba-qizlar o‘rtasida voleybol bellashuvlari ham qizg‘in kechdi. 🥇-o‘rinni "Stars" jamoasi va 🥈-o‘rinni "Studentkalar" jamoasi egalladi.

Shuningdek, badminton bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada 🥇-o‘ringa Jasurbek Sobirjonov,🥈- oʻringa Husniddin Nizomiddinov va 🥉-oʻringa Muhammad Ayubxon Ravshanov sazovor bo‘ldi.

Ayniqsa, futbol musobaqasining final bosqichi murosasiz kechdi. 5:4 hisobida amaldagi chempion jamoa - "Foundation Mix" bu gal ham g‘olib bo‘ldi. 2-o‘rin "Ayaks" va 3-o‘rin "Finans" jamoasiga nasib etdi.

📌 Bugun g‘oliblarni taqdirlash tadbiri o‘tkaziladi. Shuningdek, barchani qiziqarli madaniy kecha kutmoqda!
👍5