08.12.1992.doc
255.2 KB
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
Yoshlar bilan ishlash departamenti
💫 Konstitutsiya — baxtimiz poydevori! 🗣 KUda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan zakovat intellektual o‘yini tashkil qilinmoqda. 🖐 Jamoalar har bir yo‘nalish va guruhlar bo‘yicha 5 nafar talabadan iborat…
📣 Barcha talabalarni bugun 1️⃣4️⃣:0️⃣0️⃣da O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan tashkil qilinadigan "Zakovat" intellektual o‘yiniga taklif qilamiz.
📍Tadbir "B" bino 103-xonada o‘tkaziladi.
☝️Konstitutsiya bo‘yicha eng qiziqarli, bir umr yodingizda qoladigan bilimlar bilan chiqishingizga kafolat beramiz!
👋 Barcha jamoalarga omad!!!
📍Tadbir "B" bino 103-xonada o‘tkaziladi.
☝️Konstitutsiya bo‘yicha eng qiziqarli, bir umr yodingizda qoladigan bilimlar bilan chiqishingizga kafolat beramiz!
👋 Barcha jamoalarga omad!!!
Forwarded from Kokand University (rasmiy)
✍️ Intellektual turnir qizg‘in o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligiga bag‘ishlangan "Zakovat" intellektual o‘yini bilimdon talabalarni bellashuvga chorladi.
Yoshlar bilan ishlash va Talabalarga xizmat ko‘rsatish departamentlari tashabbusi bilan o‘tkazilgan intellektual turnirda dastlab, bosh Qomusimizning qabul qilinish tarixi, xalqimiz hayotidagi ahamiyati xususida so‘z bordi.
"Zakovat" o‘yiniga start berilgach, 8 ta jamoa joylarini egalladilar. O‘yin shartlari va hakamlar hay'ati tanishtirildi. Intellektual o‘yin siyosiy va huquqiy blits-savollar doirasida qizg‘in kechdi.
Boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishining "Adolat" jamoasi "Zakovat"ning mutlaq g‘olibi bo‘ldi. 2-o‘ringa 3-kurs liderlaridan iborat "Invincibles" jamoasi sazovor bo‘ldi. Bahslarda bilimi teng kelgan "Infinity" va "Huquq bilimdonlari" jamoalari 3-o‘rinni egalladilar. G‘olib jamoalar taqdirlandilar.
Tomoshabinlar o‘rtasida ham savol-javoblar o‘tkazilib, bilimdonlarga kitoblar ulashildi.

#palov_party
👨🍳 Students Hostel instruktorlari talabalar bilan palov party tashkil qilishdi
Palov, shubhasiz o‘zbek milliy oshxonasining shoh taomi sanaladi. Yurtimizda 200 dan ortiq turi va tayyorlanish uslubi bo‘lgan palovga nafaqat taom, balki o‘rganishga arziydigan san’at sifatida qaraladi.
"Yigit kishiga qirq hunar ham oz" deganlaridek, instruktorlar tomonidan o‘tkazilgan master-klass davomida talaba-yigitlarimiz hamma uchun birdek sevimli ushbu taomni tayyorlashni qiziqish bilan o‘rgandilar. Mahorat saboqlari palovxo‘rlik bilan yakunlandi.
@kokanduni

ADOLAT
Gohi umr daryo, manzili osmon,
Topmoq — yo‘qotmoqlik, yo‘qotmoq — topmoq.
Oxiriga yetib bo‘lmas hech qachon,
Ba'zi savollarning javobi so‘roq.
Dunyoni ne zotlar o‘tmadi so‘rab,
Ne zotlar hukmida bo‘lmadi zamon.
Gohi haqiqat deb, yolg‘onni o‘rab
Aytgan ne dohiyni ko‘rmadi jahon!
Baxt deya baxtsizlik otdilar toshni,
Urushlar bo‘lmadi, bo‘lmadi tinchlik!
Tinchlik deya qancha chopdilar boshni,
Bu qanday baxt edi, qanday ko‘rgilik!!!
Men — tarix, deguvchi ko‘p edi oniy,
Birgina lahzalik imzo qudrati.
Nahot bilmas edi bu dunyo foniy,
Nahot dars bo‘lmaydi o‘tmish ibrati.
Aslida hayotning bor o‘z hikmati,
Unda oddiy zotlar — xalq yashar hamon.
Ne-ne shohlardan-da, oliy himmati,
Iymon-la, yuksaldi Hazrati Inson!
Orzular quliga aylanib kimlar,
O‘tkinchi dunyoni o‘tdilar buzib.
Boylik, mansab deya ne-ne hokimlar,
Insoniy rishtani qo‘ydilar uzib.
Ammo olam turfa rangli mavjudot,
Unda mo‘jizalar ro‘y berar goh-goh.
Hatto o‘zgaradi butun koinot,
Tarix o‘zgarmaydi, u bunga guvoh.
Kuch — adolatda, haqiqat — ko‘zda,
Tafakkur — bilimda, sohibi oqil.
Hayot falsafasi aytilgan so‘zda,
Chinakam inson u, gar bo‘lsa odil.
Betartib olamda yashamas odam,
Har bir jamiyatning qonunlari bor.
Unda farovonlik, haq-huquqlar jam,
Ne bitilgan bo‘lsa, bo‘ysunish darkor.
"Bo‘ysunish" bizlarga "yot" demang aslo, —
Tan olish o‘zganing erki, baxtini.
Allohga bo‘ysungan qalblar — eng a'lo,
Egallar hatto qul Jannat taxtini.
O‘zbek qul bo‘lmagay hech kimga, illo
Allohdan o‘zgaga bosh egmagay ham.
Qachonki, bu zamin bo‘lgan istilo,
Lekin qalbi bo‘lgan Allohga qaram.
Islom bino bo‘lgan ulug‘ damlardan,
Xalqimning ustundek bordir hissasi.
Jaholat, falokat, og‘ir g‘amlardan,
Xaloskori bordir, bordir qissasi.
Buxoriy — payg‘ambar vorisi, olim,
Termiziy, Xorazmiy, Farobiylar bor.
Sino, Beruniylar ulug‘ muallim,
Ham dunyo, ham diniy bilimi bisyor.
Garchi fotih bo‘lsin Temur, Bobur ham,
Ular chin e'tiqod uchun kurashgan.
Mazlum musulmonlar uchun chinakam,
Adolat, haqiqat, tenglik so‘rashgan.
Navoiy nazmida nekbin naslida,
Oddiy xalq baxtini ayladi doston.
O‘ylamang, asari shohlar aslida,
Uning har bir so‘zi majozu chiston.
Eng buyuk qomus deb bilamiz Qur'on,
Hayot saodatin baxti kaliti.
Usiz qiyomatu bo‘ladi qiron,
Usiz buziladi yashash muhiti.
Qonunlar adolat, haqiqat ramzi,
Burch va huquqlarda barcha barobar.
Har ishda odillik bo‘lsa tarozi,
Bo‘lmas mazlumlaru, zolimlar rahbar.
Xalqim irodasi bitilgan qomus,
Adolat qonuni havodek zarur.
Unda erk, orzular, toptalmas nomus,
Insoniylik unda topadi zuhur.
Har bir fuqaroga kafolat — tenglik,
Go‘yo farzandiga ota-onadek.
Eng oliy qadriyat — maqsadi tinchlik,
Dunyoga ezgulik istaydi O‘zbek!
Ilm olmoqlikka berilgan imkon,
Najot ilmda deb, aytgan har qachon.
Kelajak haqida o‘ylarkan inson,
Shukrona keltirsa arzir begumon.
Inson hayotiga daxlsizlik bor,
Shamoldek erk qushi vatan sohibi.
Jamiyat baxtiga bo‘lib daxldor,
Yashasa bo‘lgani har bir noibi.
Ulug‘ sarbon o‘zing, o‘zing adolat,
Senda odamiylik topmish zo‘r qadr.
Yurtim ahli uchun bo‘lgin saodat,
Sen-la, baxtli bo‘lmoq keldi bu davr.
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi

🗣Bugun soat 2️⃣0️⃣:0️⃣0️⃣da "Qo‘rqma" asari bo‘yicha viktorina o‘tkaziladi.
👋 Barchaga omad!
@kokanduni
👋 Barchaga omad!
@kokanduni
#birinchi_savol
Kitobda ayrim qahramonlarga nisbatan o‘tirikchi so‘zi ishlatilgan. Bu so'z qanday ma'noni ifodalagan?
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Javobni 👉@KU_viktorina_bot👈ga yuborib, g’olib bo’ling.
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Eslatma: yuqoridagi manzilga faqat bitta postda, bitta javob yozishingiz mumkin.
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
👉 @kokanduni

❗️Diqqat to’g’ri javob❗️
Yolg'onchi
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
To'g'ri javob yo'llaganlar:
🥇.
🥈Soliham
🥉ТОМ КРУЗ
🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
@kokanduni
Yolg'onchi
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
To'g'ri javob yo'llaganlar:
🥇.
🥈Soliham
🥉ТОМ КРУЗ
🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
@kokanduni