Yoshlar bilan ishlash departamenti
388 subscribers
2.78K photos
387 videos
109 files
629 links
Har bir insonda o‘zi istagan narsani amalga oshirish uchun qo‘llar, oyoqlar, bosh va bir haftada 168 soat vaqt mavjud.

Robert Kiyosaki
Download Telegram
Forwarded from Alisher Sadullaev
Erta tongdan yana hududlar sari yo’l oldik. Ayni damda yangi loyihamiz — bepul tillarni o’rgatuvchi loyihamizni tahlil qilib turibman. Hozircha Ingliz, tez orada O’zbek va Turk tili darslari, keyinchalik Nemis, Xitoy, Yapon hamda Koreys tillarini qo’shish rejamiz ham bor. Bepul tillarni o’rganish mumkinligi haqidagi bu xabarni do’stlaringiz va yaqinlarga yetkazsangiz xursand bo’lamiz, agar dars o’tish uchun ko’ngilli o’qituvchilar bo’lsa ikki karra xursand bo’lamiz ☺️

👉 Marhamat: https://youtube.com/playlist?list=PLkREkayoYCyI9KGsZ2TfeVccRv9zqP0gl

@alisher_sadullaev
🔥2
📣 Barcha talabalar diqqatiga❗️

2023-yil 3-yanvardan Qishki maktab faoliyati boshlanishini ma'lum qilamiz.

📚 Qishki maktabda o‘qish kunduzgi ta'lim shaklidagi talabalar uchun an'anaviy (offline) tarzda, sirtqi ta'lim shaklida tahsil oluvchilar uchun esa masofaviy (online) shaklda olib boriladi.

Qishki maktabda:
➡️ Yuqori malakali professor-o‘qituvchilar dars mashg‘ulotlarini o‘tkazadilar;

➡️ tinglovchi-talabalar uchun darsdan keyin ko‘ngilochar tadbirlar va to‘garaklar faoliyat ko‘rsatadi;

➡️ taniqli shaxslar, muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar, xalqaro darajadagi ekspertlar bilan uchrashuvlar hamda psixologik davra suhbatlari tashkil etiladi.

📌 Turar joyga ehtiyoji bor talabalar yotoqxona bilan ta'minlanadilar.

📆 Arizalar 14-dekabrdan 24-dekabrga qadar qabul qilinadi.

⚠️Eslatma!

Ta'limning kunduzgi shaklida tahsil oluvchi talabalar Iqtisodiyot va ta'lim fakulteti dekanatiga kelib murojaat qilishlari mumkin;

ta'limning sirtqi shaklida tahsil oluvchilar esa @deanoffice profili orqali online ariza topshirishlari mumkin.

📈 Qishki maktab o‘quv yili davomida fanlardan akademik qarzdor bo‘lgan hamda GPA ko‘rsatkichini ko‘tarish niyatidagi talabalar uchun yaxshi imkoniyat! Unda ishtirok eting va ta'lim yo‘nalishingiz, mutaxassisligingiz doirasida qo‘shimcha bilim oling!

🕊Telegram|📱Facebook|
📱Instagram|📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌎Xalqaro press-klub jamoasi dunyoning eng rivojlangan mamlakatlaridan biri Finlyandiyada 🇫🇮 bo‘ldi!

🔥 Ko‘rsatuv davomida:

🎥 Finlyandiyaning jamoat teleradiokompaniyasi – Yula;

📚 Dunyoning eng yaxshi kutubxonalaridan biri - "Oodi" markaziy kutubxonasi;

🎓 Qo‘qon universitetida 3 yil o‘qib, hozirda Kareliya amaliy fanlar universitetida tahsil olayotgan talaba bilan suhbatlashilgan.

Eksklyuziv ko‘rsatuvning birinchi sonini o‘tkazib yubormang.

🎥 Ko‘rsatuvni bugun, 14 dekabr soat 14:15 da "O‘zbekiston 24" telekanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.

@IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖊 Qo‘qon - yoshlar uchun do‘stona shaharga aylanadi!

Qo‘qon universitetida “Yuksalish” umummilliy harakati, YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida amalga oshirilayotgan "Bolalar va yoshlarga do‘stona mahalliy boshqaruv" tashabbusi doirasida "Hokim va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi.

📌 Batafsil o‘qish 👉 https://bit.ly/3YgRkYx

🕊Telegram|📱Facebook|
📱Instagram|📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#eslatma

📣 Qo‘qon universitetining barcha talabalari diqqatiga!

📚 Aziz kitobxonlar, universitet Axborot-kutubxona markazi va bookcafe hamda auditoriyalardan  foydalanish uchun olingan darslik, o‘quv qo‘llanma va badiiy adabiyotlarni 2022-yil 21-dekabr sanasiga qadar kutubxonaga  qaytarib topshirishingizni so‘raymiz.

⚠️ Adabiyotlar olgan talabalarning qarzdorligi HEMIS platformasida ham mavjudligini eslatib o‘tamiz.

🔵 Qo‘qon universitetining Axborot-kutubxona markazi
Forwarded from Kokand University (rasmiy) (Мухтасар Исақова)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌐 Qo‘qon universitetining bir guruh ustozlari va talabalari uchun yurtimizning tarixiy shahri - Samarqandga uyushtirilgan sayohat qiziqarli va esda qolarli lahzalarga boy o‘tdi.

🕊Telegram|📱Facebook|
📱Instagram|📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩2
Forwarded from Kokand University (rasmiy) (Мухтасар Исақова)
#Prezident_murojaatnomasi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnoma yo‘llamoqda

Davlatimiz rahbari mamlakatimiz milliy rivojlanishning yangi davriga dadil qadam qo‘yayotgani, hayotimizning barcha jabhalarida ulkan o‘zgarishlar yuz berayotganini ta’kidladi.

“Behisob shukur, bu yil aholimiz 36 milliondan oshdi. Har yili safimizga qariyb 900 ming yangi avlod qo‘shilmoqda.

O‘zbekiston deb atalmish katta va inoq oilaning har bir a’zosi tinch va farovon hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish uchun tinimsiz izlanayapmiz.

Yakuniga yetayotgan 2022-yil g‘oyat murakkab va sinovli yil bo‘ldi, desam, har tomonlama to‘g‘ri bo‘ladi.

Ushbu davrda to‘plagan tajribamiz bir haqiqatni yaqqol isbotlab bermoqda: taraqqiyot – faqat va faqat jasoratli mehnat orqali bo‘ladi!”,
- dedi Prezident.

👉 https://www.youtube.com/watch?v=wiiSgJZECj4

🕊Telegram|📱Facebook|
📱Instagram|📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Forwarded from Kokand University (rasmiy) (Мухтасар Исақова)
#Prezident_Murojaatnomasi

Shavkat Mirziyoyev 2023-yilni "Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili" deb e’lon qildi.

"Katta yutuqlarga erishishda fidokorona mehnati bilan hissa qo‘shgan har bir yurtdoshimizga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman, - dedi Prezident.

🕊Telegram|📱Facebook|
📱Instagram|📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Kokand University (rasmiy) (Мухтасар Исақова)
#Prezident_Murojaatnomasi

O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti hajmi ilk bor 80 milliard dollardan oshdi

"Keng ko‘lamli va samarali islohotlarimiz natijasida, yalpi ichki mahsulot hajmi ilk bor 80 milliard dollardan oshdi (2018-yilda 52 milliard dollar bo‘lgan).

Iqtisodiyotimizga shu yilning o‘zida 8 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar kirib keldi, eksportimiz esa, 19 milliard dollarga yetdi (2018-yilda 14 milliard dollar bo‘lgan).

Bunday katta natijalar ilgari bo‘lmagan",
— deya qayd etdi O‘zbekiston Prezidenti.

🕊Telegram|📱Facebook|
📱Instagram|📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#oltin_fond

🖊 Xurshidbek Prezident davlat stipendiyasi sohibi!

Qo‘qon universitetining Moliya yo‘nalishi 4-kurs talabasi Xurshidbek Tolibjonov Prezident davlat stipendiyasi tanlovi g‘olibi bo‘ldi!

U “Kelajak Liderlari” klubining faol a’zosi. Iqtidori va bilimi, yuqori reyting bahosi, ilmiy izlanishlari va universitet akademik hayotida alohida faollik ko‘rsatgani bois “Yil a’lochisi” nomini olgan va “Rektor Stipendiyasi” sohibi ham bo‘lgan.

🟢Batafsil ➡️ https://bit.ly/3hLpmUb

🕊Telegram|📱Facebook|
📱Instagram|📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
🖊 Talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasida 2023-yil uchun ustuvor yo‘nalishlar xususida so‘z bordi. Qo‘qon universitetida bu ustuvor vazifalar ijrosi bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi. 

Yoshlar bilan ishlash departamenti tomonidan Students Hostelda istiqomat qiluvchi talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi. 2023-yilning “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nomlanish mohiyati yetkazildi.

Uchrashuvda yoshlarga departamentning universitetda o‘quv-tarbiya ishlari sifatini oshirish bo‘yicha istiqboldagi vazifa va maqsadlari haqida axborot berildi.
Talabalarga yanada sifatli ta’lim olishlari va darsdan keyingi bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishlari uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratilayotgani, tungi vaqtlarga qadar AKT xonalari va Axborot-kutubxona markazlari faoliyat ko‘rsatayotgani haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, uzoq hududlardan kelgan talabalarning qishki ta’til munosabati bilan o‘z uylariga xavfsiz yetib olishlarini ta’minlash uchun ular bilan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.

Yoshlar bilan ishlash departamenti
👍4