Yoshlar bilan ishlash departamenti
386 subscribers
2.78K photos
387 videos
109 files
629 links
Har bir insonda o‘zi istagan narsani amalga oshirish uchun qo‘llar, oyoqlar, bosh va bir haftada 168 soat vaqt mavjud.

Robert Kiyosaki
Download Telegram
Forwarded from Kokand University (rasmiy) (Мухтасар Исақова)
📕 Talabalikka tavsiya etilmadingizmi yoki 11-sinfda tahsil olyapsizmi? Siz uchun kutilmagan yangilik❗️

🟢 Qo‘qon universitetining Foundation dasturida o‘qish orqali hech qanday kirish imtihonlarisiz kelgusi yilda talaba bo‘lishingiz mumkin❗️

➡️ Foundation dasturini yuqori baholarga yakunlab, Qo‘qon universitetida o‘qishni 2-bosqichdan davom ettirishingiz mumkin.

➡️Maktabdan ajralmagan holda Foundation dasturida o‘qish orqali kafolatlangan talabalikka nima deysiz?

➡️Dasturda Ingliz tili, Matematika va Kompyuter savodxonligi fanlari xalqaro tajribaga ega ustozlar tomonidan chuqur o’rgatiladi.

Dasturni yakunlab:

Iqtisodiyot;
Moliya;
Menejment;
Mehmonxona va turizmni boshqarish;
Kompyuter injiniringi;
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili;
Psixologiya;
Boshlang‘ich taʼlim;
Maktabgacha taʼlim
yo‘nalishlarida o‘qishni davom ettirishingiz mumkin.

📢 Yana bir muhim xushxabar!  

💯𝘿𝙖𝙨𝙩𝙪𝙧𝙣𝙞 𝙚𝙣𝙜 𝙮𝙪𝙦𝙤𝙧𝙞 𝙗𝙖𝙝𝙤𝙜𝙖 𝙩𝙖𝙢𝙤𝙢𝙡𝙖𝙜𝙖𝙣 𝙩𝙖𝙡𝙖𝙗𝙖𝙡𝙖𝙧𝙜𝙖 𝙌𝙤‘𝙦𝙤𝙣 𝙐𝙣𝙞𝙫𝙚𝙧𝙨𝙞𝙩𝙚𝙩𝙞𝙙𝙖 𝙤‘𝙦𝙞𝙨𝙝 𝙪𝙘𝙝𝙪𝙣 𝙜𝙧𝙖𝙣𝙩 𝙝𝙖𝙢 𝙢𝙖𝙫𝙟𝙪𝙙!

➡️Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting ⬇️

https://forms.gle/pkgSxdWvMAfLfrNUA

📞 Murojaat uchun:         
               +998905585777.
   
📱 Telegram kanalimizga ulaning
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
📣"Zakovat" intellektual o‘yiniga taklif etamiz!

Universitetimizning professor-o‘qituvchilari va talabalarini 21-oktyabr - "O‘zbek tili bayrami kuni"ga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan intellektual tadbirda kutamiz!

🔖 Blits-savollar va jamoaviy o‘yinlarda o‘zbek tilimizga oid tarixiy, adabiy va mantiqiy bilimlar sinovdan o‘tkaziladi.

O‘tkazilish vaqti: 20-oktyabr, soat 14:00 da Axborot-kutubxona markazida.

📌 Intellektual tadbirimizda ishtirok etish istagidagilar yakka yoki jamoaviy holda Axborot-kutubxona markazimizga yoki @kulibrary08; @gulhayobonu08 elektron manzillari orqali murojaat qilishlari mumkin.

🟢Axborot-kutubxona markazi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21-oktyabr - O‘zbek tili bayrami kuni

🇺🇿Vatan nomi sen-la ulug‘, o‘zbek tilim!

Ona Vatan sadolari – sensan tilim,
Bog‘u chaman sabolari – sensan tilim.
O‘tgan buyuk bobolarim, og‘a-inim,
Vatan nomi sen-la, ulug‘ – o‘zbek tilim!

Oyga boqsam, oqshom fayzi o‘zgachadir,
Soyga boqsam, jilg‘alari kuy chaladir.
Bulbul ila chaman qadri yuzgachadir,
Millat nomi sen-la, qutlug‘ – o‘zbek tilim!

Navoiyning qalamida parvoz qilding,
Uning har bir kalomida sarboz bo‘lding.
Ne zotlarni sharaflagan ovoz bo‘lding,
Xalqim yuzi sen-la, yorug‘ – o‘zbek tilim!

Ulug‘ yo‘lda bizlar uchun sarbon o‘zing,
Ulug‘bekning osmoniga narvon o‘zing.
Qodiriy-u, Cho‘lponlarga darmon so‘zing,
Qadri baland bo‘lgin bir tog‘ - o‘zbek tilim!

O‘tmishingni kovlamayman Ona xalqim,
Lek taqdiring, kelajaging mening haqqim,
Yurtga hurmat — e'zozlasa seni har kim,
Firdavsdek bo‘lgin bir bog‘ - o‘zbek tilim!

Yoshlaringning zavqi baland, shavqi baland,
Qayga boqsam ilmi tolib — doimo band.
Oq sutingda tili chiqqan  har bir farzand
Asragaydir, ko‘zi qarog‘ - o‘zbek tilim!

O‘zgaruvchan bo‘lsin mudom, mayli zamon,
Taraqqiyot odimlasin birdek ravon.
Sening noming ila tanir dunyo hamon,
Boshimizda bo‘lgin bir tug‘ – o‘zbek tilim!

Hamid Ikrom,
Boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishi talabasi
.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4😱1
"Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi

21-oktyabr - O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlab Axborot-kutubxona markazimizda "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi.


Intellektual o‘yinlar orasida eng qiziqarlisi bo‘lgan "Zakovat"da professor-o‘qituvchilar va talabalarimizdan iborat 6 ta jamoa bellashdi. Xayajonli va qizg‘in kechgan o‘yinda hakamlar hay'ati tomonidan ishtirokchilarning tarixiy, adabiy va mantiqiy bilimlari, tafakkur va fikr tezligi baholab borildi.

3-o‘ringa talaba-yoshlarning "Economics" jamoasi, 2-o‘ringa esa o‘qituvchilardan iborat "Pedagoglar" jamoasi sazovor bo‘ldi.

Ustozlar jamoasi - "Kokand University" faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!

Telegram|📱Facebook|
📱Instagram|📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Ozbek_tili_bayrami

💐 Qo‘qon universitetida - bayram shukuhi

21-oktabr - Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi universitetimizning o‘qituvchi va talabalarida o‘zgacha faxr-iftixor bag‘ishlamoqda.

Talabalar ustozlar va tengdoshlarini bayram bilan qutlashmoqda. Bayram munosabati bilan hozirlangan doska o‘zbek tilimizni ulug‘lashga doir e'tiroflar bilan to‘ldi.
👍4🎉2🔥1
Forwarded from Kokand University (rasmiy) (Мухтасар Исақова)
💰Talabamiz - yilning eng yaxshi tarbiyachilari safida!

Maktabgacha ta’lim (maxsus) sirtqi yo‘nalishi talabasi Oyjamol Turg‘unova "Yilning eng yaxshi tarbiyachisi" kasbiy ko‘rik-tanlovining O‘rta Chirchiq tumani va Toshkent viloyati bosqichlarida faxrli 1-o‘rinlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Nufuzli tanlovning respublika bosqichida esa "Innovatsion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi" nominatsiyasi bo‘yicha munosib ishtirok etdi va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirining "Tashakkurnoma"si bilan taqdirlandi.

Oyjamol Turg‘unovani ushbu yutug‘i bilan tabriklaymiz!

Telegram|📱Facebook|
📱Instagram|📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
📣Barcha talabalar diqqatiga❗️

Universitetimiz tomonidan talabalarning noakademik hayotini mazmunli tashkil etish, ularning qobiliyati, bilim-ko‘nikmasi va salohiyatini yanada oshirish maqsadida to‘garaklar tashkil etish rejalashtirilmoqda.

🔈To‘garak mashg‘ulotlarida muntazam ishtirok etishni istagan talabalardan ushbu so‘rovnomada ishtirok etishlari so‘raladi ⬇️

https://forms.gle/1WDAm76rZRbTGUYRA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5