Yoshlar bilan ishlash departamenti
384 subscribers
2.78K photos
387 videos
109 files
629 links
Har bir insonda o‘zi istagan narsani amalga oshirish uchun qo‘llar, oyoqlar, bosh va bir haftada 168 soat vaqt mavjud.

Robert Kiyosaki
Download Telegram
🖊 Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun tanlovda a'lo xulqi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi bilan alohida iste'dodini namoyon etib kelayotgan 14 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli qizlar ishtirok etishlari mumkin.

📍Talabgorlardan:
🟢adabiyot;
🟢madaniyat;
🟢san'at;
🟢fan;
🟢ta'lim sohalari;
🟢 jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishayotgan bo‘lish talab etiladi.

🔖 Qo‘qon universitetining ushbu nufuzli tanlovda ishtirok etish istagidagi talaba-qizlari o‘z hujjatlarini Innovatsion ta'lim va iqtidorli talabalar bilan ishlash markaziga (10-oktyabrga qadar 11:00 dan 17:00 gacha) topshirishlari so‘raladi.

📌 So‘nggi ikki yil mobaynidagi ibratli faoliyati, adabiyot, madaniyat, san'at, fan, ta'lim sohalaridagi alohida yutuqlari aks etgan hujjatlar jamlanmasini tayyorlab, taqdim etish joiz.

🔗 @kokanduniversity
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Barcha qiziquvchilarni istiqbolli startap loyihalar ishlab chiqarish bo‘yicha seminar-treningga taklif etamiz!

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda talabalarning innovatsion ishlanmalar bo‘yicha izlanish va qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida trening o‘tkaziladi.

🕑 O‘tkazilish vaqti: 6-oktyabr, soat 14:00 (B bino 103-xona).

🎙Spiker:

Azizbek Ilxamov - O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Startap ekotizimini shakllantirish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i.

♻️ Startap loyihangizni takomillashtirish va hayotga tatbiq etish ustida bosh qotiryapsizmi?

♻️ Turizm yo‘nalishida mahsulotlar, texnologiyalar yaratish yoki yangi xizmat turlarini joriy etish bo‘yicha innovatsion ishlanmalaringiz bormi?

♻️ Startap loyihalar ishlab chiqish, investitsion jozibаdorligini oshirish borasida bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lmoqchimisiz?

Unda albatta treningda ishtirok eting va intellektual mulk, loyihalar hamda ularni moliyaviy rejalashtirish, turizm bo‘yicha muammo va yechimlarga asoslangan startap loyihalar ishlab chiqish borasida bilimga ega bo‘ling.

Onlayn kuzatish uchun ZOOM havolasi ⬇️ https://us02web.zoom.us/j/83706167740

Identifikator ➡️ 83706167740

📱 @kokanduniversity
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#elon

🖊 Ustozlar va talabalarni ma'naviy-marifiy anjumanga taklif etamiz!

Qo‘qon universitetida shahar Maktabgacha ta'lim bo‘limi, 19 va 48-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari bilan hamkorlikda ustozlarga extirom ko‘rsatish va "Til bayrami"ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkaziladi.

O‘tkazilish vaqti: bugun 15:00 da (B bino 110-xona).

🔥 Barchani taklif etamiz!

🕊Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sport_haftaligi

🥏 Qo‘qon universitetining barcha talabalarini sport musobaqalariga taklif etamiz❗️

📢 Besh muhim tashabbus doirasida talabalarning bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini barqarorlashtirish maqsadida sport haftaligi o‘tkaziladi.

🗓 O‘tkazilish kunlari: 11-15-oktyabr.

Quyidagi sport turlari bo‘yicha:

⚽️𝘍𝘶𝘵𝘣𝘰𝘭
🏐𝘝𝘰𝘭𝘦𝘺𝘣𝘰𝘭
🏸𝘉𝘢𝘥𝘮𝘪𝘯𝘵𝘰𝘯
🧠𝘚𝘩𝘢𝘴𝘩𝘬𝘢 musobaqalarida ishtirok etish uchun Talabalarga xizmat ko‘rsatish departamentiga 10-oktyabrgacha (14:00 dan 17:00 gacha) murojaat qilishingiz mumkin.

🏆G‘oliblarni universitet rahbariyatining sovg‘alari kutmoqda!

🕊Telegram| 📱Facebook|📱Instagram| 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🖊 Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish - e'tiborda

Yoshlar bilan ishlash departamenti tomonidan universitet Students Hostellariga joylashtirilgan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Talabalar darsdan keyingi bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanish, besh muhim tashabbusda ko‘zda tutilganidek, kitob mutolaasi, kompyuter savodxonligi, sport va boshqa samarali mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishga chorlandi.

Shuningdek, yoshlarga internet vositalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatilib, turli illat va tahdidlardan ogoh bo‘lishga undaldi.

Samimiy suhbat ruhida o‘tgan uchrashuvda Talabalar turar joyida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish bo‘yicha takliflar o‘rganildi. Barcha yoshlar ilm olish, talabalik fursatlarida kasb ko‘nikmalarini puxta egallash yo‘lida hamjihat bo‘lishlari kerakligi ta'kidlandi. Talabalarda universitet va Students Hostellarda o‘zaro do‘stona va sog‘lom muhit barqarorlashuvida mas'ullik hissi oshirildi.

Yoshlar bilan ishlash departamenti
#KU_grant_sohiblari

🖊 Qo‘qon universiteti ilmli yoshlarga tayanadi va qo‘llab-quvvatlaydi

Bir guruh iqtidorli talaba-yoshlarimiz puxta bilim olish yo‘lidagi sa'y-harakatlari bois universitet grantlari sohibiga aylandilar.

Universitet rahbariyati grant sohiblari bilan suhbatda bo‘ldi. Qo‘qon universiteti ilm-ma'rifatli yoshlarga tayanib yuksalishi, o‘z navbatida bilim olish mashaqqatlarini zimmasiga olgan iqtidorli talabalar har jihatdan rag‘batlantirilishi ma'lum qilindi.

Uchrashuvda yaxshi xulq, yaxshi natijalar namoyish etib, grant sohibi bo‘lgan 22 nafar talaba orqali ularni tarbiyalayotgan ota-onalariga ham minnatdorchilik yo‘llandi. Zero, ota-ona uchun farzandlar ortidan keladigan har bir xursandchilik katta quvonch baxsh etadi.

🕊Telegram| 📱Facebook|📱Instagram| 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#oltin_fond
#KU_grant_sohiblari

Qo‘qon universitetida har bir o‘quv yilida iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Sizlarni universitetimiz grantlari sohibiga aylangan talabalarimiz bilan tanishtirib boramiz!

Boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishi 4-kurs talabalari:
Nilufarxon Husenova;
Sarvinozxon Rahimjonova;
Mushtariyxon Ochildiyeva;
Malikaxon Muxtorova.

Iqtisodiyot yo‘nalishi 2-kurs talabasi:
Islomxon Xoshimov.

Ma'lumot o‘rnida, o‘tgan 2021/2022 o‘quv yilida respublikamizning turli hududlaridan bo‘lgan 79 nafar talabaga universitetimiz grantlari ajratilgan.

🕊Telegram| 📱Facebook|
📱Instagram| 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📢 Barcha qiziquvchi talabalarni EuroPrint korxonasiga "Ochiq eshiklar kuni"ga taklif qilamiz!

Tadbirda:
korxona bo‘ylab sayohat;
ish jarayoni bilan tanishuv;
korxona xodimlari bilan erkin muloqot;
barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Korxona faoliyati bilan tanishish istagidagi talabalardan ertaga, 8-oktyabr kuni soat 10:00 da universitetning Startaplar va innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish departamenti xonasiga kelishlari so‘raladi.

🔥 Tadbir davomida suhbatdan o‘tib, korxonaga ishga joylashish imkoniyati ham mavjud!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
🏃🏃‍♀ Барча талабалар диққатига!

8 октябрь куни Қўқон шаҳрида бўлиб ўтадиган Save Aral – 2022 югуриш марафонига таклиф этамиз!

Марафон Қўқон шаҳрининг Турон ва Моварoуннаҳр кўчаларининг кесишмасида (Мўлжал: 41-мактаб ёки "Мастона" заводи ёнида) соат 9:00 да старт олади.

Мусобақа ғолиб ва совриндорлари ҳамда фаол иштирокчилари алоҳида номинациялар бўйича шаҳар ҳокимлиги ҳамда ҳамкор ташкилотларнинг эсдалик совғалари билан тақдирланадилар.

Маълумот ўрнида, юртимизда 2019 йилдан буён ўтказиб келинаётган мазкур марафонда кўнгилли спортчи ёшлар, профессионал спортчилар, ҳарбийлар ҳамда барча ёшдаги аҳоли қатлами вакиллари иштирок этиб келишади.

@kokanduni
👍2