Yoshlar bilan ishlash departamenti
386 subscribers
2.78K photos
387 videos
109 files
629 links
Har bir insonda o‘zi istagan narsani amalga oshirish uchun qo‘llar, oyoqlar, bosh va bir haftada 168 soat vaqt mavjud.

Robert Kiyosaki
Download Telegram
Инф_письмо_Евразийский_форум_141022.pdf
465.2 KB
📣 XIX XALQARO EVROOSYO ILMIY FORUMIDA ISHTIROK ETING!

Lev Gumilyov ilmiy konsepsiyalarining tarix fanini o‘rganishga qo‘shgan hissasini tahlil qilish maqsadida Yevroosiyo ilmiy forumi o‘tkazilmoqda.

🔖 Mavzu: "Лев Гумилев и великая степь: история и современность".

O‘tkazilish vaqti: 2022-yil 14-oktyabr.

📤 Forumda ishtirok etish va to‘plamga kirish uchun 2022-yil 30-sentyabrgacha tashkiliy qo‘mitaga maqola yuborish mumkin.

📧 Elektron pochta:
forum.22@bk.ru
👍1
Forwarded from Edu.uz
⚡️Ilmiy izlanuvchilar uchun 10 kunlik amaliy kurs

Vazirlik huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markazda Toshkent shahridagi Vebster universiteti bilan hamkorlikda shartnoma asosidagi “Ten days research and Latex practical course” nomli qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etilmoqda.

Mazkur kurs Kipr, Fidji Janubiy Tinch Okeani, Hindiston Sharqshunoslik universitetlari professori Bidjay Kumar Kandel tomonidan 3–14-oktabr kunlari o‘tkaziladi.

Mashg‘ulotlar ingliz tilida olib boriladi va kurs yakunida sertifikat beriladi.

Tinglovchilar kurs davomida ilmiy tadqiqot olib borish metodikasi, dissertatsiyaning asosiy natijalarini xalqaro miqyosdagi yirik nashrlar bazasiga kiruvchi ilmiy jurnallarda e’lon qilish uchun “Latex” dasturidan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar.

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
👍1
🇺🇿🇰🇷 Qo‘qon universiteti talabasi Janubiy Koreyaga ta'lim oladi

Qo‘qon universitetining Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo‘nalishi talabasi Abduvohid Halimjonov talaba almashinuv dasturi bo‘yicha Janubiy Koreyaning Joongbu universitetida bir semestr bepul ta'lim olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu bilimli talabamiz koreyalik professorlar suhbatidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
--------------------------
Ma'lumot o‘rnida, joriy yilning iyun oyida Qo‘qon universiteti va Joongbu universiteti rahbariyatlari o‘rtasida memorandum imzolangan va almashinuv dasturlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.Joongbu universiteti 1992-yilda tashkil etilgan bo‘lib, sifatli ta’lim va tadqiqot falsafasi asosida bilim beriladi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu universitet bitiruvchilarining ish bilan ta’minlanish darajasi mamlakatdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 58% yuqori. Universitetda chet ellik talabalar uchun koreys tili kurslari mavjud.

🔗 @kokanduniversity
👍71🔥1
Qo‘qon shahrida yoshlar uchun muhim tashabbus amalga oshirilmoqda 

“Yuksalish” umummilliy harakati, YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida O‘zbekistonning 6 ta shahri, xususan Qo‘qonda "Yoshlar uchun do‘stona mahalliy boshqaruv tashabbusi" amalga oshirilmoqda.

Ishchi guruh tuzilib, yoshlarning farovonligi, sifatli ta’lim-tarbiya olishini ta’minlashga qaratilgan infratuzilma ob’yektlari, jumladan Qo‘qon universitetidagi shart-sharoitlar o‘rganildi. Qo‘qon universiteti tashabbusni amalga oshirish uchun muloqot maydoni vazifasini o‘tamoqda.

Ushbu tashabbus mahalliy boshqaruv tizimida yoshlarning huquqlari, fikri va ehtiyojlarini davlat siyosati, dasturlarning ajralmas qismiga aylantirishga yordam beradi. Shuningdek, mahalliy hokimlik, yoshlar bilan ishlovchi barcha tizim va muassasalar faoliyatini yoshlarga mos tarzda rejalashtirishga xizmat qiladi.

🔗 @kokanduniversity
👍1
📣📣📣 Qo‘qon universiteti talabalari diqqatiga❗️

✔️ 2022-yilning 19, 20, 21-sentyabr kunlari - 1-kurs "Boshlang‘ich ta'lim", "Maktabgacha ta'lim" va "Psixologiya" yo‘nalishlarining sirtqi-masofaviy shakliga o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun;

✔️ 22, 23, 24-sentyabr kunlari - "Iqtisodiyot", "Moliya" yo‘nalishlarining sirtqi masofaviy ta'lim shakliga talabalikka tavsiya etilganlar, shuningdek o‘qishini ko‘chirgan barcha talabalar uchun;

✔️26-sentyabr kuni - barcha yo‘nalishlarning kunduzgi ta'lim shakliga 1-kursga qabul qilingan talabalar uchun tanishuv darslari o‘tkaziladi.

Shuningdek:
✔️ 26-sentyabr kunidan - barcha yo‘nalishlarning kunduzgi ta'lim shakli 2 va 3-kurs talabalariga;

✔️ 3-oktyabrdan - barcha yo‘nalishlarning kunduzgi ta'lim shakli 4-kurs talabalariga an'anaviy o‘qish boshlanishini ma'lum qilamiz.

📞 Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun:
+998735455555;
+998735454444.

🔥 Barcha talabalarni yangi 2022/2023 o‘quv yilida faol bilim olishga chorlab qolamiz!

🔗 @kokanduniversity
👍10🤩5
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Kitobxon yoshlar” tanlovida qatnashing va planshet, smartfon yoki bir talay kitoblar yutib oling!

📚 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi hamda "Qamar" kitoblar doʻkoni hamkorlikda “Kitobxon yoshlar” onlayn kitobxonlik tanlovini eʼlon qiladi.

☝️ Tanlovda ishtirok etish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali toʻliq roʻyxatdan oʻtib, 27-sentabrga qadar 4 ta kitobni oʻqishlari kerak boʻladi.

🏆 Tanlov gʻoliblari diplom va sertifikatlar bilan birga qimmatbaho sovgʻalar bilan ham taqdirlanadi:
🔹1-oʻrin: Galaxy Tab A8 planshet;
🔹2-oʻrin: RedMi Note 11 smartfon;
🔹3-oʻrin: Mi Band 6 smartwatch;
🔹4-10-oʻrinlar: 10 tadan kitoblar toʻplami;
🔹11-20-oʻrinlar: 5 tadan kitoblar toʻplami;
🔹21-50-oʻrinlar: 3 tadan kitoblar toʻplami;

📲
Tanlov haqida batafsil videolavhada tushuntirib o‘tilgan.
📌 Tanlov nizomi bilan tanishish
🌐 HEMIS axborot tizimi - mamlakatimizdagi oliy taʼlim muassasalarining asosiy faoliyatlarini avtomatlashtirish hisobiga professor-oʻqituvchilar va talabalarga elektron taʼlim xizmatlarini taqdim etish maqsadida keng joriy etilgan. Bu axborot tizimi oliy taʼlim muassasalari bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻrtasida axborot koʻprigi vazifasini ham oʻtaydi va boshqaruv tizimini raqamlashtirishga xizmat qiladi. Qo‘qon universitetida oliy ta'lim jarayonlari HEMIS ta'lim tizimi orqali amalga oshiriladi.

📌 Platformamizga ulanish uchun quyidagi havoladan foydalanishingiz mumkin:
⬇️⬇️⬇️
http://student.kokanduni.uz
🖇 Talabamiz xalqaro diplomga ega bo‘ladi

Qo‘qon Universitetining Turizm va mehmonxonani boshqarish yo‘nalishi talabasi Sanat Ismoilov Solbridge Xalqaro Biznes Maktabi (Janubiy Koreyaning Woosong universiteti)da ta'lim olishga kirishdi.

Bu iqtidorli talabamiz har ikki universitet o‘rtasida tuzilgan talaba almashish dasturi asosida kuzgi semestrda xorijda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

➡️E'tirofli jihati, Koreyaning Daejeon Silikon vodiysi (yuqori texnologiyalar shahri)da joylashgan SolBridge talabalarni tez o‘sib borayotgan Osiyo iqtisodiyoti yetakchisi etib tayyorlaydi. Ushbu maktab biznes maktablari orasida noyobdir. 64 xil mamlakat vakillaridan iborat xalqaro talabalar jamoasiga ta'lim beradi. Immersion dasturlari, maxsus ma’ruzalar, seminarlar va amaliyotlar orqali nazariya va amaliyot o‘rtasidagi muvozanat ta'minlanadi. AACSB akkreditatsiyasini olgan dunyodagi mashur biznes maktablaridan biridir.

🔗 @kokanduniversity
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11
#Orientation_week_2022

🖊 Ta'limning dastlabki haftasi tanishtirish jarayonlari bilan boshlandi

Universitetga 1-kursga qabul qilingan talaba-yoshlar kampusni aylanib, oliy ta'lim olish muhiti bilan yaqindan tanishmoqdalar. Ular uchun yuksak tayyorgarlik bilan tashkil etilgan "Tanishtiruv darslari"ni katta ishtiyoq bilan tinglashyapti.

Talabalarga trenerlarimiz tomonidan universitetda oʻqish tartiblari, ta'lim platformasidan foydalanish qoidalari haqida tushunchalar berilyapti. 1-semestrda o‘qitiladigan fanlarning taqdimotlari amalga oshirilyapti. Shuningdek, talabalarning bilimlari test topshiriqlari asosida sinovdan o‘tkazilib, daraja (level)lari aniqlanmoqda.

📱 @kokanduniversity
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM