Yoshlar bilan ishlash departamenti
386 subscribers
2.78K photos
387 videos
109 files
629 links
Har bir insonda o‘zi istagan narsani amalga oshirish uchun qo‘llar, oyoqlar, bosh va bir haftada 168 soat vaqt mavjud.

Robert Kiyosaki
Download Telegram
📢 Aziz talabalar, FarPIning "Qirguli" jamoasi "Yilning eng faol talabalar teatr studiyasi - 2022" ko‘rik-tanlovida Farg‘ona viloyati sharafini himoya qilib, final bosqichiga ko‘tarildi. Ushbu hal qiluvchi bosqichda FarPI jamoasini qo‘llab-quvvatlab, ovoz beraylik!
#Aroma_live
#Talabalar_hayoti

"Mehrigiyo" plantatsiyasi yurtimizning eng go‘zal va unumdor go‘shalaridan biriga aylanib qolgan. Qo‘qon universitetining Maktabgacha ta'lim (maxsus) sirtqi yo‘nalishi talabalarining darsdan keyingi vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida ushbu shifobaxsh maskanga sayohat uyushtirildi.

Nafaqat Farg‘ona, balki O‘zbekistondagi noyob va yirik farmatsevtika korxonalaridan biri bo‘lgan "Doctor Ali salomatlik bog‘i"ga sayohat, lavandazor bo‘ylab sayr barcha talabalar uchun mazmunli va esda qolarli o‘tdi.

Yoshlar bilan ishlash departamenti
👍2
Talabalarning ta'lim haftalari mazmunli yakunlandi

Maktabgacha ta'lim sirtqi (maxsus) ta'lim shakli talabalari uchun ikki hafta davomida o‘quv-uslubiy va seminar-trening dasturi asosida dars mashg‘ulotlari hamda turli madaniy, sport tadbirlari tashkil etildi.

Ta'lim haftalarida talabalar "Zakovat" intellektual o‘yini va "Sport malikalari" kabi sog‘lomlashtirish tadbirlarida faol ishtirok etdilar. G‘olib talabalarga Diplom va medallar topshirildi.

Shuningdek, seminar-treninglarda kerakli bilim va ko‘nikmalarni egallagan barcha talabalar esa Sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

🔗 @kokanduniversity
#besh_tashabbus

Axborot-kutubxona markazi tashabbusi bilan sirtqi yo‘nalishlar talabalari o‘rtasida kitob mutolaasini keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan madaniy tadbir o‘tkazildi.

Universitetning Gulhayobonu Muhammadqosim, Nurfayz Shamsuddinov, Jahongir Azimov va boshqa iqtidorli talabalari "Izlash", "Bir vijdon uyg‘onur" kabi badiiy kitoblar taqdimotini o‘tkazdilar.

Madaniy tadbir sahna ko‘rinishi va jonli ijrodagi qo‘shiqlar bilan mazmunli o‘tdi.

@kokanduniversity
@LIBRARY_KU

Yoshlar bilan ishlash departamenti
👍4🔥3