Yoshlar bilan ishlash departamenti
386 subscribers
2.78K photos
387 videos
109 files
629 links
Har bir insonda o‘zi istagan narsani amalga oshirish uchun qo‘llar, oyoqlar, bosh va bir haftada 168 soat vaqt mavjud.

Robert Kiyosaki
Download Telegram
Ijtimoiy muhit barqarorligi - e'tiborda

Talaba-yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash, ularni huquqbuzarlik, jinoyatchilik va turli oqimlar ta'siridan asrash, ogohlikka chorlash maqsadida huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudi raisi A.Razikov, sudya B.Norov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudi sudyasi M.Ulug‘bekovlar ishtirokida o‘tgan uchrashuvda talabalarning huquqiy savodxonligi oshirildi. Yurtimizda yoshlar o‘rtasida eng ko‘p uchrayotgan huquqbuzarliklar turlari va ularning salbiy oqibatlari muhokama etilib, ijtimoiy vaziyatni barqarorlashtirishda barcha talabalarning mas'uliyati yanada oshirildi.

Yoshlar bilan ishlash departamenti
👍2
Dastur.jpg
16.2 MB
Qo‘qon universiteti sirtqi (maxsus) ta'lim shakli talabalari uchun o‘quv-uslubiy seminar-trening dasturi bilan tanishing

🔗 @kokanduni
Forwarded from Sherzod Mustafakulov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Graduation_party_2022

🎓 Qo‘qon universitetining Maktabgacha ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilariga O‘rda maydonida o‘tkazilgan tantanali diplom topshirish marosimidan videolavha

🔗 @kokanduniversity
👍1
"Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi

Qo‘qon universitetining Yoshlar bilan ishlash departamenti tomonidan "Zakovat party" tashkil etildi. Qizg‘in kechgan intellektual o‘yinda 8 ta jamoa o‘zaro bellashdilar. Talabalarning tarixiy, adabiy va mantiqiy bilimlari sinovdan o‘tkazildi.

Blits savollar va jamoaviy o‘yinlarda, ayniqsa Maktabgacha ta'lim (maxsus) sirtqi yo‘nalishi talabalari katta ishtiyoq bilan qatnashdilar. Bolalarning obrazlariga kirib, ularning odatlarini namoyish qilib berdilar.

Intellektual tadbir madaniy kechaga ulandi. Pishiriqlar va salqin ichimliklar bilan barchaga xush kayfiyat ulashildi.
👍4
Qo‘qon universitetining sirtqi-masofaviy yo‘nalishlari talabalari diqqatiga❗️

20-iyundan universitetda o‘qish haftasi boshlanishi munosabati bilan uzoq hududdan kelgan talabalar yotoqxonaga joylashishlari mumkin.

👩‍🎓 Talaba xotin-qizlar - Qo‘qon tibbiyot kolleji yotoqxonasiga (mo‘ljal- Xudoyorxon o‘rdasi yonida);

👨‍🎓Talaba yigitlar - Qo‘qon pedagogika kolleji yotoqxonasiga (mo‘ljal - 4-maxsus maktab internat yonida) joylashishlari mumkin.

Yoshlar bilan ishlash departamenti
👍2
🏃‍♀"Sport malikalari" musobaqalari qizg‘in kechdi

Qo‘qon universitetining Maktabgacha ta'lim (maxsus) sirtqi yo‘nalishi talabalari uchun darsdan keyingi bo‘sh vaqtlarida sport-sog‘lomlashtirish tadbiri o‘tkazildi.

Sportning voleybol, badminton turlari bo‘yicha musobaqalar qizg‘in kechdi. Ayniqsa, jamoaviy sport o‘yinlarida barcha faol qatnashib, chaqqonlar va kuchlilar saralandi.

Shunindek, talaba-qizlar tajribali trenerdan fitnes aerobikasi mashqlarining ahamiyati va to‘g‘ri bajarish usullari bo‘yicha saboq oldilar.

@kokanduniversity
👍1