Kinosharx
130 subscribers
240 photos
23 videos
249 links
Kinosharxning rasmiy kanaliga hush kelibsiz!

Eng qiziqarli filmlarning tahlili ☺️🍿
Kino olamidagi eng so'ngi yangiliklar 🎬
Kinomanlar uchun ajoyib to'plamlar 🎞

Tijoriy hamkorlik uchun: netkatelekom@gmail.com
Download Telegram
🎬Stenli Kubrik asabiy kulmoqda.

"Porlash" filmining suratga olish vaqtida, juda qimmatbaho dekoratsiya, ahmoqona xatolik tufayli yonib ketgan. Shu vaqt rejissyor hech kimga tashlanmay, asabiy kulgan vaqt kameraga ushbu surat muxrlanib qolgan. Ana shunaqa gaplar.

Telegram | Instagram | YouTube
❗️⚡️ Kristofer Nolanning «Dalil» (2020) filmi uchun, Oskar mukofotini qo’lga kiritgan vizual effektlar ustasi Skott Fisher, «Bob Fettaning kitobi» nomli filmda o’z mahoratlarini yana bir bor namoish etadi!

🎬 «Discussing Film» nashriyotining yozishicha, hafta boshida Oskarning eng yaxshi vizual effektlar nominatsiyasida g’olib bo’lgan Skott Fisher, «Bob Fettaning kitobi» nomli filmning ijodiy jamoasiga yaqindan ko’maklashadi va filmni tez orada namoish etishga o’z xissasini qo’shadi.

Filmning premyerasi shu yilning dekabr oyiga chiqshi rejalashtirilmoqda. Agar bu film shu yildayoq namoish etilsa, yaqin yillar ichidagi eng tez suratga olingan Hollywood filmiga aylanadi.

Telegram | Instagram | YouTube
❗️⚡️ «Transformerlar» filmi uchun kasting jarayoni o’z yakuniga yetdi. Filmda mana shu aktyorlar dueti ijro etadi!

🎬 «Deadline» nashriyotining yozishicha, Domenik Fleshbek va Entoni Ramos Transformerlar franshizasining davomini suratga olishga bel bog’lagan. Avvalroq bu filmning rejissyor lavozimiga Stiven Keyl (Krid 2) tayinlangan edi, ammo noma’lum sabablarga ko’ra u almashtirildi.

Filmdagi voqealar 90chi yillarda Bruklin va Janubiy Amerikadagi og’riliklar bilan bog’liq syujetni aks ettiradi. Qachonga premyera qilinayotganligi hozircha aniq emas. Rasmiy ma’lumotlar tasdiqlanishi bilan kanalimizdan topishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | YouTube
🎬 Ember Xyord «Akvamen 1» filmining suratga olish vaqtida shunchalik charchagan-ki, 9 soat davomida suratga olish maydonining o’zida, grim va kastyumlarni almashtirmasdan uyqiga ko’milgan.

Ana shunaqa aziz kino tomoshabinlar, aktyor va aktrissalarga ham oson emas 😊

Telegram | Instagram | YouTube
🎬Domenik Toretto va uning qo’shtirnoq ichidagi «birodari» Forsaj 9 ning yangi posterida ko’rinish hosil qildi.

❗️Eslatib o’tamiz, Forsaj 9 shu oyning oxirida premyera qilinadi🤩🍿

Siz bu filmni kutyabsizmi? 🤔

Telegram | Instagram | YouTube
🎬 Zak Snayder o’zining kelajakdagi loyihalari haqida aniqlik kiritdi.

❗️Zak Snayder «Life is Short with Justin Long» podkastida aytib o’tilgan ma’lumotlariga qaraganda, «Konch kengligi» nomli filmni Janubiy Amerikada suratga olishga tayyorlanmoqda.

PS: Uning gaplariga qaraganda, bu filmning byudjeti juda kam mablag’ni tashkil etadi va zamonaviy texnikalardan foydalanishga yetarlicha imkoni yo’q. Katta extimol bilan bu film «Qor, bug’, temir» nomli qisqa metrajli filmi yo’nalishida suratga olinadi. Kim biladi deysiz, balkim bu Zakning karyerasi pastga qarab ketayotganidan dalolat berayotgandir.

Telegram | Instagram | YouTube
🎬 Marvel kino olami o’zining «Temir Odam» bilan sarguzashtlarini boshlaganiga mana 15 yil bo’ldi.

Ha, 15 yil! Vaqt o’tishini qarang! O’zingizni biroz qaridek his qildingizmi?)

❗️Aynan bu filmning ssenariysi 2006 yilning shu kunlarida Marvel studiyasi Jon Favro bilan birgalikda filmning ssenariysini va postanovkasini muhokama qilgan. Avvaliga bu filmga ko’pchilik yuqori ishonch bildirmagan.

Keyin esa nima bo’lganini juda yaxshi bilasiz….😎🎬

Telegram | Instagram | YouTube
Futbol tarixidagi eng universal futbolchilarning Top 10 taligini Sportsharx kanaliga joyladik.

Yangi Sport janridagi kanalimizni ham qo'llab quvvatlang😊⚽️

Video uchun link👇🏼
https://youtu.be/cOaTeHrapbA
🎬 «Mega» sikveli 2022 yilning Yanvar oyidan suratga olinadi!

❗️Filmning rejissyori Ben Uitli etib tayinlandi (Otishma, Balandlik). Djeyson Stetxem esa yana bosh ro’l qahramonini ijro etadi.

2018 yilda namoish etilgan original filmi, 130 million AQSH dollariga suratga olinib, 530 million AQSH dollari daromad qilgan edi.

Telegram | Instagram | YouTube
🎬 Uilliam Defo Marvel kino olamida Yashil goblinning yangi ko’rinishini ijro etadi!

❗️«That Hashtag Show» ning ma’lumotlariga qaraganda, «Ortga yo’l yo’q» filmida, mashxur aktyor Norman Osborna, Sem Reymining qo’l ostida suratga tushadi, keyinroq esa alohida yangi personajga aylantiriladi. Bu haqida avvalroq Deniel Rixtman ham GWW ga bergan intervyusida aytgan edi.

Yangi Yashil Goblin avvalgi versiyasidan anchagina farq qiladi. U avvalgidek shunchaki «Yomon odam» bo’lmaydi, bu safar uning aniq siyosiy qarashlari va xarakteriga ega bo’ladi.

🍿Ko’ramiz qanchalik yangi Goblin bizni hayron qoldiradi, siz esa izohlarda o’z fikringizni yozib qoldiring! 😊

Telegram | Instagram | YouTube
🎬 60 yillik sevgi tarixi! Klaudiya Mori va Adriano Chelentano birgalikda 60 yildan buyon kino mulxislarning e’tibor markazida. Bunga faqatgina xavas qilsa arziydi 😍

Telegram | Instagram | YouTube
🎬 Maykl Jekson – O’rgimchak Odam!

❗️Qiziqarli fakt: O’z vaqtida Maykl Jekson Marvel studioning ashaddiy muxlisi bo’lgan, va xattoki uni sotib olmoqchi bo’lgan. Uning ushalmagan orzularidan biri, u Spiderman ro’lida o’zini sinab ko’rmoqchi bo’lgan edi…

Telegram | Instagram | YouTube
🎬 The Rock serialida yosh Duen Jonson obrazini ijro etayotgan aktyor, Qora Adam filmining aktyorlar jamoasiga qo’shildi va katta extimol bilan Duen Jonson bilan birgalikda ro’l ijro etadi.

Telegram | Instagram | YouTube
🎬 Jan Klod Vandam «Yollanma qotillar» filmida!

Telegram | Instagram | YouTube
🎬 Tarixdagi eng zerikarli Oskar taqdimot marosimi!

93 chi xalqaro Oskar mukofotini taqdirlash marosimini ummumiy hisobda 9.85 million tomoshabinlar tog’ridan to’ri tomosha qilishdi. Bu avvalgi yillarga qaraganda 58% kamroq deganidir.

Telegram | Instagram | YouTube
🎬 Xitoyda Oskarni qo’lga kiritgan Xoli Chjaoning tabrik yangiliklari o’chirilmoqda.

The Wall Street Journal ning yozishicha, Xoli Chjaoni Xitoylik nashriyotlar va axborot vositalari Oskarni qo’lga kiritganligi bilan tabriklashgan edi, ammo birdan barchasi o’chirildi.

Xoli Chjao tarixdagi ilk Oskarni qo’lga kiritgan Xitoylik rejisyyor bo’lsa, ikkinchi ayol rejissyoridir. Uning Oskar mukofotini qo’lga kiritganidan so’ng, ko’plab Xitoyliklar quvonishdi va tabriklashdi. Ammo, uning intervyularidan birida u Xitoyga nisbatan salbiy fikr bildirgani va shuning uchun yoshligida Xiyotdan ko’chib ketganligi haqida aytib o’tdi. Shundan so’ng butun Xitoylik axborot vositalari uni gazeta va TV larda tabriklarini to’xtatishdi va ijtimoiy tarmoqlardan ham o’chirib tashlashdi.

Telegram | Instagram | YouTube
🎬 Xavier Botet – ujas filmlarning aktyori. «Ona», «U», «Slendermen», «Reportaj» va boshqa filmlarda suratga tushgan.

⚡️ Xavier juda kam uchraydigan genetik kasallikdan azob chekadi - kasallikning nomi Morfan sindromi. Uning bo’yi 2 metr bo’lishiga qaramay, vazni 56 kilogramdan oshmaydi. Xavierning kasalligi nafaqat uning vazi bilan bog’liq, undan tashqari suyaklarining elastikligi bilan ham bog’liq. U ishtirok etgan filmlarda, grafik effektlar ishlatilmaydi, shunchaki grimning o’zi yetarli.

Telegram | Instagram | YouTube
#Savol Kino bilimdonlar uchun savol!🤔

Savol: Titanik filmi nechta «Oskar» nominatsiyalarida g’olib chiqgan?

Javobingizni izohlarda yozib qoldiring! Ertaga soat 14:00 da Telegram kanalimizda eng aniq javob joylanadi

Telegram | Instagram | YouTube