TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.32K subscribers
10.3K photos
1.32K videos
6 files
6.39K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
172601@ygk.uz, 172602@ygk.uz
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿😀😃😄😆😊

Aholiga berilgan ipoteka kreditlarini takror moliyalashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi


📃 Qonun (O'RQ-1028-son, 12.02.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

Qonun bilan “Ipoteka to'g'risida”gi, “Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida”gi, “To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida”gi qonunlarga ipoteka munosabatlariga elektron garov xatini joriy etishni, bunday garov xati bilan ta'minlangan majburiyatlarni bajarishni, u bo'yicha huquqlarni boshqa shaxsga o'tkazishni va undan foydalanishga doir boshqa mexanizmlarni belgilashni, shuningdek talab qilish huquqlari hamda garov xati tugatish massasiga kiritilmasligini nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda.

🎚 Bunda, “Ipoteka to'g'risida”gi qonunga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra:

🔹Elektron garov xatiga o'zgartirishlar kiritish garov xatining qonuniy egasi va garovga qo'yuvchi tomonidan elektron garov xatiga o'zgartirishlar kiritish to'g'risidagi kelishuv (qo'shimcha kelishuv) shaklini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida to'ldirish orqali amalga oshiriladi;

🔹Elektron garov xatlari bo'yicha huquqlarni boshqa shaxsga o'tkazish depo hisobvarag'iga tegishli yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi. Elektron garov xatiga doir huquqlar oluvchining depo hisobvarag'iga tegishli yozuv kiritilgan paytdan e'tiboran unga o'tadi va depo hisobvarag'idan ko'chirma bilan tasdiqlanadi.

#DavKadastrPalata #Qonunchilik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 Kadastr yuzasidan savolingiz bormi?

📱1097 ishonch raqamiga qo'ng'iroq qiling va o'z murojaatingizni qoldiring.
Sizning murojaatingiz yozma murojaat bilan bir xil kuchga ega.

📲 1097 sizning xizmatingizda.

#ishonch_raqami #1097

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📝📝📝📝

📣 DIQQAT E’LON! 📣

◼️Poytaxtimizning Bektemir tumani fuqarolari va tadbirkorlari!

📃 Sizning kadastr sohasi bilan bog‘liq murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida⭐️Kadastr agentligi va🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓 Kuni: 2025-yil, 27-fevral, soat 11:00 dan.

📞 Qabulga yozilish uchun: (+99871) 295-33-99

📍 Manzil: Bektemir tumani, "Iqbol" MFY idorasi.

⚜️ Mo‘ljal: Bektemir tumani prokuraturasi.

📌Lokatsiya.

#Kadastr #sayyor_qabul #Bektemir

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TALABALAR KADASTR IDORALARIDA

◼️Xabaringiz bor, 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi binosida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti kafedrasi filiali faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

◼️Mazkur oliygohning Geodeziya, kartografiya va kadastr yo‘nalishida tahsil oluvchi 4-bosqich talabalari uchun universitet hamda boshqarma mas’ul xodimlari tomonidan “Ko‘chmas mulk kadastri” fanidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslari olib borilmoqda.

◼️Kadastr sohasiga qiziquvchan talaba yoshlar shu joyning o‘zida savol-javoblar orqali o‘zlashtirgan bilimlarini mustahkamlab olmoqdalar.

#Kadastr #oliy_ta_lim_hamkorlik_aloqalari

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yerni ko'p kvartirali uy-joy qurish uchun ijaraga olgan yuridik shaxslar yer solig'ini to'lashdan ozod qilinadi

📃 “Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-26-son, 21.02.2025 y.) qabul qilindi.

◼️ Farmonga muvofiq, 2025-yil 1-maydan “Yangi O'zbekiston” massivlarini barpo etish doirasida quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib o'rnatiladi:

yer uchastkalarini ko'p kvartirali uy-joylar qurish uchun ijaraga berish bo'yicha auksion savdolarida qatnashish, ko'p kvartirali uy-joylarni qurish va ularni realizatsiya qilishga faqat QQSni to'lovchi yuridik shaxslarga ruxsat etiladi;

yer uchastkalarini ko'p kvartirali uy-joylar qurish uchun ijaraga berish bo'yicha auksion savdolari ofertasida loyiha oldi hujjatlari tayyorlashga 15 kunlik, loyiha ishlarini bajarishga 2 oylik va qurilish ishlarini boshlashga 3 oylik muddat belgilanadi, shuningdek, unda qurilishni yakunlash va obyektni foydalanishga qabul qilish muddatlari ko'rsatiladi;

auksion savdolarida yer uchastkasini ko'p kvartirali uy-joy qurish uchun ijaraga olgan yuridik shaxslar ijaraga olgan paytdan boshlab 12 oy davomida ushbu yer uchastkasi bo'yicha yer solig'ini to'lashdan ozod qilinadi;

🗓 2025-yil 1-martdan “Yangi O'zbekiston” massivlarida ko'p kvartirali uy-joylar qurilishini amalga oshiruvchi qurilish tashkilotlariga aylanma mablag'larini to'ldirish uchun 12 oylik imtiyozli davr bilan 24 oy muddatga Markaziy bankning asosiy stavkasidan ko'pi bilan 2 foiz bandga yuqori stavkada kreditlar ajratiladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YERGA OID HUQUQBUZARLIKLARNI BARTARAF QILISH MEXANIZMLARI

📊 Yuqoridagi infografika orqali O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 15-noyabrdagi O‘RQ-997-sonli Qonuni ahamiyati, davlat mulkida bo‘lgan yer uchastkasini qaytarish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni bartaraf qilish to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

⚡️ Ushbu Qonun yer uchastkalaridan samarali va maqsadli foydalanishni ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish, ularni o‘zboshimchalik bilan egallab olish va o‘zboshimchalik bilan imoratlar qurish holatlarining kamayishiga xizmat qiladi.


#Kadastr #infografika #huquqiy_asos #Qonun_997

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E'LON!


🇺🇿 Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini qo‘lga kiritish uchun navbatdagi malaka imtihoni o‘tkaziladi.

🗓 Imtihon kuni: 2025-yil, 27-28-fevral
🕔 soat 10:00, 11:00, 15:00, 16:00 da

📍Manzil: Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati binosi.

📃Imtihon jarayonlarini Davlat kadastrlari palatasining You Tube platformasi orqali to'g'ridan-to'g'ri kuzatishingiz mumkin.

➡️ Malaka imtihonida 56 nafar talabgorlar ishtirok etadi.

#DavKadastrPalata #malaka_shahodatnomasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BIZNING MANZILLAR: YUNUSOBOD TUMANI FILIALI

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Yunusobod tumani filiali

📞 Murojaat uchun telefon:
(+99871) 235-70-78.

📍Lokatsiya.

#Kadastr #bizning_manzillar #Yunusobod

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XUSHXABAR

🗣 Xabaringiz bor, “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda xatlov ishlari amalga oshirilmoqda.

🫥 Xatlov natijalari bo‘yicha har bir obyekt to‘g‘risidagi ma'lumotlar “E’tirof” axborot tizimiga kiritilib borilmoqda. Bugungi kungacha dasturda 37 mingdan ortiq obyekt kiritilgan bo‘lib, ular 22 tadan ortiq vazirlik va idoralar tomonidan (2 oy ichida) ko‘rib chiqilmoqda.

Quvonarlisi, “E’tirof” dasturiga kirgan obyektlarga tegishli xulosalar berish ishlar yakunlanib, Respublika bo‘yicha dastlabki obyektlar jamoatchilikka e’longa chiqarildi.

➡️ Ko‘rish uchun: "E'tirof" AAT

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KADASTR ATAMALARI

▶️ O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi — fuqarolar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va rezident bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni belgilovchi hujjatlarsiz, shu jumladan bunday hujjatlar yo‘qolgan yoki to‘liq rasmiylashtirilmagan holda egallab kelinayotgan yoki ortiqcha egallangan yer uchastkasi.

#Kadastr #atamalar #Qonun_937

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 Tashkilotlarda raqamli transformatsiya holatini reyting baholash natijalari e’lon qilindi va unga ko‘ra ⭐️ Kadastr agentligi faoliyati 83.2 % bilan Davlat boshqaruv organlari orasida yuqori baholandi.

🫥 Reytingda respublikaning umumiy hisobda 91 ta ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishtirok etdi.

📃 Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, mazkur reyting Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning rivojlanish holatini reyting baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan amalga oshirib kelinmoqda.

ℹ️ Tashkilotlarda raqamli transformatsiya holatini reyting baholash ochiqlik va elektron ishtirok, elektron xizmatlar, axborot xavfsizligi hamda faoliyatning raqamlashganligi indekslari asosida amalga oshiriladi.


➡️ Manba: https://uza.uz/posts/691913

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
AVTOMOBILSIZ KUNDA NAMUNA KO‘RSATAYLIK!

🗓 Bugun Respublikamizning barcha hududlarida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkazilmoqda.

🚗 Mazkur aksiya doirasida ⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari tizimidagi xodimlarning ishga jamoat transporti yoki atrof-muhitga zararsiz bo‘lgan boshqa vositalardan foydalangan holda yetib kelishlari tashkillashtirildi.

Hurmatli yurtdoshlar! Siz ham “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga qo‘shiling! Toza havo va atrof-muhit farovonligiga hissa qo'shing!

Maʼlumot uchun, mazkur aksiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi 37-sonli Farmoniga koʻra har oyning toʻrtinchi chorshanbasida ekologiyaga avtomobillar chiqindi gazlarining zararli ta’sirini kamaytirish maqsadida amalga oshirilishi belgilangan.


#Kadastr #Avtomobilsiz_kun #aksiya

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

SHAYXONTOHUR TUMANIDA YANA BIR HOLAT BARTARAF ETILDI


⭐️Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Shayxontohur tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlarida 📍"Obinazir" MFY, Mannon Uyg‘ur ko‘chasida 90 kv.m. yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, noqonuniy qurilish ishlari bajarilganligi aniqlandi.

📃 Holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirish xati berilganiga qaramay holat fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmaydi. Shundan so‘ng tuman kadastr bo‘limi mazkur o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonidagi noqonuniy qurilmani bartaraf etib, yerni davlat zaxirasiga qaytarish yuzasidan sudga da’vo arizasi kiritadi.

Natijada bugungi kunda noqonuniy qurilma sudning hal qiluv qarori asosida bartaraf etilib, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarilishi ta’minlandi.

Eslatma: O‘zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O‘RQ-937-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-may kunigacha fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda ko‘rsatilgan maydondan ortiqcha egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar ko‘rib chiqiladi.


#Kadastr #yer_nazorati #Shayxontohur

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

TAYINLOV


🇺🇿 Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Kamilov Abror Anvarovich – Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.

◼️Abror Anvarovich – 1991-yil Xorazm viloyati, Shovot tumanida tavallud topgan. 2014-yilda Toshkent davlat Agrar universitetini hamda 2016-yilda Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

◼️Tayinlovga qadar, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Yig‘ma axborot-tahlil boshqarmasi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.

🌟 Kadastr agentligi jamoasi A.Kamilovning kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

#Kadastr_agentligi #tayinlov

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiya - taraqqiyot dushmani

➡️ Har qanday yo'nalish va sohani tubdan rivojlantirishda korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirishdan lozimdir. Bunda insonning tarbiyasi, oilasidagi muhit katta ahamiyatga ega.

📺 Mazkur videorolik orqali Davlat kadastrlari palatasi ana shu fikrlarni olg‘a suradi.

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬🎬🎬🎬

MUROJAAT YUZASIDAN TUSHUNTIRISH BERILDI


🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman filiali boshlig‘i A.Rasulov fuqarolar murojaati yuzasidan ▶️ “Milliy” telekanalining “Millar” dasturiga intervyu berdi.

#Kadastr #oav_biz_haqimizda #tv #murojaat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ne'mat Atamuratov
ТАФАККУР ҚИЛИНГ!

Ижтимоий тармоқларда хатлов ишлари кечиктирилаётганлиги тўғрисида хабарлар эълон қилинди.

Ушбу юзасидан қуйидагиларга эътибор қаратсангиз:
Бугунги кунда ушбу хатлов ишларига 4 500 дан ортиқ кадастр ходимлари жалб этилган ва улар ҳар қандай об-ҳаво шароитида ҳам хатловни давом эттирмоқда.

Мазкур хатлов ишларида белгиланган режага нисбатан бироз ортда қолишга қуйидаги ҳолатлар сабаб бўлмоқда:
1. Кадастр ходимлари хатловга борганда уй-жой эгаларининг уйда бўлмаслиги;
2. Уй-жойда яшовчи фуқаролар хатлов ишларини бажариш учун кадастр ходимларини уйга киритмаслиги.

Белгиланган талабларга асосан, бир маҳаллада хатлов ишларини якунламасдан бошқа маҳаллада хатлов ишларини бошлаш мумкин эмас.
Юқоридаги каби ҳолатлар сабаб кадастр ходимлари бир уйга бир неча маротаба такрор боришига, кўп вақт йўқотишига сабаб бўлмоқда.
Оқибат - бир уйга бир неча маротаба такрор бориш тасдиқланган режа-жадвалда кечикишларни юзага келтиради.
Кейинги маҳаллада белгиланган хатлов ўз вақтида бошланиши нафақат кадастр ходимларига балки, уй-жой эгаларига ҳам боғлиқ.
Шундай экан аввало ўзимизни ва қолаверса бошқаларнинг вақтини қадрлайлик.


ШОШИЛМАНГ!

Мазкур қонун талабларига мувофиқ объектни хатловдан бошлаб қарори чиққунига қадар саккиз ойгача бўлган муддатни талаб этилиши белгиланган.

Хусусан:
Ваколатли ташкилотлар икки ой муддатда автоматлаштирилган ахборот тизимига маълумотларни ва ҳужжатларни киритади (16-модда);
Ахборот тизимида шакллантирилган хатлов натижалари ҳамда ваколатли ташкилотларнинг хулосалари фуқаролар ўзини ўзи бошқариш органлари биноларининг эълонлар учун бурчакларида, Кадастр агентлигининг расмий веб-сайтида ҳамда бошқа ахборот манбаларида бир ой давомида жамоатчиликка эълон қилинади (17-модда);
Қорақалпоғистон Республикаси Адлия вазирлиги, вилоятлар ва Тошкент шаҳар адлия бошқармалари томонидан электрон йиғмажилд, маълумотлар ва ҳужжатлар ушбу Қонун талабларига мувофиқлиги жиҳатидан икки ой ичида ўрганади (18-модда);
Эътироф этиш учун юборилган маълумотлар ва ҳужжатлар уч ой ичида Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгесининг, халқ депутатлари вилоятлар ва Тошкент шаҳар Кенгашларининг сессияларида (мажлисларида) муҳокама қилинади (20-модда).

Юқорида қайд этилганларни инобатга олиб,
юртдошларимиздан аввало шошмасликларини, хатлов ишларини амалга оширишда кадастр ходимларига кўмаклашишларини сўраймиз.


Оммавий ахборот воситалари, блогер ҳамда ижтимоий тармоқ фаолларидан эса, аҳолида норозилик, Қонунларга нисбатан ишончсизлик кайфиятини уйғотиш, Давлат идорасини обрўсизлантиришга қаратилган хабарларни тармақмасликка чақириб қоламиз. Зеро, ушбу ҳаракатлар учун қонунчиликда жавобгарлик мавжулигини ёддан чиқармайлик.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol: Ko‘chmas mulkni bo‘lish qay tartibda amalga oshiriladi?

Javob: Umumiy birgalikdagi mulkni bo‘lish ushbu umumiy mulk ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishuvga yoki sud qaroriga asosan amalga oshiriladi.

💬 Jismoniy va yuridik shaxslarga ijara, doimiy foydalanish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlarida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarining bino va inshoot bo‘lmagan bo‘sh qismini alohida qismlarga bo‘lishga yo‘l qo‘yilmaydi.

#Kadastr #sizdan_savol

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2