TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.33K subscribers
10.3K photos
1.32K videos
6 files
6.38K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
172601@ygk.uz, 172602@ygk.uz
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr muhandislarining malaka imtihoni

⚡️Bugun rejaga ko'ra, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida ko'chmas mulk bo'yicha kadastr muhandislarining qo‘yilgan talablarga mos kelishini tekshirish maqsadida komissiya tomonidan malaka imtihoni o'tkazilmoqda.

🗓 29-30-yanvar kunlari 54 nafar talabgorlar bosqichma-bosqich test sinovlari ko'rinishida malaka imtihonlarini topshiradilar.

📹 Jarayonlar Davlat kadastrlari palatasining You Tube platformasidagi rasmiy sahifasi orqali to'g'ridan-to'g'ri namoyish etilmoqda.

#DavKadastrPalata #malaka_shahodatnomasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Quyidagi holatlarda ham aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar:

🔵 yerlardan belgilangan maqsadda foydalanmaganlikda;

🔵 yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olganlikda;

🔵 qishloq xo‘jaligi yerlarini va boshqa yerlarni yaroqsiz holga keltirganlikda, ularni kimyoviy va radioaktiv moddalar, ishlab chiqarish chiqindilari va oqova suvlar bilan ifloslantirganlikda;

🔵 yerlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan obyektlarni joylashtirganlikda, qurganlikda, loyihalashtirganlikda, foydalanishga topshirganlikda;

🔵 yerlardan foydalanishning tabiatni muhofaza qilishga oid talablarini bajarmaganlikda;

🔵 vaqtincha egallab turilgan yerlarni qaytarish muddatini buzganlikda yoki yerlarni belgilangan maqsadda foydalanishga yaroqli holatga keltirishga oid majburiyatlarni bajarmaganlikda;

🔵 davlat yer kadastri ma’lumotlarini buzib ko‘rsatganlikda;

🔵 yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanganlikda, yerlarning holatini yaxshilash hamda tuproqni suv va shamol eroziyasidan va tuproq holatining yomonlashuviga olib keladigan boshqa jarayonlardan saqlash majburiyatlarini bajarmaganlikda;

🔵 yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarni o‘tkazishning belgilangan tartibini buzganlikda;

🔵 sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rmaganlikda.

#Kadastr #huquqiy_asos #javobgarlik

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH YO‘LIDA

🌟Davlat kadastrlari palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i I.Tadjibayev, DKP Toshkent shahar boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi T.Yuldashev O‘RQ-937-sonli Qonuniga binoan📍Yashnobod tumanida tashkil etilayotgan xatlovda bevosita ishtirok etib, jarayonlarni yaqindan kuzatdilar.

◼️Kadastr xodimlariga korrupsiya, ta’magirlik, manfaatlar to‘qnashuvi, firibgarlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, o‘z vazifalarini mas’uliyat bilan bajarishlari yuzasidan ko‘rsatma berildi.

◼️Shuningdek, joyiga chiqqan holda noturardan turar joy toifasiga o‘tkazilgan obyektlarni o‘rganish ishlari ham olib borildi.

#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #xatlov #Qonun_937

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев пойтахтимиздаги Ислом Каримов ҳайкали пойига гулчамбар қўйди.

Президент Шавкат Мирзиёев возложил цветы к памятнику Исламу Каримову в столице.

#Mirziyoyev #marosim #xotira #BirinchiPrezident

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍31
📣📣📣📣 🎤🎤🎤🎤

📣 DIQQAT, EʼLON 📣

🗓 Joriy yilning 31-yanvar kuni soat 15:00 da Milliy matbuot markazida “Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati hamda Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Unda mas’ullar tomonidan yer va kadastr nazorati, aholiga ko‘rsatilgan kadastr xizmatlari, sohaga oid qonunchilikdagi yangiliklar haqida ma’lumot beriladi.

🎥 Ushbu matbuot anjumaniga barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

📍 Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi, 16-uy.

🔵 Lokatsiya.

#Kadastr #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARI ODOB-AXLOQINING NAMUNAVIY QOIDALARIDAN

⚡️ Davlat xizmatchilari mehnat faoliyati davomida va ishdan tashqari vaqtda xulq-atvorning quyidagi umumiy qoidalariga amal qilishi lozim:

💠 davlat xizmatining obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan tiyilish, axloq normalariga doimiy rioya qilish;

💠 mas’uliyat, kasbiga sadoqat va halollikni kundalik shiorga aylantirish;

💠murakkab vazifalarni bajarishda hamkasblariga ko‘maklashish;

💠 xushmuomalalik, e’tiborlilik va hushyorlik bilan fuqarolarda davlatga nisbatan ishonch va hurmat hissini uyg‘otish;

💠 oilasida sog‘lom muhitni ta’minlab, oila a’zolariga doimiy g‘amxo‘r bo‘lish, farzandlarida vatanparvarlik va boshqa yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirish;

💠 fuqarolarning ijtimoiy kelib chiqishi, iqtisodiy ahvoli va boshqa omillardan qat’i nazar, ular bilan bir xil, samimiy, odob doirasida munosabatda bo‘lish;

💠 jamiyatda axloqning umume’tirof etilgan qoidalariga amal qilish.

#Kadastr #odob_axloq_qoidalari

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗂🗂🗂🗂 🌇🌇🌇🌇

HUQUQNI E’TIROF ETISH ASOSLARI


🌏 O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024 yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomillar infografika ko'rinishida.

#Kadastr #infografika #Qonun_937

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Uydan chiqmasdan turib ko'chmas mulkingiz haqida ma'lumot olishingiz mumkin

🏢 Fuqarolarimiz bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risidagi maʼlumotnomani uydan chiqmasdan turib olishlari mumkin.

📃 Ma’lumotnomada bino va inshootlarga doir quyidagi ma’lumotlar aks etgan bo’ladi:

🟢joylashuv manzili;
🟢kadastr raqami;
🟢turar joy yoki noturar joyligi;
🟢umumiy maydoni;
🟢huquqiy egasi (egalari);
🟢bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar turi;
🟢huquqni belgilovchi hujjat nomi, raqami, sanasi;
🟢cheklanish mavjudligi;
🟢kadastr qiymati.

Natija avtomat taqdim etilib, QR kodli ma’lumotnoma shakllanadi.

➡️ Xizmatdan foydalanish

#DavKadastrPalata #kadastr_xizmatlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM