"Oʻzi oxirgi paytlar taʼlim tizimiga pedagogikani bilmaydiganlar, pedagogika sohasiga yaqin yoʻlamaganlar aralashishi juda koʻpayib ketdi. Bilmayman nega taʼlim vaziligi bunga yoʻl qoʻyib beryapti", deydi Shokir Tursun kun.uz da taʼlim atrofida oxirgi paytlar boʻlayotgan voqealar, taʼlimga har xil tizimlarning aralashuvi masalasiga bagʻishlangan suhbatda.
Men esa savolni boshqacharoq qoʻygan boʻlardim. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining oʻzida taʼlim mazmuni, oʻquv dasturlari, metodika, baholash, taʼlimning samaradorligi va hokazo muhim masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilayotganlarning necha foizi pedagogika, taʼlim nazariyalari, pedagogik psixologiya, metodika, taʼlimda baholash singari sohalarni tizimli oʻrgangan, bu sohalar boʻyicha ilmiy manbalarni tikilagan, "mehnat daftarchasi"da emas, amalda biron-bir fandan biron-bir taʼlim muassasasida dars bergan?

YouTube
Andijonda hokim o‘quvchlarni armiyaga yubordi, IIB boshlig‘i “qizil toifaga” ajratdi. Bu to‘g‘rimi?
Pedagog Shokir Tursunning aytishicha, ta’lim mazmuniga hokimiyat hamda kuchishlatar tizimning aralashuvini oqlab bo‘lmaydi, bu bolalar psixologiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Siyosiy tahlilchi Hamid Sodiqqa ko‘ra, muammoning asosi boshqaruvchilarning vakolati…
👏15👍1
Bu suhbatda siyosatshunos Hamid Sodiq maktab oʻquvchilarini har xil "rangli" toifalarga ajratishlar-u taʼlim va sogʻliqni saqlashga hammaning aralashuvi tizimli muammo ekanligini yaxshi koʻrsatib berdi.
Ha, bizga kuchli, mandatni xalqdan oladigan, "sen kimsan-u ovozing nima boʻlardi" deya olmaydigan, kerak boʻlsa generalini chaqirib tergay oladigan parlament kerak. Qonunlar ishlashi kerak. Hokimiyatlar boʻlinishi, bir-birini tiyib tura olishi kerak. Aks holda na taʼlimda, na boshqa biron sohada tartib boʻlmaydi.
Ha, bizga kuchli, mandatni xalqdan oladigan, "sen kimsan-u ovozing nima boʻlardi" deya olmaydigan, kerak boʻlsa generalini chaqirib tergay oladigan parlament kerak. Qonunlar ishlashi kerak. Hokimiyatlar boʻlinishi, bir-birini tiyib tura olishi kerak. Aks holda na taʼlimda, na boshqa biron sohada tartib boʻlmaydi.
YouTube
Andijonda hokim o‘quvchlarni armiyaga yubordi, IIB boshlig‘i “qizil toifaga” ajratdi. Bu to‘g‘rimi?
Pedagog Shokir Tursunning aytishicha, ta’lim mazmuniga hokimiyat hamda kuchishlatar tizimning aralashuvini oqlab bo‘lmaydi, bu bolalar psixologiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Siyosiy tahlilchi Hamid Sodiqqa ko‘ra, muammoning asosi boshqaruvchilarning vakolati…
🔥12👍5
Shokir Tursun Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi haqida:
"Bu markaz tashkil topganida uning yagona vazifasi bor edi va markaz bu vazifani bajarib boʻlganidan keyin "tishi yoʻq boʻri"ga aylanib boʻldi".
Hamid Sodiq: "Puli bor odam bolalarini prezident maktablariga oʻtkazib yuboradi, ularda alternativa bor. Mana bu oʻrtadagi turli xil darsliklar bilan bogʻliq muammolar choʻkib, choʻkib yana oʻsha zaif qatlamga taʼsir qiladi".
Ha, bu markaz faqat bir maqsad uchun tuzilgan edi. Mavr oʻz ishini bajarib boʻldi - balki endi soliq toʻlovchilarga, shundoq ham defitsitli byudjetga ortiqcha yuk qilmasdan, "mavr"ni yopib yuborish vaqti kelgandir?

🔥10
Dilshooda
Siyosiy tahlilchi Hamid aka Sodiq kuchli parlament kerak ekanini aytmoqda. Pedagog, ta’lim eksperti Shokir aka Tursun esa Maktabgacha va maktab vazirligini keskin, qat’iy munosabatlar berishga chorlamoqda.
Jurnalist Dilshoda Shomirzayevaning yondashuvi menga yoqdi: suhbatga turli sohalar vakillarini - taʼlim boʻyicha mutaxassis va siyosatshunosni chaqirish. Bitta muammoga turli rakursdan qarash muammoning ildizini tushunishga yordam beradi.
👍23
Va nihoyat Adliya vazirligi tilga kirdi:
Ma’naviyat va ma’rifat markazi e’lon qilgan media mahsulotlarni “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan va yuridik kuchga ega emas. Qaror hujjatni qabul qilgan organlar tomonidan bekor qilingan va ijrodan chaqirib olingan.
Amaldagi Konstitutsiya va qonunlarga zid normalar oʻrnatishga harakatlar ham jazolanishi kerak, toki istalgan tashkilot yoki organ oʻzi xohlagancha qarorlar qabul qilavermasin.

Газета.uz
Adliya vazirligi: media mahsulotlarni
Adliya vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi e’lon qilgan media mahsulotlarni 'ma’naviy ekspertiza'dan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagani va yuridik kuchga ega emasligini ma’lum qildi. Qaror hujjatni qabul qilgan organlar tomonidan…
👏12👍6
Modomiki Adliya vazirligi tilga kirgan ekan, vazirlikka yana bir savol:
Shu kunlarda muhokamalarga sabab bo'layotgan boshqa bir hujjat - Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining yangi, "mezonlarga asoslangan" deyilayotgan baholash tizimini joriy qilish haqidagi buyrug'i Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tganmi?
Yangi baholash tizimi bo'yicha tartib Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 7-avgustdagi 250-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan. Tizim joriy etiladigan maktablar ro'yxati vazirning 2024-yil 26-avgustdagi 275-son buyrug'i bilan tasdiqlangan. Har ikkala buruqni ham biron-bir rasmiy manbadan (lex.uz yoki vazirlik veb-sayti) topish imkoni bo'lmadi.
"Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida"gi Qonunning 37-moddasiga muvofiq, vazirliklar va idoralar normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadi. Vazirliklar va idoralarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlari tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas hamda huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi.
Xuddi shu qonunning 38-moddasiga muvofiq, normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi kerak. Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlari matnlarining elektron shakllari ularni qabul qilgan organlarning rasmiy veb-saytlarida normativ-huquqiy hujjat rasmiy e’lon qilinganidan keyin bir kun ichida e’lon qilinishi shart. Normativ-huquqiy hujjatlarning e’lon qilinishi ular qo‘llanilishining majburiy shartidir.
Savol: Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining yangi baholash tizimi bo'yicha tomonlarning (vazirlik, maktab, o'qituvchilar, o'quvchilar, ularning ota-onalari) huquq va majburiyatlarini belgilaydigan va hech qaysi rasmiy manbada topish imkoni bo'lmayotgan buyrug'i Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tganmi? Agar "ha" bo'lsa, nega bironta rasmiy manbada yo'q? Agar "yo'q" bo'lsa, unda bu buyruq(lar) qonuniy kuchga egami?

👍15🔥4
lex.uz da maktab o'quvchilarining bilimini baholashni tartibga soladigan ikki hujjatni topa oldim:
1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan "Umumiy o'rta ta'lim to'g'risidagi Nizom".
Mazkur hujjatning 33-bandiga ko'ra, o‘quvchilarning sifatli bilim olishini va ularni umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlariga mos holda o‘qitish natijalarini nazorat qilishni ta’minlash maqsadida umumta’lim muassasalarida quyidagi nazorat turlari olib boriladi: joriy nazorat, oraliq nazorat, yakuniy nazorat va bosqichli nazorat.
2. "5 — 9-sinf o‘quvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi to‘g‘risida"gi Nizom. Mazkur nizom O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2010-yil 8-iyundagi 23 va 11/QQ qarori bilan tasdiqlangan (Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 25-iyunda 2117-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan), keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2018-yil 6-apreldagi 4-mh va 2-mh qarori bilan o'zgartirishlar kiritilgan (mazkur o'zgartirishlar kiritish haqidagi qaror ham Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 4-mayda 2117-1 ro'yxti bilan ro'yxatdan o'tkazilgan).
Mazkur nizomga ko'ra ham o‘quvchilarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o‘tkazish nazarda tutiladi: joriy nazorat, oraliq nazorat, yakuniy nazorat va bosqichli nazorat. Har bir nazorat turi qanday shaklda o‘tkazilishidan qat’i nazar, besh (5) ballik (“5”, “4”, “3”, “2”, “1”) usulda butun sonlar yordamida baholanadi.
O‘quvchilarning o‘quv yili davomida nazorat turlari bo‘yicha olgan ballari hamda yillik (yakuniy) baholari asosida har bir o‘quv fanidan yillik reyting ko‘rsatkichi aniqlanadi. Bunda o‘quvchining yillik (yakuniy) bahosi:
“5” bo‘lganda — 86, 90, 95 va 100 reyting ko‘rsatkich ballaridan biri;
“4” bo‘lganda — 71, 75, 80 va 85 reyting ko‘rsatkich ballaridan biri;
“3” bo‘lganda — 56, 60, 65 va 70 reyting ko‘rsatkich ballaridan biri qo‘yiladi.
O‘quvchining yillik reyting ko‘rsatkich ballarini aniqlash usuli o‘quv fani xususiyatidan kelib chiqqan holda o‘qituvchi tomonidan belgilanadi.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining hech qaysi rasmiy manbada topilmayotgan va Adliya vazirligining ro'yxatidan o'tgan yoki o'tmaganligi mavhum qolayotgan buyruq(lar)i bilan tasiqlangan yangi baholash tizimi esa rasmiy manbalarda e'lon qilingan har ikki hujjatni inkor qiladi.
Yana o'sha Adliya vazirligiga savol: rasmiy manbalarda e'lon qilingan va hali ham yuridik kuchga ega qoidalar rasmiy manbalarda e'lon qilinmagan hujjatlar bilan inkor qilinishi mumkinmi?

Telegram
Jalilov. Qaydlar
Modomiki Adliya vazirligi tilga kirgan ekan, vazirlikka yana bir savol:
Shu kunlarda muhokamalarga sabab bo'layotgan boshqa bir hujjat - Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining yangi, "mezonlarga asoslangan" deyilayotgan baholash tizimini joriy qilish…

👍9
Jalilov. Qaydlar
Maktab ... ta'lim beradigan dargohmi yoki ... tadbirlar va hujjatlar maskani? Maqsad - o'qituvchilarni battar maktabdan bezdirishmi?
Yuqoridagi "ajoyib" buyruq ilovasi va savolnomalar asosidagi tekshiruv haqidagi postga kelgan izohlardan:
Hozir yil yakuni bo‘yicha hisobot olinyabdi. Hisobotda maktabdagi tadbirlar bo‘yich yil davomida ijtimoiy tarmoqda nechta lavha yoritilganligini sanab yozish topshirilgan. Odam "doood" degisi keladi. Bunaqa kurakda turmaydigan topshiriqlar son-sanoqsiz.
O'sha savol: Maqsad - o'qituvchilarni battar maktabdan bezdirishmi?

Maktablarni zerikishga qo'ymaymiz! Ta'lim bir gap bo'lar, asosiysi - tadbirlar va hujjatlar?
Shonli energetiklarimiz hamma ishlarini qoyillatib qo'yib, zerikkanidan huquq-tartibot organlariga arizalar yozib yurgan bir paytda, Namangan viloyatidan kelayotgan…

😱5👍4🤯1
Jurnalist Ibrat Safo yozmoqda:
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov iqtisodchi Otabek Bakirovning 2023 yil iyunida yozgan posti uchun 2024 yil oktyabrida uning ustidan Prokuratura va IIVga shikoyat arizasini kiritibdi. Bugun havo sal normallashgani sabab gaz shoxobchalaridagi navbatlar yo‘qolgan deyilyapti, lekin oxirgi sovuq kunlarda elektr, gaz va yoqilg‘idan ijtimoiy tarmoqlarda noliganlar maxsus “suhbatlar”ga chaqirilgan. Vazir nega Bakirov yozgan postdan 1 yilu 7 oy o‘tib uni sudga bermoqchi bo‘layotgani, yumshoq qilib aytganda, g‘alati.
O‘zim shu kunlarda O‘zbekistondan qaytdim. Svet kuniga o‘chdi. Svet o‘chsa, suv ham to‘xtadi. Darvoqe, vazir Mirzamahmudov 2023 yil dekabri oxirida “O‘zi nima gap?” dasturida shunday degandi: “Generatsiya tarafidan ishontirib aytamanki, 2024 yildan 100 foiz o‘z ichki ehtiyojimizni qoplash imkoniyatimiz paydo bo‘ladi. Biz buni ta’minlaymiz, bizga shunday vazifa qo‘yilgan. Agar bu vazifani bajara olmasak, o‘ylaymanki, nafaqat men, balki tizimimizdagi barcha mas’ullar ishlashga noloyiqmiz”.

👍33🤯3
"Pinokkio burni" oʻsishda davom etadi?
Rasmiy munosabat: Respublika taʼlim markazi oldinroq eʼlon qilingan postga rasmiy munosabat bildiribdi.
"Bugungi kunda umumta’lim maktablarida Xalq ta’limi vazirining 2021-yil 17-dekabrdagi 406-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim berilmoqda", deyiladi rasmiy xabarda. Va masʼuliyatni boʻynimga olib aytishim mumkinki, Respublika taʼlim markazi tarqatayotgan bu maʼlumot haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.
Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidovning 2021-yil 17-dekabrdagi 406-son buyrugʻi 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Davlat taʼlim standartlari - aslida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son qarori bilan tasdiqlangan va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan Davlat taʼlim standartlarining aynan oʻzi. Amalda bu standart ishlamayapti:
- boshlangʻich sinflar (1-4): "Novda" xususiy nashriyotining 2023-yil chop etilgan darsliklari asosida oʻqimoqda, bu darsliklar mazkur standart asosida emas;
- 5-sinf: ayrim fanlar (masalan, ona tili, adabiyot, oʻzbek tili) "Novda"ning 2024-yil yaratilgan darsliklari asosida oʻqimoqda - bu darsliklar mazkur standart asosida emas;
- 5-6 sinflar matematika va tabiiy fanlar: Singapur darsliklari asosida oʻqimoqda, bu darsliklar mazkur standart asosida emas;
- 6-sinf (matematika va tabiiy fanlardan tashqari): 2022-yilda Milliy oʻquv dasturi asosida yaratilgan darsliklar asosida oʻqishmoqda, bu darsliklar Respublika taʼlim markazi oʻz postida tilga olgan standart asosida emas;
- 7- va 10-sinflar: 2022-yilda Milliy oʻquv dasturi asosida yaratilgan darsliklar asosida oʻqishmoqda, bu darsliklar Respublika taʼlim markazi oʻz postida tilga olgan standart asosida emas;
- 8, 9, 11-sinflar: 2017-yilgi standartlar asosida yaratilgan darsliklar asosida oʻqishmoqda.
Yaʼni, Respublika taʼlim markazi oʻz postida tilga olgan standart faqat 8, 9 va 11-sinflarda ishlamoqda. Qolgan sinflarda bu standart ishlamayapti. Yaʼni, 11 yillik taʼlimning turli sinflari kamida 5 xil, turli davrlarda yaratilgan va bir-biriga nomutanosib darsliklar ("Novda"-2023, "Novda"-2024, Singapur, Milliy oʻquv dasturi, 2017-yil standarti) asosida tahsil olishmoqda.
Shunday ekan, bitta yolgʻonni boshqa yolgʻon bilan xaspoʻshlashga urinish befoyda - Pinokkioning uzun burni singari yashirish qiyin boʻlib qoladi.
P.S. Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidovning 2021-yil 17-dekabrdagi 406-son buyrugʻi 5-bandida Milliy oʻquv dasturi bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilinishi bilan mazkur buyruq bilan tasdiqlangan davlat taʼlim standartining tegishli sinflarga qoʻyilgan talablari oʻz kuchini yoʻqotishi belgilangan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi 134-son qarori 3-bandi bilan 2024-yil 1-sentyabrgacha Milliy oʻquv dasturi amaliyotga toʻliq joriy qilinishi belgilangan edi va Milliy oʻquv dasturi 2017-yil standarti oʻrnini bosishi kerak edi. Biroq, undan keyin "fin standartlariga oʻtish" haqidagi gaplar va boshlangʻich sinflarga psevdo-fin darsliklarining joriy qilinishi, undan keyin Singapuromaniya va darsliklarning "bir qoʻlli" qilinishi bilan hammasi ostin-ustin boʻlib ketdi va hozirgi "kasha" vaziyat yuzaga keldi. Buni rasmiy bayonotni chiqargan Respublika taʼlim markazi ham, uning tepasidagi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi ham bilmasligi mumkin emas.

Respublika ta’lim markazi |Rasmiy
⚡️RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan “Ertalabgi bayonot kechqurungisiga to‘gri kelmayapti”. “Pinokkio burni” effekti? nomli maqola yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi quyidagilarni ma’lum…

👍23🔥5😢1
Ha, aytgancha. Rasmiy munosabat berayotganda "ijtimoiy tarmoqlarda" demasdan "falon telegram-kanalda" yoki "piston veb-saytda" deb konkret aytsa boʻlmaydimi? (Masalan, hozirgi "kasha" vaziyat, yagona standart yoʻqligi va 11 yillik taʼlimning turli sinflari turli dasturlar asosida tahsil olayotgani haqida mana bu maqolada ham yozganman, mana bu maqolada ham jurnalistlar aytishgan).
Modomiki Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi kanalni kuzatib borayotgan ekan, mana bu va mana bu postlarga ham munosabat bildirar? Yangi baholash tizimi haqidagi buyruq Adliya vazirligi roʻyxatidan oʻtgan yoki oʻtmaganligi, qaysi rasmiy manbada eʼlon qilingani va nega hali oʻz kuchini yoʻqotmagan bir qancha hujjatlarga zidligi boʻyicha oydinlik kiritar?

🔥11👍7
"Bor" deyilayotgan standart qani?
Respublika taʼlim markazi "standart bor" deyapti. Men "standart ishlamayapti (amalda yoʻq)" deyapman. Agar standart bor va u amalda ishlayotgan boʻlsa, Respublika taʼlim markazi yoki Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi uni qaysi rasmiy manbadan topishim mumkinligini ayta oladimi?
"Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonunning 51-moddasiga koʻra men voyaga yetmagan taʼlim oluvchining otasi sifatida davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari, malaka talablari, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari bilan tanishish huquqiga egaman. Bu huquqimni amalga oshira olishim uchun vazirlik yoki Respublika taʼlim markazi davlat taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va oʻquv dasturlari eʼlon qilingan rasmiy va ochiq manbaga havola bera oladimi? Axir, Respublika taʼlim markazining oʻzi ham telegram kanalida faqat kalendar-taqvim rejalarni (ularni ham choraklarga boʻlib-boʻlib) eʼlon qilmoqda-ku? (Kalendar-taqvim reja - bu davlat taʼlim standarti ham, oʻquv dasturi ham emasligini fahmlash uchun esa pedagogika boʻyicha ilmiy daraja yoqlash shart emas).

👍27🔥4
Maktabgacha maktab taʼlimi vaziri hamda jimjitlik
"Mezonlarga asoslangan" deyilayotgan baholash tizimi haqida ota-onalardan biri yozmoqda:
Сегодня только слушала проклятия одной мамы в адрес создателей системы, у которой дочь стала хроническим астматиком, т.к. не имеет возможности нормально подлечиться в санатории или даже просто в домашних условиях, т.к. без конца надо бежать за этими СОР и СОЧ.
Вот только не надо парировать тем, что можно пересдать. Н... нам не нужны эти пересдачи и беготня, извините за моветон, но уже наболело.
Семья этой девочки даже на каникулах не смогла отправить ребёнка в санаторий на 5 дней, т.к. были вынужденные пропуски по болезни и ребенок бегал на каникулах сдавал хвосты.
И теперь уже масса таких детей, которые идут в школу с бесконечным насморком, кашлем и т.д. У кого-то начинаются осложнения, хронический гайморит, отит и т.д.
Вы что творите?
Vazir nega jim? Nega chiqib izoh bermaydi, ota-onalarning savollariga javob bermaydi? Nega muammolarga sabab boʻlayotgan tizimning qay darajada qonuniyligi, amaldagi normalarga mosligi boʻyicha izoh bermaydi? Televideniyedagi koʻrsatuvlardan noqulay ovozlarni kesib tashlagan bilan muammo yoʻq boʻlib qolmaydi-ku?

👍36😱2
Yuqoridagi post eʼlon qilingan guruhda boshqa shu (yuqorida iqtibos keltirilgan) postga javoban boshqa bir foydalanuvchi yozyapti:
У моего ребенка в классе, девочка в итоге с воспалением легких. Потому что, заболев перебивались, то одним днем, то двумя днями пропусков. Итог : воспаление легких.
Мой ребенок гундосит, горло, ежедневно приходит парит ноги, обрабатываем, пьем лекарство, чтобы не пропустить конец четверти. При этом 3-4 дня было отключено отопление в школе, и всё равно посещали, из-за этих проклятых СОРОВСРОЧЕЙ. ...
Массово после зимних каникул надо их продлить в знак протеста. Просто оставить школы государственные пустые.
Yangi baholash tizimining tahliliga bagʻishlangan maqolamda tizimning oʻquvchilar ruhiy salomatligiga taʼsiri boʻyicha mutaxassis fikri keltirilgan edi. Lekin tizimning bolalar jismoniy salomatligiga taʼsiri ham alohida, mutaxassislar va bolalar huquqlari bilan shugʻullanuvchi idoralar (masalan, Bolalar ombudsmani) eʼtibor qaratishi kerak boʻlgan masalaga oʻxshaydi.
У моего ребенка в классе, девочка в итоге с воспалением легких. Потому что, заболев перебивались, то одним днем, то двумя днями пропусков. Итог : воспаление легких.
Мой ребенок гундосит, горло, ежедневно приходит парит ноги, обрабатываем, пьем лекарство, чтобы не пропустить конец четверти. При этом 3-4 дня было отключено отопление в школе, и всё равно посещали, из-за этих проклятых СОРОВСРОЧЕЙ. ...
Массово после зимних каникул надо их продлить в знак протеста. Просто оставить школы государственные пустые.
Yangi baholash tizimining tahliliga bagʻishlangan maqolamda tizimning oʻquvchilar ruhiy salomatligiga taʼsiri boʻyicha mutaxassis fikri keltirilgan edi. Lekin tizimning bolalar jismoniy salomatligiga taʼsiri ham alohida, mutaxassislar va bolalar huquqlari bilan shugʻullanuvchi idoralar (masalan, Bolalar ombudsmani) eʼtibor qaratishi kerak boʻlgan masalaga oʻxshaydi.
Telegram
Jalilov. Qaydlar
Maktabgacha maktab taʼlimi vaziri hamda jimjitlik
"Mezonlarga asoslangan" deyilayotgan baholash tizimi haqida ota-onalardan biri yozmoqda:
Сегодня только слушала проклятия одной мамы в адрес создателей системы, у которой дочь стала хроническим астматиком…

👍13👎1
Yangi baholash tizimidan norozi ota-onalar va oʻqituvchilar bir qator yuqori davlat organlariga murojaat tayyorlashibdi. Xabar berilisha, murojaat imzolangan holda koʻrsatilgan davlat idoralariga yuboriladi.
Telegraph
Открытое обращение от родителей, педагогов и специалистов по вопросу приостановки внедрения новой критериальной системы оценивания.
https://t.me/starieotcenki Законодательной палате Олий Мажлис Республики Узбекистан Администрации Президента Республики Узбекистан Уполномоченному по правам ребенка (детскому омбудсмену) Республики Узбекистан Премьер-министру Республики Узбекистан Генеральной…
👍26🔥6👏2
Alisher Qodirov
Bugundan boshlab amaldagi harflarga qaytaman, 4 ta harf bo’yicha esa rasmiy qarorni kutamiz.
O'zbekiston parlamenti qabul qilgan qonunni mensimay kelayotgan O'zbekiston parlamenti vakili va nihoyat qonunga qaytishga qaror qilgan ko'rinadi.
Shunchaki mulohaza:
"Qolaversa, ş, ç, ö, ğ Cholpon va Qodiriylar qo’llagan harflar edi". Bir gapda ikkita xato:
1. Qodiriy va Cho'lponlar arab imlosida yozishgan. Masalan, Cho'lponning yaqinda yangi topilgan asari ham arab imlosida yozilganligi aytilmoqda.
2. 1929-1939 yillarda qo'llanilgan lotin alifbosi Qodirov ishlatib kelgan alifbodan tubdan farq qiladi. Xususan, unda "ç" "ch"ni emas, "j"ni ifodalagan. Masalan, bu maqolada keltirilgan "Yangi yo'l" jurnalining 1933-yilgi sonidan olingan e'longa yoki mana bu maqolada keltirilgan Fitratning "Sarf" kitobidan sahifalarga e'tibor bering va o'qib ko'rishga urining.
Tarixni va adabiyotni sal yaxshiroq o'qish kerak ...

🔥24👍5
Har safar "tubiga yetib kelibmiz, bundan battar boʻlishi mumkin emas" deb oʻzingni ovutganingda .... Pragadan yangi video chiqadi.
🔥22🤯4😢4🤬1