Oldingi postga qo'shimcha.
Izohlarga qaraganda, ayrimlar bu postni xususiy maktablarga qarshi, deb qabul qilishibdi. To'g'ri, xususiy maktablar ham ma'lum ma'noda tengsizlikni kuchaytirishga yordam beradi - puling bo'lsa, yaxshi sharoitda o'qiysan va imkoniyatlaring ko'proq bo'ladi. Lekin post xususiy maktablar haqida emas edi, chunki xususiy maktabga tadbirkor pul tikadi, sharoit yaratadi, o'qituvchilar oyligini to'laydi, ayrimlari xorijdan o'quv dasturlari sotib oladi va hokazo, demak, u bu pulni qaytarib olishi kerak. Bu - biznes. Post davlatning o'zi tengsizlik yaratishi (yoki uni kuchaytirishi) haqida edi.
Gazeta.uz UNICEFning "O'zbekistondagi bolalar va o'smirlar vaziyatining tahlili"dan ayrim xulosalarni e'lon qildi. Tahlilga ko'ra:
- Ta’lim sifati, ayniqsa, tayanch ko‘nikma va malaka nuqtai nazaridan hamon xavotir uyg‘otadi. Bu 2022-yilda o‘quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlarini xalqaro baholash dasturi (PISA) tahlili bo‘yicha O‘zbekistonning reytingi o‘rtachadan past ekanligini ko‘rsatadi. Maktablarning hozirgi soni va taqsimlanishi bilan talabalar har kuni ikki yoki uch smenada o‘qiydilar. Natijada o‘quvchilarning o‘qish vaqti qisqaradi, bu esa ta’lim sifatiga ta’sir qiladi.
- Maktablarning 57 foizi faqat cheklangan sanitariya-gigiyena xizmatlariga ega, yana 23 foizida esa bu xizmatlar deyarli yo‘q. Maktablarda suv ta’minoti, sanitariya sharoitlari va gigiyena bilan bog‘liq vaziyat o‘quvchilarning salomatligi va davomatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. (Maktab hojatxonalari masalasini Kun.uz ham ko'targan, hojatxonalarning ta'lim sifatiga ta'siri haqida ekspertlar fikrlarini e'lon qilgan edi).
Bir tarafda "iqtidorli" deb hisoblangan bolalar uchun hamma sharoitlar muhayyo, bolalar bir smenada o'qiydigan, sinfdagi o'quvchilar soni kam Prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar va ijod maktablari. Ikkinchi tarafda normal sanitariya-gigiyena sharoitlari yo'q, ikki yoki uch smenada ishlashga majbur maktablar. Birinchi guruhdagi maktablarga kirish uchun katta konkurs, bu konkursdan o'tish uchun ota-ona pul sarflashi kerak (qo'shimcha darslar). Demak, bunday maktablar avval-boshdan mavjud bo'lgan tengsizlikni yanada kuchaytiradi. Qolaversa, bunday maktablar kuchliroq o'qituvchilarni ham o'ziga jalb qiladi, bu esa "oddiy" maktablardagi ta'lim sifatiga yanada salbiy ta'sir qiladi.
Xalqaro tadqiqotlar va tahlillar o'quvchilarni "iqtidorli" va "iqtidorsiz"ga ajratmasdan, sifatli ta'lim olish uchun barchaga teng sharoit yaratib beradigan tizimlarda umumiy ta'lim sifati yuqori ekanligini ko'rsatadi. Davlatning majburiyati bo'lgan umumiy o'rta ta'limning vazifasi - tengsizlik yaratish yoki uni kuchaytirish, "iqtidorsiz" deb ko'rilgan ko'plarni sharoitdan qisib, "iqtidorli" deb ko'rilgan kamchilikka hamma sharoitni muayyo qilish va bu bilan maqtanish emas, balki hamma uchun teng imkoniyatlar yaratish orqali startdagi imkoniyatlarni tenglashtirish. Shundagina davlat barqaror bo'ladi. Buni Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi rahbariyati tushunishi kerak.

👍13🔥4👏1
Forwarded from Shokir Tursun qarashlari
Agar 4 nutqiy koʻnikma boʻyicha oʻzbek tilidagi darajangizni aniqlab beradigan test (oʻzbekcha IELTS desa boʻladi) yaratsak, 200–250 ming toʻlov evaziga oʻzingizni sinab koʻrar edingizmi? Boshlanishiga Toshkentda.
Anonymous Poll
41%
Ha
12%
Yoʻq
14%
Sal qimmat
21%
100–150 boʻlsa mayli
13%
Keragi yoʻq narsa
👍4
Yana qonun farmonga (qonun osti hujjatiga) moslashtiriladimi?
“Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni [PF-158-son] qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, kasbiy ta’lim tashkilotlarining amaldagi turlari maqbullashtirilib, kasbiy ta’limning barcha darajalari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi. Sodda qilib aytganda, kasb-hunar maktablari va kollejlar bo'lmaydi, faqat texnikumlar bo'ladi. Bu haqda oldinroq taqdimot qilingan edi.
Shu o'rinda yana yuridik kolliziya yuzaga keladi. Amaldagi ta'lim to'g'risidagi qonunning 10-moddasida professional ta'lim tizimi boshlang‘ich professional ta’lim - kasb-hunar maktablari, o‘rta professional ta’lim - kollejlar va o‘rta maxsus professional ta’lim - texnikumlarni o'z ichiga olishi belgilangan. Demak, bugun e'lon qilingan farmon qonunning mazkur moddasini inkor qilmoqdami?
"Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida"gi qonunga muvofiq, Prezident qaror va farmonlari qonunosti hujjatlari bo'lib, o‘ziga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga - qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lishi kerak. Yoki yana qonun imi-jimida qonunosti hujjatiga moslashtiriladimi?
Bundan oldinroq "ma'muriy islohotlar" deya nom berilgan jarayon paytida qonun bilan ta'lim sifatini nazorat qilish va nodavlat ta'lim tashkilotlarini litsenziyalashga mas'ul Ta'lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi yopilgan (ya'ni o'shanda ham qonunosti hujjati qonunni inkor qilgan), qonun esa oradan ikki yilcha o'tib qonunosti hujjatiga moslab qo'yilgan edi. Parlament balki bu borada biror izoh berar?

Газета.uz
O‘zbekistonda kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi
O‘zbekistonda kasbiy ta’limning barcha darajalari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi. 2025/2026 o‘quv yilidan belgilangan texnikumlarda xalqaro ta’lim dasturlari joriy qilinadi. Texnikumlarning direktor va direktor…
👍4🔥1
Bakiroo qaror qabul qiluvchilarni o'yga toldirishi kerak bo'lgan ikki muhim jihatga e'tibor qaratmoqda:
- jon boshiga YAIM O'zbekistonga qaraganda 37%ga past bo'lgan Qirg'izistonda o'qituvchilar oyligi Oʻzbekistonga qaraganda balandroq;
- O'zbekistondan farqli ravishda, Qirg'iziston o'qituvchilarning o'rtacha maoshi mamlakatdagi o'rtacha maoshdan kam emas.
Boshqa sohalardagi o'rtacha maoshlar, inflyatsiya va boshqa faktorlarni hisobga olganda, O'zbekiston o'qituvchilari kambag'allashishda davom etmoqda. Vazirlik esa hech qanday tadqiqotlarsiz, hatto o'zi taklif qilgan xorijiy ekspertlarning fikrlariga qaramasdan xorijdan o'qituvchilarni taklif qilish va ularga peshonasida O'zbekistonda tug'ilish yozilgan o'qituvchilarning tushiga ham kirmaydigan maoshlar va imtiyozlar berishda davom etmoqda.
Hamda vazir 1% o'qituvchilar 10 mln olishi bilan maqtanishda davom etmoqda. Men, masalan, vazirning o'rnida xalqaro tadbirlarda bunday statistikani aytishdan uyalgan bo'lardim ...

🔥21😢12👍5👏2
“O‘sha vazir ham, uning xodimlari ham, hatto davlatning birorta shifoxonasi shifokorlari ham biror marta o‘g‘limning holidan xabar olmagan-ku. Qanday qilib ko‘mak berayotgan ekan? Hatto uyimning eshigi qaysi tomonga ochilishini bilmay turib, biz nogiron bo‘lib qolgan bolalarni davolayapmiz, ko‘mak beryapmiz deyishga uyalmadimi? O‘sha vazirdan so‘rang-chi, dorimas, birorta shprits berganmikan? Vazir bunday yolg‘on gapirib tursa, undan pastdagilardan nima kutaylik?”
Газета.uz
“Dok-1 Maks” sabab nogiron bo‘lgan bolaning otasi SSV rahbari jamoatchilikka yolg‘on ma’lumot berganini aytdi – O‘zbekiston yangiliklari…
Sog‘liqni saqlash vaziri v.b. Asilbek Xudayarov 'Dok-1 Maks' ishi sabab nogiron bo‘lib qolgan bolalarga 'kafolatlangan tibbiy yordam' ko‘rsatilayotganini aytgandi. Farzandi 'Dok-1 Maks'dan zaharlangan fuqaroning aytishicha, vazir jamoatchilikka yolg‘on ma’lumot…
👍8😢1
Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirolning Gazeta.uz ga intervyusidan:
"Lekin, umumiy aytganda, davlat ishlab chiqaruvchi bo‘lmasligi lozim — buni tushunish juda muhim".
"Lekin poyezdlarga texnik xizmat ko‘rsatish, poyezdlarni boshqarishda raqobat muhitini yuzaga keltirish mumkin".
"Universitetlar o‘z sifatini yaxshilashiga rag‘bat bo‘lishi uchun ular o‘rtasida raqobat bo‘lishi kerak". (Nodavlat OTMlarni "chopayotgan", davlat OTMlarining oʻquv dasturlari inkubatordan chiqqandek bir xil boʻlishini talab qiladigan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga alohida salom).
Oʻsha savol: olimlar gapiga quloq solmaydigan, oʻz bilganimizgan qolmaydigan boʻlsak, falon pul sarflab tadbirlar oʻtkazishdan mantiq nima? Shunchaki PR?

“Davlat o‘yinchi emas, hakam” — Nobel sovrindori, iqtisodchi Jan Tirol
Fransiyalik iqtisodchi, Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirol “Gazeta.uz” bilan suhbatda davlatning iqtisodiyotdagi o‘rni, xususiylashtirish, monopoliyalar qayerdan paydo bo‘lishi, ularga qarshi kurash haqidagi savollarga javob berdi. “Davlat sanoat o‘yinidagi…
👍15
Otdan oldin arava?
Xabarlarga qaraganda, "Milliy o‘quv dasturini takomillashtirish" bo'yicha "yo'l xaritalari tuzilmoqda va ishchi guruhlar bilan uchrashuvlar o'tkazilmoqda.
Mantiqan olib qaraganda, bir narsani "takomillashtirish"dan oldin o'sha narsa ishlatib ko'riladi hamda uning baland-pasti, yutuq-kamchiliklari aniqlanadi. Chunki takomillashtirmoqchi bo'lgan narsangizning qaysi jihatlari yaxshi ishlayapti va ularga tegmaslik kerak, qaysi jihatlari yomon ishlayapti yoki ishlamayapti - "takomillashtirish"dan oldin siz bular haqida tasavvurga ega bo'lishingiz lozim.
Shu mantiqni o'quv dasturlariga (curriculum) tadbiq qiladigan bo'lsak, mavjud o'quv dasturlarini takomillashtirishdan oldin siz uni ishlatib ko'rgan, yutuq va kamchiliklari haqida ma'lumot yiqqan bo'lishingiz kerak. Buning uchun hech bo'lmaganda bir avlod uzluksiz shu dastur asosida tahsil olgan bo'lishi kerak. Buning uchun esa bizning kontekstda 11 yil kerak.
Bundan tashqari, o'quv dasturlarini qayta ko'rib chiqish, takomillashtirish yoki yangilarini joriy qilish ta'lim tizimi va (yoki) falsafasi tubdan o'zgarganda, jamiyat ehtiyojlari o'zgarganda yoki ilm-fandagi jiddiy o'zgarishlar oldingi o'quv dasturiga kiritilgan ta'lim mazmunining validligini shubha ostiga olganda amalga oshirilishi mumkin. Tabiiyki, ta'lim tizimida, jamiyatda yoki ilm-fanda bunday katta, fundamental o'zgarishlar har ikki-uch yilda amalga oshmaydi.
"Milliy o‘quv dasturini takomillashtirish"ga kelsak, bu dastur hali to'liq va oxirigacha joriy qilingani ham, bir avlod bu dastur bo'yicha uzluksiz ta'lim olgani ham yo'q: 2021-yilda bu dastur va uning asosidagi darsliklar 1-2 sinflarga, 2022-yilda 3, 6, 7, 10-sinflarga joriy qilingan edi. Biroq, 2022-yil qabul qilingan Prezident farmonida 2024-yil 1-sentabrga qadar Milliy o‘quv dasturining ta’lim jarayoniga to‘liq joriy etilishini ta'minlash topshirilgan bo'lsa-da, de-fakto Milliy o‘quv dasturidan voz kechish 2023-yilda boshlangan edi.
(Izoh: 2024-yil 4-oktyabrdagi maktabgacha ta'lim sifati va samaradorligi haqidagi farmon bilan 2022-yilgi farmondan Milliy o‘quv dasturini 2024-yilgacha to'liq joriy qilish haqidagi band imi-jimida olib tashlangan, "maktabgacha ta'lim sifatini oshirish umumiy o'rta ta'limning bor-yo'g'i 2-3 yil oldin yaratilgan va joriy qilinishi boshlangan o'quv dasturidan voz kechishni taqozo qiladimi?" degan savolni berguvchi esa, tabiiyki, topilmagan).
Demak, 2023-yilda 1-4-sinflar uchun "Novda" xususiy nashriyoti darsliklari joriy qilindi (bu darsliklarga asos bo'lgan o'quv dasturlari haligacha ochiqlanmadi, lekin ular Milliy o‘quv dasturi asosida emasligi aniq) va ikki yildan beri boshlang'ich sinflar Milliy o‘quv dasturi asosida o'qimayapti. Qolaversa, bilishimcha, bu yil yaratilgan va "bir qo'lli qilingan" 5-sinf darsliklari ham Milliy o'quv dasturi asosida emas: masalan, matematika va tabiiy fanlar Singapurdan tarjima qilingan, adabiyot darsligining mundarijasi ham 2021-yilda yaratilgan Milliy o'quv dasturining mazmuniga mos kelmaydi.
Milliy o‘quv dasturini joriy qilish nihoyasiga yetmagan va aro yo'lda qolib ketgan, turli sinflar turlicha dasturlar asosida o'qiyotgan bir sharoitda vazirlik qo'lida bu dasturning yutuq va kamchiliklari, takomillashtirish kerak bo'lgan o'rinlari haqida ishonarli ma'lumotlar bor deyish qiyin. Qolaversa, darsliklar o'quv dasturlari asosida yaratiladi (teskarisi emas!), lekin o'quv dasturlarini takomillashtirishdan oldin darsliklar yaratilib bo'lingan. Shunda "Milliy o‘quv dasturini takomillashtirish"dan maqsad o'quv dasturini o'sha hammamizga ma'lum xususiy nashtriyot tomonidan allaqachon yaratilgan (tarjima qilingan) va joriy qilin(ayot)gan darsliklarga moslashtirishmi, vazir va uning komandasi uchun "mana, dasturlarni yangiladik" degan "ochko" ishlash imkoniyatimi yoki buning tagida qandaydir boshqa sir-sinoatlar ham bormi?

🤯8👍6🔥1
Yilda bir marta oʻzbek tili eslanadigan bayram oʻtdi. "Oʻzbekcha kontenting senga osh-non bermaydi, ingliz tilida kontent yarat, pul ishla".
Газета.uz
Sherzod Shermatov o‘zbek yutuberlariga ko‘proq daromad topish uchun inglizcha kontent tayyorlashni tavsiya etdi
Sherzod Shermatov o‘zbek yutuberlariga inglizcha kontent qilishni tavsiya etib, shu tildagi auditoriya juda kattaligini aytdi. 'O‘zbekcha kontent qilib qancha daromad topasizu, inglizcha kontentdan qancha daromad topasiz? Shuning uchun tayyor ishlab turgan…
🔥9🤔1
Tarixiy kartochka:
O'zbekistonning davlat mustaqilligi e'lon qilinganidan qariyb ikki oy o'tib, "mustaqillik me'mori" deya e'tirof etiladigan Islom Karimov (va boshqalar) oldinroq (24-avgustda) mustaqillik e'lon qilgan va hududida faqat Ukraina Konstitutsiyasi va qonunlari amal qilishini belgilab qo'ygan Ukrainani "yangi ittifoqqa" (SSSRning yangilangan ittifoq shartnomasiga) qo'shilishga chorlamoqda. "Bunday ittifoq hayotiy zaruratdir" deyiladi murojaatda va 1991-yil mart oyida bo'lgan referendumda ko'pchilik ittifoqni yoqlab ovoz bergani eslatiladi. Qizig'i, murojaat matnida ham, gazetalardagidek, "respublika" deganda O'zbekiston, "mamlakatimiz", "davlatimiz" deganda SSSR nazarda tutilganini kuzatish mumkin.
(Izoh: Yangilangan ittifoq shartnomasi 1991-yil avgustida imzolanishi rejalashtirilgan, biroq Moskvadagi davlat to'ntarishiga urinish (GKCHP) bunga xalal bergan edi).
(Yana bir izoh: rasmiy ma'lumotlarga qaraganda, 1991-yil mart oyida O‘zbekiston aholisining 95,4 foizi SSSRning saqlab qolinishi uchun ovoz bergan).
Boshqa bir tarixiy kartochkaga ishonilsa, respublika prezidenti Islom Karimov intervyuda "O'zbekiston yangi Ittifoq shartnomasiga imzo chekishni rejalashtirmoqda" deb bayonot bergan. Bu intervyu ham O'zbekistonning davlat mustaqilligi e'lon qilinganidan keyin olingan.
XX asrning so'nggi o'n-yigirma yili va XXI asr boshlari voqealarini rasmiy propaganda prizmasidan xoli ravishda o'rganish, shaxslar va ularning tarixiy jarayonlardagi roli, pozitsiyasiga xolis baho berish vaqti kelmadimikan, degan savol tug'iladi shu o'rinda. Tarix shuni ko'rsatadiki, bunday jarayondan o'tgan va illyuziyalardan xalos bo'lgan jamiyatlarda demokratik, farovon davlat barpo qilish ishochliroq kechmoqda.

👍10🤯3
Yangi nashr
"O'zbek adabiyotini o'qitish metodikasi" kitobi nashrdan chiqdi. Nashr Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 60111400 - o'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan. Darslikdan adabiyot o'qitish bo'yicha bir qancha yangi nazariyalar, qarashlar, yondashuvlar oʻrin olgan. Nazariy qarashlar muayyan badiiy matnlar va ularni o'qitish metodikasi misolida tahlil qilingan. Mavzularni tushunish uchun kerakli ilmiy, metodik, badiiy manbalar va hujjatlarga QR-kodlar orqali havolalar ilova qilingan. Shuningdek, fan bo'yicha amaliy mashg'ulotlar va seminarlarni o'tkazish uchun har bir mavzu yuzasidan muhokama savollari, amaliy topshiriqlar va loyiha ishlari ham kiritilgan.
Mundarija va fragment bilan quyida tanishish mumkin.
Qiziqqanlar Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi malaka oshirish markaziga (@Dsc_literature) murojaat qilishlari mumkin.

👍10👏2
Alisher Sa’dullayevning aytishicha, bu davrda (so'nggi 4 yilda) 30 mingga yaqin o‘zbekistonlik yoshlar IELTSdan 7dan baland natija qayd etgan. 8 ball olganlar soni 3 mingga yaqin bo‘lsa, 30 nafar yoshlar IELTSdan maksimal natija — 9 ball olgan. “Biz bu ko‘rsatkichni (7dan baland olganlarnimi? 9 ball olganlarnimi?) 100 mingga olib chiqmoqchimiz".
Til - "mushakbozlik musobaqasi" emas, kommunikatsiya (muloqot) vositasi. Til (xususan, ingliz tili) shu tilda yaratilgan axborotni (masalan, badiiy, ilmiy asarlarni, kino va ko'rsatuvlarni) tushunish, o'z sohasiga doir yangiliklardan xabardor bo'lish, til egalari bilan to'siqlarsiz muloqot qila olish (masalan, sayohatga chiqqanda, ish jarayonida) uchun kerak. Demak, tilni qaysi darajada egallashni ehtiyoj belgilaydi, kim o'zarga musobaqa emas. Shaxsiy kuzatishlarim bo'yicha, juda ko'p hollarda shaxsiy va professional ehtiyojlarni qondirish uchun C1 daraja (IELTS bo'yicha 7-8 ball) bemalol yetadi. Ko'p holatlarda B2 daraja ham yetarli darajada tushunish va muloqot qila olishni ta'minlashi mumkin. Ba'zi sohalarda (masalan, professional badiiy tarjima bilan shug'ullanmoqchi bo'lsangiz, lingvistika bo'yicha chuqur tadqiqot olib bormoqchi bo'lsangiz yoki IELTSdan imtihon oluvchi bo'lib ishlayman desangiz) C2 daraja (IELTS bo'yicha 8,5-9 ball) talab qilinishi mumkin.
Shunday ekan, fikri ojizimcha, vaqtni ingliz tili (yoki boshqa til) bo'yicha "bilaklarni ko'z-ko'z qilish"ga emas, kerakli darajada o'rganib, o'z sohasini chuqurroq egallashga qaratgan ma'qul. Chunki, yuqorida yozganimdek til - bu vosita. Muloqot vositasi. Undan "fetish" yasash shart emas.

Oxirgi 4 yilda 30 nafar o‘zbekistonlik yoshlar IELTS`dan 9 ball oldi — Alisher Sa’dullayev
Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev so‘nggi 4 yilda O‘zbekistonda 30 mingga yaqin yosh IELTS`dan 7 balldan baland natija qayd etganini ma’lum qildi. 8 ball olganlar soni 3 mingga yaqin bo‘lsa, 9 ballik natija qayd etganlar yoshlar soni…
🔥28👍9😱1🤬1
LiDep partiyasidan 3-raqamli nomzod, amaldagi Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarovaning saylovoldi dasturi. Vazir deputat bo'lsa, pedagoglar ish haqini o'rtacha 2 barobarga oshirishni va'da qilmoqda. Nomzodning dasturida ta'limga oid boshqa masalalar ko'rinmadi.
🤔21👍1
"Agar statistikamiz xususiy va davlat maktablari, umumta’lim va ixtisoslashgan maktablardagi o‘qituvchilarning maoshlari o‘rtachasini ham taqdim etganida ta’limning ichidagi tengsizliklar darajasini ham ko‘rgan bo‘lardik. Biz muvozanatli jamiyat yaratmayapmiz".
Telegram
bakiroo
Охирги 3 ойда ўқитувчиларнинг ўртача ойлиги камайган
Октябрь бошига Таълим соҳасида ўртача иш ҳақи 3 484,7 минг сўмни ташкил этган, хусусан, мактаблардаги ўқитувчиларнинг ўртача ойлиги 3 449,9 минг сўмдан иборат бўлган.
Июль бошига Таълим соҳасида ўртача…

👍4😢4🔥3
Bugun tunda Toshkent viloyatida spektakl namoyish qilinibdimi? "Surish" serialining navbatdagi epizodi?
🔥30👍13🤔2🤯2😱2
"Oblonskiylar xonadonida hamma narsa ostin-ustin boʻlib ketdi".
👍8🤔3🔥2😱2