Soxta "buyuklik" iddaolari. Qiziq, ular kimga kerak?
Ba'zan o'tmishimiz buyukligini, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga katta hissa qo'shganligimizni "dalillash" uchun qiziq va ilm-fanga aloqasi yo'q iddaolar yangrab turadi. Masalan, telekanallardan birida AQSH soliq tizimi Buxoro amirligidan olingan, degan iddaolar yangragani haqidagi videolar ijtimoiy tarmoqlarda aylandi. Shunday qiziq iddaolardan biri Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazining "Oyina" portalidagi maqolada ham keltirilgan. "Rim papasi, dengizchi Papay kabi nomlar yaralishiga turkiy til sababchi bo‘lganmi?" sarlavhali maqolada shunday deyiladi:
"Bizning tilimizdagi so‘zlar hozirda butun dunyo taniydigan Rim papasi, dengizchi Papay (aslida, boboy) kabi nomlar yaralishiga sababchi bo‘lgan".
Oksford etimologik lug'ati (Oxford Dictionary of Word Origins) esa boshqacharoq fikrda. Lug'atga ko'ra, "pope" ("papa") so'zi cherkov lotin tilidan (ecclesiastical Latin) kelib chiqqan so'z bo'lib, lotin tiliga esa cherkov grek (yunon) tilidan o'tgan va grek tilidagi "pappas" so'zidan yasalgan. Vikipediya ham shunday fikrda - "papa" so'zi qadimgi yunoncha "πάππας"dan kelib chiqqan, degan ma'lumotni beradi. Maks Fasmerning etimologik lug'ati esa Homerning "Odisseya"sidan bu so'zning ishlatilishiga misol keltiradi. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi ham "papa" so'zining kelib chiqishini yunoncha deb beradi.
Dengizchi Popayga kelsak, u aslida "boboy" emas, "Popeye" bo'lib, inglizcha "pop-eyed" so'zlaridan yasalgan, degan taxmin mavjud.
Shu o'rinda talabalik paytlarimda eshitganim bir fan doktorining ma'ruzasi esga tushib ketdi. U biz talabalarga jiddiy ohangda lotincha "meditsina" so'zi "madadi Sino" so'zlaridan kelib chiqqan, deb uqtirardi.Xuddi "Amerika" - "Amir aka"dan kelib chiqqan, degandek .
Qiziq, bunday soxta "ilmiy kashfiyotlar" va "buyuklik iddaolari" kimga (nimaga) kerak?
Ba'zan o'tmishimiz buyukligini, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga katta hissa qo'shganligimizni "dalillash" uchun qiziq va ilm-fanga aloqasi yo'q iddaolar yangrab turadi. Masalan, telekanallardan birida AQSH soliq tizimi Buxoro amirligidan olingan, degan iddaolar yangragani haqidagi videolar ijtimoiy tarmoqlarda aylandi. Shunday qiziq iddaolardan biri Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazining "Oyina" portalidagi maqolada ham keltirilgan. "Rim papasi, dengizchi Papay kabi nomlar yaralishiga turkiy til sababchi bo‘lganmi?" sarlavhali maqolada shunday deyiladi:
"Bizning tilimizdagi so‘zlar hozirda butun dunyo taniydigan Rim papasi, dengizchi Papay (aslida, boboy) kabi nomlar yaralishiga sababchi bo‘lgan".
Oksford etimologik lug'ati (Oxford Dictionary of Word Origins) esa boshqacharoq fikrda. Lug'atga ko'ra, "pope" ("papa") so'zi cherkov lotin tilidan (ecclesiastical Latin) kelib chiqqan so'z bo'lib, lotin tiliga esa cherkov grek (yunon) tilidan o'tgan va grek tilidagi "pappas" so'zidan yasalgan. Vikipediya ham shunday fikrda - "papa" so'zi qadimgi yunoncha "πάππας"dan kelib chiqqan, degan ma'lumotni beradi. Maks Fasmerning etimologik lug'ati esa Homerning "Odisseya"sidan bu so'zning ishlatilishiga misol keltiradi. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi ham "papa" so'zining kelib chiqishini yunoncha deb beradi.
Dengizchi Popayga kelsak, u aslida "boboy" emas, "Popeye" bo'lib, inglizcha "pop-eyed" so'zlaridan yasalgan, degan taxmin mavjud.
Shu o'rinda talabalik paytlarimda eshitganim bir fan doktorining ma'ruzasi esga tushib ketdi. U biz talabalarga jiddiy ohangda lotincha "meditsina" so'zi "madadi Sino" so'zlaridan kelib chiqqan, deb uqtirardi.
Qiziq, bunday soxta "ilmiy kashfiyotlar" va "buyuklik iddaolari" kimga (nimaga) kerak?
👍24
Ta'limda islohotlar haqida qisqacha
O'tgan yili yangi baholash tizimi tumanimizdagi 10ta maktabda tajribadan o'tkazildi. Biroq hamma "dod" deyishiga qaramay, bu yil Toshkent shahrining hamma maktablariga joriy qilindi. Bunday qog'ozbozlik o'qituvchiga ortiqcha yuk. Masalan, bir o'qituvchi 10ta sinfga darsga kirsa, qancha ish bo'lib ketadi, uni chiqartirish, tayyorlash ham mablag'ga borib taqaladi ...
"Ma'rifat" gazetasining "O'qituvchi nimani o'ylaydi?" ruknidan

🤯4
Oʻzbekiston taʼlim tizimining bir ajoyib xususiyati bor. Har safar "boʻldi, tubiga yetib keldik, bundan tubi (battari) boʻlmaydi" deb turganingda yangi tub kashf qilinadi. Salom bermagani uchun talabaga tushuntirish xati yozdirish bir tub boʻlsa, xat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandan keyin dekanning xonasida bir soat talabaning "boshini qotirish" keyingi tubdir.
Lekin ishonaman: taʼlim tizimimiz bizni yangidan-yangi tublar bilan hayratga solishda davom etaveradi.

🤯20😱2👍1🔥1🤔1
Yuqoridagi postga izohlardan:
Oʻqituvchilarning paxtaga majburlash ham boshlandi hozircha kunlik Qashqadaryo Qarshi shahar maktablariga shunday topshiriq kelgan hamma Oʻqituvchilar haftada bir kun borishi majburiy bugun mani paxtaga boradigan kunimni aytishdi shunday deb
Xuddi shu mazmundagi xabar kanalning qayta aloqa botiga ham qoldirilgan. Muallif imlosi va uslubi oʻzgarishsiz qoldirildi. Shunga oʻxshash mazmundagi - taʼlim va tibbiyot tizimi xodimlarining majburiy mehnatga jalb qilnayotgani haqidagi xabarlar Eltuz nashri tomonidan ham e'lon qilindi (Qiziriq, Bo'ka).
Menda bunga o'xshash xabarlarni tekshirish, qay darajada haqiqatga yaqin yoki yiroqligini aniqlash imkoni mavjud emas. Lekin tegishli idoralarda, masalan, Maktabgacha va maktab ta'limi va Sog'liqni saqlash vazirliklari yoki Mehnat inspeksiyasida tekshirish va agar shunday holatlarga yo'l qo'yilayotgan bo'lsa, chora ko'rish imkoni (va majburiyati) bor.
Salom bermagani uchun talabaga tushuntirish xati yozdirishni nari borsa hazilga olish, shunchaki kulib qo'yish mumkin. Lekin majburiy mehnat - hazil emas. Senatorlardan biri aytmoqchi "qora tush" davrining eng yomon illatlaridan biri qaytishiga aslo yo'l qo'yish mumkin emas.

🔥11
AQSHda 2016-yilda chop etilgan "O'zbek tili" darsligining nega kirill alifbosida yozilgani haqida darslik muallifi izohi.
"The scheduled transition from the Cyrillic to the Latin script has been postponed indefinitely..."
Oradan 8 yil o'tib kirill - lotin masalasida O'zbekistonda katta o'zgarish bo'ldi, deyish qiyin ...

👍11🤯2😱2🤔1
"Yangi Oʻzbekiston" aylanib qozigʻini topadi?
Kechagi - majburiy mehnat mavzusining davomi. "Kainbek" telegram kanalining yozishicha, oʻqituvchilar paxta terimi uchun odam topishga majburlamoqda.
Islohotlar aylanib-aylanib, boshlangan joyiga qaytdimi? "Yangi Oʻzbekiston"ning sakkizinchi yiliga kelib, "eski Oʻzbekiston"dan qayt(aril)magan nima qoldi?

🔥8👍2🤯2🤔1
"Oʻtkan kunlar"ni ingliz tiliga oʻgirgan tarjimon Mark Rizning yozishicha, juma, 11 oktyabr kuni soat 19:00da Asaxiyning Furqat koʻchasi, 15a manzilidagi doʻkonida kitob taqdimoti va imzolash marosimi boʻladi. Kitobni shu yerda xarid qilish imkoni ham boʻladi.
Darvoqe. Gazeta.uz da Mark Rizning intervyusi eʼlon qilingan edi. Oʻqishni tavsiya qilaman. Tarjimonning asar haqidagi fikrlari ayrim oʻrinlarda bizdagi adabiyotshunoslikda qabul qilingan fikrlardan farq qilishi bilan juda qiziq.

🔥18👍2
Shu oʻrinda bir voqea esga tushdi.
Ijod maktablarining 11-sinfi uchun "Adabiyot" darsligiga "Oʻtkan kunlar" haqida turli fikrlar kiritilgan va oʻquvchilardan bu fikrlarga munosabat bildirish soʻralgan edi. Darslik kengashda muhokama qilinayotganda muhokama ishtirokchilaridan biri Mark Rizning Oʻzbek oyim haqidagi fikrlariga eʼtiroz bildirdi: axir qanaqasiga Oʻzbek oyimni "qoloqlik timsoli" deyish mumkin... Biz tushuntirdik: bu yerda oʻquvchidan munosabat soʻralyapti, oʻquvchi bu fikrga qoʻshilmasligi ham mumkin, asosiysi - bu yerda Mark Rizning "noanʼanaviy" (bizning aksar adabiyotshunoslarimiz uchun) qarashi oʻquvchini fikrlashga majbur qiladi ...
Baʼzan fikrlash jarayoniga turtki berish uchun odatiy qoliplardan, stereotiplardan chiqib turish, voqea-hodisalarga boshqacharoq rakursdan nazar tashlash kerak. Biz esa koʻpincha oʻzimiznikiga mos kelmaydigan fikrni darhol "surib tashlash"ga shoshilamiz.

👍12
Huquqshunoslik fanidagi test savollaridan norozi abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligini sudga beribdi. Abituriyentlarning advokati ish bilan tanishish va OAVni jalb etish bo‘yicha sudga iltimosnoma taqdim etmoqchi ekan.
Bir necha yillar oldin DTMni sudga bergan abituriyentlar ishida qatnashganimda bir narsa mening hafsalamni pir qilgan edi: ishga oʻta formal yondashuv. Sudyani koʻproq test topshiriqlarida soʻralgan maʼlumot amaldagi maktab darsliklarida berilgan yoki berilmaganligi qiziqtirgan edi.
Mutaxassis sifatida fikrim: bunday ishlarda asosiy eʼtibor testlarning validligiga qaratilishi kerak deb oʻylayman. Yaʼni, ishni koʻrib chiqishda aynan shu masala - "DTM / agentlik ishlatgan testlar qay darajada validlik talablariga mos keladi?" degan savol oʻrganilishi kerak. Chunki validlik - testologiya tamoyillariga koʻra, testlarning sifatini belgilaydigan yagona mezon. Test topshiriqlarini tuzish va testlarni oʻtkazish bilan shugʻullanadigan tashkilot validlik talablariga javob bermaydigan test topshiriqlarining ishlatishi, bunday testlar asosida xulosalar chiqarishi mumkin emas.

👏15👍10🔥3
"Iqtidorli" deb hisoblanganlarga - hamma narsa, "iqtidorsiz"larga - kulchaning teshigi?
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori matni e'lon qilindi. Hujjatga ko'ra, "qobiliyatli hamda fanlarni chuqur o'rganishga qiziqadigan yoshlarni aniqlash va seleksiya qilish, ulardagi iqtidorni yanada rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish" maqsadida Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi huzurida (!) Fan olimpiadalari markazi tuziladi. Markaz "tanlab olingan" o'quvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlash uchun trenerlar jamoasi tuzadi, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni jalb qiladi, o'quvchilarni olimpiadalarga tayyorlash uchun o'quv adabiyotlari ishlab chiqadi, "iqtidorli" sifatida saralangan ("seleksiya qilingan") yoshlar uchun intellektual oromgohlar tashkil qiladi. Markazda zamonaviy asbob-uskunalar va xom-ashyolar bilan to'liq jihozlangan laboratoriya tashkil qilinadi.
Qiziq, ushbu hujjatni hukumat (vazirlik) "iqtidorli" deb hisoblagan o'quvchilarga hamma sharoitlarni yaratib, "iqtidorsiz" deb hisoblangan "massa"ni o'z holiga tashlab qo'yish siyosatining davomi sifatida qabul qilish mumkinmi? Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutining O'zbekiston maktablaridagi infratuzilma va ta'lim sifatiga ta'sir etuvchi omillarga bag'ishlangan (aslida, umumta’lim tizimiga sarflanayotgan davlat budjeti xarajatlari nomutanosib taqsimlanganini qayd etgan) hisobotiga ko'ra, maktablarning 5dan 1 qismi kapital ta'mirga muhtoj yoki yaroqsiz ahvolda, 70% maktabda esa hatto kanalizatsiya yo'q. Hisobotda necha foiz maktablarda fizika, kimyo yoki boshqa fanlar laboratoriyalari borligi qayd etilmagan, biroq oddiy hojatxonasi yoki kanalizatsiyasi yo'q maktablarda laboratoriya bo'lishini tasavvur qilish qiyin.
Tushunishimcha, Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligining Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligidan (oldingi - Prezident ta'lim muassasalari agentligidan) kelgan hozirgi rahbariyati o'quvchilarni "iqtidorli" va "iqtidorsiz"larga ajratish ("seleksiya qilish"), "iqtidorli" deb hisoblanganlarga hamma sharoitlarni muhayyo qilib, "iqtidorsiz" deb hisoblanganlarga "kulchaning teshigi"ni ravo ko'rishni normal holat deb biladi. Nafaqat normal holat deb biladi, balki davlat ta'lim siyosatini shu asosda qurmoqchiga o'xshaydi. Faqat yangilangan Konstitutsiyaning birinchi moddasida e'lon qilingan "ijtimoiy" davlat" tamoyillariga bunday deb yondashuv qay darajada mos keladi, bilmadim. Har qalay, ijtimoiy davlatlarda "seleksiya" yoki o'quvchilarni "iqtidorli" va "iqtidorsiz"larga ajratish emas, har bir o'quvchini o'ziga xos iqtidor egasi sifatida ko'rib, unga o'z qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish uchun teng imkoniyatlar yaratish ta'limning maqsadi sifatida ko'riladi, shekilli?

🔥23👍2👎1
Darvoqe. "O'zbek tilining izohli lug'ati"da "seleksiya" so'zining ma'nosiga e'tibor bering: o'simlik va hayvonlarning insonga zarur belgilarga ega navlari, zotlari va duragaylarini yaratish. Shunda Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligi rahbariyati "iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish" deganda nimani nazarda tutyapti? O'quvchilarniing vazirlikka kerakli belgilarga ega (masalan, olimpiadada medal olib kela oladigan) zot va navlarini yaratish, yetishtirishmi?
😢12🔥4🤯4👍3🤔1
Fin saboqlari
Xabaringiz bor, ikki yilcha burun "fin ta'lim tizimi" haqida ko'p va xo'p gapirildi. Prezident administratsiyasining O‘zbekistonda Finlyandiya ta’lim tizimini joriy etishga mas’ul hisoblangan amaldorlari "ta’lim sohasida velosiped ixtiro qilmaslik, eng ilg‘or — Finlyandiya tizimini — shartta olib, o‘zimizga adaptatsiya qilish" kerakligini aytib chiqishdi. Xalq ta'limi (hozirgi Maktabgacha va maktab ta'limi) vazirligi "Finlyandiya zamonaviy darsliklarining aprobatsiyasida 4 mingdan ziyod o'qituvchi ishtirok etishini" e'lon qildi. "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini Finlyandiya tajribasi asosidagi yangi avlod darsliklari bilan ta’minlash"ga 1,3 trln so'm ajratildi. Bir xususiy nashriyot tomonidan chiqarilgan bu darsliklarning sifati haqida ijtimoiy tarmoqlarda ota-onalar ham, mutaxassislar ham, faollar ham ancha "iliq" fikrlar bildirishdi, vazirlik esa "og'ziga tolqon solib oldi".
Bularni nima uchun eslayapman? Ta'lim bo'yicha mutaxassis, o'z faoliyatini Helsinkida o'qituvchilikdan boshlagan, keyinchalik Finlyandiya ta'lim va madaniyat vazirligida, Jahon Bankida, Harvard Universitetida va Melburn Universitetida davom ettirgan Pasi Sahlberg o'zining "Fin saboqlari 3.0" kitobida Finlyandiyaning PISAdagi 2000-yillar boshida PISAdagi olamshumul muvaffaqiyati sabablarini tahlil qilar ekan, bu muvaffaqiyatni, shu jumladan, 1970-1980-yillarda amalga oshirilgan islohotlar bilan bog'laydi.
Ikkinchi jahon urushidan Finlyandiya jiddiy talofatlar bilan chiqadi: 150 ming aholi urushda halok bo'lgan va jarohatlangan, mamlakat hududining qariyb 12% qo'shnisi SSSRga o'tgan, YAIMning 7% kontributsiya sifatida to'lanishi kerak. Finlar ta'limni mamlakatni o'zgartirish, iktimoiy va iqtisodiy rivojlanishning asosiy drayverlaridan biri sifatida ko'rishni boshlashadi va ta'lim tizimi qanday bo'lishi kerakligi to'g'risida qizg'in bahslar kechadi. Ta'limni isloh qilish maqsadida bir qancha komitetlar tuziladi, bu komitetlar ilmiy tahlillar asosida islohotlar rejasini taklif qiladi.
1960-1970-yillarda ta'limda tenglik va ijtimoiy adolat masalalari ko'tariladi. "Hamma hamma narsani o'rgana olmaydi, o'quvchilarni qobiliyatiga qarab o'qitish kerak" degan g'oyadan voz kechishga chaqiriqlar yangraydi. O'zgarishlar tarafdorlari "agar biz rivojlangan jamiyatlar qatoridan joy olmoqchi bo'lsak, hamma bolalar sifatli ta'lim olishi uchun investitsiya kiritishimiz kerak" degan fikrni ilgari surishadi. Darhaqiqat, o'sha paytdagi fin ta'lim tizimida turli qobiliyatga ega deb ishoniladigan o'quvchilar uchun turli xil maktablar bor edi: "iqtidorli" deb ko'rilganlar uchun "grammatika maktablari" va gimnaziyalar, "bundayroq" o'quvchilar uchun "fuqaroviy (civic) maktablar" va hokazo (1-grafikka qarang).
1972-yilda boshlangan islohot natijasida "peruskoulu" ("umumiy maktab" - "comprehensive school") tizimi yaratiladi. Bu - hamma o'quvchilar ta'lim oladigan 9 yillik umumiy maktab. Hamma o'quvchilar bir xil sharoitda, yagona Milliy o'quv dasturi asosida ta'lim olishadi. 9-sinfdan keyin yoki akademik yo'nalishdagi maktabni, yoki kasb-hunar yo'nalishidagi maktabni tanlash imkoni beriladi. (2-grafikka qarang) Har ikki yo'nalishdan keyin ham oliy ta'limga kirish huquqi beriladi. (O'zimizning oldingi "9+3" tizimini eslang).
Kitob muallifining yozishicha, aynan "peruskoulu" - o'quvchilarni "iqtidorli" va "iqtidorsiz"ga ajratmasdan, "seleksiya" qilmasdan, bir xil sharoitda, bir xil standartlar asosida o'qitish keyinchalik ta'limda "fin mo'jizasi" deya e'tirof etilgan yutuqlarga erishish imkonini bergan islohotlardan biri edi. To'g'ri, oxirgi PISA tadqiqotlarida Finlyandiya natijalari birmuncha pasaydi, Osiyo davlatlari, xususan, Singapur yuqori o'rinlarga chiqib oldi (vazirligimiz darrov "Singapuromaniya" davrini boshladi - Singapurning bir xususiy nashriyoti darsliklarini tarjima qilib, chop qilishni o'sha ko'pchiligimiz tanib qolgan bir xususiy nashriyotga "ishonib" topshirdi), biroq Finlyandiya o'quvchilarining natijalari hali ham ancha yuqori va fin ta'lim tizimi o'zining barqarorligini va sifatli ekanligini isbotlab kelmoqda.
(Davomi quyida)

👍15🔥1
Davomi
Aynan tenglik - o'quvchilarni "iqtidorli" va "iqtidorsiz"ga ajratmasdan, "seleksiya" qilmasdan, qaysidir maktablarga zo'r sharoitlar yaratib, boshqalarini oddiy hojatxonasiz sharoitlarda o'qishga qo'yib bermasdan, hamma o'quvchilar normal sharoitlarda sifatli ta'lim olishi uchun sharoitlar yaratish - Finlyandiyaning ta'limdagi mo'jizasi asoslaridan biri ekanligi haqida oldin ham yozgandim. Bizda esa negadir "fin tizimi" yoki "Singapur tizimi" deganda darsliklarni qaytadan chop qilish tushuniladi, ta'limda tengsizlikni yanada kuchaytirishga qaratilgan qadamlar qo'yilaveradi.
Umuman, oxirgi paytlarda, nazarimda, aksar sohalarda - shu jumladan ta'limda ham - "islohot" degani aslida yoki "tepa"ning oldida "ochko" ishlab olish uchun hech qanday ilmiy tadqiqotga asoslanmagan, "ura-ura" populistik qadamlar, yoki kim(lar)ningdir tor manfaatlari uchun "shirma" bo'lib qolgandek. Yoki ikkovi ham...

👍16🔥14
Mark Riz tarjima qilgan "Oʻtkan kunlar"ni oldim. (Oʻzi oldinroq Kindle Edition'ni (elektron nusxasini) Amazon'dan olgan edim, biroq tarjimon bilan ozroq muloqot qilib, uning qoʻlidan dastxat bilan olish baribir boshqacha).
Albatta, asarni hammamiz oʻqiganmiz va qayta oʻqiganmiz - hammamizga tanish. Lekin ingliz tilidagi nashrida bitta, nazarimda, muhim narsa bor: bu kirish qismi va tarjimon izohlari (footnotes). Bu kirish va izohlarda muallif va uning davri bilan bogʻliq, asar bilan bogʻliq realiyalar haqida, tarixiy shaxslar haqida, asar tili haqida va boshqa, asarni tushunish va chuqurroq kirishga yordam beradigan izohlar berilgan. Tarjimon shunchaki asarni bir tildan ikkinchi tilga oʻgirmagani, balki bu tarjima tagida katta ilmiy mehnat yotgani koʻrinib turibdi.
Toʻgʻri, bu izohlar asar inglizzabon kitobxoniga tushunarli boʻlishi uchun kiritilgan. Biroq, oʻylaymanki, asar matni bilan yaxshi tanish oʻzbek kitobxoni ham oʻzi uchun koʻp narsa oladi. Umuman, oʻylayman, bunday asarlarni oʻzbek tilida nashr qilganda ham nashriyotlarimiz shunchaki matnni qayta terdirmay, mutaxassislarni jalb qilib, shunday izohlar bilan chop qilishsa oʻzbek kitobxonlari uchun katta xazina boʻlardi.

Telegram
Asaxiy Books
Abdullah Qodiriy: Bygone days
Otabek, a 19th century Muslim reformer and trader, takes readers through Turkistan twenty years before the Russian conquest. The novel explores the cultural and political landscape of the time, including Tashkent, Margilan,…

👍10