Jalilov. Qaydlar
4.08K subscribers
1.46K photos
17 videos
22 files
2.29K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
Forwarded from Ilyos Safarov
Shu o‘rinda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tayyorlagan byudjetnomadagi yana ba’zi raqamlarga qarasak. Unga ko‘ra, 2024-yilda bir o‘quvchi uchun bitta darslik va ish daftarlarining o‘rtacha narxi 450−500 ming so‘mni (shundan mashq daftarlari — 100−150 ming so‘mni) tashkil etgan. Bugunga kelib bir to‘plam uchun 80 ming so‘m (tannarxning 16-18 foizi) miqdorida to‘lovni qayta tiklash taklif etilmoqda. Ushbu to‘lovlar hisobiga shakllangan 376,6 mlrd so‘m mablag‘ har yili o‘quvchilarni mashq daftarlari bilan ta’minlash xarajatlarining bir qismini qoplashga yo‘naltirilishi ta’kidlangan.

Endi shu raqamlarga qarab o‘n mingdan ortiq maktabda o‘qiyotgan 580 mingdan ortiq o‘quvchi uchun chiqariladigan darsliklar va bunga xalq puli – davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘ hamda undan nashriyot ko‘radigan foyda miqdorini tasavvur qilavering. Eng qo‘pol hisob-kitobning o‘ziyoq o‘shanda sohada kutilmagan muallif qanday paydo bo‘lib qolganini tushuntirayotgandek. Ijara to‘lovi yo‘qotiladi, ammo evaziga byudjet ajratmasi oshiriladi…

Fin tajribasiga asoslab ishlangan oxirgi darsliklar haqida hozir yozmayman, unga bahoni mutaxasislar allaqachon berib bo‘ldi va bu darsliklar bugun takror qayta ishlanish jarayonida. O‘qituvchi, o‘quvchi, ta’lim tizimi uni qabul qilmadi shekilli-da.

Xulosa

Sal cho‘zvordim, aytmoqchimanki, bizning hukumat ishlarida hech narsa uzoqni, hech qursa ikki yilni ko‘zlab, strategiya bilan qilinmaydigandek. Buni boshqa o‘nlab misollar qatorida yuzlab mutaxassislarning yillab tayyorlagan darsliklari bir kishining manfaati, aralashuvi va media kuchi bilan paydo qilgan buzuq muhit orqali to‘xtatib qo‘yilganida yana bir bor ko‘rdik. Mana endi o‘sha odam tizimdan chetlatilganda na bepul ijara, na ta’limda fin tizimi va na avvalgi darsliklar qolmoqda. Xo‘sh, qani sifatli darslik, qani ta’limda fin tizimi, qani bepul ijara? Nahotki, shunchalik ojiz, rejasiz bizning hukumat?!

Men hali avtohalokatlar sabab qilinib, haydovchilik guvohnomasini olish tizimi monopollashtirilgani, buning uchun OAV va blogerlardan qanday foydalanilgani, bozorga halol tadbirkorlik orqali kirmoqchi bo‘lganlar yo‘li qanday usullarda to‘silgani masalasiga kirmayapman.

P/S: Aytib qo‘yay, post buyurtma asosida va bo‘lib ham shu kunlarda darslikchiga qarshi davom etayotgan ommaviy hujumlar doirasida yozilayotgani yo‘q. Men bunday kir ishlarga aralashmayman. Men shuningdek, butun boshli mamlakat poytaxtida insonga qilingan suiqasdni qoralayman hamda tergov jamoatchilika ochiq bo‘lishi, uning tashkilotchisi kim bo‘lishidan qat’i nazar jazolanishi tarafdoriman. Shunchaki, bu o‘yinlardan jabr chekadigan o‘quvchi-yu, zahmatkash o‘qituvchilarga achinaman. Shu xayollarimni bildirib qo‘ymoqchi edim. Xayrli tun.

@haqiqatdaIlyos
🔥13👍8
"Maxsus operatsiya" davom etmoqda

Jurnalist Ilyos Safarov yuqoridagi postlarda (1, 2) darsliklarga ijara tizimining yoʻq qilinishi va qayta joriy qilinishi orasida kechgan hamda "Finlyandiya standartlari asosida", "fin tajribasi asosida", keyinchalik "4K" deyilgan va affillangan nashriyot yaratgan darsliklar bilan bogʻliq voqealar xronologiyasini ancha batafsil tasvirlagan.

Umuman, fikri ojizimcha, "fin darsliklari" voqealari, yangi Oʻzbekiston tarixidagi eng ustomonlik bilan amalga oshirilgan "maxsus operatsiya"lardan biri sifatida tarixda qolsa kerak. Chunki aslida Finlyandiyaga ham, uning taʼlim standartlariga ham aloqasi boʻlmagan, yaratilishi Navoiy-30da boshlangan va turli kvartiralar-u ofislarda davom ettirilgan darsliklarni "mana shular finlarning standardi asosida, shularni joriy qilsak hammasi zoʻr boʻladi" degan iddao bilan chiqish, nainki iddao bilan chiqish, balki eng katta minbarlardan tortib vazirlikning matbuot xizmatigacha bu iddaoni takrorlashi, hatto parlament hujjatlarigacha-da kirishi - va butun boshli davlatni, tizimni oldindan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan, davlat rahbarining hujjati bilan tasdiqlangan va bir maromda joriy qilinayotgan tizimdan voz kechishiga olib kelish - bularning hammasi "xamirdan qil sugʻurganday" bajarilganiga qoyil qolmay iloj yoʻq.

Va Ilyos Safarov toʻgʻri eʼtibor qaratdi - bularning hammasi davlatning ojizligini, aniq bir strategiyasi yoʻqligini, bor boʻlsa ham pul va qudratga ega istagan shaxs hamma narsani oʻzi istagan oʻzaniga burib yuborishi mumkinligini koʻrsatdi. Va "mustaqil" deya oʻzini koʻrsatadigan medialar va ijtimoiy tarmoqlarda katta auditoriyalarga ega kanallarning "jilovi" bir qoʻlda toʻplanishi davlat uchun nechogʻli xatarli ekanini koʻrsatdi.

Eng achinarlisi - "maxsus amaliyot" davom etmoqda. Faqat boshqa nom bilan va balki, boshqa rejissyorlar boshchiligida. Lekin, masalan, oʻsha nashriyot ishtirokida. "Dasturlarni takomillashtirish" va "Singapur tajribasi" degan iddaolar bilan.

Biz oʻz xatolarimizdan saboq chiqara olmaydiganlardanmiz.
👍19🔥9👏2🤯2😱1
Agar birinchisida (OAVlarga sovetcha qarashda) ommaviy axborot vositalari shunchaki "rasmiy" ovozlarni kuchaytirish uchun mikrofon sifatida qaralsa, ikkinchisida (demoktarik davlatlarda OAVning roli va maqsadiga bo'lgan qarashlarda) ular o'z ovoziga ega. Va bu ovoz axborot oqimini nazorat qilishga odatlangan hukumatlarning jig'iga tegmoqda.


The Diplomat nashrining o'tgan hafta voqealari va bu voqealardan keyin Bosh prokuraturaning ogohlantirishidan ilhomlanib yozgan maqolasi qisqacha mazmunini o'zbek tilida bu yerda, ingliz tilida to'liq matnini bu yerda o'qish mumkin.
👍3
Gazeta.uz nashri ham partiyalar roʻyxatlari boʻyicha saylanganlar roʻyxatini oʻrganib chiqib, bironta vazir Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga oʻtmaganini tasdiqladi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu taktika "aldov" va "oʻyin" deb baholanmoqda. Aslida, mamlakatning oliy vakillik va qonun chiqaruvchi organida xalq manfaatlarini ifoda etish shu xalq vakillariga hisobdor boʻlgan ijroiya organlari ishidan koʻra sharafliroq boʻlishi kerak edi. Lekin borimiz shu - oliy vakillik organi faqat ijro hokimiyati tayyorlab bergan hujjatlarni tasdiqlab beruvchi "knopka bosuvchilar"ga aylantirilgan sharoitda vazir yoki hokim lavozimi "xalq vakili" degan nomdan ustunroq koʻrinadi.

Lekin baribir, yuqorida yozganimdek, vazirlar isteʼfo berishi kerak. Bu - Konstitutsiya talabi. Umid deyarli yoʻq boʻlsa-da, yangi saylangan parlamentdan vazirlarni tasdiqlashda ularga va ular taqdim etadigan rejalarga talabchanroq boʻlishni iltimos qilardim. Va albatta, bu jarayon jonli efirga uzatilishi shart.

Masalan, agar amaldagi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova nomzodi qayta qoʻyiladigan boʻlsa, u albatta taʼlimni qayerga boshlayotganini aniq-ravshan tushuntirishi shart. Men, masalan, fuqaro, soliq toʻlovchi, soha mutaxassisi va farzandi maktabga qatnaydigan ota sifatida u va uning jamoasi olib borayotgan pala-partish "islohot" va "eksperiment"lar taʼlimni oʻnglab boʻlmas jarlikka olib boryapti deb hisoblayman. Va bu fikrimni istalgan minbarda asoslab berishim mumkin.
👍23🔥4👏1
"Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga ajratilgan mablag‘larning o‘ta yuqoriligi esa nafaqat xususiy va davlat ta’lim muassasalari o‘rtasida, balki davlat ta’lim tizimida ham tengsizlikning ortib borayotganini ko‘rishimiz mumkin.

Bu esa O‘zbekistonda har bir o‘quvchi sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini cheklashi tabiiy hol. Buning natijasida, iqtisodiy jihatdan nochor oilalarda yashovchi bolalar sifatli ta’limdan mosuvo bo‘lishi mumkin. Chunki, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda tahsil olish uchun bolalar ma’lum bir mablag‘lar evaziga alohida qo‘shimcha darslarda, repetitorlarda tahsil olib kelayotgani hech kimga sir emas.

Shu sababli, hukumat tabaqalashgan ta’lim tizimidan voz kechib, O‘zbekiston hududida barcha bolalarga bir xil sifatli ta’lim berilishini ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘rishi lozim. Sifatli ta’lim va yaxshi sharoitlar faqatgina kam sonli o‘quvchilar uchun emas, balki har bir o‘quvchi uchun umumiy va ochiq bo‘lishi zarur".

Yuqoridagi fikrlar "Xalq ta'limi info" nashridagi Ulug'bek Po'latovning maqolasidan olindi.

Rasmiy nashrlar, xususan, asosan, vazirlik va vazir PRi bilan shug'ullanuvchi nashrlarning ham vazirlik ta‘limdagi davlat siyosati darajasiga ko'targan tengsizlik va tabaqalashtirish muammosiga e'tibor qarata boshlagani quvonarli hol.
👍25🔥5
Ta'limda diskriminatsiiya - o'quvchilarni "iqtidorli" va "iqtidorsiz"larga ajratish va shunga ko'ra "biz iqtidorli deb hisoblaydiganlarga - hamma narsa, iqtidorsiz deb hisoblaganlarimizga esa - kulchaning teshigi" siyosatini davlat siyosati darajasiga ko'targan Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi "samarasiz xarajatlarni optimallashtirish", "davlat byudjeti mablag'laridan samarali va oqilona foydalanishni ta'minlash" maqsadida "oddiy" maktablarda laborant lavozimlarini qisqartirishga buyruq bergan. Xuddi shu vazirlikning buyrug'i bilan "ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarida o'quv jarayonlarini takomillashtirish, dars jarayonlarini laboratoriya mashg'ulotlai orqali yanada chuqurroq va mustahkam o'rganishni ta'minlash maqsadida" bu maktablarda laborant lavozimi joriy qilingan.

"Demak, vazirlikning pozitsiyasidan kelib chiqadigan bo'lsak, ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarida dars jarayonlarini laboratoriya mashg'ulotlari orqali chuqur o'rganish katta ahamiyatga ega, lekin oddiy maktablar uchun buning zarracha ahamiyati yo'q. Bu hol oddiy maktab o'quvchilari uchun diskriminatsiya emasmi?"

- degan savolni qo'yadi bu haqda xabar bergan "Xalq ta'limi info" nashri.

Ha, bu diskriminatsiya va bu diskriminatsiya kecha yoki bugun boshlangani yo'q. Bu diskriminatsiyani Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ongli ravishda bir necha yildan beri olib bormoqda. 10 mingdan ziyod maktablar va ularda tahsil olayotgan millionlab o'quvchilar buguni va kelajagiga mas'ul vazir bo'lib tayinlanishidan oldin Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbari sifatida "bir hovuch" tanlangan va hamma sharoitlar muhayyo qilinadigan maktablarni boshqargan Hilola Umarova "oddiy" maktablarda o'qiydigan "iqtidorsiz" bolalardan fizika, kimyo yoki biologiyaga qiziqadigan, bu sohalarni o'zlashtirib, kelajakda mamlakat rivojiga hissa qo'shadigan o'quvchilar chiqishi gumon va ularga ortiqcha mablag' sarflashning hojati yo'q deb hisoblaydi shekilli. Balki, vazir va uning maslahatchilari nazdida, "oddiy" bolalar aksar hollarda hatto hojatxonasi va boshqa elementar sharoitlari yo'q "oddiy" maktablarga borayotganiga ham shukr qilishi kerakdir?

Darvoqe. "Davlat byudjeti mablag'laridan samarali va oqilona foydalanish" haqida qayg'urayotgan vazirimiz nega hali o'quv dasturlarining tayini yo'q bir sharoitda monopol nashriyot tomonidan har yili darsliklarning yangilanishiga trillionlar ajratilayotganiga yoki xorijdan falon pulga o'qituvchilarni jalb qilish darajada o'zini oqlayotganiga, yoki to'garaklar tashkil qilish bir necha yildan beri o'qituvchilarning "pedagogik yuklama"siga kiritilgan bir paytda byudjet loyihasida yangi xarajat moddasi qayerdan kelib qolganiga izoh bermagan.
👍26🔥5👏5
Taʼlimda tenglikni taʼminlash nima uchun muhim?

* Izoh: bu yerda "tenglik" deganda "equity" - barcha oʻquvchilarga oʻz qobiliyatlarini yuzaga chiqarish uchun teng (adolatli) sharoitlar yaratish nazarda tutilgan.

Oʻylashimiz mumkin: "oddiy" maktablarda oʻquvchilar oʻqimaydi, quloqsiz, hech narsaga qiziqmaydi va hokazo, "iqtidorli"larni ajralib olib alohida oʻqitish, ularga oʻqish uchun sharoitlar yaratib berish maqbul yechim, deb. Yoʻq, bu maqbul yechim emas. Nima uchunligini oʻylab koʻring. Bu boradagi oʻz fikrlarimni keyinroq yozaman.
🔥8
Illyuziya prioriteri

Ijtimoiy tarmoqlarda taʼlimdagi diskriminatsiya sabablari boʻyicha muhokamalarda shunday qiziq fikrga koʻzim tushdi:

"Menimcha, masalaning ildizi boshqa tomonda.

Hukumat olib borayotgan siyosati va islohotlari sifatli va samarali ekanligiga avvalo o’zini, keyingi o’rinda jamiyatni ishontirgisi keladi. Bu avtoritar hokimyatlarga xos tabiat.

Tabaqalashtirilgan ta’limni tashkil etish va jamiyatdagi umumiy o’quvchilar sonining 1% ni qamrab oluvchi o’quvchilar misolida hukumat olib borayotgan ta’lim islohotlari zo’r ekanligi haqida illuziyalar yaratish Hilola Umarova zimmasidagi asosiy prioritet bo’lsa kerak".


Balki bu fikrda ham jon bordir. Avtoritar hukumatlar "Potyomkin qishloqlari"ni, "vitrina" joylarni yaxshi koʻrishadi. Chunki bunday "vitrina"lar, ularning nazdida, "olib borilayotgan islohotlar"ning samarali ekanligini koʻrsatadi. Shuning uchun kazo tashriflar uchun tanlanadigan maktablarni koʻrib naq "ertak" devorasan kishi. Lekin bu ertak aslida roʻyo ekanligi, 1% uchun yaratilgan ertak evaziga 99% (deyarli) hamma narsadan mahrum ekanligi bilan ishlari yoʻq.

Qoʻshilaman: bunday diskriminatsiya (bunday illyuziya) badali hali juda qimmat boʻladi.

P.S. Lekin vazirning maqsadi oʻsha 1% maktablar evaziga illyuziya yaratish boʻlsa, buni ham ochiqlashi kerak, nazarimda. Shunda ortiqcha savollar bilan qiynamasdik. Balki, hali Oliy Majlisda oʻz harakatlar rejasini taqdim etayotganda bu haqida ham biror narsa der?
👍12🤯3👎2🔥2🤬1
Mashhur yozuvchi Herbert Uellsning "Dunyolar urushi" asari asosida ishlangan audiospektakl tinglovchilar orasida sarosimaga sabab boʻlgani, ular haqiqatdan ham Yerga Marsliklar hujum qilyapti, deb oʻylaygani haqida eshitganmisiz?

Umuman, nazarimda, audiospektakl - sanʼatning alohida, oʻziga xos yoʻnalishi. Audiospektaklda asar gʻoyasi tinglovchiga faqat ovoz, musiqa va tovush effektlari yordamida yetkaziladi. Mahorat bilan ishlashgan audiospektaklni eshitish jarayonida asarni "his qilasiz", qahramonlar bilan birga "yashaysiz".

"Mutolaa" ilovasida yangi rukn (toʻplam) paydo boʻldi. Bunda MTRKning noyob xazinasi - nodir ovoz sohiblari ishtirokida yaratilgan audiospektakllar (yoki, boshqa terminologiya bilan aytganda, radiopostanovkalar) jamlangan. Tavsiya qilaman.

Umuman, nazarimda, oxirgi yillarda Oʻzbekiston intellektual hayotida ikkita katta va muhim voqea sodir boʻldi. Shulardan biri - "Mutolaa". (Ikkinchisi haqida keyinroq yozaman). "Mutolaa"dagi "toʻplamlar" ham loyiha mualliflarining oʻziga xos yangiligi boʻldi - kitobxonning (tinglovchining) qiziqishiga, yoshiga mos kitoblarni ilova oʻzi tavsiya qilib turadi.

Loyiha mualliflariga yaqin orada "Audible", "Bookmate" singari jahonning yirik kitob ilovalari yaratayotgan original loyihalar (audiospektakllar, grafik romanlar, toʻplamlar va hokazo) darajasiga chiqishni tilab qolaman.
👍12
Yuqoridagi postga qoʻshimcha.

Albatta, "Mutolaa"da faqat MTRKning audiospektakllari yigʻilmagan. MTRKning eslanishiga sabab - unda yillar davomida katta audioxazina yigʻilgan va "Mutolaa" bu xazinani xalqqa yetkazadigan platforma vazifasini oʻtashi mumkin.

"Mutolaa"da loyiha uchun maxsus yozilgan audiokitoblar ham koʻpaymoqda. Shu jumladan, koʻp ovozli va tovush bezakli (maxsus "fon" bilan yozilgan) audiokitoblar. Oʻzim, masalan, shu bahonada Ulugʻbek Hamdamning "Muvozanat" romanini yana bir "oʻqib" (aniqrogʻi, tinglab) chiqdim. Va yana bir qancha kitoblarni eshitishni rejalashtirib qoʻydim.

Va yana bir narsa. "Mutolaa"da premium funksiyasi qoʻshilgan. Oʻrtacha bitta kitob puliga oy davomida ilovaning qoʻshimcha qulayliklaridan foydalanishingiz (masalan, audiokitoblarni telefoningizga yuklab olib, keyin internetsiz ham tinglashingiz, turli "javonlar"dan foydalanishingiz) mumkin.
🔥8👍1👏1
"Maʼrifat" gazetasining ertangi sonida, boshqa qiziqarli maqolalar bilan bir qatorda, mening "Mezonlarga asoslangan baholash tizimi ... mezonlarga asoslanganmi?" nomli maqolamni ham oʻqishingiz mumkin. Maqolada Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi zoʻr berib joriy qilayotgan va "mezonlarga asoslangan" deyilayotgan baholash tizimining (CHSB - BSBlar) aslida haqiqiy mezonlarga asoslangan baholash tizimiga aloqasi yoʻqligi, hozirgi holatida oʻqituvchini sarson qilishdan boshqa narsa emasligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
🔥15👍7
Yosh burgut uchmoqda ko'kda shiddatkor,
Kumush bulutlarning to'zg'itib parin.
Uchmoqda, qalbida mag'rur ishonch bor, Qaqshagan qoyalar, cho'qqilar sari. Ushbu parchada "kumush bulutlar" deganda qaysi badiiy tasvir vositasi ishlatilgan?
Anonymous Poll
44%
metafora
8%
ramz
28%
o'xshatish
20%
sifatlash
🔥5
Demak, oxirgi yillarda Oʻzbekiston intellektual hayotida yuz bergan yana bir katta va muhim voqea haqida (bu mavzudagi oldingi post - bu yerda).

Bu voqea, shubhasiz, "1000 kitob" loyihasi. Loyiha doirasida ilm-fanning turli yoʻnalishlarida ilmiy, ilmiy ommabop kitoblarni oʻzbek tiliga tarjima qilib nashr qilish rejalashtirilgan. Xabar berishlaricha, loyiha doirasida bu yil tarjima qilinishi rejalashtirilgan 50 kitobdan 42tasining tarjimasi tugagan.

Loyiha doirasida bu yil chiqadigan kitoblarning koʻlami keng: tabiiy fanlar, gumanitar sohalar, tarix, inson huquqlari, ideologiya va boshqalar. (Roʻyxat bilan bu yerda tanishishingiz mumkin).

Shular orasida pedagogika yoʻnalishi boʻyicha kitoblar ham bor. Alan Pritchardning taʼlim nazariyalariga bagʻishlangan "Ways of Learning" kitobi tarjimasi tugadi, ekspert va muharrirlar tekshiruvidan oʻtdi. (Kitob haqida, uning ahamiyati haqida, tarjima jarayonining oʻziga xos qiyinchiliklari haqida pedagog Shokir Tursun va jurnalist Muhrim Aʼzamxoʻjayev bilan suhbatimiz - bu yerda). Umid qilamanki, taʼlim sohasi vakillari uchun va bu sohaga qiziqadiganlar uchun foydali va sifatli manba boʻladi. Umuman, bu loyihaga oʻz hissamni qoʻshish imkoniyati boʻlganidan xursandman.

Umuman, nazarimda, loyiha ilm-fanning turli sohalari boʻyicha oʻzbek tilidagi aktual, sifatli manbalar koʻpayishiga xizmat qiladi. Bu kitoblarni oʻqish, uqish va qarorlar qabul qilishda ilm-fanga tayanish esa soha vakillariga, qaror qabul qiluvchilarga qoladi.
🔥17👍4
Axmoqlik.

Agar axborot sohasining kuni "xabar berish" bilan "targʻib qilish"ning farqiga bormaydiganlarga qolgan boʻlsa, hamma OAVlar, telegram kanallar va ijtimoiy tarmoqlarni yopib, ogʻizga talqon solib yurish kerakmi?

Kontekst: Kecha Taxtiqoracha dovonida (Shahrisabz "perevali") baxtsiz hodisa sodir boʻlgan - avtomobilni tosh bosib, ichidagi yoʻlovchilar halok boʻlgan. AOKA bu haqida xabar berganlarni qonunchilik bilan qoʻrqityapti.

Aniqlik kiritib ketaylik: "Targʻib qilish" degani - "biron bir narsaga / ishga undash, chaqirish, daʼvat qilish" degani. (Har qalay, koʻp tomli "Oʻzbek tilining izohli lugʻati"da shunday deyilgan). Masalan, "biron-bir ishni qil / qilish kerak / qilish yaxshi" deyilsa, bu targʻib qilish boʻlishi mumkin. Lekin boʻlgan voqea haqida xabar berish (bu xabar berish qanday shaklda boʻlishidan qatʼiy nazar) qanday qilib "targʻib qilish" kategoriyasiga oʻtishi mumkin?

Shu AOKAdagilarga oldin oʻz tashkiloti haqidagi nizomni yaxshilab oʻqitib olib, keyin oʻzbek tili kurslariga yuborish kerakmi deyman (balki teskarisi - oldin oʻzbek tilini oʻqitib, keyin oʻz tashkilotining nima uchun ochilganini eslatish samara berar). Lekin undan ham muhimi - qonunchilikdagi har xil "rezinka" (xohlagan tarafga choʻzsa boʻladigan) normalarni bartaraf qilish kerak.
👍19
Filologiya fanlari nomzodi, psixolingvist Iroda Azimovaning oʻzi xususida qoniqmaslik borasidagi fikrlariga qoʻshimcha mulohazalar.

Oxirgi paytlar bir tendensiyaning guvohi boʻlyapman. "Biz buyukmiz, falon narsani (ilmiy kashfiyotni, madaniy merosni) aslida bizlar yaratganmiz, oʻzi butun dunyo tamaddunining asosida bizlar turamiz, lekin bizni koʻra olmaydiganlar buni tan olishmaydi, inkor qilishadi" degan iddaolar. Bunday iddaolar - aksar hollarda hech qanday valid (ishonchli) ilmiy asosga boʻlmagan iddaolar - nafaqat hali ilm dunyosiga endi kirib kelayotganlar yoki ilm-fanning qonuniyatlaridan yiroq boʻlganlar, balki koʻzga koʻringan olimlar, fan doktorlari tomonidan aytilmoqda, ilmiy ishlarga, darsliklarga kiritilmoqda. Bunday soxta "buyuklik" (bu haqida oldin ham yozgandim) bizga nima beradi, ochigʻi, tushunmayman. Fikrimcha, bu qandaydir "noqislik kompleksi"ni (комплекс неполноценности) xaspoʻshlashga urinish boʻlsa kerak.

Bu ketishda "Amerika - "Amir aka"dan olingan, ota-bobolarimiz Amerikani kashf qilgan" singari latifalarni ham ilmiy fakt deb eʼlon qilib yubormasak boʻldi.
👍30👎3