Jalilov. Qaydlar
4.09K subscribers
1.46K photos
17 videos
22 files
2.29K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
Rasman tasdiqlanmagan yoki inkor qilinmagan maʼlumotlarga koʻra, partiyalar roʻyxatlari boʻyicha nomzodi koʻrsatilgan vazirlar (jumladan, maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova) deputatlikdan voz kechishgan.
Ijtimoiy tarmoqlardan:

"Shunaqa tasavvur uyg‘onadiki, 2 yil avval darsliklar ijarasini bepul deb e’lon qilish, darsliklar yaratishni bir qo‘lli qilib olish uchungina kerak bo‘lgan. Vaqtinchalik manyovr ya’ni. Biz kutgandik, biz bilgandik".

"Davlat pul iqtisod qilish va orttirish uchun maktabdan boshqa sohani topolmayotgan bo‘lsa, hay, ishni birdan o‘quvchilarga darslik solig‘i solishdan emas, shu darsliklarni chiqarayotganlarning ishini taftish qilishdan boshlagani ma’qul".
👍16
Asosiy muammo, nazarimda, "darsliklarni yangilash" uchun byudjetdan yana 1,3 mlrd so'm ajratrilishida yoki darsliklar ijarasi uchun qaytib to'lov joriy qilinishida va buning yap-yangi, 1-moddasida "O'zbekiston ijtimoiy davlat" deb belgilangan Konstitutsiyaga qay darajada mosligida ham emas. Asosiy muammo(lar) boshqa joyda.

1. O'quv dasturlarining "kasha"si chiqib yotgan, umumiy o'rta ta'limning maqsadi-mazmunini belgilaydigan aniq bir hujjat amalda ishlamayotgan, vazirlikning aynan o'quv dasturlari va darsliklariga mas'ul boshqarma boshlig'i bunday hujjat 2025-yilning yakunigacha muhokamaga qo'yiladi (ya'ni 2025-yilgacha tasdiqlanmaydi, axir tasdiqlangan hujjatni muhokamaga olib chiqishdan ne ma'no?) deb bayonot berib turgan bir sharoitda, qanday qilib "darsliklarni yangilash" haqida gapirish va buning uchun mablag' ajratish mumkin? Aravaning otdan oldin qo'shilganini (o'quv dasturlaridan oldin darsliklar yaratilganini) qaysi ta'lim tizimida ko'rgansiz? 2025-yil oxirigacha vazirlik mas'uli aytgan o‘quv dasturlari va davlat ta’lim standarti (DTS) muhokamaga qo'yilsa va tasdiqlansa, yana "darsliklarni yangilash" uchun pul ajratiladimi?

2. PISA natijalarini ko'rdik: dunyoda oxirgi o'ntalikdamiz. PISAda yuqori natijalarni ko'rsatgan davlatlarning hech qaysisida - o'sha ikki yil oldin "yopishganimiz" Finlyandiyada ham, o'tgan yildan beri "yopishib olganimiz" Singapurda ham - yagona darslik tizimi mavjud emas. Xo'sh, bizda bu tizimdan voz kechishga nima xalal beradi? Nega butun O'zbekiston bolalari metodik va ilmiy sifati qator savollar tug'diradigan darsliklardan o'qishga majbur bo'lishi kerak? Nega tanlov imkoniyati bo'lmasligi kerak? Axir tanlov yo'q bo'lgan sharoitda ishlab chiqaruvchi hech qachon sifatga ishlamasligini, aynan tanlash imkoniyati va halol raqobat mahsulot sifatini oshirishga majbur qilishini isbotlab o'tirish shart bo'lmasa kerak? Yoki yagona darslik tizimidan voz kechilsa, kimlardir nimalardandir quruq qolishidan qo'rqamizmi?

3. Darsliklar yaratish va chop qilish tizimining "bir qo'lli" qilinishi ortidan 2023-yildagi darsliklarning sifatini ko'rdik. Hatto ayrimlarini bir yil o'tar-o'tmas "qayta nashr" qilib chiqarishga majbur bo'lishdi va "bu ziyofat kimning hisobidan?" degan savolga haligacha javob berilmadi. Shunga qaramasdan, 2024-yilgi 5-sinf darsliklari ham shu "o'zuvuzani qorako'zlarga" ishonib topshirildi. 2025-yilga mo'ljallanayotgan 1,3 trln ham shu "qorako'zlar"ga "in'om" qilinmoqdami? Qaysi mezonlar asosida butun mamlakatning millionlab nusxada chiqadigan darsliklari ularga topshirildi? Bu bo'yicha qandaydir izoh beriladimi?

"Yagona darslik" tizimidan voz kechilishi kerak. Aniq o'quv dasturlari e'lon qilinishi kerak va shu dasturga mos har qanday darslik yashashga haqli bo'lishi kerak. Darsliklarni nashriyotlar o'z hisobidan yaratishi, maktablar va o'qituvchilar darsliklarni tanlash huquqiga ega bo'lishi, vazirlik esa aynan o'qituvchilar tanlagan darsliklarni maktab kutubxonalariga olib berishi kerak. Nashriyotlar esa o'z darsliklarini erkin savdoga chiqara olishi, ota-ona istasa, farzandiga darsliklarni sotib olib bera olishi kerak. Butun normal dunyo shunday qiladi.

To'g'ri, bunday tizimda kimlardir nimalardandir quruq qolishi mumkin, lekin oxir-oqibat darsliklar sifati ta'minlanadi va ular arzonroqqa ham tushadi. Va asosiysi, millionlab bolalar xatolarga to'la darsliklar asosida o'qishga majbur qilinmaydi.
👍9👏4🤔2🔥1🤯1
Darhaqiqat, Shokir Tursun yozganidek, oxirgi yillarda taʼlimni "oʻldirish" uchun nima qilish mumkin boʻlsa hammasi qilindi: oʻquv dasturlaridagi pala-partishlik, tinimsiz almashtirilayotgan darsliklar, hech qanday ilmiy asosga ega boʻlmagan va zoʻr berib tiqishtorilayotgan CHSB-BSBlar, taʼlimdagi tengsizlikning davlat siyosati darajasiga chiqishi, oʻqituvchilarning eng nochor qatlamlardan biriga aylantirilishi, xorijdan oʻqituvchilarni jalb qilish singari samarasi va taʼlim sifatiga taʼsiri katta soʻroq ostida boʻlgan loyihalarga, har xil xoʻjakoʻrsin tadbirlarga ulkan mablagʻlarning sovurilishi .... Bularning aksariyati hozirgi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri va uning jamoasi tomonidan amalga oshirildi va oshirib kelinmoqda. Oxirgi parlament saylovi natijalariga koʻra bu tuturuqsiz tajribalar toʻxtab, taʼlim normal izga qaytishiga (qayta boshlashiga) oxirgi umid, ilinj ham yoʻqqa chiqadiganga oʻxshaydi.

Men shaxslarga murojaat qilishni unchalik yoqtirmayman - shaxslar emas, tizim ishlashi kerak, deb hisoblayman. Lekin vazirga murojaat qilmoqchiman:

Hurmatli Hilola Oʻktamovna, iltimos, taʼlimdagi maqsad(lar)ingizni aniq-tiniq tushuntirib bering yoki deputatlikka oʻtib qoʻya qoling! Millionlab bolalar taqdirini, millat kelajagini oʻylang!
👍27😢4👎2
Toʻgaraklarga 500 mlrd. Toʻxtang. Toʻgaraklar oʻqituvchilar "pedagogik yuklamasi"ga kiritilmaganmidi?

"2025-2027 yillar Byudjetnomasi"da "ajoyib" xarajatlar paydo boʻlgan. Masalan, 2025-yilda "umumtaʼlim maktablarida toʻgaraklarni tashkil etish va ularga “Kambagʻal oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlarini jalb qilish xarajatlari"ga 500 mlrd soʻm ajratish koʻzda tutilmoqda. 2024-yilda, masalan, bunday xarajatlar bandining oʻzi boʻlmagan.

Ajoyib maqsad. Faqat bir savol. “Kambagʻal oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari, qonun boʻyicha, qaysidir umumtaʼlim maktabida oʻqiydi (axir qonun boʻyicha 11 yillik taʼlim majburiy, shunday emasmi?). Maktablarda esa oʻqituvchilar shundoq ham toʻgaraklar tashkil etishadi - bu ularning "pedagogik yuklama" degan tushunchasiga kiritilgan.

2018-yildan beri qoʻllanilayotgan tartibga koʻra, oʻqituvchilarning ish yuklamasi bevosita dars berish va dars bergan soatlariga deyarli teng miqdorda "pedagogik yuklama"dan ("o‘quv-tarbiya jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayon"dan) tashkil topadi. "Pedagogik yuklama"ga esa, shu jumladan, toʻgaraklar tashkil qilish ham kiradi. Yaʼni, oʻqituvchilarga toʻgaraklar uchun alohida pul toʻlanmaydi - ular bu ishlarni olayotgan oyligi hisobidan amalga oshirishga majburlab qoʻyilgan.

Shunday ekan, savol tugʻiladi: "toʻgaraklarga" deb ajratilayotgan yarim trillion soʻm qayerga ketadi?
😢14👍3🤔3
"Vazir va amaldorlarni Parlamentda ko‘rishni istab, partiya uchun ovoz bergan saylovchilar aldandimi?", degan savolni qo'ymoqda Uzdiplmat nashri.

Darhaqiqat, yagona saylov okrugi bo'yicha biron-bir partiyaga ovoz bergan saylovchi aynan partiya ro'yxatida yuqori o'rinlarni "to'ldirib turgan" vazirlar va boshqa taniqli shaxslar uchun ovoz bergan bo'lishi mumkin-ku? Bu vazirlarning deputat bo'lib ishlash niyati bo'lmasa, ular "parovoz" bo'lib berishdimi? Bunday ko'zbo'yamachilikning nima keragi bor edi?

P.S. Ilgariroq Uzdiplomat nashri bir qancha vazirlar, agar deputatlikka saylansa vazir lavozimidan voz kechishi haqida ariza yozganini xabar qilgan edi. Xo'sh, bu arizalar (agar yozilgan bo'lsa) nima bo'ldi?
🔥10👍3
Endi ... mamlakatning asosiy qonunini kerak paytda o'zgartirib yuborish yoki unga qat'iy amal qilmaslik ko'p-da muammo bo'lmagan bir sharoitda SSSRdan meros olingan bu qoidani o'zgartirish muammo bo'lmasa kerak? Agar xohish bo'lsa, albatta.
Ertaga - partiya ro'yxati bo'yicha OM QPga saylangan vazirlar qaror qabul qilishining oxirgi kuni. Siz deputatlikka nomzodini qo‘ygan vazirlar va boshqa taniqli shaxslarning natijalar e’lon qilinganidan keyin deputatlikdan voz kechishiga qanday qaraysiz?
Final Results
53%
Qarshiman (men ularning nomzodi uchun ovoz berganman, ularning voz kechishi saylovchilarni aldash)
17%
Qo'shilaman (men partiya uchun ovoz berganman, voz kechish yoki kechmaslik ularning huquqidir)
30%
Betarafman (menga farqi yo'q)
👍11
Oldingi postga izohlarda qiziq fikrlar bor ekan:

"Siyosiz masxarabozlik bu. Bunaqa maynavozchilikni qonun bilan qat'iy taqiqlash kerak. Nomi bor ba'zi odamlar orqali yutib olib labbaychilarni parlamentga olib kelib istagan qonunini qabul qildirib olishmi bu? Kremlning "quturgan printer" laqabli dumasiga o'xshatishmoqchimi bular? Butun O'zbekiston xalqiga xiyonat-ku bu".

"Yoki deputat boʻlsin, yoki xalq uchun ishlashni xohlashmasa vazirlikni ham boʻshatib qoʻyishsin, nima xalq oʻyinchoqmi, xuddi uchrashuvga kelishgan yigit chiqib toʻyda qari cholni kuyov boʻlib chiqishidek narsa boʻladi shunday qilishsa".
🔥12👍6
"Xalq ta'limi info" nashri Uzdiplomat nashrining xabarini inkor qilmoqda. Nashrning yozishicha, vazir ixtiyoriy ravishda deputatlik mandatidan voz kechish to'g'risida Markaziy saylov komissiyasiga ariza yozgan.

Xullas, "romashka o'yini" bo'lib ketdi buyog'i.
🤯8🔥6
Kanalda oldinroq e'lon qilingan so'rovnomaning ayni paytgacha bo'lgan natijasini suratda ko'rishingiz mumkin. Ovoz berganlarning ko'pchiligi deputatlikka nomzodini qo‘ygan vazirlar va boshqa taniqli shaxslarning natijalar e’lon qilinganidan keyin deputatlikdan voz kechishini saylovchilarni aldash deb hisoblaydi. Ayrimlar buni "siyosiy texnologiya" deb oqlashmoqda, lekin shaxsan men ham buni aldash deb hisoblayman. Deputat bo'lib ishlash niyati bo'lmasa nomzodini partiya ro'yxatiga, bo'lib ham ro'yxatning boshiga kiritmaslik kerak edi. Balki men LiDeP ro'yxatida boshqalar emas, aynan Hilola Umarova bo'lgani uchun yagona okrugda shu partiyani tanlagandirman? Balki men uchun, Uzdiplomat nashri yozganidek, "parlamentda kim o‘tirishi va kim ovozlar berib qaror qabul qilishi ham muhim"dir? So'rov joylangan post tagidagi ayrim qiziq izohlarni esa bu yerda o'qishingiz mumkin.
👍3
Xullas, Markaziy saylov komissiyasi deputatlar roʻyxatini eʼlon qildi. Hech qaysi vazir mansabidan voz kechib, deputatlikka oʻtmagan koʻrinadi (balki boshidan bunday niyat boʻlmagandir, bularning hammasi "siyosiy texnologiya" yoki shunchaki aldov boʻlgandir?)

Lekin bu yerda boshqa narsa ham bor. Konstitutsiyaning 116-moddasiga muvofiq vazirlarning hammasi yangi saylangan parlament oldida oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi (isteʼfo berishi), v.b. maqomida ishlab turishi va agar lavozimida qolmoqchi boʻlsa, qayta parlament tasdigʻidan oʻtishi kerak, shunday emasmi? Buning uchun esa vazir lavozimiga nomzod Qonunchilik palatasida oʻz harakatlar rejasini taqdim etishi kerak. Kutamiz. Balki oʻshanda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri taʼlimni qayerga boshlayotgani, pirovard maqsadi nima ekanligi haqida izoh berar?

P.S. Vazirlar nomzodini koʻrib chiqish va ular oʻz harakatlar rejasini parlamentga taqdim etish jarayoni jonli efirga uzatilishi kerak. Axir, Konstitutsiya boʻyicha hokimiyatning yagona manbai boʻlgan xalq mamlakat qayerga qarab ketayotganini, uni nimalar kutayotganini bilishga haqli, shunday emasmi?
👍18🔥6
Ах, обмануть меня не трудно!..
Я сам обманываться рад! (Пушкин)


(Uzr, oʻzbekcha tarjimasini topa olmadim)

Har safar oldindan "qoʻgʻirchoqdek" yasatib qoʻyilgan joylarga tashriflar haqida oʻqiganimda negadir shu satrlar esimga tushadi. Mantiq qidirishga harakat qilaman, lekin topa olmayman.
🔥15
Oldingi postga izohlardan:

Admin, sizda taklif yoʻq, faqat tanqid.

Taklif bor: Oldindan "qoʻgʻirchoqdek" yasatilgan joylarni emas, real voqelikni oʻrganish. Real muammolarni muhokama qilib, ularga birgalikda yechim izlash.
👍29
Forwarded from Ilyos Safarov
Iqtisodiyot va moliya vazirligi e’lon qilgan 2025—2027 yillarga mo‘ljallangan Budjetnoma loyihasida maktab darsliklari uchun ijara pullarini qayta tiklash taklif etilmoqda. Ikki kundan beri tarmoqlarda ayni masala keng muhokamada va albatta, unda norozi tomon mutlaq ko‘pchilikni tashkil qilyapti.

Hozir yozadiganlarim orqali darsliklar ijarasi pulli bo‘lishi kerakmi yoki bepul mavzusiga aralashmoqchi emasman. Shunchaki bugungi muhokamalar va odamlarning hukumatdan norozoligini keltirib chiqarayotgan ayrim omillar bo‘yicha fikrlarimni qisqacha bildirib qo‘ygim keldi.

Hammasi qanday boshlandi?

Esingizda bo‘lsa, 2022-yilda Respublika Ta’lim markazi qator xalqaro tashkilotlar bilan qilgan bir necha yillik izlanishlari natijasida o‘sha davr uchun butunlay yangilik hisoblangan maktab darsliklari yaratish ishini yakunlaganini e’lon qildi. Qiziqqanlar izlab ko‘rishi mumkin, o‘sha paytda yangi darsliklar chindan, mazmuni, rang-barangligi va qulayligi jihatidan avvalo aprobatsiya uchun tanlab olingan o‘qituvchilar va bir qancha xalqaro tashkilotlar e’tirofiga sazovor bo‘lgan edi. Tabiiyki, yangi avlod darsliklarini chop qilish va maktablarga yetkazish xarajatlarining ma’lum qismini qoplash maqsadida o‘shanda amaldagi ijara to‘lovi narxini oshirish ham ko‘zda tutilgan. (O‘shanda bir dona darslik uchun yagona ijara to‘lovi 5 ming 707 so‘mni tashkil etgan va buni avvalgi o‘quv yilidagi miqdor (2 ming 740 so‘m)ga nisbatan 2 ming 967 so‘mga oshirish rejalashtirilgan edi.) Umuman, eslash o‘rinliki, bu tizim O‘zbekiston maktablarida 2023-yilga kelibgina joriy qilingan yangilik emasdi. Darsliklar uchun aylanma jadval (DAJ) asosida pul to‘lash mamlakat maktablarida o‘n yillardan beri mavjud amaliyot.

Xo‘p, jarayon shu bosqichga yetganda darslik maydonida endi kutilmaganda, ta’lim ishlaridan mutlaqo bexabar “qahramon” (keling, post davomida uni shartli shunday ataylik) paydo bo‘ldi. U tezda darsliklar ijarasi to‘lovi oshirilishidan xavotir bildirib chiqdi va bunga o‘ziga yaqin jurnalist hamda blogerlar tomonidan sun’iy yaratilgan norozilikni asos sifatida ko‘rsatdi. Esingizda bo‘lsa, o‘sha paytlarda chindan, bir guruh jurnalist va blogerlar yoppasiga darslikshunosga aylangan va bo‘lgan, bo‘lmagan kamchiliklarni bo‘rttirib ko‘rsatish orqali yangi avlod darsliklarini qoraga chiqarish kampaniyasida qatnashib bergan edi. Mediada go‘yo darsliklardan norozilik kayfiyati paydo qilinarkan, biroz o‘tib qahramon o‘z lavozimidan foydalanib uni yuqoriga yetkazgani va yuqorining bundan norozi bo‘lgani xabari bilan chiqish qildi. Shu bilan darsliklarga qilinadigan ijara to‘lovi butunlay to‘xtatildi. Go‘yo hamma xursand, xabarni yuqoriga yetkazgan esa xalq himoyachisi sifatida ikki karra qahramon.

Ammo ishlar shu bilan to‘xtamadi. Ko‘p o‘tmay bir necha yillik mehnat natijasi bo‘lgan yangi avlod darsliklarini chop qilish ilk nishonalar hali maktablarga yetib bormasdanoq to‘xtatilgani va fin tajribasiga asoslangan yanada yangi darsliklarni endilikda qahramonning kuratorligi hamda unga yaqin nashriyotlar “ko‘magida” chop qilinishidan xabar topdik. O‘shanda yangi avlod darsliklari mualliflari Shahidlar maydonida turib qilgan murojaati esingizdadir. “Bu katta mehnat bilan qilingan darsliklar. Keling, ishimizni qandaydir shubhali, biznes manfaati bor kishilar emas, mutaxassislar baholasin. Ular qandaydir kamchilik topishsa, buni tan olish va tog‘rilashga tayyormiz”, - degandi ular. Afsuski, mualliflarning chiqishlari telegram kanallardan nariga o‘tmadi, eshitilmadi.


Ba’zi hisob-kitoblar
👏6
Forwarded from Ilyos Safarov
Shu o‘rinda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tayyorlagan byudjetnomadagi yana ba’zi raqamlarga qarasak. Unga ko‘ra, 2024-yilda bir o‘quvchi uchun bitta darslik va ish daftarlarining o‘rtacha narxi 450−500 ming so‘mni (shundan mashq daftarlari — 100−150 ming so‘mni) tashkil etgan. Bugunga kelib bir to‘plam uchun 80 ming so‘m (tannarxning 16-18 foizi) miqdorida to‘lovni qayta tiklash taklif etilmoqda. Ushbu to‘lovlar hisobiga shakllangan 376,6 mlrd so‘m mablag‘ har yili o‘quvchilarni mashq daftarlari bilan ta’minlash xarajatlarining bir qismini qoplashga yo‘naltirilishi ta’kidlangan.

Endi shu raqamlarga qarab o‘n mingdan ortiq maktabda o‘qiyotgan 580 mingdan ortiq o‘quvchi uchun chiqariladigan darsliklar va bunga xalq puli – davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘ hamda undan nashriyot ko‘radigan foyda miqdorini tasavvur qilavering. Eng qo‘pol hisob-kitobning o‘ziyoq o‘shanda sohada kutilmagan muallif qanday paydo bo‘lib qolganini tushuntirayotgandek. Ijara to‘lovi yo‘qotiladi, ammo evaziga byudjet ajratmasi oshiriladi…

Fin tajribasiga asoslab ishlangan oxirgi darsliklar haqida hozir yozmayman, unga bahoni mutaxasislar allaqachon berib bo‘ldi va bu darsliklar bugun takror qayta ishlanish jarayonida. O‘qituvchi, o‘quvchi, ta’lim tizimi uni qabul qilmadi shekilli-da.

Xulosa

Sal cho‘zvordim, aytmoqchimanki, bizning hukumat ishlarida hech narsa uzoqni, hech qursa ikki yilni ko‘zlab, strategiya bilan qilinmaydigandek. Buni boshqa o‘nlab misollar qatorida yuzlab mutaxassislarning yillab tayyorlagan darsliklari bir kishining manfaati, aralashuvi va media kuchi bilan paydo qilgan buzuq muhit orqali to‘xtatib qo‘yilganida yana bir bor ko‘rdik. Mana endi o‘sha odam tizimdan chetlatilganda na bepul ijara, na ta’limda fin tizimi va na avvalgi darsliklar qolmoqda. Xo‘sh, qani sifatli darslik, qani ta’limda fin tizimi, qani bepul ijara? Nahotki, shunchalik ojiz, rejasiz bizning hukumat?!

Men hali avtohalokatlar sabab qilinib, haydovchilik guvohnomasini olish tizimi monopollashtirilgani, buning uchun OAV va blogerlardan qanday foydalanilgani, bozorga halol tadbirkorlik orqali kirmoqchi bo‘lganlar yo‘li qanday usullarda to‘silgani masalasiga kirmayapman.

P/S: Aytib qo‘yay, post buyurtma asosida va bo‘lib ham shu kunlarda darslikchiga qarshi davom etayotgan ommaviy hujumlar doirasida yozilayotgani yo‘q. Men bunday kir ishlarga aralashmayman. Men shuningdek, butun boshli mamlakat poytaxtida insonga qilingan suiqasdni qoralayman hamda tergov jamoatchilika ochiq bo‘lishi, uning tashkilotchisi kim bo‘lishidan qat’i nazar jazolanishi tarafdoriman. Shunchaki, bu o‘yinlardan jabr chekadigan o‘quvchi-yu, zahmatkash o‘qituvchilarga achinaman. Shu xayollarimni bildirib qo‘ymoqchi edim. Xayrli tun.

@haqiqatdaIlyos
🔥13👍8