Jalilov. Qaydlar
4.09K subscribers
1.46K photos
17 videos
22 files
2.29K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
Otdan oldin arava?

Xabarlarga
qaraganda, "Milliy o‘quv dasturini takomillashtirish" bo'yicha "yo'l xaritalari tuzilmoqda va ishchi guruhlar bilan uchrashuvlar o'tkazilmoqda.

Mantiqan olib qaraganda, bir narsani "takomillashtirish"dan oldin o'sha narsa ishlatib ko'riladi hamda uning baland-pasti, yutuq-kamchiliklari aniqlanadi. Chunki takomillashtirmoqchi bo'lgan narsangizning qaysi jihatlari yaxshi ishlayapti va ularga tegmaslik kerak, qaysi jihatlari yomon ishlayapti yoki ishlamayapti - "takomillashtirish"dan oldin siz bular haqida tasavvurga ega bo'lishingiz lozim.

Shu mantiqni o'quv dasturlariga (curriculum) tadbiq qiladigan bo'lsak, mavjud o'quv dasturlarini takomillashtirishdan oldin siz uni ishlatib ko'rgan, yutuq va kamchiliklari haqida ma'lumot yiqqan bo'lishingiz kerak. Buning uchun hech bo'lmaganda bir avlod uzluksiz shu dastur asosida tahsil olgan bo'lishi kerak. Buning uchun esa bizning kontekstda 11 yil kerak.

Bundan tashqari, o'quv dasturlarini qayta ko'rib chiqish, takomillashtirish yoki yangilarini joriy qilish ta'lim tizimi va (yoki) falsafasi tubdan o'zgarganda, jamiyat ehtiyojlari o'zgarganda yoki ilm-fandagi jiddiy o'zgarishlar oldingi o'quv dasturiga kiritilgan ta'lim mazmunining validligini shubha ostiga olganda amalga oshirilishi mumkin. Tabiiyki, ta'lim tizimida, jamiyatda yoki ilm-fanda bunday katta, fundamental o'zgarishlar har ikki-uch yilda amalga oshmaydi.

"Milliy o‘quv dasturini takomillashtirish"ga kelsak, bu dastur hali to'liq va oxirigacha joriy qilingani ham, bir avlod bu dastur bo'yicha uzluksiz ta'lim olgani ham yo'q: 2021-yilda bu dastur va uning asosidagi darsliklar 1-2 sinflarga, 2022-yilda 3, 6, 7, 10-sinflarga joriy qilingan edi. Biroq, 2022-yil qabul qilingan Prezident farmonida 2024-yil 1-sentabrga qadar Milliy o‘quv dasturining ta’lim jarayoniga to‘liq joriy etilishini ta'minlash topshirilgan bo'lsa-da, de-fakto Milliy o‘quv dasturidan voz kechish 2023-yilda boshlangan edi.

(Izoh: 2024-yil 4-oktyabrdagi maktabgacha ta'lim sifati va samaradorligi haqidagi farmon bilan 2022-yilgi farmondan Milliy o‘quv dasturini 2024-yilgacha to'liq joriy qilish haqidagi band imi-jimida olib tashlangan, "maktabgacha ta'lim sifatini oshirish umumiy o'rta ta'limning bor-yo'g'i 2-3 yil oldin yaratilgan va joriy qilinishi boshlangan o'quv dasturidan voz kechishni taqozo qiladimi?" degan savolni berguvchi esa, tabiiyki, topilmagan).

Demak, 2023-yilda 1-4-sinflar uchun "Novda" xususiy nashriyoti darsliklari joriy qilindi (bu darsliklarga asos bo'lgan o'quv dasturlari haligacha ochiqlanmadi, lekin ular Milliy o‘quv dasturi asosida emasligi aniq) va ikki yildan beri boshlang'ich sinflar Milliy o‘quv dasturi asosida o'qimayapti. Qolaversa, bilishimcha, bu yil yaratilgan va "bir qo'lli qilingan" 5-sinf darsliklari ham Milliy o'quv dasturi asosida emas: masalan, matematika va tabiiy fanlar Singapurdan tarjima qilingan, adabiyot darsligining mundarijasi ham 2021-yilda yaratilgan Milliy o'quv dasturining mazmuniga mos kelmaydi.

Milliy o‘quv dasturini joriy qilish nihoyasiga yetmagan va aro yo'lda qolib ketgan, turli sinflar turlicha dasturlar asosida o'qiyotgan bir sharoitda vazirlik qo'lida bu dasturning yutuq va kamchiliklari, takomillashtirish kerak bo'lgan o'rinlari haqida ishonarli ma'lumotlar bor deyish qiyin. Qolaversa, darsliklar o'quv dasturlari asosida yaratiladi (teskarisi emas!), lekin o'quv dasturlarini takomillashtirishdan oldin darsliklar yaratilib bo'lingan. Shunda "Milliy o‘quv dasturini takomillashtirish"dan maqsad o'quv dasturini o'sha hammamizga ma'lum xususiy nashtriyot tomonidan allaqachon yaratilgan (tarjima qilingan) va joriy qilin(ayot)gan darsliklarga moslashtirishmi, vazir va uning komandasi uchun "mana, dasturlarni yangiladik" degan "ochko" ishlash imkoniyatimi yoki buning tagida qandaydir boshqa sir-sinoatlar ham bormi?
🤯8👍6🔥1
Tarixiy kartochka:

O'zbekistonning davlat mustaqilligi e'lon qilinganidan qariyb ikki oy o'tib, "mustaqillik me'mori" deya e'tirof etiladigan Islom Karimov (va boshqalar) oldinroq (24-avgustda) mustaqillik e'lon qilgan va hududida faqat Ukraina Konstitutsiyasi va qonunlari amal qilishini belgilab qo'ygan Ukrainani "yangi ittifoqqa" (SSSRning yangilangan ittifoq shartnomasiga) qo'shilishga chorlamoqda. "Bunday ittifoq hayotiy zaruratdir" deyiladi murojaatda va 1991-yil mart oyida bo'lgan referendumda ko'pchilik ittifoqni yoqlab ovoz bergani eslatiladi. Qizig'i, murojaat matnida ham, gazetalardagidek, "respublika" deganda O'zbekiston, "mamlakatimiz", "davlatimiz" deganda SSSR nazarda tutilganini kuzatish mumkin.

(Izoh: Yangilangan ittifoq shartnomasi 1991-yil avgustida imzolanishi rejalashtirilgan, biroq Moskvadagi davlat to'ntarishiga urinish (GKCHP) bunga xalal bergan edi).

(Yana bir izoh: rasmiy ma'lumotlarga qaraganda, 1991-yil mart oyida O‘zbekiston aholisining 95,4 foizi SSSRning saqlab qolinishi uchun ovoz bergan).

Boshqa bir tarixiy kartochkaga ishonilsa, respublika prezidenti Islom Karimov intervyuda "O'zbekiston yangi Ittifoq shartnomasiga imzo chekishni rejalashtirmoqda" deb bayonot bergan. Bu intervyu ham O'zbekistonning davlat mustaqilligi e'lon qilinganidan keyin olingan.

XX asrning so'nggi o'n-yigirma yili va XXI asr boshlari voqealarini rasmiy propaganda prizmasidan xoli ravishda o'rganish, shaxslar va ularning tarixiy jarayonlardagi roli, pozitsiyasiga xolis baho berish vaqti kelmadimikan, degan savol tug'iladi shu o'rinda. Tarix shuni ko'rsatadiki, bunday jarayondan o'tgan va illyuziyalardan xalos bo'lgan jamiyatlarda demokratik, farovon davlat barpo qilish ishochliroq kechmoqda.
👍10🤯3
Yangi nashr

"O'zbek adabiyotini o'qitish metodikasi" kitobi nashrdan chiqdi. Nashr Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 60111400 - o'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan. Darslikdan adabiyot o'qitish bo'yicha bir qancha yangi nazariyalar, qarashlar, yondashuvlar oʻrin olgan. Nazariy qarashlar muayyan badiiy matnlar va ularni o'qitish metodikasi misolida tahlil qilingan.  Mavzularni tushunish uchun kerakli ilmiy, metodik, badiiy manbalar va hujjatlarga QR-kodlar orqali havolalar ilova qilingan. Shuningdek, fan bo'yicha amaliy mashg'ulotlar va seminarlarni o'tkazish uchun har bir mavzu yuzasidan muhokama savollari, amaliy topshiriqlar va loyiha ishlari ham kiritilgan.

Mundarija va fragment bilan quyida tanishish mumkin.

Qiziqqanlar Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi malaka oshirish markaziga (@Dsc_literature) murojaat qilishlari mumkin.
👍10👏2
Alisher Sa’dullayevning aytishicha, bu davrda (so'nggi 4 yilda) 30 mingga yaqin o‘zbekistonlik yoshlar IELTSdan 7dan baland natija qayd etgan. 8 ball olganlar soni 3 mingga yaqin bo‘lsa, 30 nafar yoshlar IELTSdan maksimal natija — 9 ball olgan. “Biz bu ko‘rsatkichni (7dan baland olganlarnimi? 9 ball olganlarnimi?) 100 mingga olib chiqmoqchimiz".

Til - "mushakbozlik musobaqasi" emas, kommunikatsiya (muloqot) vositasi. Til (xususan, ingliz tili) shu tilda yaratilgan axborotni (masalan, badiiy, ilmiy asarlarni, kino va ko'rsatuvlarni) tushunish, o'z sohasiga doir yangiliklardan xabardor bo'lish, til egalari bilan to'siqlarsiz muloqot qila olish (masalan, sayohatga chiqqanda, ish jarayonida) uchun kerak. Demak, tilni qaysi darajada egallashni ehtiyoj belgilaydi, kim o'zarga musobaqa emas. Shaxsiy kuzatishlarim bo'yicha, juda ko'p hollarda shaxsiy va professional ehtiyojlarni qondirish uchun C1 daraja (IELTS bo'yicha 7-8 ball) bemalol yetadi. Ko'p holatlarda B2 daraja ham yetarli darajada tushunish va muloqot qila olishni ta'minlashi mumkin. Ba'zi sohalarda (masalan, professional badiiy tarjima bilan shug'ullanmoqchi bo'lsangiz, lingvistika bo'yicha chuqur tadqiqot olib bormoqchi bo'lsangiz yoki IELTSdan imtihon oluvchi bo'lib ishlayman desangiz) C2 daraja (IELTS bo'yicha 8,5-9 ball) talab qilinishi mumkin.

Shunday ekan, fikri ojizimcha, vaqtni ingliz tili (yoki boshqa til) bo'yicha "bilaklarni ko'z-ko'z qilish"ga emas, kerakli darajada o'rganib, o'z sohasini chuqurroq egallashga qaratgan ma'qul. Chunki, yuqorida yozganimdek til - bu vosita. Muloqot vositasi. Undan "fetish" yasash shart emas.
🔥28👍9😱1🤬1
LiDep partiyasidan 3-raqamli nomzod, amaldagi Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarovaning saylovoldi dasturi. Vazir deputat bo'lsa, pedagoglar ish haqini o'rtacha 2 barobarga oshirishni va'da qilmoqda. Nomzodning dasturida ta'limga oid boshqa masalalar ko'rinmadi.
🤔21👍1
Bugun tunda Toshkent viloyatida spektakl namoyish qilinibdimi? "Surish" serialining navbatdagi epizodi?
🔥30👍13🤔2🤯2😱2
"Oblonskiylar xonadonida hamma narsa ostin-ustin boʻlib ketdi".
👍8🤔3🔥2😱2
Saviya tushibdi. Ikki yil oldingi fin xalq ertaklari asosidagi spektakl ancha professionalroq qoʻyilgan edi. Ishonarliroq.
🔥16👏3👍1😱1
"Bu shunaqangi kechirilmas ahmoqlikki, albatta siyosiy oqibatlari boʻlishi shart.
Killerlik soxta boʻladimi, rostmi bu dahshatli “institut” ishlab ketsa, toʻxtatish qiyin. Shu yetmay turuvdi…"

Jamshid Muslimov

Qoʻshilmaslikning iloji yoʻq.
🔥12👍8
"Feyklar haqida"

Yangi saylangan parlamentga bitta taklifim bor: birinchi yigʻilishda "feyklar haqida" qonun qabul qilish. Unga koʻra, har qanday voqea-hodisa haqida davlat organidan oldin gapirish va / yoki davlat organi pozitsiyasiga zid fikr bildirish "feyk tarqatish" deb malakalansin va javobgarlikka sabab boʻlsin. Shunda hammasi iziga tushib ketadi. Har safar biron bir voqea ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotganda alohida ogohlantirish bilan chiqishga hojat qolmaydi.
👍8👎2🔥2🤯2
Boliviyaning sobiq prezidenti Evo Morales bugun o‘z mashinasida ketayotganida o‘qqa tutilganini aytdi. Mashinasi ichida olingan videoda u yo‘lovchi o‘rindig‘ida o‘tirgani va old oynadagi kamida uch o‘q izlari aks etgan. Haydovchi jarohat olgan ko‘rinadi. Morales hukumatni aybladi, hukumat darhol rad etdi. Hujumdan ko‘p o‘tmay (hammani uzoq kuttirmay) radioga bergan intervyusida u yo‘lda ikki mashina ularning yo‘lini to‘sib, o‘t ochgani va bir o‘q uning boshidan bir necha santimetr masofada vizillab o‘tganini aytdi.

Boliviya hozirda kamayib borayotgan gaz ishlab chiqarish, tugab qolayotgan valyuta zahiralari va o‘sayotgan inflyatsiyadan jabr chekmoqda.

Jurnalist Ibrat Safo
👍9
Sahna xabarlaridan taʼlim xabarlariga oʻtamiz. Oʻqituvchilar yozmoqda:

Bizda bugun markazlashgan ChSB jarayonlari ekan, dars bo‘masakan, o‘quvchilarni 100% ta’minlab berarkanmiz. Bo‘lmasa ota-onasini chaqir, tushuntirish xati yozdir, 3 dan ortiq baho qo‘ymaysan degan joylari borakan. Spravkali kasallarniyam chaqirdik. Endi o‘zimizga o‘zimiz sabr tilayapmiz😢
😱9👍2🤯2😢2
Dastlabki natijalarga koʻra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida OʻzLiDeP yagona saylov okrugi boʻyicha 26 oʻrinni egallagan.

Bir savol: bu degani - partiya roʻyxatida 3-raqamli nomzod, amaldagi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova ham Oliy Majlisga oʻtganini bildiradimi?
👍9🔥4
Davletovuz kanali yozmoqda:

Saylov kodeksiga ko‘ra, partiya ro‘yxati bo‘yicha saylanib, mandatga ega bo‘lgan deputat mandatdan ixtiyoriy ravishda voz kechgan taqdirda, Markaziy saylov komissiyasi tegishli partiya ro‘yxatidagi tartib raqam bo‘yicha keyingi nomzodga bir kunlik muddatda xabarnoma yuboradi.

Ilgariroq Uzdiplomat nashri bir qancha vazirlar, jumladan, O'zLiDeP ro'yxatida 3-raqamli nomzod, amaldagi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova ham, agar deputatlikka saylansa vazir lavozimidan voz kechishi haqida ariza yozganini xabar qilgan edi.

Shi o'rinda yuqoridagiga qo'shimcha yana bir savol tug'iladi: amaldor o'z lavozimidan voz kechish niyati bo'lmasa, partiya ro'yxatiga nega nomzodini qo'yadi? Ro'yxatni to'ldirish uchunmi? Ro'yxatdan pastroqdagilarga "parovoz" bo'lish uchunmi? Yoki boshqa sabab bormi? Partiyaga ovoz bergan saylovchi aynan shu nomzod ro'yxatda borligi uchun ovoz bergan bo'lsa-chi?
👍12🔥5
Saylovchilarda chinakam tanlov yo'q edi: YXHT Xalqaro Kuzatish missiyasining parlament saylovlari bo'yicha dastlabki xulosalari

YXHT Kuzatish missiyasi o'zining dastlabki xulosalarini e'lon qildi. Ularga ko'ra:

- Siyosiy muhit erkinlikni cheklaydigan darajada qolgan holda, saylovchilarga chinakam tanlash imkoniyatini bermadi.

- Uyushmalar va tinch yigʻilishlar erkinligi hamda soʻz erkinligi borasidagi asosiy huquqlar qonun hujjatlarida ham, amaliyotda ham nomutanosib ravishda cheklanganligicha qolmoqda.

- Roʻyxatga olingan beshta siyosiy partiyaning barchasi qonun asosida erkin va teng sharoitlarda saylovoldi kampaniyalarini olib borishga muvaffaq boʻldi, biroq ularning saylovoldi kampaniyalari vazmin ruhda boʻlib, hukmron partiya yoki bir-birining siyosatiga jiddiy eʼtirozlar bildirmadi.

- Saylov kuni tinch va tartibli o‘tdi, biroq ko‘plab qonunbuzarliklar, xizmat mavqeini suiisteʼmol qilish holatlari, protsessual va texnik nosozliklar jarayonga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

- Umuman olganda, saylov qonunchiligi xalqaro standartlarga va YXHTning demokratik saylovlarni o‘tkazish bo‘yicha majburiyatlariga to‘liq mos kelmaydi.
👏17👍2😢2