"Bitta tog‘ lolasini qiziqib uzgan cho‘ponga 2 mln so‘mga yaqin jarima solgan Ekologiya vazirligimiz shuncha odam, tabiat qiynalib turganda nimagadir jim o‘tiribdi".
Nafaqat ekologiya vazirligi, butun boshli hukumat, ekologiya partiyasi, boshqa partiyalar - umuman, hamma jim - boysunliklar taʼbiri bilan aytganda, "koʻzi koʻr, qulogʻi kar, jinni yoqib olgan"ga oʻxshaydi. Har qalay na hukumatdan, na elektorat ovozi uchun kurash illyuziyasini yaratayotgan partiyalardan biron-bir joʻyali munosabat yoki xatti-harakatlar rejasini koʻrmadim. Hamma faqat axborot olib turish bilan band shekilli.

Газета.uz
“Ertangi kunga umid bor-u, ishonch yo‘q”. Boysunliklar — gaz konidagi ikkinchi avariyadan keyingi vaziyat haqida – O‘zbekiston…
Boysundagi M-25 gaz konida 17-sentabrda takroriy avariya oqibatlari 1-sentabrdagi birinchi falokatdan og‘irroq bo‘ldi — qurbonlar va jarohatlanganlar bor. Omon qolgan aholiga ham oson bo‘lmayapti. 'Gazeta.uz' vaziyat yuzasidan ishonchli axborot, yordam va…
😢16👍4🔥2
"Metodist" jurnalining taklifi bilan shanba, 28-sentyabr kuni soat 17:00da jurnalning telegram kanalida "Matnni tushunish: nima va qanday?" mavzusida vebinar rejalashtirilgan. Vebinarda matnni tushunish o'zi nima, u qanday sodir bo'ladi, uning samarali bo'lishi uchun nimalarga e'tibor berish kerak, matnni tushunish haqidagi nazariy bilimlarimiz til va adabiyot darslariga qanday ta'sir qiladi singari masalalarni ko'rib chiqamiz. Vebinarga jurnalning telegram kanalida shanba kuni e'lon qilinadigan havola orqali ishtirok etish mumkin.
"1000 kitob" podkastining 5-soni:
Xabaringiz bor, "1000 kitob" loyihasi doirasida ta'lim nazariyalariga bag'ishlangan "Ways of Learning" kitobi tarjima qilinmoqda. "1000 kitob" podkastining navbatdagi soni doirasida jurnalist Muhrim A'zamxo'jayev va pedagog, tadqiqotchi Shokir Tursun bilan suhbatimiz tarjima qilinayotgan kitobda qamrab olingan nazariyalardan boshlab, kattaroq masalalarga - "Tilla baliqcha"ning 5-sinf uchun qay darajada tushunarligigi, til qanday o'rganilishi, o'quvchining kashf qilish jarayoni qanday kechishi, darsliklar, ta'lim tizimimizda tizimning holati va hatto alifbo singaro global masalalarga ulanib ketdi. Aslida ham, bular hammasi bir-biriga bog'liq narsalardir.

YouTube
#5 1000KITOB podkast: “Bu kitob ta’lim tizimizni yaxshilashga yordam beradi”
1000KITOB podkastining navbatdagi sonida biz ta'lim bo'yicha ekspertlar Komil Jalilov va Shokir Tursun bilan ta'lim, pedagogika, darsliklar va O'zbekistondagi ta'lim tizimi haqida suhbatlashdik.
00:00. Tizer.
01:10. Boshlandi.
02:35. Ta’lim bo‘yicha ekspert…
00:00. Tizer.
01:10. Boshlandi.
02:35. Ta’lim bo‘yicha ekspert…
👍5🔥2
"Peshonasi"ga permanent islohotlar "yozilgan" O'zbekiston ta'lim tizimida navbatdagi islohot: xayr, kollejim?
Xabar berishlaricha, islohotlardan "boshi chiqmaydigan" O'zbekiston ta'lim tizimini yana bir islohot kutmoqda. Bu safar islohot professional ta'lim tizimiga tegishli: amaldagi ("Ta'lim to'g'risida"gi qonunda belgilangan) uch darajali (boshlang'ich professional ta'lim - kasb hunar maktablari, o'rta professional ta'lim - kollejlar va o'rta maxsus professional ta'lim - texnikumlar) o'rniga faqat texnikumlarni qoldirish taklif qilinmoqda.
Uch bosqichli professional ta'lim tizimi 2019-yilda joriy qilingan edi. O'shanda yangi joriy qilnayotgan tizim "professional ta’lim tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichlarini joriy qilish orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash" maqsadlari bilan izohlangan edi. Bu tizim ta’limning xalqaro standart tasniflagichi darajalari bilan uyg‘unlashtirilishi aytilgan edi.
Bugun esa bu tizimdan voz kechilayotgani sababi sifatida "professional ta'lim tizimi muassasalari tabaqalashganligi va dasturlari o‘rtasida uzviylik bo‘lmagani sababli mavjud quvvatlardan unumli foydalanilmayotganligi" keltirilgan, biroq bu iddaoni tasdiqlovchi faktlar yoki muammoni (agar mavjud bo'lsa) hal etishning muqobil yechimlari tahlili, odatdagidek, keltilmagan. Bu esa bir necha yildan keyin taklif qilinayotgan tizim yana isloh qilinmasligiga kafolat yo'qligini anglatadi.
Uch bosqichli professional ta'lim tizimidan oldin esa "9+3" (9 yillik umumta'lim maktabi va 3 yillik o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi) tizimi amalda edi. 2017-yilda bu tizimdan voz kechilib, 11 yillik ta'limga qaytilgan edi.

🤬8😢1
Deja vu.
Bugun koʻp telegram kanallar tarqatgan xabarni - yoki shunga oʻxshashlarini - koʻp yillar oldin koʻp joylarda oʻqigandekman. Voqea qahramonlari va joylari oʻzgargan boʻlishi mumkin, lekin mohiyati oʻzgarmagan.
Shu oʻrinda buyuk Rudakiyning aytganlari esga tushadi:
Kimda-kim olmasa hayotdan taʼlim,
Unga oʻrgatolmas hech bir muallim.

🔥16
Xabar berishlaricha, Toshkentdagi maktabda rus tili darsida boʻlgan voqea Rossiya tashqi ishlar vazirligini qiziqtirib qolibdi: RF Tashqi ishlar vazirligi xodimi Mariya Zaxarovaning soʻzlariga koʻra, voqea yuzasidan rasmiy Toshkentdan rasmiy izoh soʻrayotgan ekan. Bundan oldin shimolliklarni Oʻzbekiston maktablarida tarix qanday oʻqitilishi qiziqtirgan, undan ham oldin RF federal kanallarida oʻzbek millati "1917-yildan keyin yaratilgani" haqidagi iddaolar yangragan edi.
Balki shimoldagi ayrim hali ham oʻzini "katta aka" yoki "katta opa" sanayotganlarga Oʻzbekiston suveren davlat ekanligini, Oʻzbekiston maktablaridagi tartib-intizom masalasini oʻzimiz hal qila olishimizni aytarmiz?

🤯13🔥8👍3👎2🤬2👏1
Yoʻq joydan "siyosiy" muammo "yasash" boʻyicha master-klass:
"Мы запросили официальных разъяснений у узбекистанской стороны. В дружественных отношениях стратегического партнерства и союзничества двух государств нет и не может быть места какой-либо неприязни, тем более на языковой почве. Должны приниматься последовательные меры, в том числе напоминающие общественности о благотворном влиянии многовекового использования русского языка в разных сферах нашего общения, взаимного обогащения в культурно-образовательном, научном и социально-экономическом плане", - сообщила Захарова.
"Содержание ролика не может не вызывать крайней обеспокоенности и сочувствия к ребенка, - отметила Захарова. - К узбекистанской стороне обращена настоятельная просьба дать материалу в СМИ правовую оценку и в случае обоснованности - принять меры к виновнику жестокого обращения с ребенком. Держим этот вопрос в поле самого пристального внимания".
Qiziq. Oʻzbekiston maktablarida nima, qanday oʻqitilishi, tartib-intizom, taʼlim-tarbiya - bu suveren Oʻzbekistonning ichki ishi, deydigan odam bormi?

Интерфакс
Москва запросила разъяснений в связи с инцидентом на уроке русского языка в Ташкенте
Российский МИД запросил у узбекистанской стороны официальные разъяснения в связи с инцидентом с учеником в школе в Ташкенте, заявила представитель ведомства Мария Захарова.
😱4👍2👎2🔥2
Kecha Toshkentdagi maktabda sodir boʻlgan voqea boʻyicha "Milliy tiklanish" raisi oʻz fikrlarini bildiribdi:
"Tarbiyaçi va öqituvçilarning malaka darajasi va psixologik holati tezkor, jiddiy va şaffof tahlil qilinişi lozim.
Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi rangli statistika va jarangdor xorijiy tajribalardan olingan xulosalar bilan jamoatçilikni ovutiş yölidan voz keçib, allaqaçon kelajakka tuzatib bölmas zarar berayotgan tarbiyaçi va öqituvçilarni tanlaş, samarali işlaş uçun şaroit va faoliyatni töğri baholaş masalalarida “baqirib yotgan” muammolarni körişi va yeçim berişi kerak", deb yozgan Alisher Qodirov oʻzining telegram kanalida.
Yuqoridagi iqtibosda muallif imlosi saqlandi. Rasmiy shaxsning nega Oʻzbekiston Respublikasi qonuni bilan tasdiqlangan rasmiy alifboni tan olmasdan, "oʻz alifbosi"da yozishi masalasini ochiq qoldiramiz. Boshqa narsa qiziq: partiya yetakchisi maktabdagi odatiy mojaro (normal demayapmiz, lekin odatiy - bunga oʻxshash mojarolar istalgan kuni istalgan maktabda sodir boʻlishi mumkin) haqida fikr bildirishni lozim topib, boshqa jiddiyroq (masalan, Boysun) masalalarda sukut saqlashi. Yoki maktabdagi bu mojaro shimolning nazariga tushgani uchun ham Alisher Qodirovning nazariga tushdimikan?

🔥25👍4👎2
Ijtimoiy tarmoqlar taʼlim tizimidagi "islohotlar" va bu islohotlarning oʻzi shundoq ham oʻrtachadan sezilarli darajada kamroq maosh oladigan oʻqituvchilarga taʼsiri haqida.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi "ura-ua" qilib joriy qilayotgan "mezonga asoslangan" baholash tizimi (CHSB - BSBlar)ning xarajatlari oʻqituvchi gardaniga tushmasligi kerakligi haqida oldin ham yozishgan edi. Koʻrib turibmizki, "islohotlar" oʻqituvchi hisobidan amalga oshirilayotganga oʻxshaydi.
Oʻqituvchi 1 stavka uchun 20 soat dars bersa, faniga qarab 20ta sinfga kirib chiqishi mumkin. Har bir sinfda kamida 35 oʻquvchi, kamida bir marta CHSB va bir marta BSB. Diqqat, savol: oʻqituvchi oyligining necha foizi nazorat ishlarini chiqartirishga ketadi?

😢18
"Mezonga asoslangan" deyilayotgan baholash tizimi bilan bog'liq yana bir holat. Shokir Tursun yozmoqda:
"Menga aytishlaricha, 5-sinf ona tili fanida eski darslikdan foydalanib turish tavsiya etilgan, ammo BSBlar yangi (qaysiki, nashr etilmagan) darslikdan berilibdi.
Shu maʼlumot toʻgʻrimi? Kimda qanday vaziyat?
Boshqa fanlarda ham shundaymi?"
Shokir Tursunning postiga izohlardan:
"Biz ham eski darslikdan o‘tib, yangi darslik bo‘yicha BSB olyapmiz".
"5-sinflarga eski kitobmishda yangi darslikdan BSB olar ekanmiz. Shunday shu narsaga jahlim chiqdi!"
Rasman tasdiqlanmagan ma'lumotlarga qaraganda, bu yil 5-sinflar darsliklarini chiqarish O'zbekistonliklarga o'tgan yildan beri yaxshi tanish bir monopol xususiy nashriyotga topshirilgan. Bu nashriyot hali ham darsliklarni chop qilib yetkazib bermagan.

🤯7👍2
Yuqoridagi "Mezonga asoslangan" deyilayotgan baholash tizimi bilan bog'liq post vazirlik vakili va kanal kuzatuvchilari o'rtasida qizg'in munozaraga sabab bo'ldi. Vazirlik vakilining fikriga ko'ra, oldin nazorat ishlari 12 varaqli daftarga yozilgan va bu daftarni ota-ona olib bergan. Hozir esa 12 varaqli daftar o'rniga 3 varaq oq qog'ozga yozilyapti va ota-ona endi shu 3 varaq qog'ozni olib berishi kerak.
Odatda ota-onalar farzandlari uchun kerakli o'qish anjomlarini (daftar, ruchka, qalam) va hokazo o'quv yilining boshida olib beradi. Endi tasavvur qiling: farzand uyga kelyapti-da, ota-onasiga "ertaga CHSB / BSB ekan, 3 varaq oq qog'oz topib bering" deyapti. Ishdan qaytgan ota-ona kanselyariya mollari sotiladigan do'kon qidirishi va A4 qog'oz sotib olishi kerak. Bunday qog'ozlar odatda donalab emas, pachkalab sotiladi. Shaharda-ku, mayli, bunday do'konlarni topish muammo emas va ularning ayrimlari kechgacha ishlaydi. Qishloq joyda istalgan paytda A4 formatdagi oq qog'oz sotib olish mumkin bo'lgan do'konlar ko'pmi?
Hay mayli, vazirlik vakili yozganidek, ota-ona shu qog'ozni bolasidan qizg'anmas. (Bu mantiqdan elib chiqsak, ota-ona Konstitutsiyada "bepul" deyilgan ta'limning boshqa xarajatlarini ham - maktablarning ta'miridan tortib, o'qituvchilarning oyligigacha - bolasidan "qizg'anmasligi" kerak. Masalan, darsliklarni bitta monopol nashriyotga topshirib qo'ymasdan, aksar davlatlarda bo'lganidek, erkin bozorga chiqarish va tanlash imkonini berish - "bepul ta'lim" tamoyiliga zid bo'larmish-da, maktab fondi, sinf fondi, mana endi "yangi baholash tizimi"ning xarajatlarini ota-ona "qizg'anmasligi" - "bepul ta'lim" tamoyiliga zid emasmish).
Lekin postlarda kanal kuzatuvchilari baholashning bir tamoyilini eslatishgan: practicality (amaliylik, amaliy muvofiqlik). Ushbu tamoyilga ko'ra, baholashni amalga oshirish vaqt, resurslar va logistika nuqtayi nazaridan imkonli (feasible) va samarali (efficient) bo'lishi kerak. O'qituvchi va/yoki ota-onani oq qog'oz va/yoki "printerchi" qidirib yurishga majbur qiladigan baholash tizimi qay darajada bu tamoyilga javob beradi? Ritorik savol.
Va, nazarimda, eng qiziq va eng mazmunli izoh:
"Ha keyingi postni baholashga aloqasi yoʻq. Validlik prinsipi shiftga osib qoʻyilgan tizimdan amaliy muvofiqlik talab qilish ahmoqlik boʻladi. Afsus, ming afsus"

Telegram
Jalilov. Qaydlar
Ijtimoiy tarmoqlar taʼlim tizimidagi "islohotlar" va bu islohotlarning oʻzi shundoq ham oʻrtachadan sezilarli darajada kamroq maosh oladigan oʻqituvchilarga taʼsiri haqida.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari…

🔥6👍1
"Validlik prinsipi shiftga osib qoʻyilgan tizimdan amaliy muvofiqlik talab qilish ahmoqlik boʻladi".
Shu izoh bo'yicha kichkina tushuntirish (kanal kuzatuvchilarining hammasi ham testologiyadan xabari bo'lmasligi mumkin, izohlardan esa, hatto vazirlik vakillari (ayrimlari) ham muammoning mohiyatini tushunmagan ko'rinadi):
Agar haqiqatdan ham eski darslik asosida o'qitib, BSB yangi darslikdan berilayotgan bo'lsa, bu yerda testning asosiy tamoyili - validlik tamoyili buzilgan deyishimiz mumkin. To'g'ri, test darslikka bog'lanmasligi (ya'ni test o'quvchilarning darslikda berilgan ma'lumotlarni qaytara olish ko'nikmasini tekshirmasligi) kerak. Test ta'lim standartlarida (o'quv dasturlarida) belgilangan maqsadlarga qay darajada erishilganini tekshirishi kerak.
Lekin, muammo shundaki, masalan, ona tili fanida hozir maktablarda foydalanilayotgan va yangi (hali maktablarga yetib bormagan) darsliklarning maqsadi ham har xil. Hozirda ishlatilayotgan (2020-yilda 5-nashri chiqqan) darslik grammatik yondashuv asosida tuzilgan. Darslikning dastabki bir necha darslarida so'z turkumlari haqidagi oldingi sinflarda o'tilgan ma'lumotlar takrorlangan va keyin tilshunoslikning fonetika bo'limini (tovushlar, ularning turlari, tovush o'zgarish holatlari va hokazo) tizimli o'rganish boshlangan.
Mendagi ma'lumotlarga ko'ra, yangi darslik esa, Milliy o'quv dasturi asosida oldinroq chop etilgan 6, 7, 10 sinflar darsliklari singari, kommunikativ yondashuv asosida tuzilgan. Kommunikativ yondashuvda asosiy maqsad tilning kommunikatsiya (muloqot) uchun ishlatilishi bo'ladi, ya'ni asosiy urg'u nutq ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratiladi.
Ya'ni, ikki darslik bir-bir biridan prinsipial farq qiladigan, maqsadlari farq qiladigan ikki xil yondashuv asosida tuzilgan bo'lsa, o'quv jarayonini bir darslik asosida tashkil qilib, baholashni ikkinchisi asosida tuzish - bu validlik tamoyilining qo'pol ravishda buzilishidir. Xuddi dars paytida ingliz tilini o'rgatib, imtihonni fransuz tilidan olishdek gap.

🔥6👍4
Ijtimoiy jarayonlarni ilmiy jihatdan o'rganish va tahlil qilishda tadqiqotchilar ko'p hollarda insonlarning yordamiga muhtoj bo'lishadi. Bu yordam so'rovnomalar yoki intervyularda qatnashib, fikr bildirish, tajriba-sinovlarda ishtirok etishga rozi bo'lish kabi shakllarda bo'lishi mumkin. Inha universiteti Siyosiy fanlar yo‘nalishi doktoranti Kamoliddin Mannonov aholining elektron ovoz berish tizimiga bo‘lgan munosabatini tahlil qilib, shu sohada ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan ekan. Doktorantning ilmiy ishiga yordam bermoqchi bo'lganlardan bir oz vaqtini ayamasdan, so'rovda qatnashish iltimos qilinadi.
So'rovnomada quyidagi havola orqali o'tib qatnashishingiz mumkin.
So'rovnomada quyidagi havola orqali o'tib qatnashishingiz mumkin.
Telegram
Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog
#ilmga_yordam #saylovlar
Parlament saylovlari yaqin. Barcha sohada foydalanilgani kabi, saylov jarayonlarida ham AKT va sun’iy idrok elementlaridan foydalanish, natijalarni shaffof, ishonchli, tezkor, kam xarajatli bo‘lishiga olib keladi. Bunda faqat xavfsizlik…

👍3👏2
Jurnalist Dilshoda Shomirzayeva yozmoqda:
"Taxminan chorak asr avval Chernobeldagi avariyadan keyin belorus jurnalisti “Chernobel tavallosi” asarini yozgandi.
Oʻzbekistonning keyingi avlodlari tarixning bir qismini boysunliklarning tavallosi bilan eslaydi. Eslab, xafa boʻladi".
Boysundan "hammasi joyida" degan mazmunda reportaj qilgan Sherzodxon Qudratxoʻja, qaydasiz?

😱6🔥3👍1
Gazeta.uz nashrida yaxshi bir maqola e'lon qilindi. Maqolada "Lider" nodavlat maktabi pedagogi Rufina Gridneva xalqaro tadqiqotlar asosida "XXI asr pedagogi qanday bo'lmog'i kerak?" degan savolga javob izlaydi. Maqolada mening e'tiborimni tortgan jihati: muallif XXI asr pedagogi portretini chizishga harakat qilar ekan, zamonaviy pedagogga xos bir qancha xususiyatlarni keltiradi. Xususan, pedagog o'z faoliyatini rejalashtira olishi, nimani va nima uchun o'qitayotganini tushunishi, o'quvchilarning nafaqat bilim olishi, balki ko'nikmalarini rivojlantirishiga qaratilgan faol o'qitish metodlarini ishlatishi kerak.
Muallifning xulosalariga qo'shilmaslikning iloji yo'q, albatta - ular, tushunishimcha, nafaqat xorijiy xalqaro tadqiqotlar tahlili natijasi, balki muallifning pedagog sifatidagi shacxsiy tajribasiga asoslangan hamdir.
Biroq ... muallif portretini chizib bergan pedagog shaxsi pedagogning kasbiy erkinligi rag'batlantiriladigan, pedagogga o'z kasbining ustasi sifatida ishoniladigan va albatta, pedagog o'z mehnati uchun munosib rag'batlantiriladigan tizimlarda shakllanishi mumkin.
Maqola muallifi pedagogning muhim professional ko'nikmalari ro'yxatini "nimani va nima uchun o'qitayotganini tushunish" bilan boshlab beradi. Albatta, pedagog har bir darsiga konkret maqsadlar bilan kirishi kerak. Bu maqsadlar ta'limning umumiy maqsadidan va curriculum'da (curriculum - ta'lim standartlari, o'quv dasturlari) belgilangan maqsadlardan kelib chiqadi. Biroq, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi ikkinchi to'liq o'quv yilining birinchi choragi 11 yillik majburiy ta'limning maqsad va vazifalarini belgilaydigan aniq hujjatsiz - curriculum'siz davom etmoqda. Vazirlik rasmiylari 2025-yil oxiriga borib bunday hujjatni jamoatchilik muhokamasiga qo'yishga va'da berishmoqda, biroq o'zlariga o'zlari qarshi chiqib hali dastur aniq bo'lmagan bir sharoitda darsliklarni yangilab yotishibdi. Va monopol xususiy nashriyotga topshirilgan bu darsliklar maktablarga yetib borgani ham yo'q - qaysidir sinflarga darsliklarning pdf varianti bilan, qaysidir sinflarga eski darsliklar bilan o'qib turish buyurilgan.
Maqola muallifi pedagogning muhim shaxsiy fazilatlari ro'yxatiga "o'z faoliyatini rejalashtira olish"ni kiritgan. Bir muhim narsa: muallif maqolada misol sifatida keltirilgan davlatlarda pedagogga ishoniladi. O'qituvchi rasmiy o'quv dasturida (curriculum'da) belgilangan maqsadlarga o'quvchilarni qanday olib chiqishni o'zi belgilaydi. Maqolada eslatilgan Andreas Shlyayxer, PISA dasturining kuratori, o'zining "World Class: How to Build a 21st-Century School System" kitobining muvaffaqiyatli ta'lim tizimlarining o'ziga xos xususiyatlari tahliliga bag'ishlangan bobida o'qituvchilarni mustaqil va javobgarlikni his qiladigan professionallar sifatida ko'rish haqida ham yozadi. (Bu haqda Finlyandiya ta'lim tizimi tahliliga bag'ishlangan maqolamda ham yozgan edim).
Bunday tizimlarda o'qituvchilarga har bir kunida nima o'tishni belgilab beradigan "kalendar tematik rejalar" tuzib berilmaydi. Bunday tizimlarda o'qituvchilar yoppasiga bir xil darslikdan o'tishga majbur qilinmaydi. Bunday tizimlarda o'qituvchilar dars davomida sinfdagi 30% o'quvchilarga kundalik.com da baho qo'yishga ulgurmagani uchun jazolanmaydi. Bunday tizimlarda o'qituvchilarga "metod" kuni halloslab qayerga borishi kerakligini va borib nimani o'qishini vazirlik belgilab bermaydi. Bunday tizimlarda o'qituvchi CHSB-BSBlarni o'z hisobidan chop qilish uchun "printerchi" qidirib yurmaydi. Qisqa qilib aytganda, bunday tizimda o'qituvchi erkinligi, ijodkorligi rag'batlantiriladi, buning uchun sharoit yaratiladi.
Tushunishimcha, vazirlik bunday erkinliklarni o'qituvchilarga berishga tayyor emas. Chunki berilsa, vazirlik tuzilmasidagi bir qancha boshqarmalar va tashkilotlarning keraksizligi ham oydinlashgan bo'lardi ...

Колонка: Каким должен быть педагог XXI века
Каким должен быть педагог, чтобы эффективно воспитывать и развивать новое поколение, готовое к вызовам и возможностям будущего? Руфина Гриднева, проанализировав опыт ведущих стран, предлагает портрет педагога XXI века.
👍15🔥2👏2
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Ana shu maktablar dasturlari asosida tabiiy va aniq fanlar bo‘yicha zamonaviy darsliklar yaratilmoqda. Eng muhimi, bu maktablar aniq samara bera boshladi.
Birinchidan, aniq va tabiiy fanlar darsliklari, bilishimcha, "ana shu" (Prezident yoki ixtisoslashtirilgan) maktablar dasturlari asosida ishlab chiqilmagan, shunchaki Singapur darsliklari tarjima qilingan.
Ikkinchidan, qani oʻsha darsliklar?
Ikkinchidan, qani oʻsha darsliklar?
👍10
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish tizimi yangi bosqichga olib chiqiladi. Buning uchun xalqaro darajada fan olimpiadalariga tayyorlash markazi tashkil etiladi.
Ta'limda tabaqalanish yanada kuchay(tiril)ar ekan-da. Ta'lim - bu Olimpiada emas, ta'limda boshqalarni qisish, ularga yetarli sharoit yaratmaslik hisobiga "bir hovuch" saralanganlarni "mushagini ko'z-ko'z qiladigan" darajada zo'r qilish umummamlakat miqyosida inson kapitalining o'sishiga xizmat qilmaydi. Buni PISA tadqiqotlari ham, OECDning boshqa tadqiqotlari ham tasdiqlaydi.
Afsuski, biz ilm-fanga emas, o'zimiz o'ylab topgan miflarga va "o'zimizga xos, o'zimizga mos" yo'limizga ishonadigan xalqmiz ...

👍32👎1