Jalilov. Qaydlar
4.08K subscribers
1.46K photos
17 videos
22 files
2.29K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
Curriculum (ta'lim standartlari, o'quv dasturlari): nafaqat turli sinflar o'rtasidagi, balki bir sinf ichidagi chalkashliklar

Vazir Hilola Umarova boschiligidagi ikkinchi to'liq o'quv yili aniq ta'lim maqsadlarisiz va aniq curriculum'siz boshlanayotgani haqida yozgan edim: turli sinflar turli yillarda yaratilgan, bir-biriga mazmunan va (yoki) metodik jihatdan nomutanosib dasturlar va darsliklar bilan tahsil olishda davom etmoqda. Lekin bunday nomutanosiblik nafaqat turli sinflar o'rtasida, balki bir sinf ichida ham davom etayotganga o'xshaydi. Qanday deysizmi?

Bilasiz, O'zbekistonda ta'lim 7 tilda olib boriladi. O'tgan yili "Novda" darsliklari boshlang'ich sinflar uchun o'zbek va rus tilli maktablarga joriy qilingan edi. Respublika ta'lim markazi telegram kanalidagi kalendar-taqvim rejalarni tahlil qilsangiz, ta'lim boshqa tillarda olib borilayotgan maktablarning 1-3 sinflari milliy o'quv dasturi asosida, 4-sinflari esa 2017-yil (yoki undan oldin) yaratilgan dastur va darsliklar asosida o'qiyotganini ko'rish mumkin.

Masalan, milliy o'quv dasturida ona tili ta'limi kommunikativ yondashuvga asoslanishi - asosiy maqsad bolada nutq ko'nikmalarini rivojlantirish ekanligi belgilangan edi. Shu maqsadda ona tili va o'qish fanlari ham bir fanga birlashtirilgan edi. "Novda" darsliklarida esa bu yondashuvdan voz kechildi, ona tili ta'limida asosan grammatik qoidalarni yodlatish yondashuviga qaytildi, ona tili va o'qish fanlari ajratildi. Ta'lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda esa 1-3 sinflarda ona tili va o'qish yagona sifatida, kommunikativ yondashuv asosida, 4-sinfda esa oldingi (grammatikaga asoslangan yondashuv) asosida, ona tili va o'qish fanlariga ajratilgan holda o'qitilmoqda (masalan, qarang: ta'lim tojik va qozoq tillarida olib boriladigan maktablar kalendar rejalari). Buning sababi oddiy: Milliy o'quv dasturi asosidagi darsliklar 1-3 sinflar uchun yaratilgan edi, "Novda" esa ta'lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablar uchun darsliklar yaratishni lozim bilmagan ko'rinadi.
🔥4😱2
1,3 trln sarflangan darsliklarni bir yil o'tar-o'tmas qayta chop qilish xarajatlarini kim to'laydi?

Kecha kanalda joylangan so'rovnomada javob berganlarning 23%i "faqat ayrim fanlardan 2023-24 yillarda yaratilgan darsliklarning qog'oz nusxalarini olganmiz", 36%i esa "hech qaysi fandan darsliklarning chop qilingan nusxalarini olmaganmiz" deb javob berishdi. Ya'ni, so'rovnomada qatnashganlarning yarmidan ko'pida darsliklarning mavjudligi bilan bog'liq muammo mavjud. Albatta, bu so'rovnoma reprezentativlikka da'vo qilmaydi, lekin haqiqiy vaziyatni tasavvur qilishga yordam beradi. Buni so'rovnoma joylangan post ostida qoldirilgan izohlardan ham bilish mumkin. Masalan, izoh qoldirganlar 8-9-sinflar tarix fani rejasi yangi darsliklar asosida tuzilgani, o'quvchilar qo'lida esa bu darsliklar yo'qligini yozishgan. Boshqa bir kanal kuzatuvchisi 5-sinf uchun yangi darsliklar kelguncha eskisidan foydalanish aytilganligini yozgan.

Bu yoqda boshlang'ich sinflar bilan ham "kasha": ta'lim o'zbek va rus tillarida olib boriladigan maktablarning boshlang'ich sinflari o'tgan yili chop etilgan va qaysi dasturlar asosida yaratilgani hali ham mavhum qolayotgan "Novda" darsliklari asosida o'qishmoqda, ta'lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarning 1-3 sinflari 2021-2022-yilda Milliy o'quv dasturi asosida yaratilgan darsliklar asosida, 4-sinflari esa 2017-yilgi (yoki undan oldingi) dasturlar va darsliklar asosida o'qishayotgan ko'rinadi.

Qizig'i, o'sha "Novda"ning darsliklari bilan ahvol "silliq" emasga o'xshaydi. Masalan, o'quv yilining birinchi haftasi o'tdi, lekin biz hali ham ayrim fanlardan darsliklarni ("Novda"ning darsliklarini) olmadik. Vaholanki, bu darsliklar o'tgan yili chiqarilgan, demak, mantiqan olib qaraganda ular maktab kutubxonalarida bo'lishi kerak (edi). Rasmiylardan sababini so'raganimda: "Darsliklarda xatolar bor ekan, ularni to'g'rilab qayta chop qilishyapti, yetib kelishi bilan bolalarga tarqatamiz" deyishdi.

Endi vazir Hilola Umarovaga va vazirlikdagi ta'lim mazmuni, metodikasiga mas'ullarga savollar (bilaman, baribir bu savolga ham, oldingilari singari, javob bermaysiz, lekin baribir):

Ta'limga mas'ullar sifatida, o'tgan yili chop qilishga, maktablarga tarqatishga ruxsat berishdan oldin bu darsliklarni varaqlab ko'rganmidingizlar? Bu qanday xatolar bo'ldiki, bir yil o'tar-o'tmas darsliklarni qayta chop qilish zarurati tug'ildi? Bu darsliklar asosida bir yil tahsil olgan bolalar nima bo'ladi? O'tgan yili shundoq ham defitsitli byudjetdan 1,3 trln ajratilib chop etilgan darsliklarni (yoki ularning bir qismini) bir-yil o'tar-o'tmas qayta chop qilish xarajatlarini kim to'laydi?
😢11🤬6🤯2
O'zbekiston - ijtimoiy davlat?

O‘zbekistonda samarasiz foydalanilayotgan yirik shifoxonalar, madaniyat va sport inshootlari, istirohat bog‘lari xususiy sektorga DXSH asosida berilishi mumkin. Prezident qaroriga ko'ra, samarasiz foydalanib kelinayotgan respublikadagi yirik shifoxonalar, madaniyat va sport inshootlarini (shu jumladan, madaniyat saroylari, stadionlar, konsert zallari, istirohat bog‘lari) xatlovdan o‘tkazadi. Shundan so‘ng, ularni xususiy sektorga DXSH asosida o‘tkazish bo‘yicha hukumatga taklif kiritadi. Qarorda samarasiz foydalanish deganda aniq nima nazarda tutilgani ko‘rsatilmagan.

Bunday yondashuvning xavotirliligi nafaqat qarorqa "samarasiz"likning mezonlariga oydinlik kiritilmaganida emas. Darhaqiqat, "samarasizlik" deganda nima nazarda tutilmoqda? Bunday obyektlarning iqtisodiy foyda keltirmayotganimi? Lekin, shifoxonalar, madaniyat va sport inshootlari, istirohat bog‘lari - ijtimoiy obyektlar. Ular soliq to'lovchilar hisobidan moliyalashtiriladi va "ayni damda va shu yerda", ko'zga ko'rinadigan iqtisodiy foyda keltirishini kutish mantiqsizlikdir. Masalan, Harvard universitetida iqtisodiyot bo'yicha doktorlikni yoqlagan Botir Qobilov istirohat bog‘lari va yashil maydonlarni qisqartirish aholi o‘rtasida tengsizlikni kuchaytirishi, aholini nosog‘lomroq, baxtsizroq va kambag‘alroq qilishi haqida yozgan edi.

Agar "samarasiz" deganda bunday obyektlar ko'rsatayotgan xizmat sifatining pastligi nazarda tutilgan bo'lsa ham ularni xususiy qo'llarga berish yechim emas. To'g'ri, investor bu obyektlardagi xizmat sifatini yaxshilashi mumkin, lekin har qanday investorning maqsadi - sarflangan sarmoyani qaytarish, demak, bu obyektlardan hamma ham foydalana olmaydi va yana o'sha - kambag'allik va tengsizlik muammosi,

Bunday yondashuvning menda xavotir uyg'otishiga yana bir sabab: davlat "samarasizlik" bahonasi bilan o'zining fuqarolar oldidagi majburiyatini zimmasidan soqit qilmoqchi. Yaqindagina as'asa-yu dabdaba bilan yangilgangan Konstitutsiyaning birinchi moddasida O'zbekiston ijtimoiy davlat ekanligi belgilab qo'yildi. Bu shunchaki chiroyli so'z emas, davlat bu bilan o'z zimmasiga kuchli majburiyatlarni oldi. Bu majburiyatlar bajarilishi kerak. Demak, ijtimoiy obyektlarni xususiy qo'llarga berib ulardan qutulish emas, ularni samarali ishlatish - davlatning fuqarolar, soliq to'lovchilar oldidagi majbriyati. Tasavvur qiling, bugun "samarasiz ishlayapti" bahonasi bilan kasalaxonalar, sport inshootlari va istirohat bog'larini sotvorsak, ertaga maktablar va bog'chalarni (axir ta'lim ham samarasiz ishlayapti-ku), ertaga madaniy meros obyektlarini ...

Qolaversa, ko'plab ijtimoiy obyektlarga, Bakiroo aytmoqchi, oligarxiyaning "tamshanib" turishi - bu obyektlarning ijtimoiy qiymatida emas, balki "yog'li" joylarda joylashganida ...

Asosiy vazifasi O'zbekistonda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning (qonun, qaror, farmonlar) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash bo'lgan Konstitutsiyaviy sud nima deydi?
🔥10😢3👍1
Oxirgi paytlarda ayrim ta'lim sohasi vakillari bilan gaplashib, shunday xulosaga kelyapman: umumiyat-la olganda bizning pedagogika, metodika haqidagi qarashlarimiz qandaydir subyektiv qarashlarga asoslangan. Aksar hollarda bu qarashlar shunchaki kimningdir hech qanday valid empirik tadqiqotga asoslanmagan fikri, lekin bu fikrni ilgari surgan yoki surayotganlarning "vazni" katta bo'lgani uchun unga e'tiroz bildirilmaydi, fikri savol ostiga qo'yilmaydi. Bu fikr kimningdir subyektiv fikri bo'lib qolsa-ku, mayli, lekin ba'zan bu fikrlar asosida ta'lim dasturlari tuziladi, darsliklar yaratiladi, o'qitish tizimi yo'lga qo'yiladi. Va eng yomoni - bu "vazni og'ir" kazolar butun dunyoda o'z isbotini topgan va pedagogik tafakkurda qabul qilingan tushunchalarni shunchaki "xorijning qarashlari bizga to'g'ri kelmaydi" deb inkor qilishadi. Keyin esa "nega o'quvchilarimiz oddiy narsalarni tushunmayapti" deb o'tiramiz. Axir, pedagogikaning oddiy ilmiy qonuniyatlari hisobga olinmagandan keyin, tuzilgan dasturlar yoki ilgari surilgan metodikalar ish bermasligi tayin-ku. Bu xuddi, deylik, fizikaning bazaviy qonuniyatlarini hisobga olmay yaratgan mashinangiz o'rnidan siljimasligiday bir gap.

Ilgariroq "sxemalar nazariyasi" haqida yozgandim. Undan keyin oldingi bilimlarning o'rganish jarayonidaghi ahamiyati haqida yozdim: yangi bilim samarali o'zlashtirilishi uchun mos, yetarli va to'g'ri oldingi bilimlar bo'lishi va ular faollashtirilishi kerak. Shunga o'xshash fikrni yana bir olim ilgari surgan: Amerika psixologi Devid Ozbel. "1000 kitob" loyihasi doirasiga tarjima qilinayotgan "Ways of Learning" kitobidan olingan parchaga e'tibor bering: ma'noli o'rganish hosil bo'lishi uchun biz yangi bilimlarni kognitiv strukturamizdagi (sxemalarimizdagi) mavjud bilimlar bilan bog'lay olishimiz kerak.

Bunday fikrlar, nazariyalar yo'q joydan paydo bo'lmagan - ular empirik tadqiqotlar natijasi bo'lib, insonning qanday o'rganishini tasvirlaydigan bazaviy qonuniyatlar sifatida qabul qilingan. Ularni "bu xorijniki, bizning kontekstga to'g'ri kelmaydi, bizning millliy pedagogikamiz (o'zimizga xos, o'zimizga mos yo'limiz) bor" deb inkor qilish mumkin, lekin bundan faqat o'zimiz va o'quvchilarimiz ziyon ko'ramiz, xolos.
👍7
Ko'kaldosh endi Registonda emas, Ichan qal'a endi Buxoroda emas. Lekin asosiy savol baribir dolzarbligicha qoladi

Oldinroq "Novda"ning ayrim darsliklari xatoliklar sabab qayta chop qilinayotgani, o'quvchilar esa o'quv yilini darsliklarsiz boshlashga majbur bo'layotgani haqida yozgan edim. Ta'limni rivojlantirish markazi shunday qayta chop etil(ayot)gan darsliklardan biri - ta'lim rus tilida olib borilayotgan maktablarning 3-sinfi uchun o'qish darsligining dastlabki bir nechta darslarini e'lon qilibdi. Bu darslik o'tgan yili O'zbekistondagi tarixiy obidalar nomlarini chalkashtirgani bilan mashhur bo'lgan edi. Darsliklarning bu yilgi, "2-chi, qayta ishlangan" nashridagi e'lon qilingan darslarni o'tgan yili e'lon qilingan darslar bilan solishtirib, metodika yoki mazmunda jiddiy o'zgarishlar ko'rmadim (obidalar nomlari tog'rilanganini hisobga olmasa). Masalan, darslikning boshidagi she'r - Abdulla Oripovning "O'zbekiston" she'ri tili va badiiy xususiyatlari jihatdan bu yoshdagi o'quvchiga umuman to'g'ri kelmaydi, she'rdan keyin (6-betda) berilgan savollarga javob berish uchun (masalan, "she'rda shoir qanday badiiy tasvir vositalarini ishlatgan?") o'quvchida oldingi bilimlar ("prior knowledge") yetishmaydi, lekin shunga qaramasdan she'r ham, savollar ham almashtirilmagan.

O'sha savol: o'tgan yili shundoq ham defitsitli byudjetdan 1,3 trln ajratilib chop etilgan darsliklarni (yoki ularning bir qismini) bir-yil o'tar-o'tmas qayta chop qilish xarajatlari kimning gardanida? "Novda"ningmi yoki soliq to'lovchilarning?
👍14😢8
O'zbekistonda jurnalist bo'lish qiyin. "Tepa"dagilar jurnalist "milliy kontent" yaratishi, "olamshumul islohotlar"ni yoritishi, "axborot siyosati" bo'yicha maxsus tayinlangan amaldor(lar)ning ma'ruzalarini tinglab, u(lar)ning yo'l-yo'rig'iga amal qilishi kerak deb hisoblashadi. Haqiqiy jurnalist esa o'z vazifasini jamiyatni qiynayotgan muammolar haqida signal berishda, rasmiylarni so'roqqa tutishda, jamiyatdagi jarayonlarni tahlil qilishda deb biladi. Mana shu bir-biriga mutlaqo qarama-qarshi qarashlar shundoq ham oson bo'lmagan ishni yanada qiyinlashtiradi: 404lar, anjumanlarda savol bermaslik iltimoslari yoki savol berilganda konkret javob ololmaslik, davlat organlari va amaldorlarining faqat "tanlangan" jurnalistlarga ma'lumot berishni xush ko'rishi ...

O'zbekistonda jurnalist bo'lishday qiyin ishni uddalayotganlar ham bor. Ko'p emas, lekin bor. Ular turli nashrlarda ishlashadi, lekin ularni shu jamiyat ertasi uchun qayg'urish birlashtirib turadi. Men shaxsan taniydigan, hurmat qiladigan va materiallarini kuzatib boradigan jurnalistlardan biri - kun.uz jurnalisti Dilshoda Shomirzayeva o'zining telegram kanalini yurita boshlabdi. Agar ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga qiziqsangiz, kanalni kuzatib borishni tavsiya qilaman. Umid qilamanki, unda o'ziga xos tahlilllar, rakurslar, kimlardir uchun "noqulay" savollar bo'ladi. Zero, turfa ovozlarning, "axborot siyosati"ning rasmiy chegaralaridan chiqadigan tahlillar, "noqulay" masalalarni ko'tara oladigan va "noqulay" savollarni bera oladigan ovozlarning kamdan ko'ra ko'proq bo'lgani yaxshi.
👍8🔥3
Министерства энергетики Узбекистана и России договорились о присоединении российского «Системного оператора» к Объединенной энергосистеме (ОЭС) Центральной Азии. Новый партнер будет контролировать перетоки между странами, сообщает ТАСС.

Oʻsha "peretok"larni Markaziy Osiyo davlatlari oʻzlari Rossiyasiz nazorat qila olmaydimi?
😢15👍1🤯1
Forwarded from Kanada orzusi
#таълим #мактаб

Нажот – таълимда

Болам 1-синфни Канада мактабларидан бирида бошлаганига хурсандман, рости. “Дарё”, gazeta.uz’да ишлаган пайтларим дарсликлар, ўзбек болалар адабиёти муаммоларини кўпроқ ёритардим, жонкуяр таълим эксперти Комил Жалилов, янги авлод дарсликлари муаллиф-муҳаррирлари билан суҳбатлар тайёрлагандим.

Вазият яхшиланаман деб турганида бирдан ўзгарганди: мактабларда таълим сифати тушишдан тўхтамади (ҳозирам ўнгланмаган), дарсликлар ёзиш-чиқариш “каттаконлар” қўлига ўтди, хатоларига кўз юмилиб ўқув дастурлари қабул қилинди, аввал Финландия, кейин Сингапур тажрибаси олинди, ўқитувчи ишига аралашадиганлар камаймади – ўртада ўқувчи сарсон, ота-оналар вазиятга ноилож кўнди, менимча.

Ривожланган давлатлар тажрибаси бизда ҳам иш берди, деган гапни эшитмадим шу чоққача. Аксинча, креатив (ижодий) фикрлашини баҳоловчи PISA-2022 халқаро тадқиқоти натижаларида Ўзбекистон энг охирги ўнталикдан жой олди. Бошқа рейтингларда ҳам қуйидамиз. Охиридан биринчи/ўнинчи дейди-ку...

------------------
Майли, яхши хабарларга ўтадиган бўлсам, бугун мактаб директоримиз имейл юборибди. 18 сентябрда Garneau мактаби жамоаси билан ота-оналар танишуви бўларкан. Болаларимиз синфхонасини кўздан кечириб, кейин актив залда директор, мактаб кенгаши, Garneau жамияти аъзолари, волонтёр ота-оналар билан саломлашарканмиз.

Менга энг ёққани: бу йил Эдмонтон давлат мактабларида янги провинциал ўқув дастури (new provincial curriculum) жорий этилибди. Илм-фан (science) билан, ижтимоий фанлар (пилот режимда) чуқурроқ ўқитиларкан.

Синов-тажриба сифатида олиб кирилаётган ижтимоий фанлар кейинги ўқув йилига тўлиқ жорий этилишидан аввал барча фикр-мулоҳаза, таклифлар кўриб чиқиларкан.

Шу хабарни ўқидиму, яқинда Комил Жалиловнинг: “Вазир Ҳилола Умарова бошчилигидаги иккинчи тўлиқ ўқув йили аниқ таълим мақсадларисиз ва аниқ curriculum’сиз бошланмоқда” деган пости эсимга тушди.

Болалар тақдири, таълими ўйин қилиниши ачинарли... Суриштирилса, тепадаги “каттаконлар”нинг боласи оддий мактабда ўқимайди: ё хусусий, ёки ихтисослашганда савод чиқаради. Аммо репетитор, хусусий мактаб, қўшимча дарс, махсус машғулотларга ҳаммадаям баравар имкон йўқ. Халқ болалари эса сифатли, асоси пухта ўрта таълимни олишга ҳақли.

@chnizomiddinova
👍21🔥5
Gazeta.uz dan Uchinchi Renessansga qadam qoʻygan Yangi Oʻzbekistonda inson qadri haqida reportaj.

"Rahbarlar Boysunning xalqi to‘g‘risida qiziqmayapti. Mayli, biz yoshimizni yashaganmiz, lekin bolalar-chi?"

"Kofirunga yaqin Rabot degan shaharchada ahvol juda yomon. Aholi evakuatsiya qilinmagan, qanday himoyalanish kerakligi haqida ham ogohlantirilmagan".

"Kofirundan 10 kilometr uzoqda turamiz. Ahvol yomon. Ko‘chib ketaylik desak, sharoitimiz yo‘q. Davlat hali odamlar bilan qiziqqani yo‘q. Umuman, ekologiya buzilib ketgan, sog‘lig‘imizga jiddiy zarar yetkazyapti".

"Davlat tomondan hech qanday choralar ko‘rilgani yo‘q. “Mana bunday ehtiyot choralarini ko‘ringlar, mana bu dorilarni ichinglar, niqob taqinglar”, degan tavsiyalar, ogohlantirishlar ham berilmadi".
😢11🔥6👍2
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati "O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar ro‘yxati"ni tasdiqladi hamda mazkur reyting va indekslarda mamlakatimizning o‘rnini yaxshilash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish uchun mas'ul idoralarni belgiladi. Ro'yxatdan 15ta reyting o'rin olgan.

Qizig'i, ro'yxatdan demokratiya, qonun ustivorligi, hukumatning aholiga hisobdorligi, fuqarolarning mamlakat boshqaruvidagi ishtiroki bilan bog'liq reytinglarga ko'zim tushmadi. Masalan, turli mamlakatlarda siyosiy va fuqarolik erkinliklari holatini tadqiq qiladigan Freedom House tashkilotining reytingida O'zbekiston 100dan 12 ball bilan "erkin bo'lmagan" mamlakatlar qatoridan o'rin egallaydi. Buyuk Britaniyaning The Economist Intelligence Unit (EIU) tadqiqot tashkiloti reytingida O'zbekiston 10dan 2,12 ball bilan "avtoritar" davlatlar qatorida qolmoqda. Demokratiya va saylovlarga ko'maklashish xalqaro instituti (International IDEA) reytingida O'zbekiston 0,297 ball bilan dunyodagi demokratik ko'rsatkichlari eng yomon bo'lgan 25% davlatlar qatoridan o'rin olgan.

Demokratiya, haqiqiy saylovlar (imitatsiya emas), ijroiya hukumatning xalq oldidagi hisobdorligi, so'z erkinligi bo'lmas ekan, iqtisodiy rivojanish bo'lmaydi. YAIMning o'sishi singari chiroyli ko'rsatkichlar yoki "islohot" degan balandparvoz gaplar faqat bir hovuch "elita"ning cho'ntagini qappaytiradigan chiroyli shirmaga aylanadi, xolos.
🔥16👍7