Jalilov. Qaydlar
4.08K subscribers
1.46K photos
17 videos
22 files
2.29K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
Yuqoridagi fikrga yana ham konkretroq misol.

Bir necha yillar oldin nashr qilingan 5-sinf adabiyot darsliklarida Jonatan Sviftning "Gulliverning sayohatlari" romanidan parchalar keltirilgan edi. Bir qarashda, ertak va sarguzasht elementlari bor, bu yoshdagi bolaga mos asardek koʻrinishi mumkin. Biroq ...

Sviftning mazkur romani - bolalar uchun ertak emas, siyosiy satira. Svift asar orqali (ayniqsa uning birinchi qismi - "Liliputiyaga sayohat" orqali) oʻsha davrda Angliya va umuman Yevropadagi siyosiy voqealarni, tartiblarni oʻtkir kulgi ostiga oladi: davlatlar oʻrtasidagi urushlar, siyosiy partiyalar va diniy mazhablar oʻrtasidagi nizolar, davlat boshqaruvi tizimi, bosh vazir va boshqa davlat amaldorining tayinlanish tizimi va hokazo. Demak, asarni tushunish va tahlil qilish uchun nafaqat adabiyotshunoslik boʻyicha muayyan bilimlar (ramz, metafora, kinoya, grotesk va hokazo), balki tarix, siyosat, davlat boshqaruvi kabi sohalardan muayyan tasavvurlar boʻlishi kerak. Bular esa 5-sinf oʻquvchisida yoʻq. Demak, bu asarni oʻquvchi shunchaki oddiy ertak sifatida qabul qiladi va tagmaʼnolarini anglab yetmaydi, demakki, asarning qiymati ham yoʻqqa chiqadi, ham fan boʻyicha biron-bir taʼlimiy maqsadlarga erishish imkoni boʻlmaydi.
🔥11👍4
Yuqoridagi postga izoh qoldirishibdi:

"Yaqinda shu haqida gaplashgandik doʻstlar bilan, 6-sinfda "Sobiq" hikoyasi boʻlardi, uni oʻqib ham yaxshi tushunmaganmiz, hatto oʻqituvchimiz ham tuzukroq tushuntira olmagandi".

"Sobiq"da muayyan ijtimoiy hodisalar kulgi ostiga olingan: "mehnat udarniklari" yoki "staxanovchilar", ulardan propaganda uchun "bayroq" sifatida foydalanilishi, tadbirbizliklar ...

6-sinf oʻquvchisi "sxema"sida bular haqida tasavvur yoʻq. Yaʼni, yangi bilim va mavjud bilim oʻrtasida "tutash nuqtalar" yoʻq. Shunday ekan, bunday asarlarni bu yoshdagi oʻquvchilarga oʻqitish, nazarimda, bemaʼnilik va vaqtni bekor ketkazish.
👍10👏1
Yuqoridagi postlarga (1, 2, 3) qoʻshimcha yana bir narsa.

Eʼtiroz boʻlishi mumkin: "metodik yondashuvga ham koʻp narsa bogʻliq, yaxshi savol va topshiriqlar bilan oʻquvchini yoʻnaltirish, asarning mohiyatini tushunish va tahlil qilishga yoʻnaltirish mumkin" deb.

Bu eʼtirozga javob berish uchun yana bitta nazariy tushunchaga murojaat qilamiz: yaqin rivojlanish zonasi. Rus olimi Vigotskiy fanga olib kirgan bu tushuncha oʻquvchi hali mustaqil bajara olmaydigan, lekin yordam berilsa qila oladigan narsalarni bildiradi. Taʼlim jarayonida muttasil tarzda yaqin rivojlanish zonasi aktual rivojlanish zonasiga aylanib boradi (yaʼni bu narsalarni oʻquvchi yordamsiz ham bajara olish darajasiga chiqadi). Lekin yaqin rivojlanish zonasi ham oʻsha sxemalardagi "tutashuv nuqtalari"ga asoslanadi, yaʼni hech qanday "tutashuv nuqtasi" boʻlmagan narsa yaqin rivojlanish zonasi boʻla olmaydi. Demak, oʻquvchi yoshi va hozirgi "sxemasi"ga mos boʻlmagan material berish bilan siz kamida pedagogikadagi ikkita tan olingan, umum qabul qilingan nazariyaga qarshi chiqasiz. Bunday holatda sizga hech qanday savol-topshiriqlar tizimi yordam bera olmaydi.
👍4
Ayojib.

2024-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston davlat budjeti defitsiti 36,4 trillion so‘mni (e'lon qilingan kundagi Markaziy bank kursi bo‘yicha qariyb 2 milliard AQSh dollarini) tashkil etdi.

Shu o'rinda bir qiziq savol. Har xil NTTlarning (NTT - nodavlat notijorat tashkiloti) xorijdagi tadbirlari shu NTTlar hisobidan o'tkazilyaptimi yoki davlat byudjeti hisobidan?
😱6
"Sxema nazariyasi" va o'rganish jarayonida o'quvchining mavjud bilim bilan yangi bilimni bog'lashning samarali o'rganish uchun ahamiyati haqida yozgan edim. Sxema nazariyasining metodikada qo'llanilishiga yaqqol misol - yangi mavzuni o'tishdan yoki (til, adabiyot darslarida) yangi matn bilan ishlashdan oldin beriladigan faollashtiruvchi topshiriqlar. Bunday topshiriqlar aynan o'quvchi ongida mavjud va yangi mavzuni (matnni) tushunishga yordam beradigan bilimni ("sxema"ni) faollashtirishga, "sxema"da mavjud bilim bilan yangisini bog'lashga ("ko'prik qurish"ga) yordam beradi. Masalan, 2022-yilda yaratilgan "Adabiyot" darsliklariga (6-, 7-, 10-sinflar) mutolaadan oldingi topshiriqlar shunchaki "xorij modasi" bo'lgani uchun kiritilmagan - bunday tophiriqlar, shu jumladan, "sxema"larni faollashtirish va shu orqali yangi matnni tushunish va tahlil qilishga yordam berishga xizmat qiladi. (Bunday yondashuvga ayrim olimlarimiz "Hali asarni o‘qimagan o‘quvchining qanday o‘ylashi nimani hal qiladi?" degan ma'noda e'tirozlar bildirishgan edi).

Xullas, yangi mavzuni o'tishdan oldin faollashtiruvchi topshiriqlar berish yangi bilimning samarali o'zlashtirilishiga yordam beradi. Faollashtiruvchi topshiriqlar turli shakllarda bo'lishi mumkin: muhokama uchun savollar, aqliy hujum, klaster tuzish va hokazo. Lekin bunday topshiriqlar samarali bo'lishining muhim sharti - o'quvchi "sxema"sidagi aynan yangi bilimni tushunishga, mavjud bilimlar bilan integratsiya qilishga yordam beradigan nuqtalar faollashtirilishi kerak. Misol uchun, siz adabiyot darsida Abdulla Oripovning "Tilla baliqcha" she'rini o'tmoqchi bo'lsangiz va faollashtiruvchi topshiriq sifatida "Abdulla Oripov haqida nimalarni bilasiz?" yoki "O'zbekiston davlat madhiyasini kim yozgan?" kabi savollarni o'rtaga tashlasangiz, bunday topshiriqlar samara berishi qiyin, chunki Abdula Oripovning kimligini yoki O'zbekiston davlat madhiyasini u yozganligini eslash aynan "Tilla baliqcha" she'rini tushunish va tahlil qilishga yordam bermaydi.
👍5🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat boshqaruvidagi, xususan, ta'lim tizimidagi izchillik va tizimlilik haqida.

Otabek Bakirovning "Dialog" loyihasidan
👍3🔥1👏1
"Agentlik direktor o‘rinbosari Farhod Mirzayevning ma’lum qilishicha, abituriyentlarning 210 nafari 189 va undan yuqori ball to‘plagan. 189 dan yuqori ball to‘plagan 91 nafar abituriyent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi bitiruvchilari bo‘lgan".

Testologiya fani nuqtayi nazaridan baholash - bu o'lchash (bilim, ko'nikma, qobiliyatni o'lchash). Test esa bu o'lchashda o'lchash instrumenti (tarozi) vazifasini bajaradi. Imtihonda to'plash mumkin bo'lgan maksimall balldan ham ko'proq ball to'plagan abituriyentlarning mavjudligi - bu instrumentning (tarozining) noto'g'ri ishlayotganini ko'rsatadi. Bu oddiy narsani 30 yildan beri baholash bilan shug'ullanib kelayotgan va bu jarayonni ilmiy asosda yo'lga qo'yishi kerak bo'lgan vakolatli davlat organi mas'ullari bilmasligi va (yoki) ignor qilishi esa bu organning ilmga "tupurib" qo'yganligini ko'rsatadi. Menimcha.
👍21👏2🔥1
Forwarded from John C
📌 Hello folks

I'm looking for volunteers to have Free English lessons, as part of a teacher training course. The teachers are taking a course and trying out new communicative teaching techniques and they need to practice on real English language learners.

We need all levels from lower to higher, but must be over 16 years old. Lessons run until the end of August.

Mon-Fri
16.00-18.30
TMC - Sirajiddinov St 6, 100070, Tashkent, Uzbekistan


If you know anyone please contact me on TG @itsmrjohn
👍1
"Huquq fanidan test tuzish testologiya qoidalariga to‘g‘ri kelmaydi”.

Bunday bayonotni "fan" va "testologiya" degan soʻzlarni qayerdadir eshitgan, lekin bu soʻzlar nimani anglatishini tushunmaydigan shaxs bersa - tushunish mumkundir. Lekin 30 yildan beri millionlab abituriyentlarning taqdirini test orqali hal qilib kelayotgan vakolatli davlat organi rasmiysi, boʻlib ham "test texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi" deb ataladigan boshqarma boshlig‘i bunday bayonot berishi - fojia. Bunday bayonot ham oldinroq aytganim - "agar Oʻzbekiston taʼlimini jarlikdan chiqarishni haqiqatda istasak, uni bu jarlikka olib kelganlardan biri - DTM / BMBA tugatilishi kerak" degan fikrimga yaqqol isbot boʻla oladi, chunki agentlikning testlarni tuzish va oʻtkazishga ilmiy yondashish niyati yoʻqligini koʻrsatadi.

Testologiya nuqtayi nazaridan, test - bu oʻlchash vositasi. Test orqali muayyan domendagi (fan sohasidagi) konstruktlar oʻlchanadi. (Testologiyada oʻlchanishi kerak boʻlgan xususiyatlar, yaʼni bu oʻrinda - tegishli fan sohasi boʻyicha bilim, koʻnikmalar "konstrukt" deyiladi). Testologiyada "qaysidir domenni oʻlchab boʻlmaydi", degan cheklov yoʻq - bu fan doirasida bilimlar beriladimi, koʻnikmalar shakllantiriladimi, demak, uni oʻlchash mumkin. Testologiyaning vazifasi - aynan shu oʻlchovni toʻgʻri amalga oshirish (yaʼni bilim, koʻnikmalarni toʻgʻri baholash) yoʻllarini tadqiq qilish. Demak, "huquq fanidan test tuzish - testologiya qoidalariga toʻgʻri kelmaydi" - gʻirt gʻayriilmiy bayonot.

Endi nima uchun huquq fanidan test "tuzib boʻlmasligi" izohini koʻring. Huquqshunoslik - tez oʻzgaruvchan fan emish. Masalan, oʻquvchi maktabda oʻqiyotganida bir Konstitutsiya, maktabni bitirganidan keyin boshqa Konstitutsiya emish. Konstitutsiya va kodekslar - bular normativ-huquqiy hujjatlar, "huquqshunoslik fani" emas. Har qanday fanda boʻlganidek, huquqshunoslikda ham muayyan prinsiplar, qonuniyatlar bor va ular 9-sinf bolasi maktabni bitirguncha oʻzgarib qolmaydi. Yaʼni, bu bayonot bilan agentlik rasmiysi "huquq fani" va "normativ-huquqiy hujjat" tushunchalarini farqlamasligini, maktab huquq fanining vazifasi - bolaga normativ-huquqiy hujjatlarni yodlatish deb bilishini koʻrsatyapti. Bu yana bitta fojia. Bunday masʼullar va abituriyentlar bilimini baholashga bunday yondashuv bilan PISAda natijalarni yaxshilashni orzu qilmasak ham boʻladi - jarlikning tubining ham tubiga kirib ketmaslik haqida qaygʻurish kerak.

P.S. Gap faqat, Shokir Tursun aytganday, "test deganda faqat A, B, C, D variantli test topshirigʻi turini tushunish"da ham emas. Testologiyadan xabari bor boʻlsa, izlansa - huquq fanidan ham hatto A, B, C, D variantli normal test topshiriqlari tuzish mumkin. Lekin buning uchun avvalo testologiyaning bazaviy prinsiplari haqida tasavvur boʻlishi kerak.
👍22🔥2👏2👎1
"Huquq fanidan test tuzish testologiya qoidalariga toʻgʻri kelmaydi" degan bayonotning gʻayriilmiyligiga bir misol.

Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtati maktab bitiruvchilari huquqshunoslik fanidan topshiradigan test namunasi. Yangi Janubiy Uels shtatining taʼlim standartlari boʻyicha vakolatli davlat organi rasmiy saytida berilgan. Ham yopiq, ham ochiq test topshiriqlarini oʻz ichiga oladi.
👏9
"Huquq fanidan test tuzish testologiya qoidalariga toʻgʻri kelmaydi" degan bayonotning gʻayriilmiyligiga yana bir misol. (Yuqorida bir misol berilgan edi). Bu safar DTM / BMBA "yaqindan hamkorlik qilib kelayotgan" Rossiya Federatsiyasining Pedagogik o‘lchovlar federal institutidan. "Jamiyatshunoslik" fanidan maktab bitiruvchilari topshiradigan Yagona davlat imtihoni. 14-20 test topshiriqlari huquq faniga oid. DTM - BMBAning "yaqin hamkorlari" huquq fanidan test tuzish "testologiya qoidalariga toʻgʻri kelishini" oʻrgatishmagan ekanmi?
🔥7
Yana biz 30 yildan beri bitta test tuzishni ilmiy asosda yoʻlga qoʻya olmayotgan, masʼullari gʻayriilmiy bayonotlar berayotgan tashkilotga qoʻshimcha vakolatlar berib, "matryoshkasifat monstr"ga aylantirmoqchimiz. Taʼlimning janozasini oʻqib, koʻmib qoʻya qolinglar undan koʻra. Qabrini ziyorat qilib, eslab turamiz.
🔥15👍4
"Sportswashing" ("sport orqali yuvish") - shaxslar, korporatsiyalar yoki davlatlarning sportdan o'zlarining noqonuniy xatti-harakatlari, muammolari tufayli to'kilgan obro'sini tiklash maqsadida foydalanishi. Propagandaning bir turi hisoblanadi. Atama 2015-yilda Ozarbayjon Yevropa O'yinlaridan xalqaro hamjamiyat diqqatini mamlakatdagi inson huquqlari bilan bog'liq muammolardan chalg'itish maqsadida foydalanishini tasvirlash maqsadida paydo bo'lgan, lekin tarixda "sportswashing"dan faol foydalanilishiga misollar ko'p. Shulardan eng mashhuri - 1936-yilda natsistlar boshqarayotgan Germaniya poytaxti Berlinda bo'lib o'tgan Olimpiada o'yinlari.

"Sportchilar - yutganlari - propaganda va/yoki hokimiyat ichidagi kurash quroliga aylanadi. Bugun sen ularga muxlislik qilasan, g'alabalaridan quvonasan, ertaga esa ular - boshdan oyoq sovg'alarga burkanib - Konstitutsiyadagi o'zgartirishlarga ovoz berishga da'vat qilib chiqishadi", - deb yozadi "Penaltilar seriyasi" kanali.

Avtoritar davlatlarda va diktaturalarda sport - bu shunchaki sport emas, balki fuqarolarning roziligiga tayanmagan, shu bilan legitimligini yo'qotgan hukumatning omma ongi ustidan nazorat o'rnatishning bir yo'li. Madaniyat, fan, ta'lim va boshqa istalgan, odamlarning ongiga ta'sir qiladigan soha singari.
👍30🔥9👎1🤬1
Nima uchun biz boshqa joyda 12 ming turadigan narsani o'zimizda "ishlab chiqarib", 19 mingga sotib olishga majbburmiz? Nega biz chegaralarni ajdaho bojlar bilan to'sib, buni "mahalliy ishlab chiqauvchini himoya qilish" degan balandparvoz so'zlar bilan xaspo'shlaymiz? Balki ... shunday bo'lishi kerakdir? Jahon savdo tashkilotiga a'zolik bizga kerakmi o'zi? Bu bizga nimalar beradi? Kerak bo'lsa, nega haligacha a'zo emasmiz bu tashkilotga?

"Vatandosh TV" klubining ilk yig‘ilishidagi “O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zoligi va tashkilotga a’zolikning mamlakat hayoti uchun ahamiyati”  muhokamasidan, balki, shu savollarga ham o'zingiz uchun javob olarsiz. Ko'ring va fikrlang.
👍4
Bir haftadan beri Ukraina qurolli kuchlari Rossiya hududida "maxsus harbiy amaliyot" olib bormoqda. Turli OAVlardagi xabarlardan, mazkur amaliyot anchagina muvaffaqiyatli olib borilmoqda, degan xulosaga kelish mumkin. "Холод" nashri Ukraina muvaffaqiyatining sabablaridan biri - yolgʻon deb hisoblaydi. Yaʼni, nashr fikriga koʻra, Rossiyada hukumat vertikali boshdan oyoq yolgʻon bilan mustahkamlangan va aynan yolgʻon "UQKga RF chegaralarini ochib berdi".

Maqoladan iqtibos: "Televizordagi chiroyli manzara va "yerdagi reallik" oʻrtasida juda katta jarlik bor".

Eslataman, yuqoridagi iqtibos Rossiya haqida. Lekin agar sizda boshqa assotsiatsiya paydo boʻlsa, ajablanmayman. "Televizordagi chiroyli manzara"ni "chizib" berayotganlar, "chizib" berishga hissa qoʻshayotganlar xulosa chiqaradimi, yoʻqmi, bilmayman.
👍9🔥4😢1
"- Bu ziyofat kimning hisobidan? Haqqini kim toʻlaydi?

- Xalq, otaginam, xalq toʻlaydi".


Yuqoridagi iqtibos Mixail Bulgakovning "Ivan Vasilyevich" pyesasidan. Shoh Ivan Grozniy davrida tushib qolgan oʻgʻri va domkom suhbatidan. Asar asosida keyinroq suratga olingan va koʻpchilik tomosha qilgan filmda yuqoridagi dialogning ikkinchi qismini (oʻgʻrining javobini) sovet senzurasi "Har holda biz emas" deb oʻzgartirgan.

Kechagi xabarni oʻqib xuddi shu dialog esga tushdi. Rasmiy xabarlarga koʻra, 2024-yilning yetti oyida byudjet defitsiti qariyb 3 mlrd dollarni tashkil qildi.
😱14👍6
Chempionlarini ulkan sovgʻalar bilan siylayotgan xalq shu sovgʻa qilinayotgan Tahoe'dan bittagina olish uchun sentyabrdan boshlab 10%ga oshirilayotgan minimal ish haqini 960 oy (80 yil) davomida yemay-ichmay, hech narsaga sarflamay yigʻishi kerak ekan.
🤬46😢22👏4
Yangi oʻquv yili boshlanishiga ham oz qoldi. Agar ish qidirayotgan yoki ish joyini oʻzgartirmoqchi boʻlgan ustozlar boʻlsa, ushbu post siz uchun foydali boʻlishi mumkin.

🟢 Rahimov School xususiy maktabi quyidagi fan oʻqituvchilarini ishga taklif etadi:

• Boshlangʻich sinf
• Boshlang'ich sinf (rus sinflari uchun)
• Rus tili
• Kimyo
• Biologiya
• Jismoniy tarbiya (qizlar uchun)
• Audit (Kurator)
Shuningdek: maktab psixologi.

Oʻqituvchilarga quyidagi ish sharoitlari vaʼda qilinmoqda:

— Maktab hududida tushlik. Maktab hisobidan 50% toʻlab beriladi
— Farzandlaringiz uchun 30% lik chegirma
— Hujjatbozliklardan xoli avtomatlashgan ish jarayoni
— Maishiy xaridlarda maktab tomonidan koʻmak
— 500 ga yaqin kitoblarga ega kutubxona
— Imtihon qilib olingan oʻquvchilar
— Ustozlar uchun dam olish xonalari
— Yuqori oylik maosh: 4-17 mln soʻm

Qiziqqanlardan oʻz arizalaringizni @RahimovSchool_jbot orqali qoldirish va bilimingizni maxsus sinov testlari orqali sinab ko'rish soʻraladi.
👍4