"Doctor D" || rasmiy sahifa
1.46K subscribers
222 photos
109 videos
2 files
899 links
"DOCTOR D" gospitalining YAGONA RASMIY telegram kanali 🏨

Tibbiy xizmatlarning barcha turlari!

Ambulator-statsionar davolash, laboratoriya, funksional diagnostika, 24/7 tez yordam xizmati 🚑 - qisqa 1057 ☎️ raqami orqali
Download Telegram
🔥 Jinsiy aloqada ayolni qoniqtirish

Jinsiy aloqada ayolni qoniqtirish uchun ko’plab narsalarga e’tibor berish kerak. Erkaklar orgazmi masalasiga kelganda barchasi oddiy va tushunarli. Biroq hamma ham turmush o’rtog’i qoniqganligi haqida o’ylab ko’rmaydi. Agar jami bo’lib o’n daqiqa yaqinlikda bo’lib, so’ng uyquga ketadigan bo’lsangiz, demak jinsiy hayotga o’zgartirishlar kiritish vaqti kelgan. Ayolni qanoatlantirish, o’zaro muhabbatni kuchaytirish uchun nima qilish kerak, quyida batafsil.

Prelyudiyaning muhimligi
Erkak jinsiy aloqa qilishni istasaganida, u holda uning ayoli ham buni xohlaydi deb fikrlash noto’g’ri. Erkaklar tili bilan gapirganda, ayol kishi sovuqda qolgan avtomobil kabi. Dastlab uni ilitish lozim. Birinchi maqsad — ehtirosni uyg’otishdir (prelyudiya)!
Aksariyat erkaklar prelyudiyaga u qadar ahamiyat berishmaydi, ba’zilar hatto uni o’tkazib ham yuboradi. Bir-ikkita erogen nuqtalarga ta’sir etish yetarli deb o’ylash ham xato! Jinsiy aloqadan oldin, unga moslashishga hissa qo’shadigan bir qator amallarni bajarish mumkin.
Ayol qanchalik yosh bo’lsa, unga yaqinlikning hissiy tomoni jismoniy tomonidan ko’ra shu qadar muhimroq bo’ladi. Bu, albatta, munosabatlarning tarjiba orttirilgan davrlarida prelyudiyani o’tkazib yuborish mumkin degani emas!

Erogen nuqtalar
Erogen yoxud shaxvoniy zonalarga tegish erotik to’lqin uyg’otadi. Dastlab asosiy erogen nuqtalarga ta’sir qilmaslikka harakat qilish kerak. Bunday nuqtalar bir bosishdayoq ehtiros uyg’otadigan “tugma”lar emas. Atmosferani “qizdirish” uchun avvalo bunday zonalar yaqiniga ta’sir etish va ularga asta-sekinlik bilan yaqinlashish kerak.

Lazzatni uzoq davom ettirish
Prelyudiya zerikarli va foydasiz deb o’ylash to’g’ri emas. Xudbinlik qilib, erkak faqat o’zi tayyor bo’lganida yaqinlikni boshlamasligi kerak. Qolaversa, ayolning kuchli istagini ko’rish g’urur va ishonchni kuchaytiradi.

Kontratseptsiya
Jinsiy aloqa boshqacha kelishilmagan bo’lsa, kontraseptsiya (homiladorlikni oldini olishga qaratilgan vositalar) bilan amalga oshirilishi kerak. Ayol buni eslatishi shart emas, erkak barchasini o’zi bilib bajarishi maqsadga muvofiq. Ehtiros kuchaygan vaqtda bu masalaga to’xtalish sovuqlik paydo qiladi, juftliklarni chalg’itadi. Jentelmenlikni unutmaslik kerak.

Suhbatlashish
Jinsiy aloqa sukunatda sodir bo’ladigan bo’lsa, faqatgina instinktlarni qondirish uchun bo’lgan xisoblanadi. Ammo kayfiyat boshqacha bo’lsa, unda so’zlarni bee’tibor qoldirib bo’lmaydi.
• Birinchidan, prelyudiya vaqtida kayfiyatini to’liq nazorat qila olish mumkin. Ayolga xohishlar haqida bildirish kerak.
• Ikkinchidan, ovoz sokin va past bo’lishi talab etiladi. Bu samimiylik va sirli atmosferani yaratadi. Shivirlab gapirish ehtirosni yana ham kuchaytiradi.
• Uchinchidan, jarayon davomida ayolni yanada ko’proq ehtiroslantirish mumkin. Iltifot qilish, his-tuyg’ular haqida gapirish, erkalovchi so’zlarni aytish, ayol nima istayotganini so’rash kerak. Bunday vaqtda u ko’p istaklarini aytib bera oladi. Ularni bajarib, yotoqda qirol unvoniga erishish hech gap emas!
Real umidlar
Ayol internetda ko’rgan bo’lishingiz mumkin bo’lgan sahnalardan deyarli hech birini istamaydi va bajarmaydi. U — haqiqiy va real hayotdagi ayol!
Be’mani yoki axloqqa mos kelmaydigan, kamsitilish alomatlari bo’lgan xatti-harakatlar ijobiy natija bermaydi. Ehtiros bilan uning yangi ko’ylagini yirtib olish hech qachon yaqinlikning davom etishi bilan yakunlanmaydi. Bu faqatgina e’tirozlar eshitishga olib keladi, xolos.
Biroq, ma’lum bir fantaziyalar mavjud bo’lsa, ehtiros cho’qqisiga yetganda, ayollar ba’zi bir narsalarga qarshi chiqmasliklari mumkin. Shu sababli oldin iltifot ila prelyudiya, undan so’nggina taklif bo’lishi kerak.

Kuzatish
O’z harakatlaringizni yoqish-yoqmasligini so’rashni nojoiz deb topsangiz, ayol bunday harakatlarga qanday munosabatda bo’lishini kuzatish mumkin. Tavakkal qilib, qulog’idan tishlashga qaror qilinsa, bunday keyin ayolning reaktsiyasiga e’tibor qaratish zarur. Yuzini burishtirdimi, xush yoqganidan ko’zlarini yumdimi yoki yuzida befarqlik aks etmoqdami? Bir texnika xush kelmasa, boshqasini qo’llab ko’rish mumkin. Albatta u ham inson, atom reaktori emas, uning xohishlarini o’rganish mushkul vazifa emas. Uzoq muddat birga bo’lgan juftliklar bir-birlarining xohish-istaklarini yaxshi tushunishadi, shu sababli monogam va moslashuvchan bo’lishga harakat qilish lozim.

Ayollar orgazmi
Eng ideal yaqinlik — har ikkala tomon ham undan bir xilda qoniqsa. Bu maqolaning mohiyati ham aynan shunda. Agar erkak o’z orgazmidan keyin ayolni qoniqtira olmasa, buning yaqinlikdan oldin amalga oshirishi mumkin. Aksariyat erkaklar jinsiy aloqa eyakulyatsiya bilan tugaydi deb o’ylashadi. Agar orgazmga erishmaslik uni mukammal darajada qoniqtiradi deb hisoblasangiz, demak yanglish fikrdasiz. Umuman olganda jinsiy aloqada ayolni qoniqtirish sirlarini bilish ilinjida ushbu maqolani o’qiyotgan har bir erkak buni tushungan bo’lishi kerak.
Ayolning lazzatlanishi nafaqat erkak kishiga, balki ayolning o’ziga ham bog’liq. Ba’zida ayol organizmidagi gormonal o’zgarishlar (homiladorlik, emizish davri) ham to’laqonlik lazzatlanishga yo’l qo’ymaydi.

Birgalikda qolish
Yaqinlikdan keyin quchoqlashish haqida gap ketganda buning ustidan kuladigan erkaklar mavjud. Bir martalik jinsiy aloqada bema’ni ish, oilaviy hayotda vaqt yo’q… Yotoqda qirol bo’lishga qaror qilsangiz, munosabatlarning bu qismiga ham hech bo’lmaganda bir necha daqiqa ajratish kerak. Bu ayollar o’zlarini shunchaki ulardan narsa kabi foydalanishganidek his qilmasligi uchun kerak. Bu vaqt jinsiy aloqa unga xush keldimi yoki yo’qligini so’ramaslik kerak. Yuqorida aytilganidek, shunchaki kuzatish orqali uning chehrasidan bilib olish mumkin.

Tavsiyalarimizga rioya qilsangiz, albatta to'shakda qirol unvoniga sazovor bo'lasiz! 🤴🏻

Do'stlaringizga ulashing! 🔥

Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
t.me/hospitaldoctord

Instagram:
instagram.com/hospitaldoctord

Web sahifamiz:
www.doctord.uz

Obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting! 👨🏻‍⚕️🏨
Ⓜ️avzu

Jinsiy olatning normal uzunlik ko’rsatkichi
🚹

Erkaklar jinsiy a’zosining erektsiya holatidagi kattaligi 10-18 santimetrni tashkil qiladi. O’rtacha uzunligi —12-13 sm. Bu ko’rsatkich ham har bir individual holatda farq qilishi mumkin.

“BJU International” ilmiy jurnalida chop etilgan tadqiqot natijalari shuni ko’rsatdiki, 15.000 nafar ishtirok etgan ko’ngilli erkaklarning 95 foizida olat uzunligi 16 santimetrdan kichik bo’lgan. Boshqacha qilib aytganda, har 100 kishidan 5 nafaridagina olat 16 santimetrdan uzun bo’lishi mumkin. Xuddi shu tadqiqotda ishtirokchilarning 5 foizidan kamida a’zo 10 santimetrdan kichik bo’lgan, ya’ni har 100 erkakdan 5 nafari yoki undan kamrog’ida.
Patologik jihatdan kichik bo’lgan a’zolar (ereksiya vaqtida 7,5 santimetrdan kichik) juda kam uchraydi. Olat uzunligini o’lchashda a’zo asosidan uning boshi uchigacha bo’lgan oraliq inobatga olinadi.

❗️Asos — u qov suyagi bilan tutashgan qismdir.

Do'stlaringizga ulashing! 🔥

Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
www.t.me/hospitaldoctord

Instagram:
www.instagram.com/hospitaldoctord

Web sahifamiz:
www.doctord.uz

Obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting! 👨🏻‍⚕️🏨
Ⓜ️avzu: Olatni kattalashtirish - jarrohlik aralashuvi 🚹

Olatning kattaligi siydik chiqarish va ereksiyaga ta’sir qilmaydi. Shuning uchun odatda jinsiy olatni kattalashtirish bo’yicha har qanday operatsiya — bu faqat kosmetologik jihatdan kerakli bo’lishi mumkin va plastik jarrohlik klinikalaridan tashqari boshqa hech qayerda tavsiya etilmaydigan amaliyotdir. Dastlab shu kabi operatsiyalar shikastlanish yoki tug’ilish nuqsonlari tufayli siydik chiqarishga qiynaladigan erkaklar uchun ishlab chiqilgan. Keyinchalik ular erkaklar jinsiy a’zosini uzunroq qilish uchun qo’llanila boshlandi.

❗️❗️❗️BUNI YODDA TUTING! Jarrohlik o’tkazilgandan keyin kamdan kam xollarda jiddiy asoratlar yuzaga kelishi ehtimoli mavjud:
1. Infektsiyalar.
2. Chandiq shakllanishi.
3. Impotentsiya.
4. Sezgirlikni yo’qotish.

Shuning uchun bunday usullarga oxirgi chora sifatida murojaat qilish kerak: jinsiy olatni uzaytirishni istaganda emas, balki tibbiy muammolar mavjud bo’lganida. Olatni kattaligini o’zgartiradigan bir nechta usullar mavjud.

Ligamentotomiya
Bu olat va suyak orasidagi boylamni ajratish bo’yicha o’tkaziladigan operatsiyadir. Suyakka tortilib turmaydigan jinsiy a’zo ereksiya holatida uzunroq ko’rinadi. Amalga oshirilishida hoyu-havaslarga berilmaslik lozim. A’zo ikki baravar ham, hatto bir yarim baravar ham uzunroq bo’lmaydi. Hech bir jarroh jinsiy olatning qanchalik kattalashishini aniq aytmaydi. Har bir holat har bir bemorning anatomik xususiyatlariga bog’liq bo’lib, 3 santimetrdan ko’proq uzayishi — bu yoki omad yoki afsonadir. Shuning uchun bu operatsiyani boshidan o’tkazgan bemorlarning faqatgina 35 foizigina jarrohlik aralashuvdan mamnun bo’lishadi.
Muvaffaqiyatli operatsiyadan keyin ham ba’zi nojo’ya ta’sirlar paydo bo’lishi mumkin. Masalan, boylamning ajratilishi (kesilishi) tufayli ereksiya vaqtida olatning ko’tarilish burchagi o’zgarishi, qov terisining bir qismi (tuklari bilan) olat asosining bir qismiga aylanadi.

Qalinlashtiruvchi operatsiyalar
Jinsiy a’zoni qalinlashtirish uchun, silikon, gialuron yoki bemorning o’z to’qimasidan tayyorlangan turli xil implantatlar qo’llaniladi. Bu bahsli muolaja bo’lib, ko’plab qarshi ko’rsatmalarga ega. In’yektsiya yordamida ham olatni qalinlashtirsa bo’ladi. Bunda bemorning o’zidan yog’ to’qimasi olinib, jinsiy olatning ichiga yuboriladi. Natijada a’zo shishadi va kengayadi. Ammo uzoq muddatga emas: usul juda ko’p noxush oqibatlarga olib kelishi ham mumkin. Eng keng tarqalgan noxush oqibatlardan biri — yog’ to’qimasi teri ostida tartibsizlik bilan harakatlana boshlaydi. Natijada, ba’zi joylarda to’plamlar shakllanadi, boshqa joylarda esa — chuqurlar. A’zoning shakli va ko’rinishini to’g’rilash uchun faqat jarrohlik aralashuvi o’tkazish mumkin.

❗️ Har bir muolaja qat’iy shifokor nazorati ostida va uning tavsiyalarisiz amalga oshirilishi qat’iyan man etiladi!!!

Do'stlaringizga ulashing! 🔥

Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
www.t.me/hospitaldoctord

Instagram:
www.instagram.com/hospitaldoctord

Web sahifamiz:
www.doctord.uz

Obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting! 👨🏻‍⚕️🏨
​Assalomu alaykum!
Forwarded from Dilmurod Irgashev Soatovich UYDA QOLING! (Zukhriddin Ziyadullayev)
Смотрите "#169 EKO QANDAY QILINADI? BEPUSHTLIKNI ZAMONAVIY DAVOSI" на YouTube
https://youtu.be/y-6TU6c7aco
Forwarded from Dilmurod Irgashev Soatovich UYDA QOLING! (Zukhriddin Ziyadullayev)
👆👆👆👆👆👆👆👆👆
Xurmatli obunachilar @DoktorD_bot kelgan EKO xaqida savollarga Javob berilgan vedio!

Rasmiy kanallar 👇
@Doctordilmurod
@Hospitaldoctord
@Jinsiyhayot_official
Hayrli kun! ☺️☀️

#backstage #закадром #кадрортида

Tez kunda yangi video! 🔥🔥🔥
Ⓜ️avzu: Jinsiy olatni kattalashtirish usullari

Jinsiy olatni «uy sharoitida» kattalashtirish va qalinlashtirish usullari, sirlari mavjud emas. Cheksiz uzayishini va’da qilgan barcha vositalar marketing fokuslari yoki to’g’ridan-to’g’ri yolg’ondir. Quyida keng tarqalgan usullar qay tarzda ta’sir ko’rsatishi bilan sizlarni tanishtirib o’tamiz. Ularning aksariyati besamar usullardir.

💊Tabletkalar
Jinsiy olatni uzaytirish uchun tabletkalar — vitaminlar, o’simliklar, noyob masalliq ekstraktlari va gormonlardan tarkib topgan oziq-ovqat qo’shimchalaridir. Bular olatning kattaligini o’zgartirmaydi. Bundan tashqari, ular dori sifatida ro’yxatdan o’tkazilmagan, ya’ni hech kim bunday mahsulotlarni nazorat qilmaydi. Shuning uchun tabletkalar aslida nima ekanligi ma’lum emas.

🧴Kremlar, losyonlar
Bunday vositalar reklamasi internetda har bir qadamda topiladi. Ularning tarkibi tabletka qo’shimchalari bilan bir xil, faqat chiqarilish shakli boshqacha. Mahalliy qo’zg’alish xususiyati yoki shishganligi sababli, a’zo vaqtinchalik kattalashgandel sezilishi mumkin, lekin bu yoqimsiz va xavflidir: bunday kosmetik vositalar ham nazorat qilinmaydi va tekshirilmaydi.
Bunday vositalarni qo’llash bamisoli qo’l yoki oyoqni shunchaki krem surtish bilan uzun qilishga harakat qilishdek kabi.

🍶Iste’mol sodasi
Reklamalar shubhali saytlarga jalb qiladi va jinsiy olatni soda yordamida kattalashtirish yoki soda va «yulduzcha» kremi aralashmasi, tish pastasi va pomidor sharbati, boshqa shu kabi g’alati aralashmalardan iborat bo’lgan vositalarni taklif etadi. Tarkibiy qismlarni qanday nisbatda aralashtirishni taklif etishmasin, bunday aralashmalar olatga surtish tavsiya etilmaydi, va umuman olganda, tananing boshqa qismlariga ham.

🔥Vakuumli pompa
Ushbu qurilmaning mexanik ta’siri natijasida jinsiy olatga qon kelishi kuchayadi, oqibatda uning shishishi kuzatiladi. Shu sabab a’zo bir muddat kattalashadi. Sifatsiz, arzon, Yevropa standartlari va talablariga javob bera olmaydigan pompalardan foydalanishdan o’zingizni cheklang! Shu bilan birga pompalardan noto’g’ri foydalanilsa, a’zo to’qimalariga zarar yetkazish mumkin. Oqibatda uning shakli o’zgaradi yoki erektsiya bilan bog’liq muammolar yuzaga kela boshlashi mumkin.

✊🏼Uzaytiruvchi mashqlar
«Jelking» usuli — bu erektsiyani ushlab turish bilan jinsiy olatni asosidan boshigacha tortib, o’z-o’zini massaj qilishdir. «Jelking»ni noto’g’ri bajarish natijasida og’riq va deformatsiyalar vujudga kelishi mumkin.
Shuningdek operatsiyasiz yana bir usul mavjud — ekstender qo’llash. Uning samarasini tadqiqotlar tasdiqlagan. Bir necha oy davomida ekstender qo’llash orqali olatning 1-3 sm ga uzaytirish mumkin❗️ Bundan tashqari, mustaqil ravishda bajariladigan har qanday amallar tavsiya etilmaydi. Bu qon tomirlariga zarar yetkazishi, siydik yo’llarining torayishi, priapizmga olib kelishi mumkin.

🧪Gormonlar
Testosteron qabul qilish va uning ishlab chiqarilishini rag’batlantiradigan preparatlar qabul qilish qo’shimcha santimetrlar qo’shadi degan yanglish fikr mavjud. Balog’at yoshidan keyin erkaklar gormoni jinsiy funktsiyaga ta’sir qiladi, a’zo o’lchamiga emas. Bundan tashqari, shifokor bilan maslahatlashmagan holda ularni qo’llash gormonal buzilish bilan yakunlanadi. Bu jinsiy funktsiyani yo’qotish, bepushtlik va boshqa jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Do'stlaringizga ulashing! 🔥

Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
www.t.me/hospitaldoctord

Instagram:
www.instagram.com/hospitaldoctord

Web sahifamiz:
www.doctord.uz

Obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting! 👨🏻‍⚕️🏨
Ⓜ️avzu: Erkak jinsiy a’zosi kichik ko’rinsa nima qilish kerak?

A’zo kattaligi asosiy narsa emasligi necha bor takrorlanmasin, erkaklar baribir tashvishga tushishda davom etib kelishmoqda.
Eng qiziqarli jihati shundaki, so’rovlar natijalariga ko’ra, 85% hollarda ayollar hamrohining jinsiy a’zosi kattaligi qoniqarli deb hisoblashadi. Biroq, erkaklar o’z a’zosi uzunligi va kengligidan faqatgina 55% holatda qoniqadi.
Kichkina o’lchamlarni o’ydan chiqara olmasangiz, hech bo’lmaganda o’z qo’lingizda bo’lgan amallarni bajarishga harakat qilish mumkin.
Bunday amallardan biri — a’zo atrofidagi yog’larni kamaytirishdir. Rosti, bu faqat tana vazni ortiqcha bo’lgan erkaklarga tegishlidir. Ba’zida atrofdagi to’qimalar jinsiy a’zoni yashirmasligi uchun shunchaki vazn tashlash yetarli bo’ladi.
O’rtacha kattalikdagi a’zo ustidagi qattiq press mushaklari katta a’zo ustidagi osilib turgan qorindan ancha yaxshi ko’rinadi. Yanada osonroq usuli — atrofdagi tuklarni tartibga keltirish. Masalan, trimmer yordamida.

Erkaklar jinsiy a’zosini tabiiy o’stirish bo’yicha haqiqatda sinalgan usullar mavjud, faqatgina ular aynan shu maqsad uchun qaratilmagan. Umumiy salomatlikni qo’llab-quvvatlash olat o’sishiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Buning uchun to’g’ri ovqatlanish, yetarlicha uxlash, oqsilga boy taomlar iste’mol qilish kerak. Jinsiy funksiya buzilganda, uni me’yorlashtirish uchun testosteron darajasini oshirishga qaratilgan o’rtacha og’irlikdagi jismoniy mashqlar bajarish mumkin.

Xulosa qilib aytganda:
1. Olatni katta qilish uchun kremlar, malhamlar, uy sharoitida tayyorlanadigan vositalar samara bermaydi, ular haqida ma’lumot berish esa be’mano, yagona usul — jarrohlik aralashuvi!
2. Jinsiy olatni o’stirishni xohlovchilarning aksariyati hali jinsiy hayotni boshlamagan, o’ziga juft topgach, hammasi o’z joyida ekanligi ma’lum bo’ladi. Muddatidan oldin qaror chiqarmaslik zarur.
3. O’zaro yaqinlikda erkak a’zosining kattaligi emas, tomonlarning roziligi, ularning tayyorligi, muhitning qulayligi va shu kabi omillar ko’proq ahamiyatga ega. Bir-biriga befarq bo’lmagan juftliklarda uzun-kaltalik borasida bahslar bo’lmaydi.

❗️Yodingizda tuting: pornografik kinolardagi namoyishlar — kasting natijalari va tasvirga olish xususiyatlari. Ko’pincha xayoliy muammo tufayli tashvishlanishdan ko’ra, jismoniy salomatlik, jinsiy quvvat va texnikaga e’tibor qaratish ko’proq samara beradi! 😉

Do'stlaringizga ulashing! 🔥

Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
www.t.me/hospitaldoctord

Instagram:
www.instagram.com/hospitaldoctord

Web sahifamiz:
www.doctord.uz

Obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting! 👨🏻‍⚕️🏨
https://youtu.be/WjFT9mo-4Hg

​​#внимание

‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️

30-31 января 2020 года с 8.00 до 14.00 в клинике ЭКО «АльтраВита» г.Москва, пройдут консультативные приемы с участием Иргашева Дильмурада Саатовича (MD, PhD) доктора медицины, врача репродуктолога-андролога и сексопатолога из Узбекистана.

Прием организован по многочисленным просьбам пациентов из Узбекистана, которые находятся на территории Российской Федерации.

Прием организован для мужчин и женщин с проблемами:
-бесплодия;
-хронических, инфекционных и воспалительных генитальных заболеваний;
-эректильной дисфункции (для мужчин);

Иргашев Дильмурад Саатович доктор медицины, врач репродуктолог-сексопатолог-андролог, Член Международной и Европейской Ассоциации Сексуальных Расстройств, Член Российской Ассоциации Репродукции Человека, врач высшей квалификационной категории, Президент Многопрофильного Госпиталя «DOCTOR D».

• В 2001 году Иргашев Д.С. удостоен Почётной Грамоты Государственного Комитета по науке и технике Республики Узбекистан за выдающиеся изобретения в области медицины.
• Стажировался в клиниках Европы, США, Израиля, Москвы, Санкт-Петербурга, Киева.
• Изучил курсы усовершенствования по сперматологии в Германии и Израиле.
• Наставник учеников по специальностям урологии и андрологии. Многие его последователи в разных областях Республики Узбекистан основали частные клиники.
• Автор ряда статей и книг, освещающих проблемы в области андрологии, урологии, репродуктологии и нефрологии.
• Владелец канала на You Tube «JINSIY HAYOT». На сегодняшний день на данном канале зарегистрированно около 465 000 подписчиков и более 45 млн. просмотров. Этот канал позволяет внедрять новые методы информационных технологий, для воспитания сексуальной жизни населения.
• Опыт работы более 30 лет.

Также, при необходимости, наших пациентов сопровождает медицинский координатор со знанием узбекского языка.

Запись по телефонам:
• +7 (929)608-19-69 (координатор со знанием узбекского языка)
• +7 (985)410-45-90


Место проведения
• Клиника ЭКО «АльтраВита», г. Москва, ул. Нагорная, д.4а

Подробная схема проезда на личном и общественном транспорте: https://altravita-ivf.ru/kontakty.html

⚠️⚠️⚠️

При себе пациентам на приеме, желательно, иметь данные и результаты последних обследований.
Вы можете оставить заявку на консультацию с Ф.И.О. и контактным телефоном на сайте клиники http://altravita.ru
📢 Приглашаем всех желающих на конференцию по "Актуальным вопросам андрологии", которая состоится 25 января 2020 года в городе Навои.

👨🏻⚕ Лектор: MD., PhD. ИРГАШЕВ ДИЛЬМУРАД СААТОВИЧ

📍 Адрес проведения конференции: г.Навои, ул. Навои.
📌 Ориентир: "Гулшан" туйхонаси

🕒 Время начало регистрации на конференцию: 12:00

⚠️ В этот же день доктор Иргашев Д.С. с 11:00 до 12:00 проведет бесплатную консультацию. Места на приём ограничены. Спешите! ⚠️

📍 Адрес проведения консультации:
г.Навои, ул.Жанубий, «Grand Medical Centr»

📲 Дополнительная информация по ☎️:
+998 977375588 Зилола
+998 933820902 Сабохат
Ⓜ️avzu: Urug’ suyuqligi sifatini oshirish — dorilar, mahsulotlar, parhez turlari 🚹

Aksariyat erkaklar urug’lantirishni rejalashtirishni kontraseptsiyani to’liq rad etish sifatida tasavvur qilishadi. Biroq, aslida bunday emas. Agar farzand ko’rishni rejalashtirayotgan bo’lsangiz, kontraseptsiyadan bosh tortishdan oldin salomatlikni tartibga keltirish kerak. Bu faqatgina ayol tomonidan amalga oshirilmaydi.

Erkak spermasi sifati homiladorlik boshlanishi ehtimoli va bo’lajak bolaning sog’lig’iga bevosita ta’sir qiladi. Erkak hatto o’zining erlik quvvatiga to’liq ishongan bo’lsa ham, urug’lantirishga tayyorgarlik vaqtida urug’ foizini tekshirishi va agar kerak bo’lsa, spermatozoidlarning harakatchanligini kuchaytirishi lozim, chunki potentsiya spermatozoidlar sifatining pastligi bilan bog’liq emas.

Sperma sifatini yomonlashtiradigan omillar
🔹 Moyaklarning harorati. Erkaklarning moyaklari tashqarida, yorg’oqda joylashishi bejizga emas. To’laqonli spermatozoidlarning yetilishi uchun moyak harorati normal tana haroratidan bir necha darajaga past bo’lishi kerak. Moyaklarning har qanday, hatto arzimagan darajada qizib ketishi, spermatozoidlarning harakatchanligini susaytiradi. Spermatozoidlarning harakatchanligi biroz vaqtga emas, balki yangi spermiylar yetilmagunigacha pasayadi. Bola urug’lantirishga tayyorgarlik ko’rayotganda, tabiiy matolardan tikilgan, bo’sh turadigan ichki kiyimlar kiyish, shuningdek moyaklarning qizib ketishiga sabab bo’lishi mumkin bo’lgan omillarini kamaytirish tavsiya etiladi;
🔹 Noqulay ekologik vaziyat nafaqat salomatlik, balki spermaga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Kimyoviy moddalar (jumladan, maishiy kimyoviy moddalar) bilan doimiy aloqalar, mobil telefonlardan chiqadigan nurlanish (oz bo’lsada), ifloslangan havo, chiqindi gazlar — bu omillarning barchasi sperma holatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bunday holda, erkak urug’ini ko’paytirish va harakatchanlik darajasini kuchaytirishga antioksidantlarni qo’llash orqali erishiladi. Antioksidantlar nafaqat atrof muhit omillarining salbiy ta’sirini bartaraf etadi, ushbu moddalar shakllanayotgan spermatozoidlarni himoya ham qiladi, ularning oziqlanishini yaxshilaydi;
🔹 Stressli holatlar erkaklarning reproduktiv salomatligini yomonlashtiradi. Bu holatda ko’proq dam olish, vaziyatni tinchroq holatga o’zgartirish tavsiya etiladi.
🔹 Kola va qahva suiste’moli. Bir qator tadqiqotlar erkaklar qahva va gazlangan shirin ichimliklar ichishi uning spermatozoidlari konsentratsiyasini pasaytirishi va harakatchanligi yomonlashtirishini ko’rsatdi. Bu kofeinning jinsiy hujayralarga o’ziga xos ta’sir ko’rsatishi bilan bog’liq.
Urug’ sifatini oshirish usullari
Saqlanish muddati
Ko’pchilik agar bir necha kun yaqinlikdan saqlanib turilsa, urug’lantirish ehtimoli oshadi deb hisoblaydi. Albatta bu fikrda haqiqat mavjud, ammo me’yorni unutmaslik zarur.
Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkiloti tavsiyalariga ko’ra, saqlanish muddati 2 kundan 4 kungacha bo’lishi kerak, agar kunlar kam bo’lsa, sperma miqdori yetarli bo’lmasligi mumkin. Uzoq muddat saqlanishda menstrual siklning urug’lantirish uchun eng qulay bo’lgan kunini o’tkazib yuborish ehtimoli mavjid.
Uzoq saqlanishdan keyin spermatozoidlar sifati o’zgaradi va u sog’lom farzand urug’lantirish uchun yetarli bo’lmasligi mumkin.

🥦 Parhez
Har bir insonning salomatligi uning ovqatlanish xususiyatlariga bevosita bog’liq. Urug’lantirishni rejalashtirish davrida kundalik taomnomaga urug’ foizini yaxshilaydigan mahsulotlarni kiritish lozim. Ammo sperma sifatini yaxshilash uchun faqat oziq-ovqat mahsulotlari yetarli bo’lmasligi mumkin.
Shu sababli, shifokor muvozanatli parhez bilan birgalikda bo’lajak otalar uchun maxsus preparatlar qabul qilishni buyurishi mumkin. Bunday komplekslar zarur vitaminlar, aminokislotalar va mikroelementlarni o’z ichiga oladi.
❗️Spermatogenezni yaxshilaydigan mahsulotlar, qoida tariqasida, konservantlar va bo’yoq moddalarini o’z ichiga olmaydi, tabiiy tarkibga ega, qovurilmagan va ko’p miqdorda yog’da tayyorlanmagan bo’ladi. Bunday mahsulotlarga kam yog’li go’sht, dengiz baliqlari, mavsumiy sabzavotlar va mevalar kiradi.

Do'stlaringizga ulashing! 🔥

Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
www.t.me/hospitaldoctord

Instagram:
www.instagram.com/hospitaldoctord

Web sahifamiz:
www.doctord.uz

Obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting! 👨🏻‍⚕️🏨
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🦠 Янги ўлим вируси - "коронавирус" нима?
Касалликнинг аломатлари ва ундан сақланиш усуллари. Барчаси батафсил.

Барчага тарқатинг👇🏼

@Hospitaldoctord
@Doctordilmurod
#qisqafaktlar

Ereksiya vaqtida jinsiy olat uzunligi o'rtacha 60% ga cho'ziladi 😳

~~~~~~~~~~~

#короткиефакты

​​​​При эрекции половой член удлиняется в среднем на 60% 😳
🚹 Spermani ko’paytirish uchun va uning sifatiga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi mikroelement va vitaminlarga quyidagilar kiradi:
Kalsiy;
C, D, E vitaminlari;
Beta-karotin — to’q-sariq va qizil rangli sabzavotlarda ko’p;
Rux — dukkaklilarda ko’p;
Omega 3 to’yinmagan yog’ kislotalari (bular urug’ foizi va sifatiga eng ko’p darajada ta’sir qiladi) — yog’li baliq turlarida ko’p.
Selen — erkaklar reproduktiv tizimining normal ishlashi uchun kerak bo’lgan yana bir antioksidant. Taomnomada uni yetarli bo’lishida urug’ suyuqligi sifati yaxshilanadi, spermatozoidlarning harakatchanligi ortadi.

❗️Bo’lajak ota yog’li va og’ir ovqatdan butunlay voz kechishi kerak. Bundan tashqari, konservantlar, stabilizatorlar va xushbo’ylashtiruvchi moddalarni o’z ichiga olgan mahsulotlarni taomnomadan butunlay chiqarib tashlash tavsiya etiladi. Bu qo’shimchalar sperma holatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Bundan tashqari, ta’mni yaxshilovchi qo’shimchalar ishtahani oshiradi, ko’p yeb yuborish va vazn orttirishga sabab bo’ladi. Tana vazni ortiqcha bo’lgan erkaklarda esa spermogramma tahlili (analizi) ancha yomonroq bo’ladi, potentsiya bilan bog’liq muammolar ham tez-tez uchraydi.

❗️E’tiborli jihati, yog’li oziq-ovqat mahsulotlar iste’molini cheklash natijasida normal yoki ozg’in erkaklarda urug’ sifati sezilarli darajada yomonlashadi.

💊 Dori vositalari
Allergik reaktsiyalarni davolash uchun dorilar, analgetiklar, antibiotiklar, steroidlar — bularning barchasi erkak urug’i holatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Hatto Viagra singari preparat ham spermatozoidlar harakatchanligini kamaytiradi.
Spermatozoidalarning harakatchanlik darajasini oshirish uchun shifokor maxsus gormonal dori-darmonlarni tavsiya qilishi mumkin. Biroq, bunday dori-darmonlarni tayinlash uchun spermogramma va boshqa sinovlarni o’tkazish talab etiladi.
Sog’lom turmush tarzi
Urug’lantirish kutilishidan kamida uch oy oldin chekishdan, alkogolli ichimliklar va giyohvand moddalar qabul qilishdan bosh tortish kerak. Bu muddat sperma butunlay yangilanishi uchun yetarli bo’ladi. Tamaki chekishda nosog’lom spermatozoidlar ko’payishi isbotlangan.

🔝 Spermagramma natijalarini yaxshilash
Agar juda uzoq muddat ichida (bir yildan ortiq) urug’lantirish sodir bo’lmasa, har ikkala tomon ham mutaxassis huzurida to’liq tekshiruvdan o’tishlari, bo’lajak ota esa spermogramma uchun tahlil topshirishi kerak bo’ladi. Ushbu laboratoriya tahlili davomida muayyan miqdordagi urug’ suyuqligida harakatchan spermatozoidlarning miqdori va ularning hayotiyligi hisoblanadi.
Urug’lantira olmaslikning sababi bo’lgan eng ko’p uchraydigan patologiya — bu sperma miqdorining yetishmasligi yoki harakatchanligi kamligidir. Ammo bu tashxis aslida kasallik emas, balki holatdir, ko’pincha u vaqtincha bo’ladi.

Dori-darmonlarni qabul qilmasdan reproduktiv salomatlikni yaxshilashga qaratilgan bir qator tavsiyalar mavjud, jumladan:
Turmush tarzini o’zgartirish. Homiladorlikni rejalashtirish paytida alkogolli ichimliklar, nikotin, narkotik moddalardan butunlay voz kechish kerak. Bundan tashqari, jismoniy mashqlar qilishni boshlash;
Muvozanatli ovqatlanish — taomnomada barcha kerakli vitamin va mikroelementlar mavjud bo’lishini ta’minlash;
• Bundan tashqari, shifokor erkakka antioksidantlar qabul qilishni tavsiya qilishi mumkin. Antioksidantlar shakllanayotgan spermatozoidlarni va ular olib yuruvchi genetik materialni erkin radikallarning vayronkor ta’siridan himoya qiladi;
Stressli vaziyatlardan qochish. Reproduktiv salomatlik holati erkakning his-tuyg’ulariga bevosita bog’liq. Ko’proq dam olish va ijobiy emotsiyalar — bu sog’lom farzand urug’lantirishning muvaffaqiyat kalitidir.
Tana vaznini me’yorga keltirish. Yog’ hujayralari estrogen gormoni ishlab chiqaradi, buning natijasida testosteron — spermatozoidlar ishlab chiqarilishi uchun ham kerak bo’lgan erkaklar gormoni ishlab chiqarilishi bostiriladi. Shu tufayli bo’lajak otalarga qomatlarini nazorat qilish va me’yoriy darajada jismoniy faollikda bo’lish (ba’zi hollarda shifokor, aksincha, jismoniy faollikni kamaytirishni tavsiya qiladi) tavsiya etiladi.
Assalomu alaykum! Sayyidul juma muborak azizlar! 🌙
Hayrli tong barchangizga! ☁️

Bugun Navoi shaxrida bo'lib o'tadigan konferensiyaga yo'lga chiqdik 🙂