"Doctor D" || rasmiy sahifa
1.46K subscribers
222 photos
109 videos
2 files
899 links
"DOCTOR D" gospitalining YAGONA RASMIY telegram kanali 🏨

Tibbiy xizmatlarning barcha turlari!

Ambulator-statsionar davolash, laboratoriya, funksional diagnostika, 24/7 tez yordam xizmati 🚑 - qisqa 1057 ☎️ raqami orqali
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Коронавирус юқса, қандай биласиз?

Хитойда бошланган вируснинг 6 аломати ва ҳимоя йўллари. (BBC Uzbek)

© internet manbaa
Juma tongi muborak azizlar! 🌙
​Bugun, 28-fevral kuni Xorazm viloyati Urgench shaxrida bo'lib o'tgan #bepulqabul dan fotolaxvalar 📸

#бепулкабул #bepulqabul
#бесплатнаяконсультация
#DoctorD
#ДокторД

Yagona rasmiy telegram kanal:
t.me/hospitaldoctord

Instagram:
www.instagram.com/hospitaldoctord

Web sahifamiz:
www.doctord.uz

Obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting!👨🏻‍⚕️👩🏻‍⚕
📣 Ayni damda Irgashev Dilmurod Saatovich Xorazm viloyati Urgech shaxridagi "Karavan" mehmonxonasining konferents-zalida "Erkaklarning bepushtligi" va "Barvaqt eyakulyatsiya (bo'shanish). Davolashning zamonaviy usullari" mavzularida konferentsiya o'tkazmoqdalar.

#konferentsiya #конференция
#DoctorD #ДокторД

Do'stlaringizga ulashing! 🔥

Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
www.t.me/hospitaldoctord

Instagram:
www.instagram.com/hospitaldoctord

Web sahifamiz:
www.doctord.uz

Obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting! 👩🏻‍⚕👨🏻‍⚕
Dam olish kunlaringiz maroqli o'tishini tilab qolamiz! 🙂

#DoctorD #ДокторД
Ayni damda "Yotube" ijtimoiy tarmog'idagi "Jinsiy Hayot" kanalimiz uchun Irgashev Dilmurod Saatovich bilan bo'lib o'tayotgan syomka jarayonidan fotolavxa 📷

#backstage #закадром #кадрортида #DoctorD

Tez kunda yangi video! 🔥🔥🔥

Do'stlaringizga ulashing! 🔥

Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
www.t.me/hospitaldoctord

Instagram:
www.instagram.com/hospitaldoctord

Web sahifamiz:
www.doctord.uz

Obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting! 👨🏻‍⚕️🏨
Hayrli tong azizlar! ☀️

O'lkamizda bahor! 🌷💐🌸😍
🎬 Irgashev Dilmurod Saatovichdan yangi video!
👇🏻👇🏻👇🏻
# 180 URUG` SIFATINI QANDAY OSHIRSA BO`LADI

✏️ Qanday qilib uy sharoitida urug' sifatini oshirish mumkin? Urug' sifatini yaxshilash va tezroq homilador bo'lish uchun 6ta foydali maslahat!

#DoctorD #ДокторД
Do'stlaringizga ulashing! 🔥

🔰 Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
t.me/hospitaldoctord

📷 Instagram:
instagram.com/hospitaldoctord

🌐 Web sahifamiz:
www.doctord.uz

©️ Obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting! 👩🏻‍⚕️👨🏻‍⚕️
Assalomu alaykum! ☀️ Xafta barchangizga boshidan omadli, daromadli va albatta barokatli kelsin! 🙏🏻

Bugungi mavzuimiz qadrli ayollarimizdan kelib tushgan savollarga asoslangan xolda.

Ⓜ️avzu: "Erimga yoqmay qoldim!"

Turmush davomida ayolda shunday fikr paydo bo‘lishi tez-tez uchrab turadigan holat. Ayol turmush o‘rtog‘i uchun o‘zini yoqimsizdek his eta boshlaydi. Bu katta muammo!

🔸Sabablari
1️⃣ ayol tabiatan yoqimli ekanligini his etib yashashi kerak;
2️⃣ Ikkinchidan, eri uchun ayol yoqimsiz bo‘lib qolgan bo‘lsa, demak oiladagi munosabatlar darz ketmoqda;
3️⃣ Uchinchidan, o‘zini yoqimsiz deb bilgan ayol haqiqatdan yoqimli ekanligiga ishonmay qoladi;
4️⃣ To‘rtinchidan, eriga yoqmasligini bilayotgan ayol o‘zini kamstishni boshlaydi va erining ko‘zida yanada pastroqqa tushadi;
5️⃣ "yoqimsiz" ayol erining ko‘plab "ayb"iga ko‘zini yuma boshlaydi.

🔸Haqiqatdan ham ayol o‘z turmush o‘rtog‘iga yoqimsiz bo‘lib qoladimi? Buning sababi nima?
Vaqt o‘tib, erkak ham ayol ham o‘zgaradi va bu tabiiy holat. Ular bir-biriga mos ravishda o‘zgarib borsa, muammo yo‘q. Lekin, ba’zida er-xotin har xil yo‘nalishda va turlicha tezlikda o‘zgara boshlaydi yoki umuman o‘zgarmay yuraveradi. Mana shu mutanosiblikning buzilishi munosabatlarda muammolar keltirib chiqaradi.
❗️Erkak birdaniga xotinidan o‘zgarishini talab qilib qoladi. Unga bo‘lgan e’tirozlari ko‘payib qoladi. Ayolining jismoniy ko‘rinishi, gapirishi, o‘zini tutishi, hidi, jinsiy munosabatlardagi o‘rni va hokazolar yoqmay qoladi. Yoki undan yomoni, hech qanday talab e’tirozsiz xotinidan sekin-asta sovushni boshlaydi.
Xotin barcha aybni o‘ziga olib, o‘zgarishga harakat qila boshlaydi. Lekin negadir o‘zgarayotgan bo‘lsa ham, erining e’tirozlari kamaymayotgan bo‘ladi. Shunda u o‘zini aybdordek his etib, boshini egib, erini "yanada balandroq"qa ko‘tarib qo‘yadi.

Erkakning xotinidan ranjishiga nima sabab bo‘lishi mumkin? Asosiylariga to‘xtalib o‘tamiz.

▪️Boshqa ayolni sevib qolishi.
Agar erkakning xotinidan ranjishiga sabab bu bo‘lsa, u holda bu oddiy hiyonat bo‘lib, xotinida hech qanday ayb yo‘q. Qo‘lidan kelsa, erini qaytarib oladi, qo‘lidan kelmasa, erini yo‘qotadi. Hiyonat tufayli eriga yoqmay qolgan ayol qancha urinmasin erining chetdagi "asal oyi" davrida uning ko‘ziga yoqimsiz bo‘lib ko‘rinaveradi. Vaqt o‘tishi kerak. Chetdagi munosabatlardagi ehtiros kamayganida xotini kurashishni boshlasa bo‘ladi.
O‘zbek ayoli erining mehrini qozonish uchun birinchi navbatda ovqatni yanada mazaliroq, tortni yanada kattaroq qilishga harakat qiladi. Bu yo‘l maqsadga erishishga yordam bermaydi. Qo‘shimcha "qurol" sifatidagina qo‘llanilishi mumkin.

▪️Biron tanishining ayoliga xavas bilan qarashi.
Birovlarning xotiniga xavas bilan qaraydigan erkaklar kam emas. Ular shu qadar bo‘sh va qo‘rqoq bo‘ladiki, o‘zi unday ayolga uylanishga ma’naviy, jismoniy va psixologik kuchi yetmaydi, yonidagi ayoli shunday bo‘lishi uchun imkoniyat yaratib bermaydi va birovga xavas bilan kifoyalanib yashaydi. Xotini u ayolga o‘xshamaganligi sabab unga mehr bilan qaray olmaydi. Bunday erkaklar xotini u uchun harakat qilishiga, o‘zgarishiga arzimaydi. Ular haligi yoqimli ayolga munosib bo‘lishga harakat qilmaydilar-u, nega xotinidan yuqori parametrlarga ega bo‘lishini talab qiladi? Xotini qanchalik o‘zgarmasin, harakat qilmasin, o‘sha qo‘shnining ayoli yoqimli bo‘lib ko‘ziga ko‘rinaveradi, ayoli yoqimsiz bo‘lib, ayolida qo‘shimcha kamchiliklar topilaveradi. Bunday erkak bilan o‘zgarishga hojat yo‘q. Agar kuchi yetsa, o‘zi birinchi o‘zgarib, ana undan keyin xotini unga munosib bo‘lishini talab qilishi lozim. Erkak qanday bo‘lsa, yonidagi ayol aynan unga mos va munosib bo‘ladi. Bunday erkak bilan ayol o‘zini qadrini ko‘tara olishi kerak.
(davomi kelgusi maqolalarimizda)

#DoctorD #ДокторД
Do'stlaringizga ulashing! 🔥

🔰 Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
t.me/hospitaldoctord

📷 Instagram:
instagram.com/hospitaldoctord

🌐 Web sahifamiz:
www.doctord.uz

©️ Obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting! 👩🏻‍⚕️👨🏻‍⚕️
Assalomu alaykum azizlar! Kechagi mavzuimiz ko'pchilik erkaklarimizni bee'tibor qoldirmaganidan ko'rinib turibdiki, ayollar yonini olib, erkaklarga "aybni ag'darayotgan" tuyulayotgan bo'lishi tabiiy hol. Ammo maqoladan maqsad kimnidir qoralab, kimnidir oqlash emas, aksincha, oilada garmoniya bo'lishi tarafdori ekanligimizni unutmang!!! Shunday qilib, mavzuni davom ettiramiz.

Ⓜ️avzu: "Erimga yoqmay qoldim!" (davomi)

▪️O‘zi o‘zgarib ayolidan ham yuksalishni kutishi
Bu yuqoridagi ko‘rinishning aksidir. Bunda erkak ma’lum bir sabab(moliyaviy, jismoniy va boshqa)larga ko‘ra ijobiy tomonga o‘zgargan bo‘ladi. Bunday erkak yonida o‘ziga mos ayol bo‘lishini istaydi va bunga haqqi bor. Agar ayol eri haqiqatdan ijtimoiy yuksalganini his etayotgan bo‘lsa, u holda u ortda qolmay o‘z ustida ishlashi lozim. Eri ko‘p kitob o‘qimoqdami, u ham adabiyotga qiziqishi lozim. Eri jismoniy holatini yaxshiladimi, ayol ham o‘z jismoniy ko‘rinishiga ahamiyat bermog‘i lozim. Eri katta uchrashuvlarga bormoqdami, ayoli yonida munosib ko‘rinishda va muomilada bo‘lishi darkor. Bunday oilalar yuksalaveradi, undagi farzandlar esa yangi ijtimoiy cho‘qqilarni zabt etadilar.

▪️Ayoli keskin ravishda o‘ziga qaramay qolishi (vazni keskin oshib, soch va yuzida ayollik isi qolmasligi va hokazolar)
Bir nechta farzand tuqqan ayol qizlik paytidan farq qilishi ajab emas. Lekin 30-35 yoshida ayol 80kg bo‘lib, yuzini, sochlarini parvarish qilmay qo‘yib, tovonlari qotib ketib yursa, hamma erkak ham bunga chidashi oson bo‘lmaydi. Ayol 20 yoshida ham, 70 yoshida ham o‘ziga qaragan bo‘lishi muhim. O‘zini yosh ko‘rsatish shart emas, lekin parvarish qilinganligi bilinib turishi lozim. Kiyimi va sochlaridan doimiy tarzda faqat yo‘g hidi kelib turgan ayol, hech bir erkakka yoqimli ko‘rinmasligi tabiiy holat.
❗️ Ayolning o‘ziga qarashga vaqti yetmayotgan bo‘lsa, eridan yordam so‘rashi kerak. So‘rayolmaydigan, yordamni ola bilmagan ayol eriga yoqishi tobora qiyinlashib boraveradi. Erning ko‘ziga stoldagi tort, toza idishlar, supurilgan xovli emas, ayolining yuzidagi dog‘lari, kiyimining kirligi, sochidagi yog‘ isi aniqroq bilinadi.

▪️Erkak o‘zidan ranjib, alamini xotinidan olishi
Bu holat ham ko‘p uchraydi. Bunday erkakning o‘ziga bo‘lgan ishonchi kam bo‘ladi. U o‘zidan ich-ichida nafratlanadi. Tayinli ish qilmaydi, qo‘lidan hech narsa kelmaydi. Mana shu kabi erkaklar, o‘zini o‘zgartirishning o‘rniga, xotinini kamsitishga o‘tadi. Uni astoydil o‘ziga qaramaydigan, o‘zini kamsitadigan, boshini ko‘tara olmaydigan ayolga aylantirib qo‘yadi. Yillar davomida xotinini yerga uraversa, maqsadiga erishadi. Natijada esa, boshi egilgan, o‘ziga qaramaydigan, kamsitilgan ayolni ko‘rib, o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirib o‘tiradi. Ayol bunday erkak bilan sinmasligi kerak. O‘z qadrini bila olgan, o‘zini seva oladigan, erka bo‘la oladigan ayol bunday vaziyatda o‘zi sinmay, balki erini ham botqoqdan chiqara oladi.

▪️Erkakda jinsiy muammolar paydo bo‘lishi (jinsiy ojizligining sababini xotinidan izlaydi)
Erkak o‘zida jinsiy ojizlikni his eta boshlasa, negadir sababini tibbiy muammodan izlamay, xotinidan izlashni boshlaydi. Xotinining qo‘shimcha 2-3 kilosi, soch rangi yoki turmagini uning jinsiy ojizligiga sabab deb biladi. Jinsiy ojizlikning asosiy sababi tibbiy muammolardir. Vaqtida davolangan kasalliklar jinsiy ojizlikning oldini oladi.

Aynan shu ayolga uylanganidan achinishi
Erkak ota-onasining qistovi yoki boshqa sabablar bilan bir ayolga uylanadi. Lekin turmush davomida unga hech mehri uyg‘onmaydi. Yillar o‘tgan sayin xotini yoqmay ketaveradi, erkak ham ajrashmay shunday mehrsiz turmushni davom etaveradi. Agar turmush qurishdan oldin ayol eriga yoqmagan bo‘lsa, u holda turmush davomida uni mehrini qozonishga harakat qilishi lozim. Mehr qozonish uchun manti pishirish shart emas, tili shirinlik, erkalik, o‘z qadrini bilish va albatta jinsiy munosabatlarning boyligi erkakni mehrini qozonishda eng oson yo‘ldir.

#DoctorD #ДокторД
Do'stlaringizga ulashing! 🔥
Ⓜ️avzu: Prostatit – davolasa bo‘ladigan dard!

▫️ Ayrim insonlarda prostataning tug‘ma o‘smay qolganligi yoki nimjonlanib qolishi jinsiy qobiliyatda aks etishi mumkin.
Lekin, prostata bezidagi asab tolalarining uchlari va asab tugunlari uning ba’zan unchalik ahamiyatga ega bo‘lmagan patologik o‘zgarishlarga ham sezgirligini ta’minlaydi. Hatto surunkali ich qotishi yoki bavosil kasalligi prostata bezida vaqtinchalik jinsiy noqobillik tug‘dirishi mumkin.

▪️ Keksalikda jinsiy bezlar faoliyati susayganda prostata bezining faoliyati ham pasayadi. Uning yopishqoq to‘qimasi qisman biriktiruvchi to‘qima bilan aralashib qoladi. Ellik yoshdan oshgada ba’zan uretra atrofi bezlari o‘sib ketadi. Bu bezlar, ma’lumki, prostataga taqalib turadi. Natijada prostatada shishga o‘xshash bezarar hosila (adenoma) paydo bo‘ladi. Adenoma jom, ya’ni qovuqdagi ulanish apparatini siqib, uning normal faoliyatini buzadi. Bunda siydik chiqarish qiyinlashadi. Adenoma to‘g‘ri ichakni qisib qo‘yishi oqibatida esa, keksalarda ich qotishi yuzaga keladi.

▫️ Prostata bezi faoliyatining buzilishi ulg‘aymagan kishilarda ham kuzatiladi. Buning boisi bavosil kasalligi, jinsiy yaqinlikdan tiyilib yurish, zahar tang‘iganda tutib yurish odatda, surunkali qabziyat, oz harakatli turmush tarzi, ovqatlanishdagi betartiblik va spirtli ichimliklarga ruju qo‘yishdir.

▪️ Prostatit – bu prostata bezining yallig‘lanishidan kelib chiquvchi kasallik bo‘lib, hozirgi kunda dunyo bo‘yicha 73-90% erkak aynan shu xastalikdan aziyat chekadi.

Do'stlaringizga ulashing! 🔥

Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
www.t.me/hospitaldoctord

Instagram:
www.instagram.com/hospitaldoctord

Web sahifamiz:
www.doctord.uz

Obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting! 👨🏻‍⚕️🏨
Ассалому алайкум азизлар! 🌙
Kirib kelayotgan 8-mart xotin-qizlar bayrami bilan onajonlarimiz, opa-singillarimizu, shirindan shakar qizaloq farzandlarimizni chin qalbimizdan muborakbod etib qolamiz! 🌷🌷🌷
🎬 Irgashev Dilmurod Saatovichdan yangi video!
👇🏻👇🏻👇🏻
# 181 AYOLLAR KO'KRAGI XAQIDA. ERKAKLAR KO'RMASIN!🙅🏻‍♀


#DoctorD #ДокторД
Do'stlaringizga ulashing! 🔥

🔰 Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
t.me/hospitaldoctord

📷 Instagram:
instagram.com/hospitaldoctord

🌐 Web sahifamiz:
www.doctord.uz

©️ Obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting! 👩🏻‍⚕️👨🏻‍⚕️
Assalomu alaykum qadrli obunachilarimiz! 🌷☀️ Bugungi mavzuimiz go'zal va nozik ayollarimizga bag'ishlanadi. Demak...

Ⓜ️avzu: Erga yoqish sirlari: erni ko’nglini olish uchun nima qilish kerak?

Munosabatlarning boshlanishi gullar, shirinliklar, sevgi izhorlari kabi turli yoqimli lahzalarga boy. Biroq, oilaviy hayotda romantika asta-sekin e’tiborsizlik bilan almashinib boradi. Ko’pgina erkaklar poligam mavjudot ekanliklarini hisobga olgan holda, ko’plab ayollar ushbu savolga qiziqish bildirmoqda: erga yoqish uchun nima qilish kerak, uning o’z ayoliga bo’lgan qiziqishini qanday saqlab qolsa bo’ladi.

❣️ Ko’p yillar davomida erga yoqish uchun
Avvalo, turmush o’rtog’ingizga yoqish uchun, hatto nikohdan keyin ancha yillar o’tgan bo’lsa ham, o’zingizga qarab yurishni unutmang. Jozibali ko’rinishga ega bo’lgan ayol har doim har qanday erkakda kuchli qiziqish uyg’otadi. Eringiz siz atrofdagilar uchun qiziqish uyg’otayotganingizni ko’rishi kerak. Bu ko’chaga chiqib o’zini ko’z-ko’z qilish degani emas, shunchaki tashqi ko’rinish go’zal bo’lish kerakligini anglatadi. Shu bilan birga, boshqalarga yoqishingizga qaramasdan, eringiz sizning sadoqatli ekaningizga to’liq ishonishi kerak.

❗️ Erga yoqish usullari orasida eng yaxshisi — eringizni muntazam maqtashingiz kerak. Aksariyat erkaklar juda qattiq bo’lsa-da, ularning hech biri yaxshi iltifotlardan voz kechmaydi. Eringizga doimo u kuchli inson, sizning umidingiz va ishongan tog’ingiz ekanligini eslatib turishga harakat qiling. Bunday so’zlardan keyin sizning hayotingizni yaxshiroq qilish uchun eringiz hamma narsaga tayyor bo’lishiga amin bo’lasiz.

❣️ Turmush o’rtog’ingiz bilan bir necha yil birga yashayotgan bo’lsangiz ham, erga yoqish uchun bir nechta maslahatlar mavjud:
1. U bir vaqtlar sevib qolgan qizga aylaning. Muloyim, mehribon va xushmuomala bo’ling (lekin haddan tashqari ham emas!). Har bir er uy bekasini emas, balki o’z yuragini zabt etgan nozik qizni ko’rishni xohlaydi;
2. Romantik biron joyga boring, masalan restoranga, eringiz sizni u yerda bor chiroyingizni ko’radi. Bu erkaklarni harakatlarga ilhomlantiradi va siz qaroringizdan pushaymon bo’lmaysiz;
3. Unutilmas romantik kechki ovqat tayyorlang. Qorong’u xonada xushbo’y shamlar yanada ko’proq romantika qo’shadi. To’yimli ovqat tayyorlamang. Yaxshisi turli ovqatlardan kam-kam tayyorlang va dasturxonni to’ldiring. Agar eringiz shirinsevar bo’lsa, shirinliklar va turli xil mevalar uchun ko’proq afzallik bering;
4. Eringizni mamnun qilish uchun o’zingizni ko’z-ko’z qiling. Erni ko’nglini olish uchun buni ancha vaqtdan buyon qilmagan edingiz. Tabiiyki, u yoqimli hayron bo’ladi;
5. Qomatingizni me’yorga keltiring. Oddiy uy sharoitidagi fitnes sizga yaxshi yordam berish va mushaklaringizni chiniqtirishi mumkin. Shuningdek, bu sog’liq uchun ham foydalidir;
6. Obrazingizni o’zgartiring. Har kuni turli xil, yangi, oldindan aytib bo’lmaydigan obrazlarda bo’ling. Eringiz sizning harakatlaringizni qadrlaydi va sizni e’tiborsiz qoldirmaydi;
7. Chaqqon bo’ling. Eringiz bilan qiziqing, oldingizda turgan tanlovlarni u bilan muhokama qiling. Yangi narsalarga qiziqib, unga bu haqida xabar bering;
8. Xobbi. Eringizni mamnun qilish uchun bo’sh vaqtni u bilan birga o’tkazing. Hayotdagi barcha narsadan birga bahramand bo’ling. Teatrga boring, raqsga tushing. O’z sevimli mashg’ulotlariningizni ko’p qirrali qiling. Erga yoqish uchun uchun hayotingizga biroz ekstrim, faol dam olish qo’shing.
Agar siz bir-biringizni to’y kuningizdagidek sevsangiz, oilaviy hayot osonroq va yoqimliroq bo’ladi. Bunday shart-sharoitlarni yaratish juda qiyin, lekin biroz harakat qilish kerak va natija o’zini uzoq kuttirmaydi. Uning ko’zlari qanday «porlab» turganini va siz baxtdan qanday nur taratayotganingizni ko’rasiz. Albatta sevgidan.

#DoctorD #ДокторД
Do'stlaringizga ulashing! 🔥

🔰 Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
t.me/hospitaldoctord

📷 Instagram:
instagram.com/hospitaldoctord

🌐 Web sahifamiz:
www.doctord.uz

©️ Obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting! 👩🏻‍⚕️👨🏻‍⚕️
Ⓜ️avzu: Erga yoqish sirlari (davomi)

❣️ Er uchun yagona bo’lib qolish
Ayol — bu o’ziga xos go’zal vakil. Ularning chiroyli yoki chiroyli emaslari bo’lmaydi, ko’p erkaklar shunday hisoblashadi. Ayollarga tozalik, ozodalik xosdir.
Lekin nega ba’zi erkaklar ularga e’tibor berishni to’xtatadilar, nega ularga bo’lgan qiziqishni yo’qotadilar? Hozir ana shu haqida gaplashamiz.
Ko’pincha ayollar unutib qo’yadilar, erkaklar — ularning go’zalligini asosiy baholovchilar hisoblanadi, shuning uchun sizning yaxshi eringiz bo’lsa ham, o’zingizga va go’zalligingizga e’tibor berishni tashlab qo’ymang.
Ko’pincha ayollar uyda uy uchun yoki eski kiyimda, bo’yanmasdan va to’zigan sochlari bilan yurishadi. Erkak chiroyli malika bilan tanishgan edi, hozir esa uyda haqiqiy «baqa»ni ko’rmoqda.
Shu sababli, ko’plab erkaklar o’z xotinlariga qiziqishni yo’qotishadi, boshqa ayollarga qarashni boshlashadi, ichishga berilib ketadi. Va buning uchun eringizni ayblamang va u bilan janjallashmang, ehtimol vaziyatni chuqurroq ko’rib chiqish va o’zgartirish kerakdir? Xo’sh, turmush o’rtog’ingizga yoqish uchun nima qilish kerak?
🔸Tashqi ko’rinish
Ayol kishi kunning istalgan vaqtida jozibador ko’rinishi kerak. Hatto ertalab uyg’ongach, sochlarni chiroyli turmaklash, ko’zga yoqadigan chiroyli kiyimlar kiyish tavsiya etiladi, hatto uy uchun kiyim bo’lsa ham, sizni ushbu libosda ko’rish yoqimli bo’lsin.
Bugungi kunda yaxshi ko’rinish sizdan ko’p vaqt va energiya talab qilmaydi — zamonaviy go’zallik sanoati o’zingizga qarashni dam olish kabi qilib qo’ygan.
Siz go’zallik salonida o’zingizni tartibga keltirasizmi yoki uy sharoitida, bu muhim emas. Uy sharoitida go’zal ko’rinish uchun turli usullar, niqoblar, retseptlar, vositalar va asboblar mavjud, ular sizga o’zingizni doimo Klepoatra kabi his qilishingizga ko’maklashadi. Axir, o’ziga e’tibor beradigan ayol — o’ziga ishongan ayol. Bu eri uchun yagona hisoblanadigan ayol.
O’zingizga «erim hohlaydigan va u uchun yagona hisoblanadigan bo’lish uchun nima qilish kerak?» degan savol bersangiz, doim bir narsani yodda tuting: siz eringiz uchun yagonasiz, u sizni tanlab bo’ldi. Siz kabi ikkinchi ayol dunyoda yo’q. Shuning uchun o’zingizni qadrlashingiz, hurmat qilishingiz va sevishingiz kerak.
Har doim o’zingiz uchun ozgina vaqt toping, o’zingizga har doim munosib dam olishga ruxsat bering. Birinchidan, qalbingiz va tanangizga e’tiborli bo’ling. Va shunda bir kun kelib siz allaqachon eringiz uchun o’sha yagona ekanligingizni tushunib yetasiz.
🔸G’amxo’rlik
Uyda lazzatli taom bo’lsa, har bir erkak xursand bo’ladi. Bejizga aytishmaydiku, erkak kishining qalbiga yo’l oshqozoni orqali deb. Turmush o’rtog’ingizni u yoqtirgan taom yoki mazali pishiriq bilan xursand qiling.
Erkaklar taomnomasi albatta turli xil bo’lishi kerak. Agar siz lazzatli ovqat tayyorlashni o’rgansangiz va eringizni tez-tez yangi va o’ziga xos taomlar bilan xursand qilib tursangiz, u sizning mehnatingizni bee’tibor qoldirmaydi. Va ishoning, u o’z hamkasblariga va do’stlariga sevgan yori qanday qo’li shirin va aqlli ekani bilan maqtanadi. 🔸Shaxsiy baho
O’zingizga bo’lgan munosabatingiz atrofingizdagi odamning sizga qanday munosabatda bo’lishini belgilab beradi. Bachkanalik va bo’lar-bo’lmas gaplar bu gaplashish uchun sabab emas. Agar boshqalar sizga nisbatan jiddiy bo’lmagan va yuzaki munosabatda bo’lishini istamasangiz, bunday qilmang. Xulq-atvor va tarbiya sizning oldingizda qanday inson ekanligini aniq belgilaydigan mezondir.
🔸Fe’l-atvor
Erga yoqish uchun quvnoq xonim bo’ling! Uyni yig’ishtirish bayramga aylanishi kerak, chunki agar siz ishlarni shikoyat qilishdan boshlasangiz, nafaqat o’zingizni, balki yoringizni ham kayfiyatingizni buzishingiz mumkin. Sevimli musiqangizni qo’ying va raqs tushib va kulib ishlarni bajaring, lekin charchadim va menga hech kim yordam bermayapti deb o’ylamang.
Agar chindan ham qiyin bo’lsa, unda siz makkoralik bilan eringizdan u yoki bu ishni bajarib berishni iltimos qiling, unga ham yoqimli, u o’zisiz bir ish bitmasligini his qiladi va uy tozaligidan mamnun bo’ladi.
🔸Odamlar bilan muloqot qilish qobiliyati
Eringizning do’stlari va qarindoshlarini hurmat qilishni o’rganing. Birinchidan, eringizni har qadamini nazorat qilmang, ishonishni o’rganing. Uning do’stlari kelganda o’zingizni og’ir-bosiq tuting, barchasini ko’ngildan bajaring. Shunda eringizga sizni maqtab qo’yishadi. Qaynonangiz bilan eng yaxshi do’st bo’ling, uning maslahatini tinglang va uni rozi qilishga harakat qiling.
Agar suyukli yoringiz sizga siz yoqtirmaydigan gullarni sotib olib bersa, noto’g’ri sovg’alar qilsa, siz xohlamagan restoranlarga olib boradigan bo’lsa, eringizni koyimang va norozilik bildirmang. Erkaklar kichkina bolalar kabi, ularga faqatgina bildirmasdan sizga nimalar yoqishini aytib qo’ying va ular hamma narsani to’g’ri qila boshlashadi.
Ushbu qoidalarga rioya qilish orqali siz ko’p yillar davomida eringiz uchun yakkayu yagona bo’lasiz va u sizni hech qachon kuttirib qo’ymaydi va sizga bor mehr-muhabbatini beradi. Ishi tugagach, uyga, oilasi davrasiga tezroq qaytishga harakat qiladi.

#DoctorD #ДокторД
Do'stlaringizga ulashing! 🔥

🔰 Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
t.me/hospitaldoctord

📷 Instagram:
instagram.com/hospitaldoctord

🌐 Web sahifamiz:
www.doctord.uz

©️ Obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting! 👩🏻‍⚕️👨🏻‍⚕️
Ⓜ️avzu: Moyaklar haqida 10ta maʼlumot

🔹 Erkaklik bezlari boshqacha qilib aytganda moyaklar (yimirta (eski oʻzbekchada), testis-lotinchada) jinsiy olatning oʻng va chap tomonida joylashgan boʻladi. Moyaklarning erkaklik gormonlarini (eng mashhuri testosteron) ishlab chiqish, urugʻ ishlab chiqish va erkaklikka xos tashqi koʻrinishni taʼminlash asosiy vazifalaridandir. Urugʻni sifatli ishlab chiqarishlari uchun tana haroratidan 1-2 gradus pastroq haroratda boʻlishlari kerak.
Shuning uchun ota-bobolarimiz erkak chaqaloqlarga tagliklarni (pamperslarni) kamroq ishlatishlarini va voyaga yetish davrida tor kiyim kiyishdan bekorga qaytarishmagan.

🔹 Moyaklar xaltasida – yorgʻoqda osilib turushining siri ham aynan shunda siz ham eʼtibor bergansiz issiq kunlari moyaklar juda ham osilib, sovuq kunlari esa aksincha badanga taqalib turadi, sababi esa moyak xaltasidagi aqlli harorat boshqaruvchi (intelligent temperature control system) mavjudligidadir, urugʻni sifatli ishlab chiqishi uchun kerakli haroratni boshqarib turadi.
🔹 Shu oʻrinda bir ogʻiz moyak oʻsmalari haqida aytib oʻtishimiz kerak, chunki moyaklarni yuqorida boʻlishi moyak oʻsmalar hattoki, xavfli oʻsmaga (rak) oʻtib ketish xavfi yuqori va moyak raklari boshqa raklarga aksincha juda yosh yigitlarda 15-35yoshlarda uchraydi. American Cancer Sociyetyʼning statistik maʼlumotlariga koʻra bir yilda taxminan 8700 ta yangi moyak raki voqeasi bilan murojaat qilinadi.
🔹 Moyak oʻsmasining eng koʻp uchraydigan belgisi ogʻriqsiz moyakning kattalashishidir. Kamdan-kam hollarda biroz ogʻriqli, noqulaylik, oldingidan ogʻirlashgandek his qilinishidir. Umuman olganda shu va shu kabi belgilar bezovta qilsa, shifokorga murojaat qilish koʻrikdan tekshiruvdan oʻtish eng toʻgʻri yoʻldir.

🚹 Sizlarga 10 maʼlumotni taqdim etamiz
1. Moyaklarda bir kunda taxminan 200 million spermatozoid ishlab chiqariladi.
2. Vujudining ogʻirligini 14% ini tashkil qiladigan moyak chigirtka moyagidir, Insonniki 0,7% ni tashkil qiladi.
3. "Avokado" soʻzi, qadimgi misrliklarining Aztek tilida moyak degani, Orxideya ham yunonchadan moyak soʻzlaridan asos qilib olingan. Moyak yalligʻlanishi – orxit qulogʻingizga chalingan boʻlsa kerak.
4. Moyak oʻlchami va ovoz qalinligi munosabati toʻgʻri emas, moyagi kichik baqiroq maymunlarni ovozi ancha gur va qalindir.
5. Moyaklarni tashqarida turishi tashqi xavf riski yuqori boʻlsa ham urugʻ ishlab chiqarish uchun optimal sharoit uchun kerak.
6. "Right Whale" kitining moyaklari 1.1 tonnadir, boʻshalganda 4.5litr maniy boʻshatadi.
7. Islandayida ishlab chiqariladigan mashhur pivoni bijgʻitish uchun ham kit maniysidan foydalaniladi.
8. Har bir spermatozoid taxminan 5 megabaytlik maʼlumot oʻz ichida tutadi (avvallari kompyuterlarda floppy A disk boʻlardi, shunga atigi 4.5 megabayt maʼlumot sigʻardi). Shu maʼlumotlarga asoslanib bir martalik jinsiy aloqada erkak kishiga oʻz geniga tegishli maʼlumotlardan taxminan eng kamida 110 gigabaytini ayol organizmiga boʻshatar ekan.
9. Butun aʼzolarimiz ichida eng koʻp turli tuman proteinlar miqdori moyaklarda mavjuddir. Ilmiy tekshirishlar maʼlumotiga koʻra inson organizmidagi proteinlarni 77% turi moyaklarda mavjud boʻlib, bularning 999 tasi faqat moyaklarga tegishlidir, Bosh miyada bosh miyaga tegishli oqsil turi 318 tagina xolos ekan. Shu maʼlumotdan ham xulosa qilib hayvon (qoʻy lampochkasi xalq tilida) moyaklarini isteʼmoli toʻgʻri ish emasligiga kishi amin boʻlinadi. Sababi oqsillar oʻta allergendirlar va butun baribir boshqa organizmlarga foydasi yoq, ichidagilar hazm traktida oʻzligi yoʻqotib odam moyagiga yetib bormaydi.
10. Erkaklarining 65%ida chap moyak pastroqda joylashadi, ilmiy asosi: chap moyak embrional rivojlanish davrida arteriyasini aortadan oʻng moyakka nisbatan pastroqdan oladi.

#DoctorD #ДокторД

Do'stlaringizga ulashing! 🔥

🔰 Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
t.me/hospitaldoctord

📷 Instagram:
instagram.com/hospitaldoctord

🌐 Web sahifamiz:
www.doctord.uz

©️ Obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting! 👩🏻‍⚕️👨🏻‍⚕️