"Doctor D" || rasmiy sahifa
1.46K subscribers
222 photos
109 videos
2 files
899 links
"DOCTOR D" gospitalining YAGONA RASMIY telegram kanali 🏨

Tibbiy xizmatlarning barcha turlari!

Ambulator-statsionar davolash, laboratoriya, funksional diagnostika, 24/7 tez yordam xizmati 🚑 - qisqa 1057 ☎️ raqami orqali
Download Telegram
Hayrli kech! 🙋🏻‍♀🌧

Bugun Sizlarga Irgashev Dilmurod Saatovichga yo’llanadigan savollar orasida eng ko’p so’raladigan savollardan biri, ya’ni “Testosteron” xaqidagi savolga javob berib o’tmoqchimiz.

Ⓜ️avzu: Testosteron nima?
Testosteron endokrin tizim tomonidan ishlab chiqariladigan eng muhim gormonlardan biri hisoblanadi. Bu gormon har ikki jinsda ham mavjud, ammo erkaklarda ayniqsa ko’p bo’ladi. Ushbu gormon erkaklar uchun katta ahamiyatga ega. Aynan ushbu gormon erkak organizmini biologik planda ayollar organizmidan ajratib turadigan xususiyatlariga javob beradi. Shu sababli, erkaklar uchun testosteronni yuqori darajada saqlab turish juda muhimdir! Shunga qaramay, ba’zan endokrin tizimning ishi buziladi va gormon darajasi kamayadi.

Testosteron nima, uning me’yori qancha?
Erkaklarda testosteron jinsiy bezlarda — testikulalarda (moyaklarda), shuningdek, buyrak usti bezlari po’stlog’ida sintezlanadi. Kimyoviy tuzilishiga ko’ra, modda steroid sinfiga tegishli. Gormon sintezi jarayonida endokrin tizimiga gormonning sintezlanishini boshlash buyrug’ini beruvchi fermentlarni chiqaradigan gipofiz va gipotalamus ham ishtirok etadi. Ko’p hollarda organizmdagi testosteron turli oqsillarga bog’liq bo’ladi. Erkin testosteron umumiy gormon miqdorining taxminan 2% ni tashkil qiladi. 18-20 yoshli erkaklarda testosteron maksimal kontsentratsiyaga yetadi. Keyin gormon darajasi kamayib boradi. Taxminan 35 yoshdan boshlab testosteron darajasi yiliga 1-2% ga kamaya boshlaydi. Erkaklarda yosh o’tishi sayin qonda gormon miqdorining kamayishi tabiiy jarayon hisoblanadi. Ammo ko’p hollarda yosh va o’rta yoshdagi erkaklarda ham gormonining past darajadaligi kuzatiladi. Bu holat, albatta, normal emas va davolanishni talab qiladi.

Erkaklarda testosteron me’yori (norma, nmol/l)
0-1 yosh — 0, 42 — 0,72 nmol/l
1-7 yosh — 0,1 — 1,12 nmol/l
7-13 yosh — 0,1 — 2,37 nmol/l
13-18 yosh — 0,98 — 38,5 nmol/l
18-50 yosh — 8,64 — 29 nmol/l
50 yoshdan kattalar — 6,68 — 25,7 nmol/l

Erkaklarga testosteron nima uchun kerak?
Testosteron tananing erkak tipiga ko’ra shakllanishi uchun javobgardir. Bu jarayon chaqaloqlik davrida boshlanadi, bolalik va o’smirlikda davom etadi va katta yoshda tugaydi. Ammo testosteronning roli faqatgina reproduktiv a’zolarning va tashqi jinsiy xarakteristikalarning shakllanishida emas. Testosteron modda almashinuvi, inson salomatligini saqlashda muhim rol o’ynaydi. Uning ishtirokida spermatogenez jarayoni amalga oshiriladi. Tana vaznini tartibga solish, mushak va skelet tizimlarining shakllanishida testosteron foydasi tegadi. Testosteron ko’plab aqliy jarayonlarga ham javob beradi. Masalan, u stress gormoni hisoblanmish kortizolining ta’sirini bartaraf qiladi. Gormon ta’siri tufayli erkak hayotdan quvonch his qiladi va optimistik ruhiyatda bo’ladi.

#DoctorD #ДокторД

Do'stlaringizga ulashing! 🙋🏻‍♀
Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
👇👇👇
t.me/hospitaldoctord

Instagram:
www.instagram.com/hospitaldoctord

Web сахифамиз:
www.doctord.uz

Obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting!
👨🏻🏥👩🏻
#diqqat

Erektil disfunktsiyani davolash uchun Amerika Qoshma Shtatlaridan yangi texnologiya!!!


YouTube ijtimoiy tarmog'idagi "Jinsiy Hayot" kanalimizda yangi videoni tamosha qiling! 🎬🎬🎬

~~~~~~~~~~~~

#внимание

Новая технология из Соединенных Штатов Америки для лечения эректильной дисфункции!!!


Смотрите новое видео на нашем канале "Jinsiy Hayot" на YouTube! 🎬🎬🎬
​​Assalomu alaykum qadrli obunachilarimiz! 🌙

Barchangizga JUMA ayyomi muborak bo'lsin! 🙏🏻
Barchaga juma oqshomi muborak bo'lsin! 🌙

Gospitalimiz shifokorlari bilan sizlarni tanishtirishda davom etamiz.

Bugungi tanishtirmoqchi bo'lgan shifokorimiz, urolog-androlog - Zuhurov Shuhrat Normurodovich


Zuhurov Shuhrat Normurodovich 1957 yilning 2 iyul kunida Toshkentning ziyolilar oilasida tavallud topdi.

1974 yilda 1-Tashkent Davlat Tibbiyot Institutining "tibbiy yordam" fakultetida o'qishga qabul qilinib, 1980 yilda institutini tamomlagan. 1980-1981 yillarda jarrohlik bo'yicha klinik-ordinaturani o'tagan. Shu bilan birga 1980-1984 yillar 1-ToshDavTI bazasida jarrohlikni, 1984 yilda Rostov-na-Donudagi urologiya ixtisosligini, 1984-1990 yillarda ToshDavTIda urolog, 1990-1991 yillarda urologiya bo'yich klinik-ordinatura, hamda 1991-1996 yillar Toshkent Davlat Tibbiyot Institutining urologiya kafedrasida assistent bo'lib ta'lim olib, malakasini oshirgan.

Ish staji - 4 yil jarrohlik, 35 yil urologiyada. Uro-andrologik davolash bilan shug'ullanadi.

Ish tajribasi:
1996-2000 yillar - KB-1 da urolog
2000 yildan bugungi kunga qadar MChJ "Gospital DOKTOR D"da urolog bo'lib o'z ish faoliyatini yuritmoqda.

Do'stlaringizga ulashing! 🔥

Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
www.t.me/hospitaldoctord

Instagram:
www.instagram.com/hospitaldoctord

Web sahifamiz:
www.doctord.uz

Obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting! 👨🏻‍⚕️🏨👩🏻‍⚕
"O'zingizni kelajagingiz uchun to'liq mas'uliyatni o'z zimmangizga olgan kun - bu balandlikka ko'tarilishni boshlaydigan kun!"

Hayrli tong barchaga! ☀️🙋🏻‍♀

Dam olish kunlaringiz maroqli o'tsin! 🌷🙏🏻
"Apteka" - nima degani?

Bu savolga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning javoblari
​​#diqqat

Erektil disfunktsiyani davolash uchun Amerika Qoshma Shtatlaridan yangi texnologiya!!!


YouTube ijtimoiy tarmog'idagi "Jinsiy Hayot" kanalimizda yangi videoni tamosha qiling! 🎬🎬🎬

~~~~~~~~

#внимание

Новая технология из Соединенных Штатов Америки для лечения эректильной дисфункции!!!


Смотрите новое видео на нашем канале "Jinsiy Hayot" на YouTube! 🎬🎬🎬
Hayrli tong azizlar! 🌷

Havo salqin va bulutli bo'lishiga qaramay, ko'tarinki kayfiyat sizlarni tark etmasin! 🙂

Boshlanayotgan xaftangiz omadli va barokatli kelsin! 🙏🏻

_________________

Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
www.t.me/hospitaldoctord

Instagram:
www.instagram.com/hospitaldoctord

Web sahifamiz:
www.doctord.uz
#qisqafaktlar

"COCA-COLA" VA BOSHQA FRUKTOZALI ICHIMLIKLAR OLATNI QОNGA TO'LDIRUVCHI QON TOMIRLARI DEVORLARINI YO'Q QILADI.

____________


#короткиефакты

​​«КОКА-КОЛА» И ДРУГИЕ НАПИТКИ С ФРУКТОЗОЙ РАЗРУШАЮТ СТЕНКИ СОСУДОВ, НАПОЛНЯЮЩИХ ПЕНИС.
Ⓜ️avzu: Testorsteron kamligi belgilari

Erkaklarda testosteron pasayishida bir qator alomatlar kuzatiladi. Ular quyidagilar:
• Depressiya, atrofdagi dunyoga qiziqishni yo’qotish;
• Libidoning kamayishi yoki impotentsiya;
• Semizlik;
• Feminizatsiya — tanadagi tuklarning to’kilishi, ginekomastiya;
• Mushaklar massasining kamayishi;
• Xotira buzilishi, tarqoqlik.

🔹 Testosteronning kamayishi sabablari
Gormon darajasi turli sabablarga ko’ra kamayishi mumkin. Ammo, qoida tariqasida, ular endokrin kasalliklar tomonidan chaqirilgan birlamchi va tashqi omillar va insonning turmush tarzi bilan bog’liq bo’lgan omillar tomonidan chaqirilgan ikkilamchi sabablarga bo’linadi.

🔹 Qaysi omillar testosteron darajasining pasayishiga olib kelishi mumkin?
Ular quyidagilardir:
• Turmush tarzi, masalan, kamharakatlik;
• Spirtli ichimliklar ichish;
• Turli kasalliklar;
• Kam, sifatsiz ovqatlanish;
• Ortiqcha vazn;
• Muntazam bo'lmagan jinsiy hayot;
• Zararli odatlar;
• Stress;
• Uyqusizlik;
• Medikamentoz davolanish;
• Atrof muhitdagi zararli moddalarning ta’sir qilishi.

🔹 Kamharakat hayot tarzi
Yaxshi ma’lumki, harakatchanlik – bu hayot demakdir. Bu qoida barchaga tegishli, ayniqsa erkaklar uchun! Erkak organizmi doimo jismoniy harakat qilish uchun qulay qilib yaratilgan. Avvallari erkaklar dala ishlari, ov va jang qilishar edi. Bu ishlarning barchasi jismoniy kuchni talab qilardi va aynan ana shu harakat testosteron gormonini ko’tarishga hissa qo’shardi. Hozirgi kunda ko‘pchilik erkaklar ko’p harakatni talab qilmaydigan o’troq ish bilan shug’ullanmoqda.
Albatta testosteronni kuchaytirish uchun oldingi avlodlar hayot tarziga qaytish kerak emas, shunchaki jismoniy mashqlar bilan ko‘proq shug‘ullanib turish kerak. Anchadan buyon ma’lumki, jismoniy mashqlar erkaklar qonida testosteron oshishiga sabab bo’ladi. Bu organzimning tabiiy reaktsiyasi, chunki mazkur gormonsiz mushak massasining o’sishi qiyin.

🔹 Noto‘g‘ri ovqatlanish
Shuni yodda saqlash lozim: biz iste’mol qiladigan mahsulotlarning barchasi ham testosteron miqdorini me’yorda ushlab turish uchun hissa qo’shmaydi. Ovqat tarkibida yetarli miqdorda ham o’simlik, ham hayvon manbalaridan bo‘lgan mikroelementlar, vitaminlar, oqsil, uglevod va yog‘lar bo‘lishi kerak. Haddan ziyod ko‘p yeyish ham, yetarlicha ovqatlanmaslik ham testosteron miqdorining kamayishiga olib keladi.

🔹 Ortiqcha vazn
Erkaklarda ortiqcha vazn – bu faqatgina tashqi ko‘rinish nuqsoni emas. Aslida yog‘ hujayralari testosteronning antogonisti bo‘lgan estrogen gormonini ishlab chiqarish fabrikasi hisoblanadi. Bundan tashqari, yog‘ to’planmalarida testosteron parchalanishi va estrogenga aylanishi ham mumkin.

🔹 Muntazam bo'lmagan jinsiy hayot
Muntazam jinsiy hayot testosteron ishlab chiqarilishiga hissa qo’shadi, ayniqsa yetuk yoshda. Ammo betartib, tez tez bo'lib o'tadigan jinsiy aloqa ham tavsiya etilmaydi (haftasiga 2-3 martadan ko’p), bunda aks ta’sir kuzatilib, testosteron miqdori kamayib ketishi mumkin.

🔹 Alkogol
Mashhur stereotip - ko’p miqdorda alkogol ichishni erkaklik xususiyati bilan assotsiatsiyalaydi. Bu noto’g’ri tushunchadir. Aniqlanishicha, alkogol erkaklik gormonlari shakllanishiga javobgar bo’lgan bosh miya tizimlariga salbiy ta’sir etadi, natijada organizmda teskari ta’sir — testosteronning estrogenga aylanishi jarayoni boshlanib ketadi.
Pivo ichishni xush ko‘ruvchilar bu yerda xursand bo’lishsa kerak, chunki pivo tarkibida alkogol kam miqdorda bo’ladi. Bu haqiqat bo’lishiga qaramasdan, pivoda o’simlik kelib chiqishli estrogenlar ko’p miqdorda bo’ladi va o’z navbatida bu erkaklar uchun tarkibida alkogol ko’proq bo’lgan ichimliklarga nisbatanda yomonroq hisoblanadi.

#DoctorD #ДокторД

Do'stlaringizga ulashing!🔥

Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
👇👇👇
t.me/hospitaldoctord

Instagram:
instagram.com/hospitaldoctord

Web sahifamiz:
www.doctord.uz

Obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting! 👩🏻‍⚕🏨👨🏻‍⚕
Ⓜ️avzu: Testosteron kamligi belgilari (davomi) va testosteronni oshirish usullari

🔹 Stress
Stress vaqtida organizmda maxsus gormon – kortizol miqdori ko‘payadi. Bu gormon testosteron miqdoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilmaydi. Ammo u testosteron retseptorlarini bloklab qo‘yishi mumkin va natijada testosteron befoyda bo‘lib qoladi. Shuning uchun stress paytida erkaklarda kuzatiladigan belgilar testosteron yetishmovchiligida kuzatiladigan belgilar bilan o’xshash.

🔹 Uyqu yetishmasligi
Deyarli barcha erkaklarga tongda uyg‘ongach spontan erektsiya kuzatilishi ma’lum. Bu jarayon tongda testosteron miqdorining maksimal darajaga yetishi bilan bog‘liqdir. Gormonning eng ko‘p miqdori tunda sintezlanadi, bu ham yuzaki emas, balki chuqur uyqu fazasida.

🔹 Kasalliklar
Ko‘pgina somatik kasalliklar ham testosteronning kamayishiga sabab bo’ladi. Bu ayniqsa androgen tizimiga ta’sir etuvchi kasalliklar uchun o’rinli, masalan prostatit. Biroq qandli diabet, gipertoniya, yog‘ almashinuvi buzilishi, leykositoz kabi kasalliklar ham gormon darajasiga ta’sir ko’rsatishi mumkin.

🔹 Dorilar bilan davolanish
Testosteron ba’zan preparatlari ta’siri ostida ham kamayishi mumkin. Bunday preparatlarga karbomazapin, veroshpiron, tetratsiklin, magniy sulfat va glyukokortikosterodilar kiradi. Qoida tariqasida, preparat qabul qilish to‘xtatilsa, gormon miqdori me’yoriy darajaga qaytadi.

🔹 Atrof-muhitning ifloslanishi
Zamonaviy tamaddun organizmimizni ko’plab kimyoviy moddalar bilan zaharlaydi va bu testosteron miqdorida ham o’z aksini topadi. Bunday kimyoviy moddalar avtomobillardan chiqayotgan gazlarda ayniqsa ko’p. Ilmiy izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, yoqilg‘i quyish shoxobchalarida ishlaydiganlarda testosteron miqdori pasaygan bo’ladi. Ko’pchilik gigiena va yuvish vositalari tarkibida mavjud bo’lgan bisfenollar ham testosteron yetishmasligiga hissa qo’shadi.

🔺 Testosteronni oshirish usullari
❗️Agar siz ushbu gormon darajasini qanday ko’paytirish kerakligini bilmasangiz, maslahat uchun shifokorga murojaat qilishingiz mumkin. Ammo, davolanishni boshlashdan avval, vaziyatning kelib chiqishini tushunish kerak. Gormon darajasining pasayishi turli sabablarga bog’liq bo’lishi mumkin, shuning uchun erkaklarda testosteron darajasini oshirish ham ko’plab omillarga bog’liq bo’ladi.

❗️Albatta, testosteron saqlovchi gormonal dorilar mavjud. Shu bilan birga, ular faqat istisno hollarda, masalan, endokrin a’zolarning patologiyalari bo’lgan hollarda tavsiya etiladi, chunki ular tabiiy ravishda ishlab chiqarilgan gormon o’rnini bosmaydi.

🔹 Xo’sh, qanday qilib testosteronni tabiiy ravishda ko’paytirish mumkin?
Sport bilan shug’ullanish
Muntazam mashq qiladigan erkaklarda, odatda, testosteron bilan bog’liq muammolar bo’lmaydi. Ushbu maqsadda tananing turli mushaklari guruhlarini rivojlantirishga, masalan, kuch trenajorlarida mashq qilish mos keladi. Mashqlar yetarlicha intensiv bo’lishi kerak, lekin juda uzoq emas. Bunda asosiysi keragidan ortiq zo’riqmaslik kerak, aks holda organizm buni stress sifatida qabul qiladi va kortizol ishlab chiqaradi. Testosteronni oshirish uchun har kuni emas, balki haftada 2-3 marta kuniga bir soatga yaqin mashqlar qilish kifoya.

🔹 Ovqatlanishni yaxshilash
Testosteronni oshirish uchun ovqatlanishni tartibga solish kerak, keragidan ortiq ovqatlanmaslik, kuniga 3-4 marta va yotishdan kamida 3 soatdan oldin ovqatlaning.
Oqsillar, uglevodlar va yog’lar o’rtasida oqilona muvozanatni saqlash gormon darajasini oshiradi. Bundan tashqari, organizmning testosteron ishlab chiqarishini bevosita rag’batlantiradigan ba’zi moddalar mavjud.

#DoctorD #ДокторД


Do'stlaringizga ulashing! 🔥

Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
👇👇👇
t.me/hospitaldoctord

Instagram:
instagram.com/hospitaldoctord

Web sahifamiz:
www.doctord.uz


Obuna boling va bizni kuzatishda davom eting! 👩🏻‍⚕👨🏻‍⚕
#qisqafaktlar

XECH QAYSI KONTRASEPTSIYA VOSITALARI SIZNI PREZERVATIVCHALIK TERI TANOSIL KASALLIKLARIDAN HIMOYA QILMAYDI!

_________________

#короткиефакты

​​НИ ОДИН КОНТРАЦЕПТИВ, КРОМЕ ПРЕЗЕРВАТИВА, НЕ ЗАЩИЩАЕТ ВАС ОТ ВЕНЕРИЧЕСКИХ ЗАБОЛЕВАНИЙ!
Assalomu alaykum! 🌙
#qisqafaktlar

SIYNASI KATTA AYOLLARNING HOMILADOR BO'LISHI 2-3 MARTTA KO'PROQ: XAYRLI KUNLARDA ESTRADIOL (REPRODUKTSIYA KO'RSATKICHI) ULARDA UCHDAN BIRGA YUQORIROQDIR.

________________

#короткиефакты

​​ПЫШНОГРУДЫЕ ЖЕНЩИНЫ БЕРЕМЕНЕЮТ В 2-3 РАЗА ЧАЩЕ: В БЛАГОПРИЯТНЫЕ ДНИ СОДЕРЖАНИЕ ЭСТРАДИОЛА (ИНДИКАТОРА РЕПРОДУКТИВНОСТИ) У НИХ ВЫШЕ НА ТРЕТЬ.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬 Irgashev Dilmurod Saatovichdan yangi video!

✏️ NEGA JINSIY ALOQA MENGA MUAMMO KELTIRADI?

Do'stlaringizga ulashing! 🔥

Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
www.t.me/hospitaldoctord

Instagram:
www.instagram.com/hospitaldoctord

Web sahifamiz:
www.doctord.uz

Obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting! 👨🏻‍⚕️🏨
#qisqafaktlar

O'RTACHA 36 SONIYA KETADI XISSIYOTGA BERILGANDAN BOSHLAB, JINSIY OLATNING ALOQAGA BUTKUL TAYYOR BO'LISHIGA.

____________


#короткиефакты

​​36 СЕКУНД В СРЕДНЕМ ПРОХОДИТ ОТ НАЧАЛО ВОЗБУЖДЕНИЯ ДО ПОЛНОЙ ГОТОВНОСТИ ЧЛЕНА.
Hayrli kun qadrli obunachilarimiz! ☀️🌺

Sizlarni zeriktirib qo’ymayapmiz deb umid qilamiz 😇

Bugungi gospitalimizning qahramoni, bizda 20 yildan beri ish faoliyatini olib borayotgan, Irgashev Dilmurod Saatovichning shogirdlariAmanov Oybek Umidovich bo’ladilar.

Amanov Oybek Umidovich — urolog-androlog-reproduktolog shifokor. U 1974 yilning 4-iyun kunida Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tavallud topgan.

U 1992 yilda Toshkent Davlat Tibbiyot Oliygohining davolash fakultetiga o’qishga qabul qilindi va oliygohni 1998 yil tamomlagan. 2000 yilda ixtisoslashgan urologiya bo’yicha ta’lim olgan. 2009 yilda mutaxassisligi bo’yicha malakasini oshirib, 2013 yilda oliy toifali shifokor nomiga sazovor bo’lgan.

2000 yildan to hozirgi kunga qadar MChJ "Gospital DOKTOR DI"da urolog-androlog-reproduktolog shifokor bo’lib ishlab kelmoqdalar.


Do'stlaringizga ulashing! 🔥

Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
www.t.me/hospitaldoctord

Instagram:
www.instagram.com/hospitaldoctord

Web sahifamiz:
www.doctord.uz

Obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting! 👨🏻‍⚕️🏨👩🏻‍⚕️
📢 Приглашаем всех желающих на конференцию по "Актуальным вопросам андрологии", которая состоится 28 февраля 2020 года в городе Ургенч.

👨🏻⚕ Лектор: MD., PhD. ИРГАШЕВ ДИЛЬМУРАД СААТОВИЧ

📍 Адрес проведения конференции: Хорезмская область, г.Ургенч, ул.Ханка.
📌 Ориентир: гостиница "Караван"

🕒 Время начало регистрации на конференцию: 14:00

⚠️ В этот же день доктор Иргашев Д.С. с 11:00 до 13:00 проведет бесплатную консультацию. Места на приём ограничены. Спешите! ⚠️

📍 Адрес проведения консультации:
Хорезмская область, г.Ургенч, ул.Ислама Каримова, 1/2
.

📌 Ориентир: гипермаркет "Тумарис".

📞 Дополнительная информация по номерам:
📲 +998 977375588 Зилола
📲 +998 934660923 Севара
Ⓜ️avzu: Testosteronni ko’paytirish uchun xolesterin

Testosteronning ko’p qismi organizmda xolesterindan hosil bo’ladi.
Shuning uchun, taomnoma uni ko’p miqdorda saqlovchi mahsulotlarni o’z ichiga olishi kerak:
▫️ Baliq;
▫️ Go’sht;
▫️ Jigar;
▫️ Tuxum;
▫️ Ikra;
▫️ Sut.

🔹Albatta, bu yerda ham me’yor ❗️bo’lishi kerak. Chunki «yomon» xolesteringa boy oziq-ovqat mahsulotlari yurak-tomir tizimi bilan bog’liq muammolarga olib kelishi mumkin.

🌻 Rux mikroelementi
Organizmda testosteron gormoni darajasini ko’tarish uchun rux mikroelementi yordam beradi. Ushbu mikroelement testosteron ishlab chiqarish bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq. U dengiz mahsulotlari, baliq, yong’oq, urug’lar — kungaboqar va qovoq, pishloq, ba’zi sabzavotlarda ko’p bo’ladi.

Boshqa ovqatlanish bo’yicha maslahatlar. Testosteron darajasini yana qanday ko’tarish mumkin?
Buning uchun selen, C va B vitaminlari, o’rni bosilmaydigan aminokislota arginin (go’sht, tuxum, no’xat, kunjut, bodom, tvorog, yer yong’oq, sut) va karamdoshlar oilasi o’simliklari — karam, brokkoli va boshqalarni o’z ichiga olgan mahsulotlarni taomnomaga kiritish tavsiya etiladi. Oddiy suv ham muhim rol o’ynaydi. Ko’p miqdorda toza suv (kuniga kamida 2 litr) ichish kerak.
Spirtli ichimlikalrdan tashqari qahva iste’molini ham kamaytirish kerak. Aniqlanganidek, bir finjom qahva organizmda erkak gormonining yoqilishini ta’minlaydi. To’g’ri, bu ta’sir uzoq davom etmaydi, lekin qahvani muntazam iste’mol qilish testosteron darajasining sezilarli darajada pasayishiga olib kelishi mumkin.
Gormon darajasini yuqori saqlab turish uchun zararli bo’lgan boshqa mahsulot soyadir. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, soyada ko’plab o’simlikli estrogen mavjud.

🚫 Zararli kimyoviy moddalar ta’siri
Testosteronni oshirish uchun shahar havosida mavjud bo’lgan zararli moddalarning organizmga ta’sirini kamaytirish kerak. Buni amalga oshirish uchun shahar tashqarisida ko’proq vaqt o’tkazish kerak. Avtotransportda sayohat qilishda va tirbandlikda turganda, oynalarini yopib qo’yish kerak. Shuningdek, bisfenol saqlovchi losyon, shampunlar va boshqalarni o’z ichiga olgan shaxsiy gigiena mahsulotlaridan foydalanishdan voz kechish tavsiya etiladi. Yuvinish uchun oddiy sovundan foydalanish mumkin. Hatto tish pastasida ham bisfenol bor, shuning uchun tishlarni tozalash uchun eng kam miqdordagi pasta olish kerak — maksimum no’xat kattaligicha.

💤 Uxlash
Testosteronni ko’paytirish uchun ko’proq uyqu kerak bo’ladi, chunki organizmdagi gormon darajasiga to’laqonli uyqu sezilarli darajada ta’sir qiladi. Kuniga kamida 7 soat uxlash kerak, tavsiya etiladigan davomiyligi 8-9 soat. Uyqu yuzaki emas, balki chuqur bo’lishi muhimdir.

🔞Muntazam bo'lgan jinsiy hayot
Erkaklar gormonining darajasiga jinsiy yaqinlikning ko’pi ham, kami ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Aytish kerakki, gormon chiqarilishiga go’zal jins vakillari bilan muoqot qilish ham ta’sir ko’rsatadi.

🏖 Quyoshda toblanish
Testosteronni ko’paytirish uchun quyoshda toblanish ham yordam beradi. Organizm quyosh nurlari ta’siriga duchor bo’lganda vitamin D ishlab chiqaradi, u esa testosteron ishlab chiqarilishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bu omil ham hisobga olinishi kerak.

#DoctorD #ДокторД

Do'stlaringizga ulashing! 🔥

Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
t.me/hospitaldoctord

Instagram:
instagram.com/hospitaldoctord

Web sahifamiz:
www.doctord.uz

Obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting! 👩🏻‍⚕️👨🏻‍⚕️
Assalomu alaykum! 🙋🏻‍♀️☁️

Bugun erkaklik gormoni - ya'ni testosteronga oid bo'lgan so'nggi mavzuimizni sizlarga taqdim etamiz.

Ⓜ️avzu: Testosteronni oshiruvchi dorilar

📈 Tabiiy usullar ko’p vaqt va kuch talab qiladi. Qanday qilib gormon darajasini tezda ko’tarish kerakligini bilmasangiz, unda dori vositalaridan foydalanishingiz mumkin. Hozir kunda dorixonalarda testosteronni ko’paytirish uchun ko’p turdagi dori-darmonlar sotib olish mumkin. ❗️Ammo bular BFQ va shifokor tavsiyasiga ko’ra qabul qilish kerak bo’lgan gormonal preparatlar bo’lishi mumkin.

💊 Dorixonalarda testosteron preparatlari odatda shifokor retsepti bo’yicha sotiladi.

🧪 Gormon darajasini oshirish uchun mo’ljallangan asosiy preparatlar:
• Testosteron propionat (in’yektsiya);
• Testosteron undekanoat (tabletkalar);
• Proviron;
• Gormonlar ishlab chiqarilishi stimulyatorlari (Siklo-Bolan, Paritet, Vitriks, Enimal Test).

❗️Testosteron darajasini oshiruvchi va potentsiyani kuchaytiruvchi vositalarni adashtirmang. Birinchisi potentsiyaga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir qilmaydi, lekin bilvosita unga ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ikkinchisi esa, qoida tariqasida, erkak gormoni darajasini oshirish bilan bog’liq emas.

#DoctorD #ДокторД

Do'stlaringizga ulashing! 🔥

Yagona rasmiy telegram kanalimiz:
t.me/hospitaldoctord

Instagram:
instagram.com/hospitaldoctord

Web sahifamiz:
www.doctord.uz

Obuna bo'ling va bizni kuzatishda davom eting! 👩🏻‍⚕️👨🏻‍⚕️