GulDPI. uz | Rasmiy
4.57K subscribers
12.8K photos
1.45K videos
50 files
4.41K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Guliston davlat pedagogika institutida “Konstitutsiya - taraqqiyot kafolati” intellektual tanlovi o'tkazildi

⏺️ Guliston davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan "Milliy g'oya va falsafa" kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan "Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta‘limi" yo‘nalishi talabalari o‘rtasida “Konstitutsiya - taraqqiyot kafolati” mavzusida intellektual tanlov o‘tkazildi.

⏺️ Ushbu intellektual tanlovda 5 ta jamoa to‘rt shart asosida o‘zaro bellashishdi. Qizg'in o‘tgan ushbu tanlov talabalarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.

⏺️ Tanlov natijalariga ko'ra, quyidagi jamoalar go'lib deb topildi. 1-o'rin: "Qalqon" jamoasi 2-o'rin: "Mezon" jamoasi 3-o'rin: "Tamaddun" jamoasiga nasib etdi.

⏺️ G'olib jamoalarga institut Ma'muriyati tomonidan diplom va esdalik sovg'alari topshirildi.
👍12❤‍🔥62👏2🎉1
2024-yil 6-dekabr kuni Guliston davlat pedagogika institutida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan “9-dekabr-Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni"ga bag‘ishlab huquq tartibot idoralari xodimlari bilan hamkorlikda “Ochiq eshiklar kuni” doirasida davra suhbati o‘tkazildi.


Mazkur davra suhbatida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i D.Bakirova, Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi huzuridagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya” raisi D.Abdullayeva, Sirdaryo viloyati DXX boshqarmasi xodimi O.Inamov, Sirdaryo viloyati IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘linma boshlig‘i podpolkovnik J.Xo‘jamqulov, Sirdaryo viloyati Adliya boshqarmasi Guliston shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i S.Halilov hamda talabalar ishtirok etdilar.


Soha vakillari tomonidan korrupsiya va uning oqibatlari, bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan amaliy islohotlar hamda korrupsion xatti-harakatlar uchun qonunda belgilangan javobgarliklar to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar ishtirokchilarga yetkazildi. Davra suhbati ishtirokchilari mutaxassislar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🛣🚶🏻#Диққат пиёда!

Гулистон шаҳар ҳудудида Йўл ҳаракати қоидаларини бузган ҳолда қатнов қисмини белгиланмаган жойдан кесиб ўтган пиёдалар билан профилактик суҳбат олиб борилиб, аниқланган қоидабузарликлар бўйича тегишли чоралар кўрилди 🚨👇

Канал👉 @SirdaryoSadosi
↗️
👍2👏1