GulDPI. uz | Rasmiy
4.57K subscribers
12.8K photos
1.45K videos
50 files
4.41K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Qozon federal universiteti Elabuga institutiga tashrifi yuzasidan taqdimot

Guliston davlat pedagogika instituti dotsenti Rasim Xayrov tomonidan 2-dekabr kuni Qozon federal universiteti Elabuga institutiga tashrifi yuzasidan "Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq" ta’lim yo‘nalish talabalariga taqdimot qilindi.

Taqdimot davomida Elabuga instituti "Injenerno-texnologicheskoye otdeleni" da tashkil etilgan o‘quv jarayonlari, o‘qitishning zamonaviy metodlari, ilg‘or pedagogik texnologiyalar va ta’lim vositalari, dars jarayonlarida qo‘llaniladigan amaliy va interaktiv yondashuvlar haqida yoritib berildi.

Shuningdek, ilmiy-tadqiqot faoliyati, kafedralar hamkorligi, mutaxassislar bilan fikr almashish, ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining qo‘llanilishi, zamonaviy laboratoriya va studiya sharoitlari bilan tanishtirildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍93
Oliy ta'lim muassasalar o'rtasida Viloyat prokurori sovrini bo'yicha musobaqalar bo'lib o'tdi

Joriy yilning 4-5 dekabr kunlari Sirdaryo viloyatida joylashgan oliy ta’lim muassasa talabalari o‘rtasida 8-dekabr-O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlab viloyat prokurori sovrini uchun sportning shaxmat va voleybol turlari hamda "Zakovat" intellektual o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

Musobaqalarda Institutimiz jamoasi ham faol qatnashmoqda

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍3
"Zamonaviy yoshlar taraqqiyot drayveri" mavzusida  ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo'lib o'tdi

Kuni kecha viloyat markazida joylashlagan Yoshlar markazi binosida "Ma’rifat karvoni" loyihasi doirasida  "Zamonaviy yoshlar taraqqiyot drayveri" mavzusida  ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Guliston davlat pedagogika institutining talabalari ham faol ishtirok etishdi

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Targ'ibot poyezdi Sirdaryoda


Bugun, 4-dekabr kuni Guliston davlat pedagogika institutida 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining aholi o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan Toshkent Davlat yuridik instituti professor o‘qituvchilari va talabalaridan tashkil etilgan targ‘ibot poezdi ishchi guruhi a‘zolarining talabalar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida talabalarga asosiy qomusimiz konstitutsiyani yangi tahrirda qabul qilingan tartibidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalari haqida batafsil ma‘lumotlar berib o‘tildi.
👍6
Viloyat prokurori sovrindorlari aniqlandi

Yuqorida xabar berganimizdek, joriy yilning 4-5 dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi bayramiga bag‘ishlab viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida viloyat prokurori sovrini uchun "Zakovat" intellektual o‘yini, voleybol va shaxmat sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

Unda Guliston davlat pedagogika instituti talabalari munosib ishtirok etishdi.

Isntitutimiz voleybolchi qizlari va "Zakovat" turnirida  jamoalarimiz faxrli 2-o‘rinni egaladi. Shaxmatchi yigitlarimiz faxrli 1-o‘rinni va qizlarimiz esa  2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar viloyat prokurori tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi

Institutimiz talabalariga keyingi musobaqalarda omadlar tilab qolamiz.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👏1