GulDPI. uz | Rasmiy
4.58K subscribers
12.9K photos
1.47K videos
50 files
4.45K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
🟦🟦🟦 🟦🟦

🗣“Kitob – mening do‘stim” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi sanasi e’lon qilindi!

🏛 Avval xabar berganimizdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan “Kitob – mening do‘stim” respublika ko‘rik-tanlovi e’lon qilingan edi. Joriy yilning 11-21-noyabr kunlari respublikaning barcha hududlarida tanlovning hududiy bosqichi o‘tkazildi va final bosqichi ishtirokchilari saralandi. Tanlovning Respublika final bosqichi joriy yilning 12-dekabr kuni soat 9:30da Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida o‘tkazilishi belgilandi.

👉 Final uchun mavzular ro‘yxati


Final bosqichi ishtirokchilari bilan tanishing:

↪️Samandar G‘anijonov – O‘zDJTSI NF talabasi;
↪️Dinоrа Otayeva – UrDPI talabasi;
↪️Nozima Ashurova – NavDU talabasi;
↪️Mahliyo Xudayberdiyeva – BuxDU talabasi;
↪️Saida Abdinazarova – QarMII talabasi;
↪️Zebo Ergasheva – TerDPI talabasi;
↪️Marjona Tursunmurodova – SamDU talabasi;
↪️Anisa Qironboyeva – JDPU talabasi;
↪️Muxlisa Abdushukurova – GulDPI talabasi;
↪️Risola Jamoldinova – ADU talabasi;
↪️Dilhayot Sotiboldiyev – QDPI talabasi;
↪️Akbarali Mehmonov – NamDU talabasi;
↪️Jamoliddin Husanov – CHDPU talabasi;
↪️Oyisha Dilmurotova – TDIU talabasi;
↪️Mohidil Alimova – TDPU talabasi;
↪️Sevinch Norkulova – WIUT talabasi;
↪️Dilnavoz Xaytaxmatova – ToshDO‘TAU.

Bizni kuzating:

Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5👍4
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦 🟦🟦

🇺🇿 “Mening Konstitutsiyam” viktorinasida qatnashib, bilimingizni sinovdan o‘tkazing!

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Mening Konstitutsiyam” onlayn viktorinasini e’lon qiladi.

Viktorinada respublikamizdagi oliy ta’lim tashkilotlari va professional ta’lim muassasalarining barcha talaba-yoshlari ishtirok etishi mumkin.


Viktorinada ishtirokchilarga “Google Form” platformasi orqali Konstitutsiyaga oid 50 ta test savollari beriladi. Testlarni ishlash uchun 50 daqiqa vaqt belgilanadi.

Viktorina savollariga eng birinchi va to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilar viktorina g‘olibiga aylanadi. 1-, 2- va 3-o‘rin egalari Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan, qolgan 10 nafar yuqori natija ko'rsatgan ishtirokchilar esa vazirlikning faxriy yorlig‘i bilan taqdirlanadi.

‼️Eslatib o‘tamiz, test savollari havolasi 6-dekabr kuni soat 20:00 da @manaviyateduuz Telegram sahifasi orqali e'lon qilinadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Forwarded from Hudud Inform
Экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва иқлим ўзгариши вазири Азиз Абдуҳакимов бошчилигидаги Ўзбекистон делегацияси Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Чўлланишга қарши кураш тўғрисидаги конвенсияси (UNCCD) Томонлар конференсияси 16-сессиясининг (COP16) очилиш маросимида иштирок этмоқда.

“Бизнинг еримиз. Бизнинг келажагимиз” шиори остида ўтказилаётган тадбирда  конвенциясининг 197 та иштирокчиси (196 та давлат ва Европа Иттифоқи) вакиллари иштирок этмоқда. Конференция жорий йилнинг 13 декабрига қадар давом этади.

Эслатиб ўтамиз, ўтган йилнинг ноябр ойида Самарқандда БМТнинг Чўлланишга қарши кураш конвенцияси ижросини кўриб чиқиш қўмитасининг 21 сессияси ўтказилган бўлиб, унда 196 мамлакатдан 1000 дан ортиқ делегат иштирок этган.

https://t.me/hudud_inform
👍1
Forwarded from Sirdarya Football Association (Сардор Умирзаков)
🏆| ⚽️ Sirdaryo viloyati 2024-yilgi 2-liga viloyat birinchiligi musobaqasining eng yaxshilari sovriniga loyiq deb topilgan futbolchilar va rasmiylar.

🏆 “Eng yaxshi to’p urari” GDPI jamoasi futbolchisi Diyor Akromov 🔝

🏆 “Eng yaxshi tartibli jamoa” Sayxunobod SM jamoasi.

🏆 “Eng yaxshi darvozabon” GDPI jamoasi futbolchisi Baxrom Boltaboyev 🔝

🏆 “Eng yaxshi murabbiy” GDPI jamoasi murabbiyi Abror Suyunov 🔝

🏆 “Eng yaxshi futbolchi” GDPI jamoasi futbolchisi Dilshod Toshpo’latov 🔝

🏆 “Eng yaxshi hakam” Alisher Raximkulov🔝

🏆 “Eng yaxshi yordamchi hakam” Sardor Xasanbayev🔝

🕊Telegram 📱Instagram
📺YouTube 📱 Facebook
👍7🔥3
📣 DIQQAT E’LON!

🏛 Guliston davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidorli talaba va yoshlarning maqsadli faoliyatini tizimli tashkil etish hamda ularni yangi marralar sari yo‘naltirish maqsadida joriy yilning 15-16-dekabr kunlari
“Ma’rifat maydoni”, “Yurtim qadriyatlari”

Respublika ko‘rik-tanlovining 1-fakultetlararo institut bosqichi o'tkaziladi.

🎁 G'oliblar esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.

❗️Tanlovlarda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar o‘zlari tahsil olayotgan fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga murojaat etishlari mumkin.

☎️ Murojaat uchun:
+998 97 246 71 77
+998 99 345 45 44

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍3🎉2
‼️E’LON‼️

🧑🏻‍💼👩‍🎓Hurmatli institutimiz professor-o‘qituvchilari, ishchi xodimlar va talabalari diqqatiga!

2024-yil 6-dekabr kuni Guliston davlat pedagogika institutida Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlab huquq tartibot idoralari bilan hamkorlikda "Ochiq eshiklar kuni" doirasida davra suhbati o‘tkaziladi.

💻Ushbu davra suhbatida soha vakillari tomonidan korrupsiya va uning oqibatlari, bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan amaliy islohotlar hamda korrupsion xatti-harakatlar uchun qonunda belgilangan javobgarliklar to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar aks etgan taqdimotlar qilinishi kutilmoqda.

🏢Tadbir manzili va vaqti: 2024-yil 6-dekabr kuni soat 14:00 da institut 112-xona.

📍Barchangizni mazkur davra suhbatida faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!
👍7
🌐 Joriy yilning 4-dekabr, Chorshanba kuni soat 10:30 da Guliston davlat pedagogika institutining "Ma'naviyat" xonasida "Oliy ta'limda o‘qitishni Raqamli texnologiyalar sharoitida takomillashtirish" mavzusida seminar-trening bo'lib o'tadi.

🎓Seminar-trening Qozon Fedaeral universiteti Elabuga institutining ta'lim tizimining e'tiborga molik jihatlari, ta'lim texnologiyalarini amaliyotga joriy qilish to'g'risida so'z boradi. Shuningdek, "Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi" kafedrasi Pedagogika fanlar nomzodi Dotsent J.Komilov hamda "Aniq fanlar" kafedrasi o‘qituvchisi M.Xudayberdiyev o'zlarining Elabuga institutidan olgan yangi tajriba va ta'asurotlari bilan taqdimot ko'rinishida institutimiz o'qituvchi va talabalari bilan o'rtoqlashadi.

🤝O'z dunyoqarashingizni kengaytirish va ta'lim hamjamiyatimizni rivojlantirishga hissa qo'shish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍6❤‍🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Guldpi
#yoshlar_ittifoqi
#koordinatorlar
#Konstitutsiya
#chellenj

💥Guliston davlat pedagogika instituti Boshlangʻich tashkilot koordinatorlari tomonidan "Konstitutsiyam qomusim, faxrim" nomli chellenj eʼlon qilindi.

📌Ushbu chellenjda barcha faol qatnashib qolishini kutamiz.

✏️ Konstitutsiya – adolat va tenglik poydevori.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍74👏1
📣 DIQQAT E’LON!

🏛 Guliston davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidorli talaba va yoshlarning maqsadli faoliyatini tizimli tashkil etish hamda ularni yangi marralar sari yo‘naltirish maqsadida joriy yilning 10-11-yanvar kunlari
“Jadidlar jasorati - millatimiz faxri” hamda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularida insholar tanlovi institut bosqichi o'tkaziladi.


❗️Tanlovlarda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar o‘zlari tahsil olayotgan fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga murojaat etishlari mumkin.

☎️ Murojaat uchun:
+998 97 246 71 77
+998 99 345 45 44

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍4👏21