GulDPI. uz | Rasmiy
4.58K subscribers
12.9K photos
1.46K videos
50 files
4.42K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
“Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini oʻrganish” mavzusidagi darslar tashkil etilmoqda.

🇺🇿8-dekabr-Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun. Mazkur sana munosabati bilan Guliston davlat pedagogika institutida Konstitutsiyamiz mazmun mohiyatini oʻrganish va targʻib qilishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.

✔️Shunday tadbirlardan biri “Milliy g‘oya va falsafa” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan yuqori darajada tashkil etildi. Konstitutsiyani o’rganishga doir tashkil etilgan darslarda inson huquq va erkinliklarini taʼminlashda konstitutsiya asosiy hujjat ekanligi, konstitutsiyaviy islohotlarning ham asosiy gʻoyasi inson qadrini ulugʻlash, uning asosiy huquqlarini yanada mustahkamlash ekanligi alohida taʼkidlandi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblarni olishdilar.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍5
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🇺🇿“Huquq bilimdonlari” respublika bilimlar bellashuvi eʼlon qilindi!

🏛 8-dekabr – “Konstitutsiya kuni” hamda 9-dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” kuni munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Huquq bilimdonlari” respublika tanlovini eʼlon qiladi.

🟥Tanlovda barcha (davlat, xususiy va xorijiy) oliy ta’lim muassasalari (bakalavr va magistr) talabalari @bilimtanlovbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, ishtirok etishi mumkin.
Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

🔵1-o‘rin – 6 million so‘m;
🔵2-o‘rin – 5 million so‘m;
🔵3-o‘rin – 4 million so‘m;

➡️Tanlov nizomi bilan tanishish

Aziz talaba-yoshlar, tanlovda faol ishtirok eting, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bilimlaringizni sinovdan o‘tkazing va g‘oliblar qatoridan joy egallang.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢"Bir million oʻzbek dasturchisi" loyihasining navbatdagi mavsumiga start berildi

📎Coursera — bu "Bir million o'zbek dasturchi" loyihasining mantiqiy davomi bo'lgan onlayn ta’lim platformasi bo‘lib, dunyoning eng nufuzli universitetlari va tashkilotlaridan kurslar, sertifikatlar va darajali dasturlarni taklif etadi.
Bu platforma orqali IT’ning turli sohalari bo‘yicha bilim olish, yangi ko‘nikmalarni rivojlantirish va kasbiy mahoratni oshirish mumkin. 

Shuningdek, 14 yoshdan 31 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar uchun “IT iste’dod” dasturi doirasida xalqaro professional IT-sertifikat olish va o‘qish xarajatlarining 60 foizgacha hamda ingliz tilidan B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan taqdirda xalqaro professional IT-sertifikatlar olish xarajatlarini 100% qismini kompensatsiya asosida qaytarib olish imkoniyati mavjud.


➡️Ro'yxatdan o'tish uchun: havola 🚀
👍1
📣 DIQQAT,DIQQAT,E'LON!

♦️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yilning mart oyida beshta muhim tashabbus ilgari surildi. Bunga ko'ra, uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan shu qarorga muvofiq:

🔷 Guliston Davlat Pedagogika instituting barcha talaba qizlari uchun CYBER SPORT musobaqasi 2024-yil 5-dekabr kuni o'tkaziladi. 

Musobaqada CYBER SPORTning ''BLUR'' o'yini bo'yicha o'tkaziladi

🏆 TANLOV G'OLIBLARI SERTIFIKAT BILAN TAQDIRLANADI.

🥇 1-O'RIN UCHUN SIRLI SOVG'A.

📞 Batafsil ma'lumot:

📲 +998 93 170 07 34
📲 +998 94 572 72 05

❇️ Bizning sahifalarimiz:

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍4
🌟Guliston davlat pedagogika institutida “Konstitutsiya olimpiadasi” o'tkazildi

⏺️ Guliston  davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan "Milliy g'oya va falsafa" kafedrasi tomonidan talabalar va magistrlar o‘rtasida “Konstitutsiya olimpiadasi” o‘tkazildi.

⏺️ Olimpiadada 30 nafar talaba va magistrlar ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yuzasidan test savollariga javob berishdi.

⏺️ Test natijalariga ko'ra, quyidagi talabalar go'lib deb topildi. 

🥇1-o'rin: Ozoda Shoyimqulova 
🥈2-o'rin: Nodirbek G'oyibnazarov
🥉3-o'rin: Diyorbek O'rolovlarga nasib etdi.

⏺️ G'olib jamoalarga institut Ma'muriyati tomonidan diplom va esdalik sovg'alari topshirildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍13
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
🟦🟦🟦 🟦🟦

🗣“Kitob – mening do‘stim” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi sanasi e’lon qilindi!

🏛 Avval xabar berganimizdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan “Kitob – mening do‘stim” respublika ko‘rik-tanlovi e’lon qilingan edi. Joriy yilning 11-21-noyabr kunlari respublikaning barcha hududlarida tanlovning hududiy bosqichi o‘tkazildi va final bosqichi ishtirokchilari saralandi. Tanlovning Respublika final bosqichi joriy yilning 12-dekabr kuni soat 9:30da Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida o‘tkazilishi belgilandi.

👉 Final uchun mavzular ro‘yxati


Final bosqichi ishtirokchilari bilan tanishing:

↪️Samandar G‘anijonov – O‘zDJTSI NF talabasi;
↪️Dinоrа Otayeva – UrDPI talabasi;
↪️Nozima Ashurova – NavDU talabasi;
↪️Mahliyo Xudayberdiyeva – BuxDU talabasi;
↪️Saida Abdinazarova – QarMII talabasi;
↪️Zebo Ergasheva – TerDPI talabasi;
↪️Marjona Tursunmurodova – SamDU talabasi;
↪️Anisa Qironboyeva – JDPU talabasi;
↪️Muxlisa Abdushukurova – GulDPI talabasi;
↪️Risola Jamoldinova – ADU talabasi;
↪️Dilhayot Sotiboldiyev – QDPI talabasi;
↪️Akbarali Mehmonov – NamDU talabasi;
↪️Jamoliddin Husanov – CHDPU talabasi;
↪️Oyisha Dilmurotova – TDIU talabasi;
↪️Mohidil Alimova – TDPU talabasi;
↪️Sevinch Norkulova – WIUT talabasi;
↪️Dilnavoz Xaytaxmatova – ToshDO‘TAU.

Bizni kuzating:

Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5👍4
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦 🟦🟦

🇺🇿 “Mening Konstitutsiyam” viktorinasida qatnashib, bilimingizni sinovdan o‘tkazing!

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Mening Konstitutsiyam” onlayn viktorinasini e’lon qiladi.

Viktorinada respublikamizdagi oliy ta’lim tashkilotlari va professional ta’lim muassasalarining barcha talaba-yoshlari ishtirok etishi mumkin.


Viktorinada ishtirokchilarga “Google Form” platformasi orqali Konstitutsiyaga oid 50 ta test savollari beriladi. Testlarni ishlash uchun 50 daqiqa vaqt belgilanadi.

Viktorina savollariga eng birinchi va to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilar viktorina g‘olibiga aylanadi. 1-, 2- va 3-o‘rin egalari Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan, qolgan 10 nafar yuqori natija ko'rsatgan ishtirokchilar esa vazirlikning faxriy yorlig‘i bilan taqdirlanadi.

‼️Eslatib o‘tamiz, test savollari havolasi 6-dekabr kuni soat 20:00 da @manaviyateduuz Telegram sahifasi orqali e'lon qilinadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Forwarded from Hudud Inform
Экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва иқлим ўзгариши вазири Азиз Абдуҳакимов бошчилигидаги Ўзбекистон делегацияси Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Чўлланишга қарши кураш тўғрисидаги конвенсияси (UNCCD) Томонлар конференсияси 16-сессиясининг (COP16) очилиш маросимида иштирок этмоқда.

“Бизнинг еримиз. Бизнинг келажагимиз” шиори остида ўтказилаётган тадбирда  конвенциясининг 197 та иштирокчиси (196 та давлат ва Европа Иттифоқи) вакиллари иштирок этмоқда. Конференция жорий йилнинг 13 декабрига қадар давом этади.

Эслатиб ўтамиз, ўтган йилнинг ноябр ойида Самарқандда БМТнинг Чўлланишга қарши кураш конвенцияси ижросини кўриб чиқиш қўмитасининг 21 сессияси ўтказилган бўлиб, унда 196 мамлакатдан 1000 дан ортиқ делегат иштирок этган.

https://t.me/hudud_inform
👍1
Forwarded from Sirdarya Football Association (Сардор Умирзаков)
🏆| ⚽️ Sirdaryo viloyati 2024-yilgi 2-liga viloyat birinchiligi musobaqasining eng yaxshilari sovriniga loyiq deb topilgan futbolchilar va rasmiylar.

🏆 “Eng yaxshi to’p urari” GDPI jamoasi futbolchisi Diyor Akromov 🔝

🏆 “Eng yaxshi tartibli jamoa” Sayxunobod SM jamoasi.

🏆 “Eng yaxshi darvozabon” GDPI jamoasi futbolchisi Baxrom Boltaboyev 🔝

🏆 “Eng yaxshi murabbiy” GDPI jamoasi murabbiyi Abror Suyunov 🔝

🏆 “Eng yaxshi futbolchi” GDPI jamoasi futbolchisi Dilshod Toshpo’latov 🔝

🏆 “Eng yaxshi hakam” Alisher Raximkulov🔝

🏆 “Eng yaxshi yordamchi hakam” Sardor Xasanbayev🔝

🕊Telegram 📱Instagram
📺YouTube 📱 Facebook
👍7🔥3