GulDPI. uz | Rasmiy
4.58K subscribers
12.9K photos
1.47K videos
50 files
4.43K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
“Talabalar turar joyida adabiy-ma'rifiy kecha”

⚡️Guliston davlat pedagogika instituti talabalar turar joyida joriy yilning 27-noyabr kuni “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi shoir Shodi Otamurod, “O’zbekiston respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist”, “Shuhrat medali” sohibi, tarjimon, publitsist, shoir Asror Mo‘min, “Shuhrat medali” sohibasi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira, yozuvchi, publitsist, O‘zbekiston Jurnakistlar ijodiy uyushmasi a’zosi Mehribon Abdurahmonova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sirdaryo viloyat mutaxassisi Gulxan Ochilova‌‌lar ishtirokida talaba-yoshlar bilan "Talabalar turar joyida adabiy-ma'rifiy kecha" o'tkazildi.

Tadbirda shoirlar o'zining yangi ijod namunalar o'qib berdilar, uchrashuv barcha talabalarda katta taassurot qoldirdi.

💫Tadbir so'ngida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Institut bog'iga ko‘chatlar ekildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍93
Guliston davlat pedagogika institut Korupsiya bo'limi tomonidan joriy yilning 27-noyabr kuni "Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid bilimlar bellashuvi"ning institut bosqichi o‘tkazildi.
Bellashuv Pedagogika va Ijtimoiy gumanitar fanlar fakultetlarining 1 ва 2 bosqich talabalaridan tashkil etilgan “Adolat”, “Everest” va “Yuksalish” jamoalari o‘zaro bellashdilar.

Yakuniy natijalarga ko'ra

1-o‘rin “Ijtimoiy gumanitar fanlar” fakultetining “Everest” jamoasi;
2-o‘rin “Pedagogika” fakultetining “Yuksalish” jamoasi;
3-o‘rin “Ijtimoiy gumanitar fanlar” fakultetining “Adolat” jamoalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar hamda diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

1-o'rinni egallagan “Ijtimoiy gumanitar fanlar” fakultetining “Everest” jamoasi keyingi bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.

G'olib bo'lib birinchilikni qo'lga kiritgan talabalarimizga respublika bosqichida omadlar tilab qolamiz
🎉9👍6👏1
Joriy yilning 6-dekabr kuni “Mening Konstitutsiyam 32 yoshda” shiori ostida “Mening Konstitutsiyam va davlat tilim” mavzusida diktant tashkil etiladi.
Diktant yozish sinovlarida ishtirok eting va o‘zingizni sinab ko‘ring!

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍2
📌Guliston shahar IIBda “Tengdoshimga huquqiy yordam” shiori ositida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi

⚡️Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy madaniyatini va salohiyatini oshirish, bugungi kunda mamlakatimiz hayoti va jamiyatinizning ravnaqi uchun olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarning amaliy natijasini ko‘rsatish maqsadida guliston shahar ichki ishlar boshqarmasida “tengdoshimga huquqiy yordam” shiori ostida “ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Tashkil etilgan mazkur tadbirda, Guliston davlat pedagogika instituti XQMB inspektori katta letenant N.Omonova va “Pedagogika fakulteti” tyutori S.Saparovalar talaba-yoshlar bilan ishtirok etdi.

💫Guliston shahar ichki ishlar organlari mas’ul xodimlari tomonidan talabalarga tergov faoliyati, terrorimzga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va boshqa sohaviy xizmatlarning faoliyati keng yoritilib, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ma’naviy-ma’rifiy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan “Vatanparvarlik burchagi”, “Ajdodlar merosi” ko‘rgazmalari, o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari bilan boyitilgan guliston shahar ichki ishlar boshqarmasi “Kutobxona”si bilan tanishtirildi.

🪄O‘tkazilgan ushbu tadbir jarayoni talabalarda chuqur qiziqish va taassurot uyg‘otib, ular tomonidan bugungi kundagi zamonaviy va professional ichki ishlar organlarining faoliyati bo‘yicha fikr va mulohazalar bildirildi.
👍1
⚠️❗️❗️❗️Guliston davlat pedagogika instiutit talabalari va professor-o‘qituvchilari diqqatiga!

Kiberxavf-xatarlar haqida xabardorlikni oshirish uchun O'zbekiston Respublikasi IIV TQD Kiberxavfsizlik markazining rasmiy kanali @cyber_102 va unda doimiy yoritilib borilayotgan yangi axborot xavfsizligi bo’yicha ma’lumotlar, video, zararli dasturlar va turli ko’rinishdagi foydali manbalardan xabardor qilish maqsadida
⚡️ Guliston davlat pedagogika instituti axborot xavfsizligini ta'minlash bo'limi tomonidan talabalar va professor-o‘qituvchilarni kanalga obuna bo'lishni maslahat beradi

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍6
Talaba va o‘quvchilar o‘rtasida “Eng yaxshi dasturchi” respublika tanlovining fakultetlararo saralash bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Avval xabar berganimizdek (https://t.me/gulDPIuz/9245) Guliston davlat pedagogika institutida “Eng yaxshi dasturchi” respublika tanlovining fakultetlararo saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

“Eng yaxshi dasturchi” ko‘rik-tanlovi fakultetlararo saralash bosqichig'oliblari

1-o‘rin. Bo’ronboyev Kattabek
2-o‘rin. Rustamova Sabrina
3-o‘rin. Niyozaliyev Islomjon
G‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalari hududiy saralash bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

G‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalarimizga yakuniy respublika bosqichi omadlar tilab qolamiz.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍1