GulDPI. uz | Rasmiy
4.59K subscribers
12.9K photos
1.49K videos
50 files
4.47K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#seminar #giyohvandlik #profilaktika

O‘quv seminar bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlaydi 

21-noyabr kuni Poytaxtimizda Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi, Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida oliy ta’lim muassasalariga biriktirilgan profilaktika (katta) inspektorlari hamda “Qalqon” jamoasi a’zolari uchun uch kunlik o‘quv-amaliy seminar o‘z ishini boshladi. 

Tadbir orqali ishtirokchilarning kelgusida talaba-yoshlar uchun giyohvandlik bilan bog‘liq yangi tahdidlarning oldini olish, barcha hamkor tashkilotlar bilan birga tizimli profilaktik tadbirlarni o‘tkazish choralarini ko‘rish bo‘yicha malakalarini oshirish, ular bilan tajriba almashish hamda zarur tavsiya va ma’lumotlarni ulashish maqsad qilingan. 

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/28258

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍4
#xalqaro_hamkorlik 🇷🇺🇺🇿
GulDPI da xorijlik professorlar dars o‘tmoqda

Guliston davlat pedagogika institutida dars berayotgan xorijlik professor-o‘qituvchilar soni ko‘paymoqda.

Joriy yilning 20-noyabr kuni Rossiyaning Qozon federal universiteti Elabuga institutidan yana 3 nafar soha mutaxassislari institutning o‘quv jarayonlariga jalb etildi. Jumladan, Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalariga p.f.n. Axtariyeva Raziya Fayziyevna "Rus tili praktikumi", f.f.n, dotsent Danilova Yuliya Yuryevna "Mutaxassislikka kirish" fanlaridan, Boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishi talabalariga esa QFU EI o‘qituvchisi Lyubimova Yelena Mixaylovna "Boshlang‘ich ta'limda axborot texnologiyalari" fanidan ma'ruzalar o‘qishdi.

Bu kabi ma'ruza va mahorat darslari talabalarimiz o'z sohasining mutaxassisi bo'lishida o'quv dasturlarimizga mos ravishda jahon tajribasi va xorijiy ta'lim texnologiyalari, metodikalarini ham o'rganishida ulkan ahamiyat kasb etadi.

🕊Telegram | 📺YouTube
📱Instagram | 📱Facebook
👍7❤‍🔥4🏆2
#Xalqaro_hamkorlik 🇰🇿🇨🇳🇺🇿

GulDPI va KazMU o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari kengaymoqda.


Kecha Guliston shahrida o‘tkazilgan "Uzluksiz ta'lim tizimida raqamli va innovatsion texnologiyalarning dolzarb muammolar" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya so‘ngida Guliston davlat pedagogika instituti rahbariyati va professor-o‘qituvchilari Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universitetida ilmiy ishlarini olib borayotgan bir guruh Xitoylik tadqiqotchilar bilan uchrashdilar.

Uchrashuv davomida, institutda xitoy tili markazlarini ochish, OTMlararo ilmiy loyihalar tashkil etish, ma’ruzalar va simpoziumlar o‘tkazish, akademik o'quv dasturlar almashinuvi, o‘zaro kelishuv asosida ilmiy hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish kabi bir qator masalalar yuzasidan muzokara olib borildi.
Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍13❤‍🔥2