GulDPI. uz | Rasmiy
4.59K subscribers
13K photos
1.5K videos
50 files
4.49K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
“Vatandoshlar bilan muloqot”

⚡️Joriy yilning 15-noyabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti rektori tashabbusi bilan xalqaro hamkorlik doirasida Rossiya federatsiyasi Qozon federal universiteti Elabuga institutidagi professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirokida mazkur institutda tahsil olayotgan O‘zbekistonlik vatandosh yoshlar bilan ZOOM dasturi orqali onlayn video muloqot tashkil etildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍41
“Vatandoshlar bilan muloqot”

⚡️Avval xabar berganimizdek, Joriy yilning 15-noyabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti rektori tashabbusi bilan xalqaro hamkorlik doirasida Rossiya federatsiyasi Qozon federal universiteti Elabuga institutidagi professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirokida mazkur institutda tahsil olayotgan O‘zbekistonlik vatandosh yoshlar bilan ZOOM dasturi orqali onlayn video muloqot tashkil etildi.

Onlayn muloqot davomida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar Rossiya federatsiyasi Qozon federal universiteti Elabuga institutining faoliyati, infratuzilmasi va talaba-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Shuningdek, mazkur instutitda tahsil olayotgan vatandoshlarga Guliston davlat pedagogika institutining faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi va kelgusida ta’lim-tarbiya jarayonida hamkorlik loyihalarini yanada kengaytirishga kelishib olindi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
🎉1
Guliston davlat pedagogika institutida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar qizg'in davom ettirilmoqda

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍21
📣 Diqqat e'lon.

“1991-yil 18-noyabr – O‘zbekiston Respubikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33-yilligi” munosabati bilan Guliston davlat pedagogika institutida davlat bayrogʻiga hurmat ruhini shakllantirish, vatanparvarlikni ulugʻlashga bagʻishlangan “Millat bayrogʻi” mavzusida insholar tanloviga start berildi.


Mazkur tanlovda qatnashish istagini bildirgan talaba-yoshlar yozgan insholarini 2024-yil 18-noyabr kuni 11:00 ga qadar yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limiga ( 222-xona) taqdim etishingiz so'raladi.

☎️ Ma'lumot uchun : +99897-909-66-60

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍3❤‍🔥1
🇸🇱 “Vatan bayrog‘i" shiori ostida yurish marafoni o'tkazildi

⚡️Joriy yilning, 15-noyabr kuni Guliston davlat pedagogika institutini Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti koordinatorlari va faol talabalari tomonidan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Sirdaryo viloyat hududiy partiya tashkiloti bilan hamkorlikda Guliston shahridagi “Tadbirkorlar va hunarmandlar hiyobonida” O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan “Vatan bayrog‘i” shiori ostida yurish marafoni o‘tkazildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍31🏆1
📚 “Kitob mening do‘stim” respublika ko‘rik-tanlovining hududiy saralash bosqichi yakuniga yetdi.

⚡️ Bugun Guliston davlat universitetida Sirdaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarini talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Kitob mening do‘stim” respublika ko‘rik-tanlovining hududiy saralash bosqichida ishtirok etgan Guliston davlat pedagogika institutini “Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishi 3-bosqich 16-22-guruhi talabasi Abdushukurova Muxlisa Foziljon qizi faxrli I-o‘rinni qo‘lga kiritib, mazkur tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

🎉 Mazkur tanlovning respublika bosqichida talabamizga omad va zafarlar tilaymiz.

Bizni kuzating👇
https://t.me/Manaviyat_GULDPI
👍12🏆3