GulDPI. uz | Rasmiy
4.56K subscribers
13.2K photos
1.54K videos
52 files
4.56K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
"Milliy qadriyatlar sayli"

Alisher Navoiy nomli "Bilimdonlar maydoni"da Guliston davlat pedagogika instituti va Guliston davlat universitetining hamkorlikdagi "Milliy qadriyatlar sayli" davom etmoqda.

Tadbir davomida talabalar tomonidan arqon tortishish,tosh ko‘tarish, qarab tep kabi milliy o‘yinlarimiz,teatr studiyalarining o‘zbek tili va milliy an’analarimizni ulug‘lashga qaratilgan sahna ko‘rinishlari, viktorinalar namoyish etildi, maqom qo‘shiqlari ijro etilib, milliy rassomchilik, milliylik ruhida yaratilgan tasviriy san’at asarlari ko‘rgazmasi namoyish etildi

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍9
#Guldpi
#Saylov2024

Ma'lumki, 2024-yil 27-oktabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi,Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'g'ori Kengesi, hamda Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga saylovlar bo'lib o'tadi.Shu munosabat bilan joriy yilning 17-oktabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti "iIjtimoiy gumanitar fanlar" fakultetida professor-o'qituvchilar hamda texnik xodimlar ishtirokida aralash saylov tizimi bo'yicha o'quv-seminar treninggi tashkil etildi.

O'quv -seminarda ishtirokchilarga mojaritar va proporsional saylov tizimlari to'g'risida, ularning farqlari va afzalliklari yuzasidan ma'lumotlar berib o'tildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍51
Guliston davlat pedagogika institutida 2024-yil 18-oktyabr kuni "Tarix va san'atshunoslik" kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi B.To'ychiboyevning "Sirdaryo viloyati toponimlari izohli lug'ati" nomli qo'llanmasi professor-o'qituvchilar va talaba-yoshlar orasida taqdimoti bo'lib o'tdi.

Taqdimot jarayonida muallif tomonidan viloyat tarixiga doir tarixiy joy nomlari kelib chiqilishiga oid qiziqarli ma'lumotlar berib o'tildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍8
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Edfix grantlari” minimarafoni


❤️❤️❤️❤️❤️ - 20 ga yaqin zamonaviy kasblarni o’z ichiga olgan onlayn bilimlar makoni.


210 million so‘mlik “Edfix grantlari” oyligi minimarafoni WikiStipendiya va Edfix.uz bilan hamkorlikda — zamonaviy kasblarni o‘rganishga qiziqqan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan loyiha.

G‘oliblarga zamonaviy kasblar bo‘yicha 6 oylik bepul o‘quv kurslari uchun “Edfix grantlari” maxsus g‘oliblik sertifikati beriladi.

Marafon shartlari:
— Har bir ishtirokchi o‘zbekcha Vikipediyada kamida 200 so‘zdan iborat sifatli maqola yozishi kerak;
— Maqola kamida 2 ta nufuzli manbaga asoslangan bo‘lishi lozim;
— Boshqa tildagi Vikipediyalarda mavjud, ammo o‘zbekcha Vikipediyada yo‘q maqolalarni ham yaratish mumkin;
— Individual tarzda ishtirok etiladi.


Marafon 16-oktabrdan 16-noyabrgacha davom etadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @EdWiki_bot

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏2
⚡️Joriy yilning 10-oktyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan, Respublika davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichi 2-kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalari o‘rtasida “Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslariga saralashda Guliston davlat pedagogika institutning aniq fanlar kafedrasi o‘qituvchisi G‘aniyev Temur va 4 nafar iqtidorli talabalari: Bo‘ronboyev Kattabek, Rustamova Sabrina, Baxodirova Xulkar, Niyozaliyev Islomjon qatnashdi, natijalarga ko’ra 4 nafar iqtidorli talabamiz yuqori ball bilan yakuniy bosqichga yo‘l olishdi.

Eslatib o’tamiz so’ngi bosqich 24-oktyabr kuni Amity universitetida bo’ladi.

🏆Talabalarimizga omad tilab qolamiz.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍21👏3🏆2❤‍🔥1
Guliston davlat pedagogika instituti yoshlari saylovga tayyor

Siz-chi?

Siz tayyormisiz?
#ovozbering

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍9👏8❤‍🔥5👌3