GulDPI. uz | Rasmiy
4.52K subscribers
13.2K photos
1.54K videos
52 files
4.59K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
MILLIY LIBOS -MA’NAVIYAT KO‘ZGUSI

Qadimdan insonning qaysi millatga mansub ekanligi, uning kiyimiga qarab belgilangan. Milliy libos millat qiyofasi, inson ko‘rki, milliy iftixor ifodasidir. Xon atlas, adras va shoyi liboslar esa azaliy an’ana va qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizning ko‘zgusi demakdir.

Bizning milliy kiyimlarimiz dunyoning qay burchagida bo‘lmasin har qanday xalqning havasini keltirib o‘ziga mahliyo qiladi. Bugungi kunda yosh avlodni milliy qadriyat, an’ana va urf-odatlarimizga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash dolzarb vazifa hisoblanadi. Joriy yilning 8-11-oktabr kunlari Guliston davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar Kengashi, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy bo‘limi hamda tyutorlar tomonidan “Qizlar haftaligi” doirasida “Milliy liboslar namoyishi” o‘tkazildi.
Tadbir davomida institutning ayol o‘qituvchilari, lobar talaba-qizlari tomonidan atlas,adras va beqasam matolardan taqdim etilgan milliy liboslar namoyishi go‘zallik va nafosat taqdimoti sifatida qarshi olindi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
2
“Xalqaro konferensiya”

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 18-yanvardagi 16-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan rejaga asosan  T.N.Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti tomonidan  2024-yil 10-oktabr kuni O‘zbekiston milliy kutubxonasida “MARKAZIY OSIYO AYOLLARINING TADQIQOTCHILIK KOMPЕTЕNSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA GЕNDЕR TЕNGLIK TAMOYILI” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyasida  Guliston davlat pedagogika institutini professor-o‘qituvchilari, U.Shukurova, G.Kurbanova va Sh.Musurmanovalar ishtirok etishdi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
❤‍🔥3👏2👍1
📊 "Giyohvandlik va OITS ga qarshi kurash"

⚡️Guliston davlat pedagogika instituti madaniyat saroyida joriy yilning 11-oktabr kuni professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirokida “Yoshlar orasida giyohvand vositalarning tarqalishiga va OITSga qarshi kurash”, mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqan Viloyat narkologiya dispanseri ijtimoiy mutaxassisi Davlatova Zebo, “Ijtimoiy-gumanitar fanlari” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari I.Raxmanberdiyevlar giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumotlar berishdi.

💫Tadbirda professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohasida mazkur illatga qarshi kurashish zarur ekanligi alohida ta’kidlandi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_ittifoqi
#Talabalar_oqshomi

🌸 "11- oktyabr – Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan O'zbekiston yoshlar ittifoqi Guliston davlat pedagogika instituti boshlang'ich tashkiloti koordinatorlari tomonidan Talabalar turar joyi hovlisida "Talabalar oqshomi" ko'ngilochar konsert dasturi tashkil etildi.

⚡️ Talabalar ishtirokida intellektual savol-javoblar, interaktiv o‘yinlar, iste'dodli talabalarning chiqishlari bilan boshlangan konsert dasturi ommaviy raqs bilan yakunlandi.

🌹 Konsert dasturi davomida faol ishtirok etgan talabalar bayram munosabati bilan taqdirlanishdi.

🔥 Oltinga teng bo‘lgan talabalik onlarini biz bilan yanada zavqliroq o‘tkazing!

📩 Guliston davlat pedagogika instituti boshlang'ich tashkiloti axborot xizmati

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍5❤‍🔥2🔥2🥰1🤩1
#dayjest
#GulDPI_hafta_ichida

⚡️Yoshlar korrupsiyaga yo'q deydi!" batafsil
Talaba yoshlar o'rtasida kurash turlari bo'yicha sport musobaqasi batafsil
⚡️"Русский осенный вечер" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi. batafsil
💥Shaxmat-shashka sport turi bo'yicha musobaqa batafsil
🌟Ijara xonadonlarini o‘rganish ishlari davom etmoqda batfsil
☄️“Milliy liboslar haftaligi" batafsil
⚡️ "ZAKOVAT" intelektual o'yini tashkil etildi batafsil
💥Ochiq dars mashg’ulotlari batafsil
⚡️"Milliy liboslar kuni" batafsil
🔥Sayyor qabul batafil
🚴‍♂️“Sogʻlom turmush tarzi tarafdorimiz” shiori ostida velomarafon batafsil
⭐️Magistrlar uchun seminar-trening mashg'ulotlari batafsil
🥗"Oshxona qirolichalari" ko'rik tanlovi batafsil
✒️Ijodiy uchrashuv batafsil
📝Talabalar bandligi taminlandi batafsil
🚗Yo'l qoidasi-umr foydasi batafsil
🌦Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi batafsil
⚡️11-oktyabr — Xalqaro  qizlar kuni! batafsil

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Forwarded from Edu.uz
DIQQAT E’LON!

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti quyidagi lavozimlarga ishga taklif qiladi:
▸Yetakchi mutaxassis
▸Bosh mutaxassis
▸Bo‘lim boshlig‘i
▸Boshqarma boshlig‘i


Nomzodlardan quyidagi ko‘nikmalar talab etiladi:
▸professional va oliy ta’lim jarayonlarini yaxshi tushunish

▸ta’lim dasturlari va malaka talablarini shakllantirish jarayonlarini bilish

▸ta’lim va malaka tizimi bo‘yicha huquqiy hujjatlarni tushunish va ular bilan ishlay olish

▸kasbiy standartlar, malaka talablari va kompetensiyalar haqida tushunchaga ega bo‘lish

▸axborot texnologiyalaridan erkin foydalana olish

▸ma’lumotlarni erkin tahlil qilishi va ular asosida hisobotlar tayyorlay olish


Nomzodlarga qо‘yiladigan talablar:

📌 oliy ma’lumot, bakalavr yoki magistr darajasiga ega bо‘lishi (ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega nomzodlarga ustuvorlik beriladi);
📌 davlat tilini mukammal bilishi (rus va ingliz tillarini bilgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi);
📌 tashabbuskorlik, tashkilotchilik, jamoa bilan ishlash, kreativ va tanqidiy fikrlash qobiliyatlariga ega bо‘lishi.


Ish joyidagi qulayliklar:

Yangi ish joyida moslashish va kasbiy faoliyatga kirishish jarayonida nomzodlar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanadi, treninglar o‘tkaziladi va tegishli yordam ko‘rsatiladi.


💵Ish haqi: 6 000 000 sо‘mdan boshlanadi (aniq summalar suhbat davomida ma’lum qilinadi).

Hujjatlarni qabul qilish 2024-yil 25-oktabr gacha davom etadi.

Batafsil ma’lumot: +99833-109-33-36

Rezyume (obyektivka)lar @MMRInstitut telegram manzili orqali qabul qilinadi.
(Suhbat o‘tkazilish joyi va vaqti bo‘yicha alohida ma’lum qilinadi).

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍1