GulDPI. uz | Rasmiy
4.52K subscribers
13.3K photos
1.56K videos
52 files
4.6K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
"Besh tashabbus" olimpiadasi

Bugun Guliston davlat pedagogika instituti institutida "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasida yengil atletika bo'yicha musobaqalarga start berildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
ЯНГИ СИРДАРЁ № 37.pdf
9 MB
📰#OAV_MUTOLAA

“Yangi Sirdaryo” gazetasining 23 sentyabrdagi 37-soni PDF hamda Veb formatda mutolaa uchun havola qilinmoqda.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
MUZEYGA SAYOHAT - MOZIYGA SAYOHATDIR!

Yosh avlodni tariximizga, buyuk shaxslarga, ajdodlarimiz merosiga yuksak hurmat va e’tibor ruhida tarbiyalash maqsadida joriy yilning 24-sentyabr kuni Pedagogika fakulteti tyutori Sojida Saparova 1-bosqich talabalari bilan birgalikda "Oʻlkashunoslik" muzeyiga sayohat uyushtirdi.

Sayohat mobaynida talaba-yoshlarga madaniyat, san’at, ta’lim sohasida dunyo ilm-faniga munosib hissa qo’shgan qomusiy olimlarimiz, ajdodlarimiz haqida keng tushunchalar berildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Guliston davlat pedagogika institutida " Talabalar ligasi" musobaqalari

"Talabalar ligasi" doirasidagi sport musobaqalari boshlandi. Ilk o'yinlar mini-futbol sport turi bo'yicha fakultetlar kesimida boshlandi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍3
“Milliy qadriyatlar sayli”

⚡️ Bugun, joriy yilning 24-sentyabr kuni Guliston davlat pedagogika institutini professor-o‘qituvchilari, tyutorlar va talaba-yoshlari tomonidan Guliston shahridagi Alisher Navoiy nomidagi “Bilimdonlar xiyoboni”da “ “Milliy qadriyatlar sayli” tashkil etildi.

Mazkur tadbirda talaba-yoshlar tomonidan “Bilimdonlar xiyoboni”ga tashrif buyurgan shahar aholisi va yoshlarga “Milliy liboslar ko‘rgazmasi”, iqtidorli talabalar tomonidan yaratilgan milliy urf-odatlar hamda an’analarni aks ettiruvchi ijodiy ishlar namoyish qilindi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍7
Forwarded from Edu.uz
4️⃣4️⃣4️⃣

⚡️1-bosqich talabalar uchun 24–27-sentyabr kunlari ijara to‘lovining bir qismini qoplab berilishi yuzasidan onlayn ariza yuborish imkoniyati yaratildi

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 605-son qaroriga asosan oliy ta’lim muassasasidan uzoq joylashgan hududlardan kelgan birinchi bosqich talabalari (doimiy yashash joyi boshqa tumanda (shaharda) bo‘lgan ijara asosida yashaydigan talabalar)ga sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etmasdan oylik ijara to‘lovining bir qismi qoplab berilishi belgilangan.


Shu munosabat bilan, joriy o‘quv yilida talabalar safiga qabul qilingan va talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan birinchi bosqich talabalar uchun 24–27-sentyabr kunlari ijara to‘lovining bir qismini qoplab berilishi yuzasidan onlayn ariza yuborish imkoniyati yaratildi.

❗️Eslatma: Nizomga asosan “talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan” deganda yotoqxonada turishga ehtiyoji bor, ammo joylar soni cheklanganligi bois ijarada turishi taqozo qilgan talabalar tushuniladi. Shu bois, o‘z ixtiyoriga ko‘ra ijarada turuvchilarga kompensatsiya to‘lovlari belgilanmasligi eslatib o‘tiladi.

Arizalar vazirlikning kontrakt.edu.uz platformasi orqali faqat onlayn qabul qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida, 2024/2025-o‘quv yili 9-sentyabrdan boshlanganligini inobatga olib, ijara huquqi asosida yashayotgan talabalarga qulaylik yaratish maqsadida ishchi tartibda talabalardan onlayn ariza qabul qilish joriy yilning 16-sentyabr sanasiga qadar amalga oshirildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#GulDPI
#Qizlarjon

🔔 Qizlar - millat tayanchi !

Hurmatli institutimizning talaba qizlari sizlarni Guliston davlat pedagogika institutida " Qizlarjon " klubimizga va iqtidorli talaba qizlar qatoriga chorlab qolamiz.

🗣Barcha talaba qizlarni  o‘z safimizga chorlab qolamiz  !

Murojaat uchun:https://t.me/qizlarjon01_31

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍64👏3
#TalabalarUchun

🙋 Xorijiy tilni C1 darajada biladigan talabalarga ishlashga ruxsat etiladi

🖋 Qаrorga muvofiq, 2024-yil 1-oktabrdan:

👤 Yoshlar ishlari agentligi har yili xususiy o‘quv markazlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimidagi reytingini tuzadi hamda rasmiy veb-saytida e’lon qilib boradi;

📌 reyting natijalariga ko‘ra olis va chekka hududlarda faoliyat ko‘rsatuvchi eng yuqori ko‘rsatkichga ega 100 ta xususiy o‘quv markazining ta’lim jarayonida foydalanadigan bino va inshootlar uchun ijara to‘lovi xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi.

🎓 2024–2026 yillarda oliy ta’lim tashkilotlarining xorijiy til filologiyasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 3 va 4-kursda tahsil olayotgan hamda kamida C1 darajadagi sertifikatga ega talabalariga umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida o‘qituvchi sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi.

🆔 2024/2025 o‘quv yilidan ota-onalar va o‘quvchilar talabidan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablar va kasb-hunar maktablarida chet tili sifatida nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillarini o‘qitishni yo‘lga qo‘yiladi.

👥 2025-yil 1-yanvargacha ingliz tili, keyingi yillarda boshqa xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni o‘rgatish bo‘yicha dunyoning yetakchi markazlari, oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yiladi hamda ularning xalqaro ta’lim standartlariga mos ta’lim dasturlari “Ibrat farzandlari” va “Ustoz” loyihalariga tatbiq etiladi.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
👏4👍1🥰1