GulDPI. uz | Rasmiy
4.5K subscribers
13.3K photos
1.58K videos
56 files
4.63K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#marifat_ulashib

MA'RIFAT ULASHIB


📌 Guliston davlat pedagogika institutiga biriktirilgan taniqli ijodkorlar

Xurshid Davron ijodidan iqtibos

Ona, kelganingizda
Ko‘ylak olib bermadim...
Pulim yo‘q edi, ona.
Ona, kelganingizda,
Ochilib gaplashmadim...
Vaqtim yo‘q edi, ona

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍2👏1
#marifat_ulashib

MA'RIFAT ULASHIB


📌 Guliston davlat pedagogika institutiga biriktirilgan taniqli ijodkorlar

Gavhar Ibodullayeva ijodidan iqtibos

Faqat ko‘zim yashaydi siz-la,
nigohim zimnida
bir suvrat muqim.

Faqat rangim yashaydi siz-la,
qaynoq kaftlaringiz
sog‘inib.

Faqat so‘zim yashaydi siz-la,
har kuni ming bora
ismingiz alqab.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍1💯1
#marifat_ulashib

MA'RIFAT ULASHIB


📌 Guliston davlat pedagogika institutiga biriktirilgan taniqli ijodkorlar

Shodmon Sulaymon ijodidan iqtibos

Zamin sirlaridan ochar ekan so‘z,
Haqni anglab yetdi Beruniy bobom.
Ulkan xaritaga tashlar ekan ko‘z:
“Yer aylanar, – dedi, – mangu, bardavom”

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👏1
#Besh_tashabbus
#Talabalar_ligasi

Guliston davlat pedagogika institutida "Besh tashabbus" olimpiadasiga start berildi.

Institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha 1-prorektori J.Komilov tadbirni ochib berdi. Tadbirda ishtirok etgan viloyat sport boshqarmasi,O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyat Kengashi mas'ullar "Besh tashabbus" olimpiada ishtirokchilarini ushbu anjuman bilan qutlab, barchaga omad va mofaqiyatlar tiladilar.

Hozirda sport musobaqalarining minni-futbol turi bo’yicha jamoalar bellashuvlari bo'lib o'tmoqda.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍3🏆2
“Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

Guliston davlat pedagogika institutida “Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish” vazifasi bo‘yicha talabalar hamda professor-o‘qituvchilar o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi.

Yig‘ilishni institut yoshlar masalalari va ma’naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektor J.Komilov ochib berdi. Shuningdek, tadbirda viloyat DXX boshqarma xodimi O.Inamov, Sirdaryo viloyat IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i J.Xo‘jamqulov hamda Sirdaryo viloyat Adliya boshqarmasi huquqiy axborot bo‘yicha bosh maslahatchisi D.Umirzoqovalar korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish va manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida tadbir qatnashchilariga tushuntirishlar berildi.

Davra suhbati bahs-munozara ko‘rinishida o‘tkazildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👏21👍1