GulDPI. uz | Rasmiy
4.49K subscribers
13.3K photos
1.58K videos
56 files
4.64K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Mirziyoyev #tashrif #Germaniya #muzokaralar

Samarqand shahridagi Kongress markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsning tor doirada va delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Germaniyaning dual ta’lim tizimini O‘zbekiston hududlarida keng joriy etishga qiziqish bildirildi. Yetakchi universitetlar o‘rtasida ta’lim va ilmiy aloqalarni rivojlantirish uchun ikki mamlakat oliy o‘quv yurtlari forumini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.

O‘zbekiston tomoni qo‘shma dasturlarni amalga oshirish, Germaniya oliy ta’lim muassasalarining fakultetlari va filiallarini ochish uchun barcha sharoitlarni yaratishga tayyorligini bildirdi.

___
В Конгресс-центре города Самарканда состоялись переговоры Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Федерального Канцлера Германии Олафа Шольца в узком формате и с участием делегаций.

Выражена заинтересованность в широком внедрении германской модели дуального образования в регионах Узбекистана. Для развития образовательного и научного обмена между ведущими университетами предложено запустить Форум вузов двух стран.

Узбекская сторона выразила готовность создать все условия для реализации совместных программ, открытия факультетов и филиалов высших учебных заведений Германии.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👏21
Jamoamiz finalda

Kuni kecha “ Ikkinchi liga kubogi“ musobaqalarining yarim final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Unda Guliston davlat pedagogika instituti va Mirzaobod jamoalari kuch sinashishdi. Uchrashuvda jamoamiz 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Finalda jamoamiz Yangiyer shahrining A. Jomiy MFY jamoasi bilan bosh sovrin uchun kurashadi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍9🏆5
#marifat_ulashib

MA'RIFAT ULASHIB


📌 Guliston davlat pedagogika institutiga biriktirilgan taniqli ijodkorlar

Xurshid Davron ijodidan iqtibos

Suyaman qadimiy kitob varag’i,
Sokin shitirlasa sukunat aro…
Ularda jo erur o’tmish daragi,
Ularda “qora”mas, yozilar “qaro”.
Ulardan dashtlarning isi keladi,
So’lgan rayhonlarning kelar nafasi.
Ular sayroq bulbul yashab, g’am chekib
Keyin tashlab ketgan tilla qafasdir.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍2
#marifat_ulashib

MA'RIFAT ULASHIB


📌 Guliston davlat pedagogika institutiga biriktirilgan taniqli ijodkorlar

Shodmon Sulaymon ijodidan iqtibos

Zamin sirlaridan ochar ekan so‘z,
Haqni anglab yetdi Beruniy bobom.
Ulkan xaritaga tashlar ekan ko‘z:
“Yer aylanar, – dedi, – mangu, bardavom”

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#marifat_ulashib

MA'RIFAT ULASHIB


📌 Guliston davlat pedagogika institutiga biriktirilgan taniqli ijodkorlar

Gavhar Ubaydullayeva ijodidan iqtibos

Chiroyli qiz, go‘zal qiz,
Kulgichlari - g‘azal qiz,
Muhabbat yo‘q, asal, qiz,
Go‘zal armon muborak!…

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
1❤‍🔥1👍1
Forwarded from Edu.uz
#infografika #ijro #davlat_dasturi

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi Davlat dasturining “Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish” yo‘nalishining yarim yillik ijrosi bo‘yicha infografika taqdim etdi.

Bizni kuzating👇

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍2
Forwarded from Edu.uz
4️⃣4️⃣4️⃣ 👨‍💻👩‍💻🧠 🚪🙋‍♂️🙋‍♀️

🔈 “IT” sohasiga qiziquvchi talabalar diqqatiga!

“ICTWEEK UZBEKISTAN 2024” tashkilotchilari tomonidan 18-sentabr kuni soat 9:00 dan 12:00 gacha “Huawei ICT Talent Summit” - o‘quv sessiyasi tashkil etilmoqda.

Sammitda raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish va texnologiya sohasida yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashning asosiy masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, “Huawei ICT Academy”, xalqaro tashkilotlar va universitetlar vakillari talabalar uchun ushbu sohadagi imkoniyatlar haqida ma’lumot berib, ta’lim texnologiyalari sohasidagi so‘nggi yutuqlar bilan o‘rtoqlashadilar. Bundan tashqari “ICT Competiton 2024/2025” tanlovi tafsilotlari taqdimot qilinadi.

Sammitga kirish ochiq, ishtirok etish uchun ICTWEEK24da roʻyxatdan oʻting: ➡️https://ictweek.uz/oz/register/visitor

Tadbir Central Asian Expo (CAEx) ko‘rgazmalar markazi “Hall 1” da bo‘lib o‘tadi.

📍 Joylashuv

#ICTWEEK24 #Uzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
“Antikorrupsiya bilimdoni” bellashuv g'oliblari aniqlandi

Xabaringiz bor, joriy yilning 7-sentyabr kuni institutimizda “Antikorrupsiya bilimdoni” bellashuvni o‘kazish bo‘yicha xabar bergan edik

Bugun Guliston davlat pedagogika instituti KQK "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan institutning faollar zalida “Ijtimoy gumanitar” va “Pedagogika” fakultetlarining “Haqiqat” va “Adolat” jamoalari o'rasida “Antikorrupsiya bilimdoni” bellashuvi o‘tkazildi.

Yakuniy natijalarga ko'ra

1-o'rinni “Pedagogika” fakultetining “Adolat” jamoasi

2-o'rinni “Ijtimoy gumanitar” fakultetining “Haqiqat” jamoalar g'oliblikni qo'lga kiritdi.

G'olib jamoalar institut mamuryati tomonidan diplom va estalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
4