GulDPI. uz | Rasmiy
4.49K subscribers
13.3K photos
1.58K videos
56 files
4.63K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Mukofot muborak bo'lsin

Guliston davlat pedagogika instituti jamoasi O‘zbekiston respublikasi Oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi Yoshlar siyosati va ma’naviy-tarbiyaviy ishlar boshqarmasi boshlig‘i Kasimov Nodir Ulugovichni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan “ Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganligi munosabati bilan tabriklaydi

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍17🏆3👏2🎉1
Guliston davlat pedagogika institut rektorining mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan bayram tabrigi

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
17🎉11👍3❤‍🔥1😍1🏆1
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_tabrigidan

Muammolarimizning yechimi, savollarimizning javobi faqat va faqat TAʼLIMda. Hamma eshiklarni ochadigan kalit ham TAʼLIM va TARBIYADIR.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👏8👍1
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #talabaga_qulaylik

⚡️Endi talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha onlayn ariza berishlari mumkin

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
24-sentyabrdagi 605-son qaroriga asosan ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini davlat budjeti hisobidan qoplab berilishi bo‘yicha arizalarni onlayn yuborish imkoniyati yaratildi.

Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:

1️⃣ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
2️⃣ shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi.
3️⃣ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.

Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.

Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi.

Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati: 👉http://ijara.soliq.uz

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍3👌1
Forwarded from Edu.uz
#yangi_o‘quv_yili

4-sentyabrdan ko‘pchilik yoshlarimiz hayotlaridagi yana bir katta yo‘lga otlanadilar. Bu ularning kelajakda qanday kasb egasi va mutaxassis bo‘lishlari, puxta bilim hamda hayotiy saboq egallashlarida muhim o‘rin tutadi.

Aziz o‘quvchilar!

Sizlarni mana shu muhim kun – 2024/2025 o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan chin dildan tabriklayman.

Ishonamanki, bor imkoniyatingizni ishga solib bo‘lsa-da malakali ustozlardan zamonaviy ta’lim olib, kasb-hunar o‘rganib, ularni Vatanimizga munosib farzand bo‘lishdek maqsadlar yo‘lida sarflaysiz. Bugungi kunda mamlakatimizda buning uchun beqiyos imkoniyatlar yaratilgan.

Qadrli yoshlar!

Zamon shiddat bilan rivojlanib bormoqda va ulkan marralarni zabt etishda kasb-hunar egallashning o‘rni beqiyos. Bunda biz fidoyi va o‘z ishining ustasi bo‘lgan ustozlarimizga suyanamiz.

Ta’til vaqtida pedagog-kadrlar uchun o‘quv-seminarlar tashkil etdik. Kasbiy rivojlanish darslarida sohadagi so‘nggi yangilik va zamonaviy bilimlarni bo‘lishishlariga zamin hozirladik. Zero, malakali o‘qituvchi sifatli ta’lim demakdir.

Qadrli ustozlar, aziz o‘quvchilar!

Yangi o‘quv yilida sizga omad va zafar yor bo‘lishini tilayman.

Yurt koriga yaraydigan mutaxassis bo‘lib yetishishingizga tilakdoshman!

Qo‘ng‘irotboy SHARIPOV,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍161🏆1
Guliston davlat pedagogika institutida Akademik litseyi bayram tadbiri

Joriy yilning 4-sentyabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti Akademik litseyida 2024/2025-o‘quv yilining boshlanishi va Mustaqilligimizning 33 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi uni akademik litsey ijrochi direktori v.v.b Q.Maxmudov ochib berdi.

Tadbirda Guliston davlat pedagogika instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori N.Ayaqulov so’zga chiqib Mustaqilligimizning 33-yilligi bilan hammani tabriklab barcha o’quvchilarimizga yangi o’quv yilida omad tiladi

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍132
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH "KOMPLAENS NAZORAT" TIZIMINI BOSHQARISH BO'LIMI TOMONIDAN YANGILIK !

➡️ Sizga Guliston davlat pedagogika institutida professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari va talabalari orasida muntazam ravishda targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini olib borish hamda bu borada malakali mutaxassislarni jalb etgan holda tizimdagi faoliyatning samaradorligini oshirish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi qoshida “Aksilkorrupsiya kovorking markazi” tashkil etilganligini ma'lum qilamiz.
“Aksilkorrupsiya kovorking markazi” institutning “bosh binosi” 121-xona belgilangan.

To‘liq ma'lumot olishingiz uchun “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlariga aloqaga chiqishingiz soʻraladi.

➡️ Bog'lanish uchun:
Telefon: +998992927492 ; + 998994778521.
@anti_corruption_gspi_bot
Elektron pochta manzil: komplayens_nazorat@gspi.uz

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍1
#Birinchi_qo'ng'iroq

Guliston davlat pedagogika instituti rektori J.X.Karshibayev Boyovut  tumanidagi 3-maktabda o‘tkazilgan birinchi qo‘ng‘iroq tadbirida ishtirok etdi.

Tadbirda J.X.Karshibayev mustaqilligimiz bergan imkoniyatlar, yurtimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar samarasi, o’qituvchilar uchun yaratib berilayotgan qulayliklar haqida to’xtalib, o‘quvchilarga chuqur bilim olishlari, yurt tinchligi, Vatan taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lida xizmat qiladigan farzandlar bo‘lib voyaga yetishlari yo‘lida muvaffaqiyatlar tiladi.
 
Shu bilan birga institut rektori maktab o‘quvchilariga yangi o‘quv yilida muvaffaqiyat tilar ekan, tinimsiz o‘qib-izlanib, o‘z yutuqlari bilan Vatan sharafini albatta ulug‘lashlariga ishonch bildirdi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👏6👍3
#talabaga_qulaylik
#foydali
#fakultetlar
#aloqa

👍 Endi talabaga turar joy muammo emas!

Guliston davlat pedagogika institutining Ijtimoiy-gumanitar va pedagogika fakultetlarida tahsil olayotgan talabalarni ijara xonadonlar va 1-sonli Talabalar turar joyiga joylashtirishga mas'ul bo'lgan xodimlar haqida ma'lumot!

🎓 Hurmatli talabalar: har qanday muammo va murojaatlaringizni keltirilgan telefon raqamlari orqali mas'ullarga berishingiz mumkin.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍6🔥4
Forwarded from Edu.uz
E’lon!

✍️ Bilimni baholash agentligi tomonidan ingliz, turk, fransuz, nemis, arab tillari bo‘yicha gapirish ko‘nikmasini baholash uchun yangi format loyihasi ishlab chiqilgan edi.

Ushbu yangi format bo‘yicha gapirish ko‘nikmasini baholashning aprobatsiya test sinovi 2024-yil 10-sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

➡️ Aprobatsiya test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 8-sentyabrga qadar https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2024-yil 8-sentyabr soat 08:00 gacha.

📱 @bba_ilmiy_markaz
📱 https://t.me/BaholashUz/6512
📞 (95) 515-68-68

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Edu.uz
#qabul2024

⚡️Super” kontrakt boʻyicha qoʻshimcha tartiblar belgilandi

Davlat komissiyasi bayoniga koʻra, kirish imtihonlari natijasi boʻyicha tanlovda ishtirok etib, ikkinchi-beshinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlaridan biri boʻyicha davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga oʻz xohishlariga koʻra, ustuvorligi boʻyicha tanlagan birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga ruxsat berildi. Ushbu holatda abituriyent toʻplagan bali birinchi taʼlim yoʻnalishida toʻlov-kontrakt asosidagi oʻtish balidan past boʻlishi lozim.

❗️Bunda kontrakt summasini hisoblash Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdorlari asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, tanlagan barcha yoʻnalishlarga oʻqishga tavsiya etilmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan yoʻnalishlaridan birida tabaqalashtirilgan kontrakt asosida oʻqishiga ruxsat beriladi.

❗️Bunda, oliy taʼlim muassasalari tomonidan talabalikka qabul qilish tanlov boʻyicha birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida eʼlon qilingan test sinovlari natijalariga koʻra, abituriyentlaring toʻplagan balini asos sifatida qabul qilib, murojaat etgan abituriyentlarning arizalariga muvofiq, toʻplagan ballari qatʼiy ketma-ketligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi.

Eslatma:Super” kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirgan abituriyentlar talabalar safiga qabul qilinadi. Super kontraktni 2024-yil 15-oktyabrga qadar toʻliq (100 foiz) toʻlagan abituriyentlarga, istisno tariqasida 10 foiz chegirma taqdim etiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍2