Forwarded from Edu.uz
#seminar #yoshlar_masalasi
Qo‘qonda oliy ta’lim muassasalarining birinchi prorektorlari uchun navbatdagi respublika o‘quv-seminari bo‘lib o‘tmoqda
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan Qo‘qon universitetida 23–25-avgust kunlari “Oliy ta’lim muassasalarida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha ustuvor vazifalar” mavzusida respublika o‘quv-seminari tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, respublikamizdagi 200 ga yaqin davlat, xorijiy va xususiy oliy ta’lim muassasalari birinchi prorektorlari hamda hamkor tashkilot vakillari ishtirok etmoqda.
Anjuman yalpi yig‘ilishida so‘zga chiqqanlar hozirda yoshlar masalalari qay darajada dolzarbligi, ushbu o‘quv-seminar esa yoshlar muammolarini ijobiy hal qilish hamda oliygohlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada samarali tashkil etishga poydevor yaratishini ta’kidlashdi.
O‘quv-seminar soha mutaxassislarining muhim mavzulardagi ma’ruzalari bilan davom etmoqda.
👉 Jarayondan fotolavhalar
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

👍3❤🔥1💯1
Forwarded from Edu.uz
#2024/2025_o‘quvyili
✔️ Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra 2024/2025-o‘quv yili:
➖ oliy ta’lim muassasalarida – 9-sentyabr;
➖ akademik litseylarda – 4-sentyabr;
➖ kasb-hunar maktablarida – 4-sentyabr;
➖ kollej va texnikumlarning 2- va undan yuqori kurslari uchun – 4-sentyabr kunidan boshlanishi belgilandi.
🔹 Kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun 2024/2025-o‘quv yilining boshlanishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
⚡️Yangi o‘quv yilining boshlanish sanalari ma’lum bo‘ldi
➖ oliy ta’lim muassasalarida – 9-sentyabr;
➖ akademik litseylarda – 4-sentyabr;
➖ kasb-hunar maktablarida – 4-sentyabr;
➖ kollej va texnikumlarning 2- va undan yuqori kurslari uchun – 4-sentyabr kunidan boshlanishi belgilandi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16👏2
MAHALLA OBOD — YURT OBOD” SHIORI OSTIDA UMUMXALQ XAYRIYA HASHARI O‘TKAZILMOQDA
Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda. Guliston davlat pedagogika institutida ham hashar uyushqoqlik bilan o‘tkazildi.
Jamoamizda hasharning o‘tkazilishi ham o‘quv dargohimizning obodligi va jamoada sog‘lom ijtimoiy-maʼnaviy muhit bo‘lishiga xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda xayriya saxovat tadbirlari o‘tkazilib, yangi qurilayotgan obyektlar ishga tushirilmoqda hamda taʼmirlanayotgan binolarda maishiy chiqindilar tozalandi. Institutning barcha xodimlari hashar jarayonida faol ishtirok etib, obodonlashtirishga o‘z hissalarini qo‘shdi.
Jamoamizda hasharning o‘tkazilishi ham o‘quv dargohimizning obodligi va jamoada sog‘lom ijtimoiy-maʼnaviy muhit bo‘lishiga xizmat qiladi.
✈️Telegram | 📷Instagram | 🖤YouTube | 📒Facebook | 🌐

👍9
#Mukofot_muborak
⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga binoan, xalqimizning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish borasida erishayotgan yuksak natijalari, yurtimiz taraqqiyotini ta’minlash, jamiyatda tinchlik va totuvlik, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash, yosh avlodni ezgu g‘oyalar ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashga qo‘shgan katta hissasi, shuningdek, jamoat ishlaridagi faolligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi.

👍4
Forwarded from Edu.uz
#e'tirof
⚡️Oliy taʼlim va ilm-fan vakillarining bir guruh fidokorlari eʼtirof etildi
Ular orasida oliy taʼlim va ilm-fan fidoyilari, professor-oʻqituvchilar ham bor.
🏵“O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan
Nadirova Aygul Bazarbayevna – Nukus davlat pedagogika instituti dotsenti, xonanda, Qoraqalpog‘iston.
🏵“O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi” faxriy unvoni bilan
Matchanov Ochilbek Yo‘ldashboyevich – Urganch davlat universiteti o‘qituvchisi, maqom xonandasi, Xorazm.
🏵“O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi” faxriy unvoni bilan
Ziyaxanov Xurshid Djavidovich – Milliy rassomlik va dizayn instituti katta o‘qituvchisi, grafik rassom.
🏵“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan
Lutfullayev Xayrulla – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori.
🎖“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Tuxliyev Boqijon – Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori.
🎖“Do‘stlik” ordeni bilan
Sharipov Kongratbay Avezimbetovich – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri;
Ashirboyev Samixan – Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti kafedra mudiri;
Karimova Zarifa G‘ulomovna – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi dotsenti;
Nazaryan Arsen Ashotovich – Milliy estrada san’ati instituti katta o‘qituvchisi;
Saydaminova Dilaram Ahmadovna – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faxriy professori, kompozitor;
Tojiyev Rasuljon Jumaboyevich – Farg‘ona politexnika instituti kafedra mudiri;
Shodmonov Nafas Namozovich – Qarshi davlat universiteti kafedra mudiri.
🎖II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan
Abuzalova Mehriniso Qodirovna – Buxoro davlat universiteti professori;
Muhiddinova Firyuza Abdurashidovna – Toshkent davlat yuridik universiteti professori;
Tashmatov Urazali G‘afurovich – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori.
🏅“Shuhrat” medali bilan
Bozorov Xurshed Abdullayevich – Samarqand davlat universiteti professori;
Norov Ilhomjon Ashurovich – O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti o‘qituvchisi, baxshi;
Yo‘ldoshev Muslum Islomovich – O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti dotsenti.
💐 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi barcha fidoyi ustozlarni samimiy qutlaydi!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
⚡️Oliy taʼlim va ilm-fan vakillarining bir guruh fidokorlari eʼtirof etildi
Prezident farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan ilm-fan, ta’lim sohalari xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi.
Ular orasida oliy taʼlim va ilm-fan fidoyilari, professor-oʻqituvchilar ham bor.
🏵“O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan
Nadirova Aygul Bazarbayevna – Nukus davlat pedagogika instituti dotsenti, xonanda, Qoraqalpog‘iston.
🏵“O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi” faxriy unvoni bilan
Matchanov Ochilbek Yo‘ldashboyevich – Urganch davlat universiteti o‘qituvchisi, maqom xonandasi, Xorazm.
🏵“O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi” faxriy unvoni bilan
Ziyaxanov Xurshid Djavidovich – Milliy rassomlik va dizayn instituti katta o‘qituvchisi, grafik rassom.
🏵“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan
Lutfullayev Xayrulla – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori.
🎖“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Tuxliyev Boqijon – Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori.
🎖“Do‘stlik” ordeni bilan
Sharipov Kongratbay Avezimbetovich – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri;
Ashirboyev Samixan – Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti kafedra mudiri;
Karimova Zarifa G‘ulomovna – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi dotsenti;
Nazaryan Arsen Ashotovich – Milliy estrada san’ati instituti katta o‘qituvchisi;
Saydaminova Dilaram Ahmadovna – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faxriy professori, kompozitor;
Tojiyev Rasuljon Jumaboyevich – Farg‘ona politexnika instituti kafedra mudiri;
Shodmonov Nafas Namozovich – Qarshi davlat universiteti kafedra mudiri.
🎖II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan
Abuzalova Mehriniso Qodirovna – Buxoro davlat universiteti professori;
Muhiddinova Firyuza Abdurashidovna – Toshkent davlat yuridik universiteti professori;
Tashmatov Urazali G‘afurovich – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori.
🏅“Shuhrat” medali bilan
Bozorov Xurshed Abdullayevich – Samarqand davlat universiteti professori;
Norov Ilhomjon Ashurovich – O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti o‘qituvchisi, baxshi;
Yo‘ldoshev Muslum Islomovich – O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti dotsenti.
💐 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi barcha fidoyi ustozlarni samimiy qutlaydi!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍4
📢 Talabalarni turar joy bilan taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha ovozli chat
📆 Joriy yilning 25-avgust kuni soat 09:00da GulDPI yoshlari | yoshlar ittifoqi telegram kanalida 2024/2025-oʻquv yiliga tayyorgarlik, oʻquv jarayonlarining boshlanishi, talabalarni turar joy bilan taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha ovozli chat o‘tkaziladi.
🎙 Unda Guliston davlat pedagogika instituti mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beradi.
❓ Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, ovozli chatda ishtirok eting.
https://t.me/guldpiyoshlari_yi

👍5