GulDPI. uz | Rasmiy
4.53K subscribers
13.2K photos
1.54K videos
52 files
4.59K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#GulDPI

Gulston davlat pedagogika institutining “Yoz mavsumida mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan chora tadbirlar dasturi"ga asosan bugun 29-iyul kuni institutga yaqin hududda joylashgan Bo'ston,Mevazor,Buyuk kelajak mahalla yoshlari o'rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o'tkazildi.

“Zakovat” intellektual o‘yiniga mahallardan tashrif buyurgan 4 ta jamoa ishtirok etdi.

O'yin yakunida:
1-o'rinni "ADRENALIN" jamoasi.
2-o'rinni "MALIKALAR" jamoasi.
3-o'rinni "ISTIQLOL" jamoasi egalladi.

Yakunda g'olib bo'lgan jamoalar estalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍61
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazining 2024-yil 15-iyuldagi 26-Q/Q-sonli qo'shma qarori ljrosi bo'yicha Guliston davlat pedagogika institutida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturiga asosan O'zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi bilan hamkorlikda joriy yilning 29-iyul kuni oliygoh atrofidagi mahallalar yoshlari o'rtasida sportning mini-futbol turi bo'yicha musobaqalar tashkillashtirildi.

Institut sport majmuasida o'tkazilgan musobaqalarda mahallalarning 8 ta jamoasi ishtirok etishdi. Musobaqa yakunida g'olib jamoalar institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
👍7
#Ovozli_chat
Oliy taʼlim muassasalariga qabul bo‘yicha ovozli chat

📆
Bugun 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da  ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat oliy ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi.

Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov

Umumiy sovrin jamg‘armasi 1 million dollarni tashkil qiluvchi “President Tech Award” tanlovining ikkinchi to‘lqini uchun arizalar qabuliga start berildi!


Qiziqarli musobaqada qatnashish va oʻz gʻoyalaringizni hayotga tatbiq etish uchun noyob imkoniyatni qoʻldan boy bermang! Oʻz kuchingizni sinab koʻrish va ilgʻor IT-yechimlarini yaratishga tayyor boʻlsangiz, ushbu imkoniyat aynan siz uchun!

Tanlov asosiy va maxsus yo‘nalishlarga bo‘linadi.

Tanlovning asosiy yo‘nalishi quyidagi toifalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
1. Sunʼiy intellektga asoslangan texnologiyalar;
2. Ijtimoiy sohada raqamli texnologiyalar;
3. MicroSaaS va AdTech;
4. Kompyuter va mobil o‘yinlar;
5. Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar.

📢 Maxsus yo‘nalish 72 soat ichida raqamli yechim yaratishni o‘z ichiga oluvchi Gran-Pri Hakatondan iborat.

Sovrin jamg‘armasi o‘zgarishsiz qolmoqda — 5 ta yo‘nalishning har birida 1, 2, 3-o‘rin sovrindorlari aniqlanib, quyidagi mukofotlarga ega bo‘lishadi:
1-o‘rin — $100,000
2-o‘rin — $50,000
3-o‘rin — $30,000

Tanlovning rasmiy veb-saytida ro‘yxatdan o‘tishingiz, asosiy yo‘nalishlar, o‘tkazilish sanalari va ishtirok etish tafsilotlari bilan tanishishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qabul2024 #dayjest

2024/2025-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish bo‘yicha muhim xabarlar dayjesti


my.uzbmb.uz platformasida OTM va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bo‘yicha videoyo‘riqnoma;

O‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti👇

🔹BAKALAVR:

KUNDUZGI;

SIRTQI;

KECHKI;

MASOFAVIY;

Bakalavriat turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati;

🔸 MAQSADLI QABUL:

Sog‘liqni saqlash;

Maktab ta’limi;

Xorijiy va nodavlat OTMlar uchun;

♦️IMTIYOZLI KVOTALAR:

Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari uchun;

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun;

Xotin-qizlar uchun;

🔹MAGISTRATURA KVOTA;

Magistratura turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati;

OTMning davlat granti kvotasi ulushining taʼlim sohalari va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimidagi taqsimoti;

2024/2025-oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari;

Tizimida kamida 5 yil ish stajiga ega xodimlarini oʻqishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar;

Sirtqi ta’lim shakliga pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yillik ish stajiga ega abituriyentlar qabul qilinadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1