GulDPI. uz | Rasmiy
4.54K subscribers
13.2K photos
1.54K videos
52 files
4.57K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔸Abituriyentlar uchun oliy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlari davom etmoqda.

📌 Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilib:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

💠Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

🔻Ushbu jarayonda Guliston davlat pedagogika instituti Volontyorlari ota-onalarning kutish vaqtlarini mazmunli o'tkazishda faol ishtirok qilishmoqda.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍1
Forwarded from Edu.uz
#Qabul_2024 |#Akademik_litsey

⚡️Akademik litseylarga kirish test sinovlari oʻtkazilish sanasi va vaqti aniq boʻldi


☝️Akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga!

📆Kirish test sinovlari 25–26-iyul kunlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada oʻtkaziladi.

🕒 Test sinovlarini oʻtkazilish vaqti:

➡️ 25-iyul kuni1️⃣smenada o‘tkazilib, soat 15:00 da;

➡️ 26-iyul kuni 2️⃣ smenada o‘tkazilib:
1️⃣-smena soat 9:00 da;
2️⃣-smena soat 15:00 da boshlanadi.

Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar test sinovlariga kirish ruxsatnomasini:

my.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga o‘zining login va paroli bilan kirgan holda yuklab olishi;

yoki bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan borib olishi mumkin.

Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ogoh_bõling !
#Soxta_xabarlarga_ishonib_qolmang.
#cyber_security
#cyber_102

Xabaringgiz bor viloyatimizda "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" bo'lib o'tmoqda. Shu munosabat bilan Guliston davlat pedagogika instituti volontyorlari tomonidan "Kiberjinoyatga qarshi kurashamiz" shiori ostida chelinj tayyorlandi.

Batafsil video lavhada.👆

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogoh_bõling !
#cyber_security
#cyber_102

Jahonda bo‘lgani kabi, yurtimizda ham axborot kommunikatsiya texnologiyalari rivojlangan sari uning afzalligi va qulayliklaridan foydalanish bilan bir qatorda axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari dolzarb bo‘lib qolmoqda.

Barcha hududlarda sodir etilayotgan jinoyatlar orasida internet va kompyuter texnologiyalari bilan bog‘liq jinoyatlar nisbati keskin oshib bormoqda Guliston davlat pedagogika institut tomonidan "Kiberjinoyatga qarshi kurashamiz" shiori ostida chelinj tayyorlandi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍1👏1
Forwarded from Edu.uz
#dayjest  #Qabul_2024
#9_kun

2024/2025-oʻquv yili uchun davlat oliy ta‘lim muassasalariga kirish test imtihonlarining 9-kuni boʻlib oʻtmoqda. Oliy ta‘lim muassasalarining “Volontyorlar guruhi” a‘zolari faollik bilan ishtirok etishmoqda.

Qoraqalpoq davlat universiteti;

Toshkent davlat texnika universiteti;

Buxoro davlat universiteti;

Guliston davlat pedagogika instituti;

Jizzax davlat pedagogika universiteti;

Toshkent davlat texnika universiteti Qo'qon filiali;

Andijon davlat tibbiyot instituti;

Namangan davlat pedagogika instituti;

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali;

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;

Termiz davlat pedagogika instituti;

Namangan muhandislik-texnologiya instituti.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#Avtomobilsiz_kun

“Avtomobilsiz kun” ommaviy aksiyasiga siz ham qo‘shiling!

Ertaga, 24-iyul kuni Toshkent shahrida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi.

Aksiya munosabati bilan davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga shaxsiy transport vositalaridan voz kechish va jamoat transporti, velosiped hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍4
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Parij_2024

XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlarida yurtdoshlarimizga omad tilaymiz!


Boʻlajak Olimpiya oʻyinlari rasman 26-iyul – 11-avgust kunlari boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston delegatsiyasi oʻz ishtirokini bugun futbolchilarimizning Ispaniyaga qarshi oʻyini bilan boshlaydi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi oʻz tarixida ilk bor 19 sport turida 90 nafar sportchi bilan 75 ta litsenziya qoʻlga kiritgan. Hamyurtlarimiz futbol, kamondan otish, suvga sakrash va ayollar kurashi dasturlarida Olimpiya oʻyinlarida debyut qiladi.

Fursatdan foydalanib, oldinda turgan masʼuliyatli musobaqa har bir sportchimizga omad va zafarlar yor boʻlsin deb, jonajon Vatanimizga tarixiy natijalar bilan qaytishlarini tilab qolamiz!

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍3
Forwarded from Edu.uz
Bugun Prezidentimiz tugʻilgan kun!

Davlatimiz rahbari tomonidan taʼlim va ilm-fan uchun qulay muhit yaratish, innovatsiya va texnologik taraqqiyotni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan islohotlarning maqsadi yurtimiz kelajagini barpo etuvchi bilimli, yaratuvchan, ijodkor, Vataniga sadoqatli, insoniyat sivilizatsiyasiga hissa qoʻshadigan, global chaqiruvlarga shay avlodni tarbiyalashdan iboratdir.

Prezidentimizning inson kapitali va ilm-fanni rivojlantirish yoʻlidagi saʼy-harakatlari tufayli bugungi kunda yoshlarning bilim olish, malakali mutaxassis boʻlib yetishish imkoniyatlari salmoqli darajada kengaydi, professor-oʻqituvchilar va olimlarimizning ilmiy va pedagogik faoliyatlari uchun katta imkoniyatlar eshigi ochildi.

Taʼlim va akademik harakatchanlikka investitsiyalar kiritilishi, oliy maʼlumotli boʻlish imkoniyatining 4 karra oshgani, talabalar, oʻqituvchi-professorlar, tadqiqotchilarning xorijiy stajirovkalarni oʻtashlari, dunyoning yetakchi oliygohlari bilan yaqindan hamkorlik, yoshlarning davlat granti asosida oʻqishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi yuqori malakali kadrlarni shakllantirish, fan, texnika va iqtisodiyot rivojiga salmoqli hissa qoʻshmoqda.

Prezidentimizga mustahkam sogʻliq, cheksiz kuch-quvvat va yangi Oʻzbekiston ravnaqi yoʻlida yangi yutuqlar tilaymiz! Sizning rahbarligingiz bilan xalqimiz tinchligi va farovonligini taʼminlash yoʻlidagi ishlar oʻz samarasini beraversin!

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍7
Ilk qaldirg'ochlarimizga magistrlik diplomlari topshirildi

Guliston davlat pedagogika instituti bitiruvchi magistr talabalariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institut rektori, prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va bitiruvchi magistrlarning ota-onalari ishtirok etishdi. Tadbirni institut rektori J.X. Karshibayev kirish so'zi bilan ochdi va bitiruvchilarni qizg'in tabrikladi.

Tadbir davomida magistlar va ularning ota-onalari yaratilgan sharoitlari uchun institut ma'muriyatiga minnatdorchilik bildiririshdi. Tadbir so'ngida institut jamoasi nomidan porektorlar A.Qalandarov va N.Ayaqulovlar bitiruvchilarning kelgusi faoliyatlarida omadlar tiladilar.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍27🎉5❤‍🔥33
Forwarded from Edu.uz
#eslatma #Akademik_litsey #qabul2024

⚡️Testga kechikmang, aks holda binoga kiritilmaysiz
!

Akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar va ularning ota-onalariga ESLATMA!


📆 Ertadan akademik litseylarga kirish test sinovlari boshlanib, maxsus belgilangan hududlarda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladi.

🕒 Test sinovlarini oʻtkazilish vaqti:

➡️ 25-iyul kuni soat 15:00 da boshlanadi;

➡️ 26-iyul kuni 2️⃣ smenada o‘tkazilib:
1️⃣-smena soat 9:00 da;
2️⃣-smena soat 15:00 da boshlanadi.

Test sinovlariga kirish ruxsatnomasini my.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga o‘zining login va paroli bilan kirgan holda yuklab olish mumkin.

Oʻquvchilardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Qayd etish kerakki, hukumatning 320-son qaroriga muvofiq test kuni imtihon vaqtidan kechikkan, shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnomasi bo‘lmagan oʻquvchi sinov o‘tkaziladigan binoga kiritilmaydi.

Shuningdek, oʻquvchi ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqt qat’iy hisoblanib, unga boshqa sana va vaqtda testga kirish uchun ruxsat berilmaydi.

👉 Test sinovlari o‘tkaziladigan binolar BU YERDA.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2