GulDPI. uz | Rasmiy
4.56K subscribers
13.1K photos
1.53K videos
51 files
4.54K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#foydali #eslatma #test2024

⚡️Test sinovlari 14-iyuldan boshlanadi. Xo‘sh, abituriyent nimalarga qat’iy amal qilishi kerak?

📹Ushbu videoyo‘riqnoma orqali abituriyentlar bilishi lozim bo‘lgan tartiblar eslatib o‘tilgan.

Test sinovlari o‘tkaziladigan hududga ruxsatnomada belgilangan sana va vaqtda keling.

Unutmang! Kech qolgan va hujjatlarsiz kelgan yoki ularning nusxalarini taqdim etgan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi!!!

▶️ Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍2
Forwarded from Edu.uz
#o‘qishni_ko‘chirish
#o‘tish_ballari

⚡️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan talabalar oʻqishini respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish boʻyicha oʻtkaziladigan maxsus sinovlar boʻyicha oʻtish ballari tasdiqlandi.

Ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirildi.

Ta’lim sohalari kesimida o‘tish ballari rasmda👆

👉 PDF shaklida yuklab olish

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1👏1
#Ikkinchi _liga
#4-tur

Akademiya jamoasi ustidan yirik g'alaba qayd etildi

Kuni kecha UFF 2-liga 4-tur doirasida  Guliston davlat pedagogika instituti jamoasi (GDPI) va "Akademiya" jamoalari o'rtasida qizg'in uchrashuv bo'lib o'tdi.

🎟️Qiziqarli vaziyatlagra boy o'tgan bahsda GDPI jamoasi hisobiga navbatdagi ochkoni olib keldi.

🏆Yakuniy natijalarga ko'ra GDPI jamoasi Akademiya jamoasi ustidan 4-2 hisobida g'alaba qozondi.

Institutimiz jamoasiga keyingi o'yinlarda omadlar tilab qolamiz.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍11🔥4👌2👏1
#Qabul2024

⚡️Sirdaryo: Test sinovining birinchi kuni yakunlandi

Bugun, 14-iyul kuni 2024-2025-o'quv yili uchun davlat oliy va professional ta'lim muassasalariga qabul qilish bo'yicha test sinovining birinchi kuni bo'lib o'tdi.

❇️ Mazkur test sinovida ishtirok etishi kerak bo'lgan jami 2400 nafar (1-smena 1200 nafar, 2-smena 1200 nafar) abituriyentlardan 2136 nafari (89%) ishtirok etishdi, 264 nafar abituriyentlar test sinoviga kelmadi.

Test sinovi jarayonida 2 nafar abituriyent tartib-qoidani buzganligi uchun (telefon olib kirgan va telefon olib kirishga harakat qilgan) test sinovidan dalolatnoma asosida chetlashtirildi.

❗️Ma'lumot uchun: Viloyatimizda test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati bo‘limining yangi qurilgan katta sig'imli binosida bo'lib o'tmoqda.

🩸Geolokatsiya: https://maps.app.goo.gl/JusSEMUU3G8g92X78

👉 @bbasirdaryo
👍3
#Abituriyent_2024
#Test

⚡️2024/2025-o'quv yili qabuli uchun test sinovlarining ikkinchi kuni bo'lib o'tmoqda

Bugun abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati bo‘limining yangi qurilgan binosida oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish uchun test sinovlarida ishtirok etishmoqda.

Guliston davlat pedagogika instituti volontyorlar jamoasi jarayonlarda faol ishtirok etib, abituriyentlarning imtihonga kirishlarida tartib-intizomni saqlashda, shuningdek, ularning buyumlarini saqlash joylarida faol xizmat qilmoqdalar.

Farzandini qoʻllab-quvvatlash, ruhiy dalda boʻlish niyatida birga kelgan ota-onalar salqin joylarda o‘tirib, farzandini testdagi ishtirokini ekran orqali tomosha qilishmoqda.

Sinov jarayonlarini https://test2024.uz/ platformasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍41
Forwarded from Edu.uz
#O‘qishni_ko‘chirish

⚡️E’lon! Respublika OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza yuborish boshlandi

2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi:

2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga yoki bir oliy ta’lim muassasasi doirasida – transfer.edu.uz;

xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlarigamy.uzbmb.uz.

Arizalar 2024-yil 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi.

O‘tish ballari bu yerda: https://t.me/eduuz/24105

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2024 #callcenter

📞Qabul va o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha savollarga vazirlik “Call-center” xizmati mutaxassislari javob bermoqda

Abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollariga tezkor javob berish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Murojaatlar markazi (Call-center) xizmati tashkil etilgan bo‘lib, unda telefon qo‘ng‘iroqlariga bir vaqtning o‘zida 6 nafar mutaxassis javob berishi yo‘lga qo‘yilgan.

Hozirda fuqarolar tomonidan oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari, kasbiy (ijodiy) intihonlar va talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha +998712306464 telefon raqami orqali kelib tushayotgan savollarga mutaxassislarimiz javob berib kelishmoqda.

Ma’lumot uchun, “Call-center” xizmati yakshanba kunidan tashqari har kuni soat 9:00 dan 17:00 ga qadar (tushlik 13:00-14:00) faoliyat ko‘rsatadi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#test2024 #jarayon

2024/2025-o'quv yili qabuli uchun test sinovlarining ikkinchi kuni bo'lib o'tmoqda


Test jarayonlari boshlanib ketdi. Yil davomida shirin orzular og‘ushida yurgan minglab abituriyentlar bugun haqiqiy sinovdan o‘tmoqda. Buni Sirdaryo viloyatida bo‘lib o‘tayotgan test jarayonlari misolida ham ko‘rish mumkin.

Abiturientlar Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati bo‘limining yangi qurilgan binosida o'z bilimlarini namoyish etmoqda

Ushbu jarayonda Guliston davlat pedagogika instituti volontyorlar jamoasi abiturentlarga va ularning ota-onalariga tegishli sharoitlarni yaratish hamda qabulga oyd yangiliklar bilan tanishtirish borasida jonbozlik qilmoqdalar

Batafsil jarayonlar video lavhada
👆

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍1