GulDPI. uz | Rasmiy
4.59K subscribers
12.5K photos
1.41K videos
49 files
4.27K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bilimdonlar xiyoboni sahnasida – hisobot konserti

“San’at”  insonni go‘zallikka, ijodiy fikrlashga go‘zal musiqa tovushlari esa kayfiyatni ko'tarishga yordam beradi.

Bugun Guliston shahrida joylashgan  "Bilimdonlar xiyoboni" da Guliston davlat pedagogika instituti "Musiqa ta’limi" yo‘nalishi talabalari Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi va madaniyat boshqarmasi bilan hamkorlikda "Ma’rifat ulashib" loyihasi doirasida "Hisobot konserti" ni taqdim etdi.

Kanalga obuna bo’ling⤵️
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#targ'ibot_ishlari

Guliston davlat pedagogika instituti "Pedagogika" kafedrasi professor-o'qituvchilari D.Elmuratova, N.Misirova, D.Nosirova, Sh.Xudoynazarov va D.Utanbayevalar umumiy o'rta ta'lim maktabi bitiruvchilarini kasbga yo'naltirish maqsadida Sayxunobod tumanidagi 40-umumiy o'rta ta'lim maktabi hamda 34-umumiy o'rta ta'lim maktablarida targ'ibot ishlarini olib borishdi.

Tashrif davomida o'quvchilar bilan "Men tanlagan kasb" mavzusida suhbat o'tkazildi.

O'quvchilar malakali mutaxassis, o'z kasbining fidoiysi bo'lib yetishishda kasbni to'g'ri tanlashning ahamiyati haqida ma'lumotga ega bo'ldilar.

O'tkazilgan suhbatda o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#Men_O'zbekistonlikman
#Vatanim_mening_faxrim

"Targʻibot poezdi" Sirdaryoda

Yoshlarning intellektual salohiyati, bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat tuyg‘usini oshirish maqsadida tashkil etilgan tengdosh-tengdoshga tamoyili asosidagi “Men O‘zbekistonlikman” keng qamrovli loyihasi Sirdaryolik yoshlarni huquqiy bahs va munozaralarga chorladi.

Loyiha volontyorlari – Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari dastlab Guliston davlat pedagogika institutida bo‘lib, tengdoshlari bilan muloqot qildilar.

Uchrashuvda “Adliya yoshlarni tadbirkorlikka chorlaydi” shiori ostida talabalar va otaliqqa olingan yoshlarga  “Mening startap loyiham”, “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish" mavzularida ma'lumotlar berildi.

Shundan so‘ng huquqiy savol-javoblar, viktorinalar o‘tkazilib, faol yoshlar rag‘batlantirildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#LIVE
#GulDPI
#Koordinatorlar

Ayni damda Guliston davlat pedagogika instituti boshlanĝich tashkilot koordinatorlari tashabbusi bilan Guliston davlat pedagogika instituti akademik litseyi o’quvchilari o'rtasida sportning volleybol, futboll va stol tennisi turlari bòyicha musobaqalar tashkil etilmoqda.

Musobaqalar qizg'in tarzda davom etmoqda

Kanalga obuna bo’ling⤵️
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website