GulDPI. uz | Rasmiy
4.59K subscribers
12.5K photos
1.41K videos
49 files
4.26K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Guliston davlat pedagogika institutida "Talaba Fest" madaniy konserti o'tkazildi

Bugun Guliston davlat pedagogika institutining madaniyat saroyida "Musiqa ta’limi" yo‘nalishi talabalari ishtirokida "Talaba Fest" musiqali konsert dasturi tashkil qilindi.

Talabalar tomonidan mumtoz va zamonaviy kuy, qo‘shiqlar ijro etildi, dutorchi qizlar tomonidan chiqishlar barchaga xush kayfiyat ulashdi.

Tadbirda 400 dan ortiq talaba va professor-o‘qituvchilar hamda tyutorlar ishtirok etdilar

Kanalga obuna bo’ling⤵️
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_anjuman

Guliston davlat pedagogika institutida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi

Kanalga obuna bo’ling⤵️
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟥Ilm olish hayotni go'zallashtiradi va mazmunli qiladi

P.s: Yangi bilimlar sizni bir xillik hayot tarzidan va jamiyatda shakllangan stereotiplardan xalos qiladi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
⚡️Chotqol davlat biosfera qo'riqxonasi bilan ikki tomonlama Memorandum imzolandi

📌Guliston davlat pedagogika instituti hamda Chotqol davlat biosfera qo'riqxonasi o'rtasida ikki tomonlama Memorandum imzolandi.

🔗Shu kunning o'zida Guliston davlat pedagogika instituti ilmiy tadqiqotchilari va hamkor tashkilot ilmiy izlanuvchilari bilan ekspeditsiya tashkil etildi. Qo'riqxona ilmiy hodimlari bilan xamkorlikda ekspedistsiyada yeg'ilgan materiallar asosida ilmiy maqolalar tayyorlashga kelishib olindi.

Kanalga obuna bo’ling⤵️
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
“Hisobot konserti”

⚡️ Bugun Guliston davlat pedagogika institutini professor-o‘qituvchilari, tyutorlar va “Musiqa ta’limi” yo‘nalishi talaba-yoshlari tomonidan Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda madaniyat boshqarmasi bilan hamkorlikda Guliston shahridagi Alisher Navoiy nomli “Bilimdonlar xiyoboni”da “Hisobot konserti” tashkil etildi.

Mazkur tadbirda “Musiqa ta’limi” yo‘nalishi talaba-yoshlari tomonidan “Bilimdonlar xiyoboni”ga tashrif buyurgan taniqli san’atkorlar, ijodkorlar va shahar aholisiga milliy musiqa va qo‘shiqlar ijrosi namoyish qilindi. Tadbir davomida turli tanlov va musobaqalarda g‘olib bo‘lgan institut talabalarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Tadbir talaba-yoshlarda va mehmonlarda ijobiy ta’ssurot qoldirdi.

Kanalga obuna bo’ling⤵️
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bilimdonlar xiyoboni sahnasida – hisobot konserti

“San’at”  insonni go‘zallikka, ijodiy fikrlashga go‘zal musiqa tovushlari esa kayfiyatni ko'tarishga yordam beradi.

Bugun Guliston shahrida joylashgan  "Bilimdonlar xiyoboni" da Guliston davlat pedagogika instituti "Musiqa ta’limi" yo‘nalishi talabalari Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi va madaniyat boshqarmasi bilan hamkorlikda "Ma’rifat ulashib" loyihasi doirasida "Hisobot konserti" ni taqdim etdi.

Kanalga obuna bo’ling⤵️
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#targ'ibot_ishlari

Guliston davlat pedagogika instituti "Pedagogika" kafedrasi professor-o'qituvchilari D.Elmuratova, N.Misirova, D.Nosirova, Sh.Xudoynazarov va D.Utanbayevalar umumiy o'rta ta'lim maktabi bitiruvchilarini kasbga yo'naltirish maqsadida Sayxunobod tumanidagi 40-umumiy o'rta ta'lim maktabi hamda 34-umumiy o'rta ta'lim maktablarida targ'ibot ishlarini olib borishdi.

Tashrif davomida o'quvchilar bilan "Men tanlagan kasb" mavzusida suhbat o'tkazildi.

O'quvchilar malakali mutaxassis, o'z kasbining fidoiysi bo'lib yetishishda kasbni to'g'ri tanlashning ahamiyati haqida ma'lumotga ega bo'ldilar.

O'tkazilgan suhbatda o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#Men_O'zbekistonlikman
#Vatanim_mening_faxrim

"Targʻibot poezdi" Sirdaryoda

Yoshlarning intellektual salohiyati, bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat tuyg‘usini oshirish maqsadida tashkil etilgan tengdosh-tengdoshga tamoyili asosidagi “Men O‘zbekistonlikman” keng qamrovli loyihasi Sirdaryolik yoshlarni huquqiy bahs va munozaralarga chorladi.

Loyiha volontyorlari – Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari dastlab Guliston davlat pedagogika institutida bo‘lib, tengdoshlari bilan muloqot qildilar.

Uchrashuvda “Adliya yoshlarni tadbirkorlikka chorlaydi” shiori ostida talabalar va otaliqqa olingan yoshlarga  “Mening startap loyiham”, “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish" mavzularida ma'lumotlar berildi.

Shundan so‘ng huquqiy savol-javoblar, viktorinalar o‘tkazilib, faol yoshlar rag‘batlantirildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website